Mo'jizaviy dunyo
Оценка 4.7

Mo'jizaviy dunyo

Оценка 4.7
docx
09.01.2020
Mo'jizaviy dunyo
Mo'jizaviy dunyo. Hikoya. Muhammad Rustamov.docx

 

MO`JIZAVIY DUNYO

(Ertak)

 

Toshkent shahar Uchtepa tumani                                                                       

74-sonli maktabning

5 “A”-sinf o’quvchisi

Rustamov Muhammad

Tel.: 9343299-19

 

O’zimizning zamonda, Uchquduq degan tomonda Anvarjon ismli bir bola bor ekan. U bolaning ota-onasi o’qimishli insonlar bo’lganligi uchun, u oila o’ziga to’q ekan, u oilaga hammaning havasi kelar ekan. Kunlardan birida, chamamda sakkizinchi avgust kuni bo’lsa kerak, Anvarjonning otasi bo’lgan Abdulaziz aka Anvarjonga ajoyib-u g’aroyib bir buyum sovg’a qilibdi. U buyumning nomi “telefon” ekan. Anvarjon bundan juda xursand bo’libdi. Anvarjon aqlli bola bo’lsa-da, u biroz maqtanchoq edi. Birozdan keyin u ko’cha eshigining oldiga yugurib bordi, chunki qo’ng’iroq jiringlagan edi. U eshikni ochsa eshik oldida Anvarjonning barcha o`rtoqlari turgan ekan. Ular birdaniga Anvarjonga qarab uch marta “tabriklaymiz” deyishdi.

          Iye, sizlarni kim bu yerga chaqirdi? – dedi Anvarjon sovuqqonlik bilan.

          Men chaqirdim ularni o’g’lim – dedi Anvarjonning oyisi Shahnoza opa jilmayib – kiraveringlar qo’zichoqlarim, marhamat.

        Bolalar uyga kirishdi.

          Axir, oyijon … –  dedi Anvarjon

          Hamma narsa tayyor, havotir olma – deb Anvarjonning gapini bo’ldi Shahnoza opa.

Shu zumda Anvarjon yugurib borib mehmonxonaga qaradi. U mehmonxonani ko’rib hayron qoldi. Mehmonxona pufaklar, lentalar va chiroqlar bilan bezatilgandi. O’rtada kattakon stol, stol esa juda chiroyli qilib bezatilgan edi.

Oradan vaqt o’tdi. Anvarjonning do’stlari kechkacha shu yerda qolishlari ma’lum bo’ldi. Shahnoza opa bolalarning ota-onalaridan ruxsat olibdi.

Anvarjon qayergadir chiqib ketdida bir zumda qaytib keldi. Endi uning qo`lida “telefon”i bor edi. Bolalar unga qarab qolishdi chunki ularning hech qaysisida telefon yo’q edida. U telefonini uyoqdan -buyoqqa aylantirib maqtanar edi. Bir payt Olimjon:

        Voy, zo’r ekan-ku, bitta ko’ray – dedi.

        Mana ol, tomosha qilishing mumkin, eng so’ngi modellaridan.

Bolalar bunaqa telefonni oldin ko’rmagan ekan, shuning uchun ular telefonni qiziqish va havas bilan tomosha qilishar edi.

–   Bo’ldi, menga ber, shuncha tomosha qilganlaring yetadi – deb Anvarjon telefonni tortib oldi. Do`stlari Anvarjonning bu ishidan xafa bo`lishdi. Shunda ham do`stlari Anvarjonga:

–  Bizni ham senga zo’r sovg’amiz bor – dedilar va o`z sovg`alarini berishdi –mana ol, qiziqib o’qiysan.

         Telefonimni oldida shu ham sovg`ami – dedi Anvarjon mensimay.

–  Bu hali hammasi emas, senga yana bitta sovg`amiz bor, o’qib chiqmadik-ku, ammo qiziq kitobga o’xshayapti – dedilar va “Mo`jizaviy dunyo” nomli kitob berishdi.

–    Voy, yana kitobmi?  - dedi Anvarjon

–   Bu ikkinchi kitobni kecha kimdir maktab sumkamga solib qo`yibdi. Uyga kelib maktab sumkamni ochsam bir dona kitob va bir maktub turgan ekan. Mana o’sha kitob, maktubga esa “bu kitobni Anvarjonning tug`ilgan kuniga sovg`a qilinglar” deb yozilgan edi – dedi bolalardan biri Olimjon.

          – Meni ishontirolmading baribir, yolg’onlaringga ishonmayman, kim ham bu dunyoda o`zidan-o`zi begona odamga bu tariqa sovg`a berardi? – hayratlanib so`radi Anvarjon.

Anvarjonning do`stlari Anvarjonning bu ishidan juda xafa bo`lishdi va ketib qolishdi.

Oradan biroz vaqt o`tdi. Bu orada Anvarjonning baholari pasayib ketdi. Do’stlari va ustozlarini ko`p xafa qila boshladi. Ota-onasiga ham quloq solmay quydi. Chunki uning yagona do’sti uning telefoni edi. Ko`p vaqtini telefonidagi o`yinlarni o`ynash bilan o`tkazardi.  

Bir kuni Anvarjon telefonda o`nab o`tirar edi. To`satdan telefonning quvvati tugab qoldi. Anvarjon telefonini quvvatlagichga qo`ydi. U zerika boshladi. Shunda Anvarjon do`stlari bergan  kitoblarni esladi. U ikkinchi kitobni o’zi solib qo’ygan javondan oldi. Kitobni olib, deraza oldidagi stulga o’tirdi. Yorug’lik chap tomondan tushardi. Anvarjon kitobni varaqlay boshladi. Birinchi sahifasida faqat quyidagi so’zlar yozilgan edi “mo’jizaviy olamga xush kelibsiz”.

–    Rostdan ham qiziq kitobga o’xshaydi, qani keyingi sahifasida nima yozilgan ekan?- dedi Anvarjon hayratlanib.

U kitobni varaqlay boshladi, ammo to`satdan baqirib yubordi. Kitobda faqat rasmlar bor edi. Bu rasmlarda esa Anvarjon uyida, xonasida, deraza oldidagi stulda kitob o’qib turgan holati tasvirlangan edi. U varaqlarni ochgan sari hayron qolardi. Anvarjon kitobni tezroq varaqlay boshladi, endi sahifalardagi rasmlarni ko’rmay qola boshladi, chunki kitob varaqlari judayam tez o’tayotgan edi. Eng hayratlanarli joyi endi boshlandi, sahifadan sahifaga o’tgan sari kitobda voqealar timsoli boshlandi, go’yoki rasmlardagi buyumlar harakatlanardi, yo’q rostdan ham ular harakatlana boshladi. Anvarjon sahifalarni varaqlay turib voqealarni kuzatardi.

Kitobdagi voqealar shunday yuz berayotgan edi. Anvarjon o’rnidan turdi va telefonini qidira boshladi. Telefon yerda yotardi, Anvarjon uni olmoqchi bo’ldi, ammo telefonni boshqa bir odam epchillik bilan olib qo`ydi. Anvarjon u odamga qaradi. Bu kishi bir keksa nuroniy chol edi. Uning oppoq soqoli uzun, egniga oppoq matodan tikilgan to`n kiygan, shimi ham oppoq rangda ekan. Keyin Anvarjon u kishini ko’zimga ko’rinayotgan bo`lsa kerak deb o`yladi va telefonini u kishidan olmoqchi bo`ldi.

Shu payt Anvarjon kitobni yopdi. Chunki Anvarjon kimdir meni qo`rqitmoqchi deb o`ylardi. U biroz vaqt hayol surib qoldi.

–  Axir telefonimni quvvatlashga qo`ygandim-ku, balki quvvati to`lgandir – dedi va Anvarjon quvvatlaydigan joydan telefonini olmoqchi bo`ldi, ammo telefon quvvatlaydigan joyda emas edi.

Anvarjon hayratdan yiqilib tushay dedi, chunki eshik oldida  kitobdagi keksa nuroniy chol unga qarab turardi. Anvarjon bu voqealar hayotida bo`layotganiga ishonmay ko`zlarini qichiy boshladi va ko’zini ochganda …

Ko`zini ochganda Anvarjon o’zga bir olamda edi. Hamma yer qorong`u, Anvarjon juda qo`rqardi. U yon–atrofga qaray boshladi. Atrofda ko`plab uylar bor edi. Bu uylarning biri baland, biri past, ammo bitta hammasidan ajralib turadigan uy bor edi. U uyning tepasiga “Momiqvoyning uyi” deb yozilgan edi. Anvarjon  “Momiqvoyning uyi”ga xuddi bu uyini boshqa yerda ham ko’rganday hayratlanib tikildi. Yo ajab, axir bu uy Anvarjon telefonida o`ynaydigan  o’yindagi uy ekan-ku. Qarang-a, nega bu uy o`yindagi uy ekanligi oldinroq hayoliga kelmabdi ekan-a? Anvarjon uyga hayratlanib qarab turardi. Anvarjonning orqasidan kimdir kelayotgan edi. Anvarjon orqasiga qaradi. Yo ajab axir bu telefon o`yinlaridagi yoqimtoy mushukcha Tom-ku. Ammo endi u yoqimtoy mushukcha emas, bahaybat mahluqdek edi. Momiqvoy ismli mushukvoyning bo`yi baland,  qo`llari Anvarjonnikidan ancha kattaroq, panjalari ham katta edi. Og`zi va tishlari katta bo`rinikiga o`xshaydi. Anvarjon qo`rqib qocha boshladi. Anvarjon yorug`lik kelayotgan tomonga qarab qochardi. Mushuk ham uni quvdi. Anvarjon tez yugursa ham mushuk baribir Anvarjondan tez yugurardi. Mushuk Anvarjonni tutib oldi. Anvarjon bu mahluqdan juda qo`rqardi.

–  Baribir qo`limga tushding, shumtaka! Esingdami meni qiynaganlaring? Necha kunlab ovqat bermagan eding?  Endi meni yaxshilab boqadigan bo`lasan, tushundingmi? – dedi mushuk – bo`lmasa adabingni beraman.

–      Tushundim, Tom

–    Qanaqa Tom, mening ismim Momiqvoy – deya mushuk Anvarjonni uyi tomonga olib keta boshladi.

Anvarjon kun bo`yi mushukka xizmat qilardi. U bu yerda juda zerikdi. Anvarjon ota-onasini judayam sog`ingan edi. Kunlardan birida mushuk Anvarjonga bir umr o`zi bilan yashashini aytdi. Anvarjon bu gapdan juda qo`rqib ketdi. Bu yerdan qochish choralarini izlay boshladi.

                    Nega tug`ilgan kunimda dadam telefon bergandan keyin faqat telefon o`ynaydigan bo`lib qoldim-a. Agar telefonga berilmay, faqat o’yin o’ynamay, ota-onamni, ustozlarimni va do`stlarimni xafa qilmaganimda hozir bu yerda bo`lmasdim. – dedi Anvarjon yig`lab.

Ko`p telefon o`ynaganiga ming afsuslandi. Ota-onasi, ustozlari va do`stlarini xafa qilganligi uchun pushaymon bo’ldi. Bu yerdan qutulib chiqsa, umuman telefon o`ynamasligiga, ota-onasi, ustozlari va do`stlaridan uzr so`rashga so`z berdi. Shu payt yana oldida o`sha nuroniy chol paydo bo`ldi.

                    To`ppa to`g`ri, o`g`lim sen ko’p telefon o`ynading. Ota-onang, ustozlaring va do`stlaringni xafa qilding. Darslaringni qilmading. Do`stlaringga maqtanchoqlik qilding.– dedi Anvarjon uyida ko`rgan oppoq kiyimli nuroniy chol to`satdan.

                    Endi aybimni qanday to`g`irlayman ? – dedi Anvarjon.

                    Hozir mushukning tobi yo`q, ammo tez orada u o`ziga keladi va seni yemoqchi bo`ladi. Sen ungacha oshxona derzasidan sakrab qochib qolasan. Derazadan sakrab tushgan zahotingoq sen boshqa bir olamda bo’lasan. Agar xatolaringni tushunib yetgan bo`lsang sen o`z uyingga tushasan.

Anvarjon birdan ishga kirishdi. U asta oshxonaga bordi. Oshxonada hech kim yo`q edi. U derzadan tashqariga qaradi. Tashqari odatdagidek edi. Anvarjon ko`zini yumib, derzadan sakradi. Anvarjon ko`zini ochganda o`z uyida edi. 

                    O`g`lim, nima qilyapsan – dedi eshikni ochib Abdulaziz aka – nimani qidiryapsan?

                    Hech narsani, dada. Sizga telefonni qaytarib bermoqchi edim. Mana, oling. – deb Anvarjon quvvatlaydigan joydan telefonini olib dadasiga berdi.

                    Nimaga o`g`lim ?

                    Menga telefon kerak emas. O`ylab qarasam, kitobdan telefondan ko`ra ko`proq narsa o`rganar ekanaman. 

                    Barakall o`g`lim. Endi tushunib yetibsan. – dedi otasi.

Oradan biroz vaqt o`tdi. Bu orada Anvarjon ota-onasi, ustozlari va do`stlaridan uzr so`radi. Anvarjon bo`sh vaqtlarini ko`p kitob o`qish bilan o`tkazdi. Maktabning 5-sinfini a`lo baholar bilan tugatdi.

Mo'jizaviy dunyo

Mo'jizaviy dunyo

Mo'jizaviy dunyo

Mo'jizaviy dunyo

Mo'jizaviy dunyo

Mo'jizaviy dunyo
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
09.01.2020