Zarafshon 2019
Mavzu: Nerv sistemasi kasalliklari.
Maqsad:
Ta`limiy: O`quvchilarning ongida mavzu haqida bilim, tushuncha va ko`nikmalar hosil qilish.
Tarbiyaviy : O`quvchilarga gigiyenik, ekologik, ma`naviy tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga mavzularga oid tajribalarni o`tkazish orqali mavzu haqidagi bilimlarni rivijlantirish.
O`quvchilarni milliy g`oyalar asosida tarbiyalash: Mavzu orqali o`quvchilarni Vatanga sadoqat va xalqqa hurmat ruhida tarbiyalash.
O`quvchilarni kasbga yo`llash: O`quvchilar ongiga shifokor, hamshira, farmasevt kasblari haqidagi tushunchalarni rivojlantirish.
Darsning uslubi: Tushuntirish, savol, javob, interfaol, musobaqa darsi.
Darsning jihozi: Darslik, “Nerv sistemasi” ga doir ko`rgazmalar, bukletlar, o`quvchilarning ijodiy ishlari, testlar, baholash kartotekalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
O`quvchilar bilan salomlashish, navbatchi orqali davomatni aniqlash, darsning o`tkazilish tartibi bilan o`quvchilarni tanishtirish.
Sinfimizni 3 ta guruhga bo`lib olamiz.
I-guruh-Aristotel-10 nafar o`quvchi
II-guruh-Nihol 10 nafar o`quvchi
III-guruh-Ibn Sino- 9 nafar o`quvchi
Dars davomida guruhlardagi barcha o`quvchilar darsda ishtirok etishi shart. Agar biror o`quvchi darsda ishtirok etmasa guruhga jarima beriladi.
Baholash tartibi quyidagicha: Hozir o`lkamizda bahor fasli bo`lganligi uchun har bir guruhga ramziy ravishda tabiatning bir bo`lagi deb hisoblab quyidagi tasvirni beramiz, siz uni dars davomida lolalar bilan to`ldirib borasiz.
2-baholash tartibi rag`batlar va jarimalar, 3-baholash tartibi-kapalaklar, shakllar.
Sizga mustaqil topshiriq sifatida biologiya faniga oid bo`lgan 10 kun ichida gazeta va jurnallar, radio va televideniya orqali eshittirilgan yangiliklar to`plash aytilgan. Guruhlarning to`plagan yangiliklarini eshitamiz.
Yangiliklar tinglanadi va baholanadi.
II. O`tgan mavzuni so`rash.
O`tgan mavzuni so`rash uchun men
guruhlarga “Bosh miya” maketini yasab kelishni topshirgan edim. Qaysi guruh
yasagan “Bosh miya” maketi chiroyli bo`lsa, shu maketdan darsimiz davomidagi
savollarni berishda foydalanamiz.
O`tgan mavzuni so`rash uchun beriladigan savollar quyudagicha.
1. Vegetativ nerv sistemasi markazlari qayerlarda joylashgan?
2. Simpatik nerv sistemasi faoliyatiga nimalar kiradi?
3. Parasimpatik nerv sistemasi faoliyatiga nimalar kiradi?
4. Adashgan nerv haqida nimalar bilasiz?
5. Vegetativ nerv sistemasi necha qismga bo`lib o`rganiladi?
6. Retseptor, sezuvchi nerv tolasi, neromarkazi, harakatlanuvchi nerv tolalari birgalikda nimani tashkil etadi?
![]() |
O`tgan mavzuni takrorlashda ishtirok etgan guruhlar rag`batlantilib boriladi.
III. Yangi mavzu bayoni:
Reja:
1. Pereferik nerv sistemasi kasalliklari
2. Markaziy nerv sistemasi kasalliklari
3. Reflekslar hosil qilish va reflector yoyini izohlash.
4. Ziyrak hamshira
5. Kim ko`p biologic termin sanaydi.
Yuqorida aytilganidek, nerv sistemasi ikki qismdan, ya'ni pe-riferik va markaziy qismdan iborat. Ularning kasalliklari ham o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Periferik nerv sistemasi kasalliklari. Ma'lumki, periferik nerv sistemasiga nerv tugunlari va nerv tolalari kiradi. Nerv tugunining kasalligi ganglionit, nerv tolasining kasalligi nevrit yoki nevralgiya deb ataladi.
Nerv tugunining kasalligi, ya'ni ganglionit shamollash, o'pka-ning zotiljam kasalligi, turli xil yuqumli kasalliklar, ya'ni gripp, ichburug', ich terlama kabilarning asorati tufayli yuzaga keladi. Kasallangan nerv tugunining joylashuviga ko'ra, o'sha sohada va undan chiqadigan nerv tolasi ta'minlaydigan to'qima va a'zolar sohasida og'riq seziladi, mazkur a'zolarning ishi buziladi. Binobarin, bo'yinning yuqorigi nerv tuguni yallig'langanda bo'yin va bosh sohasidagi teri hamda muskullarda og'riq paydo bo'ladi. Bo'yinning pastki nerv tuguni yallig'langanda ko'krak qafasining yuqori qismi terisi, muskullar, qo'l terisi hamda muskullarida og'riq yuzaga keladi. Umurtqa pog'onasining ko'krak sohasida joylashgan nerv tugunlari yallig'langanda ko'krakning pastki qismidagi teri va muskullarda og'riq paydo bo'lishi bilan birga yurak ishi tezlashadi, unda og'riq seziladi, nafas olish tezlashadi hamda qiyinlashadi.
Sezuvchi nerv tolalarining yallig'lanishi nevralgiya deb ataladi. Bu shamollash, gripp hamda boshqa yuqumli kasalliklarning « asorati tufayli sodir bo'ladi, Kasallangan nerv tolasi sohasida og'riq yuzaga keladi. Masalan, uchlik nervi yallig'langanda yuz, ko'z sohasida, tishlarda kuchli og'riq seziladi.
Harakatlantiruvchi nerv tolasining yallig'lanishi nevrit deb ataladi. Uning sababi ham yuqoridagidek. Belgisi shundan iboratki, kasallangan nerv bilan ta'minlanuvchi tana muskullari falajlanib qoladi. Masalan, yuz nervi kasallanganda yuz muskuli falajlanishi tufayli yuzning bir tomoni pastga osilib, og'izning chekkasi tortilib qoladi.
Umurtqa pog'onasining bel-dumg'aza qismlaridan chiqadigan nerv tolalarining zararlanishi bel-dumg'aza radikuliti deb ataladi. Bu kasallik shamollash yoki og'ir yuk ko'targanda umurtqalar orasidagi nerv tolalarining qisilishi natijasida yuzaga keladi. Beldumg'aza sohasida og'riq paydo bo'ladi. Odamning o'tirib-turishi, harakatlanishi qiyinlashadi. Ba'zida o'tirg'ich nervi ham zararla-nadi va ishioradikulit kasalligi sodir bo'ladi. Bunday vaqtda qaysi tomondagi o'tirg'ich nervi kasallangan bo'lsa, o'sha oyoqning harakati qiyinlashadi, oyoqning orqa sohasida qattiq og'riq seziladi.
Ma'lumki, tanadagi hamma muskul tolalari mayda nerv tola-lari bilan tutashib, nerv-muskul harakat birligini hosil qiladi. Bu haqda «Tayanch-harakatlanish sistemasi» mavzusida batafsil tu-shuncha berilgan. Odam biror jismoniy mashq bajarib, terlab turgan vaqtida birdaniga kiyimini yechsa, nerv-muskul tolalari shamollashi tufayli nevrit — miozit kasalligi yuzaga kelishi mumkin. Qovurg'a-oraliq mayda muskullar bu kasallikka ayniqsa beriluvchan bo'ladi. Shamollash tufayli bir necha minutning o'zidayoq odamning ko'krak qafasida, kuragining atrofida sanchiq paydo bo'lib, harakatlanishi, bukilishi, chuqur nafas olishi, hatto yo'talishi qiyinlashadi. Shuning uchun sportchilar mashq bajarib terlagan vaqtda tezgina issiq kiyimni yelkalariga tashlab olishadi.
Yuqoridagi kasallik belgilari yuzaga kelishi bilanoq, odam asab kasalliklari shifokoriga murojaat qilishi kerak.
Markaziy nerv sisternasining kasalliklari. Bosh va orqa miyani ustidan o'rab turgan pardalarning yallig'lanishi menmgit deb ataladi. Bu kasallikni ko'pincha meningokok deb ataluvchi mik-roblar qo'zg'atadi. Bundan tashqari, u gripp, o'rtaquloqning yiringli yalliqlanishi, o'pka sili va zotiljam kasalliklari tufayli ham sodir bo'lishi.mumkin. Bunda bemorning boshi og'riydi, tana harorati ko'tariladi, ko'ngli aynib, qayt qiladi. Qo'1-oyoqlari va bo'yin muskullarining tarangligi ortadi. Xastalik og'ir kechganda bemor hushini yo'qotishi va unda tirishish belgilari yuzaga kelishi mumkin. .
Bosh miya to'qimasining yallig'lanishi ensefalit deb ataladi. Bu yuqorida aytilgan meningit kasalligini o'z vaqtida davolamaslik tufayli yoki gripp, qizamiq, suvchechak, quioqning yiringli yallig'lanishi va boshqa xastaliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Bu xaslalikda bemorning tana harorati ko'tariladi, umumiy ahvoH og'irlashadi, qo'1-oyoqlari qaltiraydi, yuz muskullari pir-piraydi, vaqt-vaqti bilan titrash, hushni yo'qotish holatlari sodir bo'ladi. Bosh miyaning yallig'langan sohasidagi nerv markazla-rining faoliyati buzilishi tufayli ular tomonidan boshqariladigan ishchi a'zolar ham falajlanib qoladi. Bunda muskullarmng
tarangligi ortib, bir tomondagi qo'1-oyoq tarashadek qotib, harakatsizlanib qoladi. Yuz va qovoq muskullari falajlanishi tufayli yuzning bir tomoni osilib, og'iz chakkasi tortilib, yuqorigi qovoqning osilib qolishi holatlari yuzaga keladi.
Orqa miya to'qimasining yallig'lanishi mielit deb ataladi. Bu ka-sallik ko'pincha bolalarda uchraydi, uni maxsus viruslar qo'zg'a-tadi va poliomielit kasalligiga sabab bo'ladi. Mielit — orqa miya nerv hujayralarining yallig'lanishi, poli — ko'p degan ma'noni bildiradi, ya'ni poliomielit orqa miya bir nechta segmentlari nerv to'qimasining yallig'lanishidir. Kasallikning belgilari orqa miya-ning zararlangan segmentlari tomonidan boshqariladigan ishchi a'zolaming sezuvchanligi va harakatlanishi susayishi yoki butunlay yo' qolishidan iborat. Masalan, qo'1-oyoq muskullari ishini bosh-qaradigan nerv hujayralari zararlansa, mazkur qo'l va oyoqda oldin og'riq sezilib, so'ngra ular falajlanib qoladi. Muskullaming tarang-ligi yo'qolib, qo'1-oyoq lattadek osilib qoladi (bosh miya to'qimasi zarariamshi tufayh sodir bo'ladigan falajlikda esa qo'1-oyoq muskullarining tarangligi ortib, ular tarashadek qotib qoladi). Yuqoridagi xastalik belgilari sezilishi bilanoq asab kasalliklari shifokoriga murojaat qilish kerak.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun guruhlarga quyidagi savollar beriladi va javoblari tinglanadi.
1. Nevrit nima?
2. Nevrolgiya nima?
3. Bel-dumg`aza radukuleti belgilarini sanang.
4. meningit qanday kasallik?
5. Ensefalitga olib keluvchi sabablar nimalar?
3 ta guruhga 3 ta refleks beriladi, guruhlar reflekslarni hosil qilishi va reflector yoyini tushuntirib berishlari shart. Reflekslar tanlash yo`li bilan aniqlanadi.
1. Tizza refleksini hosil qilish va reflector yo`lini tushuntirish.
2. Qo`lga nina sanchilishi refleksini hosil qilish va reflector yo`lini tushuntirish.
3. Muskullarning dinamik ishidan birini bajarish va reflector yo`lini tushuntirish.
Har bir guruhdan hamshiralarimizni taklif etamiz. Guruhlarga mustaqil ish sifatida nevropatolog shifokor bilan uchrashish va nerv sistemasi kasalliklarida va ularning oldini olishda u taklif etadigan dori-darmonlarni o`rganishlari kerak edi. Hozir ularning tayyorgarliklarini tekshiramiz.
![]() |
Hozir har bir guruhdan bittadan ishtirokchi taklif etamiz. Ular bir minut davomida nechta biologic termin sanashlarini tekshirib ko`ramiz.
Dars davomida guruhlar rag`batlantirib boriladi va dars oxirida guruhlar to`plagan rag`batlari, tergan lolalari, yig`gan kapalaklari va olgan jarimalari sanaladi. Natijada eng faol qatnashgan guruh aniqlanib rag`batlantiriladi.
Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
V. Uyga vazifa: Nerv sistemasi kasalliklari mavzisini o`qish, kasalliklar nomlari va ma`nolarini lug`at daftariga tushurish.
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.