6-9-SINFLAR (DTM)
31. Quyida berilgan sulolalardan qaysi biri nisbatan uzoqroq hukmronlik qilgan?
A) Sun B) Boburiylar C) Usmoniylar D) Sayyidlar
32. Qarluqlar davlatidan savdo-sotiq uchun chetga asosan qanday mahsulotlar
A) gilam,namat, sholcha B) kulolchilik va zargarlik mahsulotlari
C) O'q-yoy, qilich hamda guruch mahsulotlari
D) naqshinkor chinni buyumlar va nasldor otlar
33. Amir Temur davrida Movarounnahrdan tashqari hududi ya'ni uluslar markaziy hokimiyatga itoat etsalar-da, ular ma'lum mustaqillikka ega edi. Ulus hukmdorlarining…
A) o'z qo'shini bo'lib, mustaqil ravishda urushlar olib borishi mumkin edi B) har bir mustaqil ravishda elchilik aloqalarini yo'lga qo'yar, soliqlarning hammasini o'z ixtiyorida qoldirar
C) har biri o'z nomidan tanga pullar chiqarish huquqiga ega edi
D) alohida davlat devonxonasi, qo'shini mavjud edi
34. Eftallar davlati qulagach, Uzoq sharqdan Eron hududlariga qadar Ipak yo'li ustidan kimlar nazorat o'rnatgan?
A) sog'diylar B) eronliklar C) xitoyliklar D) turklar
35. Amir Temur davlatining tarkibiy tuzilishi harbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan bo'lsa-da, …
A) turkiy qabilalar boshqaruvidagi ittifoq edi
B) jamiyat rivoji, barcha ijtimoiy tabaqalarining manfaatlarini ta'minlash nazarda tutilgan edi
C) an'anaviy boshqaruv tizimini inkor etardi
D) barlos zodagonlarining manfaati yuqori turardi
36. Qachondan boshlab Xiva xonlari kutubxonalarida xattotlik, husnixat maktabi shakllandi?
A) XV asrdan B) XVII asrdan C) XVI asrdan D) XIV asrdan
37. 1640-yilda Angliyada Parlament ish boshlashi bilan quyidagi qaysi ishlarni amalga oshirgan edi?
1) Favqulodda sudlar tarqatib yuborilgan;
2) Parlament roziligisiz bironta ham soliq joriy etilmaydigan bo‟ldi;
3) Sudning roziligisiz qamoqqa olishni ta‟qiqlash majburiyati yuklandi;
4) Siyosiy mahbuslar ozodlikka chiqarildi;
5) Mavjud siyosiy raqiblar sud ta‟qibiga duchor buldi;
6) Qonunsiz to‟lov va jarimalar bekor qilindi
A) 1, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 2, 3, 5
38. Xiva xonligi tarixida Muhammad Amin Inoq nomi bilan bog‟liq tarixiy ma‟lumotlarni belgilang.
1) Buxoro amirligi madadiga tayanib taxtni egallagan.
2) Bo‟sunishni istamagan qoraqalpoq qalbisini Xivada haydab chiqargan;
3) Xiva xonligida turkmanlarning yaman va chovdur qabilalariga qarshi kurash olib brorgan;
4) Orolbo‟yi zodagonlari guruhi qarshiligini sindirgan;
5) Mamlakatda nisbatan siyosiy osoyishtalik vaziyatini yaratishga erishgan.
A) 1,2,4 B) 2,4,5 C) 1,3,5 D) 1,3.4
39. Xiva xonligi taxtini Muxammad Raximxon I vafot etgach kim egallagan?
A) Avaz Muhammad B) Olloqulixon C) Muxammad Raximxon II D) Muxammad Aminxon
40. Bir yilda sodir bo'lgan tarixiy voqealarni aniqlang.
A) Muhammad Shayboniyxon tug'ildi; Husayn Boyqaro vafot etdi.
B) Husayn Boyqaro vafot etdi; Shayboniyxon Balx shahrini egalladi.
C) Muhammad Shayboniyxon Samarqandni jangsiz egalladi; Zarafshon
bo'yida Bobur va Shayboniy o'rtasida jang bo'ldi.
D) Muhammad Rahimbiy vafot etdi; Amir Shohmurod taxtg o'tirdi.
41. 1904-yilda quyidagi qaysi davlat Gvineya ko‘rfazini egallaydi?
A) Buyuk Britaniya B) Fransiya C) Italiya D) Germaniya
42. Quyidagi tarixiy voqealar xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan javobni belgilang.
1) Hamza rahbarligida Qo'qon shahrida havaskorlar teatri tashkil etildi; 2) Buxoro amirligida dastlabki yangi usul maktabi ochildi; 3) Avloniy tomonidan "Shuhrat" gazetasiga asos solindi; 4) "Tarbiyaviy atfol" jamiyati tuzildi.
A) 2, 3, 4, 1 B) 2, 1, 3, 4 C) 2, 4, 3, 1 D) 1, 4, 3, 2
43. Oddiy fizikaviy holatlardan foydalanib sodda xalq orasida mo'jizalar ko'rsatgan va aholi orasida "avliyo'' hisoblangan shaxsni aniqlang.
A) Ismoil G'aspirali B) Yetimxon C) Darvishxon D) Muhammad Ali
44. 1868-yil Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomaga ko'ra qaysi shaharlar Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o'tdi?
A) Urgut, Samarqand, Panjikent, Zarafshon, Kattaqo'rg'on, Ko'lob
B) Xo'jand, O'ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand, Kattaqo'rg'on
C) Chimkent, O'zgan, Qorategin, O'ratepa, Xo'jand, Ko'lob
D) Toshkent, Panjikent, Samarqand, Kattaqo'rg'on, O'ratepa, Urgut
45. Amudaryo flotiyasi qachon tashkil qilingaligini aniqlang?
A) 1885-yil B) 1886-yil C) 1884-yil D) 1887-yil
46. XIX asrning oxirgi choragiga kelganda Lotin Amerikasi mamlakatlarining iqtisodiyotida …
A) kapitalistik munosabatlar bilan bir qatorda feodal munosabatlar, qulchilik qoldiqlari hindularning urug'-qabilachilik jamoalari ham mavjud edi
B) kapitalistik munosabatlar hamda industrlashtirish tez sur'atlarda feodal munosabatlar o'rnini egalladi
C) feodal munosabatlar shakllanishi qatorida harbiy diktaturaning asosiy o'rni pasaydi
D) hali ham quldorlik qoldiqlarini saqlagan feodal munosabatlar asosiy o'rinni egallagan, kapitalistik munosabatlardan asar ham yo'q edi
47. Fransiyaning Marokashga bo'lgan huquqlarini Italiya qachon tan oldi?
A) 1902 - yil B) 1907 - yil C) 1914 - yil D) 1900 - yil
48. Quyidagi voqealardan qaysilari Rossiya imperiyasi tomonidan O'rta Osiyoga bosqinchilik urushlari olib borilgan yillar oralig'ida yuz bergan?
1) Misrda "Xizb ul-Vatan" partiyasi tuzildi. 2. AQSH "Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar" nomli doktrinani e'lon qildi. 3. "Janubiy Afrika Ittifoqi" tashkil etildi. 4. Fransiya Vyetnamni bosib oldi. 5. Bolgariyada "Ozodlik yoki o'lim" shiori ostida qo'zg'olon boshlandi.
A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 2, 4, 5 D) 1, 4, 5
49. Buyuk Britaniya imperiyasi tashkil etilgan yilda sodir bo'lgan voqeani aniqlang.
A) Turkiyada Konstitutsiya e'lon qilindi.
B) Germaniya Zanzibarni zabt etdi.
C) Vashingtonda I Panamerika konferensiyasi chaqirildi.
D) Rossiya va Eron o'rtasida chegara belgilandi
50. Qadimgi Sharq davlatlari va ularda hukmronlik qilgan shaxslar tug‟ri moslab ko‟rsatilgan javobni aniqlang.
1) Ossuriya; 2) Bobil; 3) Fors davlati; 4) Midiya;
a) Kiaksar; b) Doro I; c) Navuxodonosor II;
d) Oshshurbanipal
A) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a B) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d
C) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c D) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b
51. Quyidagilardan so'nggi paleolit davriga oid ma'lumotlarni toping.
1) neandertallar yashagan; 2) kromanyon odamlar yashagan; 3) paxsa uylar qurilgan; 4) odamlar taqinchoqlar yasay boshlagan; 5) odamlar urug' jamoalariga birlashgan; 6) gazlamadan kiyim tayyorlashga o'tishgan; 7) sun'iy olovdan foydalanishgan; 8) tabiiy olovdan foydalanilgan; 9) turar joy qurilishi boshlangan
A) 1, 3, 5, 6, 8 B) 1, 2, 4, 6, 7 C) 3, 4, 5, 8, 9 D) 2, 4, 5, 7, 9
52. Kushon davlati tarixi bilan bog'liq to'g'ri ma'lumotlarni aniqlang.
1) Demetriy hukmronligi davrida Hindistonning bir qismini o'z davlatiga qo'shib oldi; 2) mil. avv. III-II asrlarda Jonbosqal'a va Qo'yqirilganqal'a shaharlari barpo etilgan; 3) Kudzula Kadfiz hukmronligi davrida Afg'oniston
va Kashmir Kushon davlatiga qo'shib olindi; 4) milodiy I asrda Guyshuan xonadonining boshlig'i barcha mulklarini birlashtirib, Kushon davlatiga asos soldi; 5) milodiy I-II asrlarda Kanishka hukmronligi davrida Kushon podsholigi o'z taraqqiyotining cho'qqisiga erishdi; 6) So'g'diyona xalqi Spitamen boshchiligida bosqinchilarga qarshi qo'zg'alon ko'tardi
A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 6
53. Quyidagi hukmdorlarning hukmronligi boshlangan sanalari bo‟yicha to‟g‟ri ketma-ketlikda berilgan javobini toping.
1) Knyaz Syatoslav; 2) Li Yuan; 3) Muoviya; 4) G’urak
A) 2, 3, 4, 1 B) 1, 2, 4, 3 C) 3, 2, 1, 4 D) 4, 2, 1, 3
54. Quyidagi hukumdorlardan qaysi biri salib yurishlarida shaxsan qatnashgan?
A) Filipp IV B) Lyudovik XI C) Richard I D) Aleksey I
55. Quyida berilgan sulolalarning qaysi biri nisbatan uzoqroq hukmronlik qilgan?
A) Shayboniylar B) Ashtarxoniylar
C) Qo’ngorotlar D) Boburiylar
56. Sulton Ma'sud Gaznaviyga bag'ishlangan "Qonuni Ma'sudiy" asari muallifini aniqlang.
A) Nosir Xusrav B) Beruniy C) Gardiyziy D) Bayhaqiy
57. Eftallar davlati hududini aniqlang.
A) Shimoliy Hindiston, O'rta Osiyo, Sharqiy Eron va Sharqiy
Turkistongacha bo'lgan hududlar
B) Shimoliy Hindiston, Pokiston, Sharqiy Eron va Sharqiy Turkistongacha bo'lgan hududlar
C) Shimoliy Hindiston, O'rta Osiyo, Sharqiy Eron, Pokiston va Sharqiy Turkistongacha bo'lgan hududlar
D) O'rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Bolujistongacha bo'lgan hududlar
58. XIII asr boshlarida Xorazmshohlar davlatining shimoli-g'arbiy va g'arbiy chegaralari Orol va Kaspiy dengizi sohillaridan janubi-g'arbda...
A) Kichik Osiyo bilan chegaralanar edi
B) shimoliy Hindiston va G'aznaviylar mulkigacha borgan
C) Iroqqa qadar borar edi D) Eronga qadar borar edi
59. Amir Temur tomonidan Mirzo Umar ibn Mironshohga qaysi hududlar suyulg'or tarzida berilgan?
1) Ozarbayjon; 2) Kobul; 3) Mozandaron; 4) G'arbiy Eron; 5) Iroq; 6) Armaniston; 7) Sharqiy Eron; 8) Gurjiston
A) 2, 3, 4, 6, 8 B) 1, 3, 4, 5, 6 C) 1, 4, 5, 6, 8 D) 1, 2, 5, 6, 7
60. Quyidagi qaysi davlat Paragvay va Chili davlatlari mustaqillikka erishgan yillar oralig'ida o'z mustaqilligiga erishgan?
A) Kuba B) Argentina C) Venesuela D) Meksika
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.