9 – sinf olimpiadaga I – variant
1. Ma’lumki, misrlik ziroatchilarning qachon urug’likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig’ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni ular qanday aniqlaganlar? A) misrliklar bu muddatlarni taqvimga qarab aniqlashgan B) misrliklar bu muddatlarni yulduzlarga qarab aniqlashgan C) misrliklar bu muddalartni qaldirg’ochning parvoziga qarab aniqlashgan D) misrliklar bu muddatlarni oyga qarab aniqlashgan
2. Insoniyat hayot tarzida yuz bergan quyidagi o’zgarishlarning qaysi biri nisbatan keyinroq sodir bo’lgan? A) toshga ishlov berishning ilgari ma’lum bo’lmagan usullari: silliqlash, arralash, sirlash va teshikchalar parmalashni qo'llay boshlanishi B) qabilalarning o’troq turmush tarziga o’tib, doimiy turar joylar qura boshlashi C) ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi va parmalovchi mehnat qurollari yasala boshlanishi D) sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o’simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlanishi
3. Buyuk Alfred daniyaliklar bilan tuzgan tinchlik sulhidan nima maqsad yo’lida foydalanadi? A) Skandinaviya mamlakatlari bilan savdo qilish B) Daniyani bosib olish C) janubiy yerlarni bosib olishda daniyaliklarni ittifoqdosh qilish D) yangi kuchli qo’shin tuzish
4. Jaloliddin qaysi yurt hukmdorlariga nomalar yozib, ularni mo’g’ullarga qarshi kurashish yo’lida birlashtirishga harakat qiladi? A) Ozarbayjon, Dehli, Misr va Bogdod xalifasi B) Gurjiston, Iroqi Ajam, Misr va Rum C) Dehli Sultonligi, Iroqi Ajam va Qurdiston D) Ko’niya, Jazira, Damashq va Misr
5. Rus knyazlardan kim mo’g’ullar tomonidan “knyazlar oqsoqoli” deb tan olinib, Vladimir knyazligini boshqarishga yorliq oladi? A) Vladimir B) Aleksandr C) Yaroslav D) Mixail
6. Amir Temur bilan yuzma-yuz o’tirib suhbatlashishga muyassar bo’lgan buyuk arab faylasufi kim? A) Ibn Batuta B) Abu Nasr Bayhaqiy C) Ibn Arabshoh D) Ibn Xaldun
7. Jahon tarixida birinchi marta qaysi davlat iqtisodiyotida qishloq xo’jaligidan sanoatga o’tildi? A) Fransiya B) Gollandiya C) Italiya D) Angliya
8. Xorazmda shayboniylar sulolasi nechanchi yillar oralig’ida hukmronlik qildilar? A) 1511-1770-yillar B) 1511-1778-yillar C) 1512-1754-yillar D) 1512-1770-yillar
9. Qaysi mamlakatning bittasidan tashqari barcha dengiz portlari 1757-yildan e’tiboran yevropaliklar uchun yopib qo’yildi? A) Yaponiyariing B) Vyetnamning C) Xitoyning D) Hindistonning
10. Qaysi shahar tarjima qilinganda “shamol shahri” degan ma’noni anglatadi? A) Qo’qon B) Toshkent C) Samarqand D) Urganch
11. Qaysi voqea sabab Pyotr I o‘zbek xonliklariga kirib borish maxfiy rejasini tuzadi? A) Xiva xoni Pyotr I huzuriga yashirincha elchi yuborib, Xivani Rossiya tobeligiga qabul qilishni so‘raganidan so’ng B) “Shimoliy urush”da shvedlar ustidan g’alabaga erishib, barcha e’tiborini Markaziy Osiyoga qaratish imkoniyati tug’ilganligi sabab C) Pyotr I uyushtirgan ekspeditsiyaning halokati tarzda tugashi natijasida D) Xiva elchisi Xoja Nafas rus ma’murlariga, Sankt-Peterburgga borgach, podsho Pyotr I ga Amudaryo sohillaridagi qumlar oltinga boyligini, sohilda istiqomat qiluvchi aholi ko‘p miqdorda oltin yuvib olayotganini aytganiligi oqibatida
12. AQSHda negrlar va demokratik harakat qatnashchilarini sud va so‘roqsiz jazolash nima deyiladi? A) Linch sudi B) Inkvizitsiya C) Latifundiya D) Ku-kluks-klan
13. Ahmad Donishning Buxoro elchilari bilan birga Moskva, Peterburg shaharlariga sayohatga borgan yilini aniqlang. A) 1857-yil B) 1865-yil C) 1852-yil D) 1862-yil
14. Sharqda birinchi bo’lib Yevropa tajribalaridan foydalangan Osiyo davlatini aniqlang. A) Xitoy B) Hindiston C) Eron D) Yaponiya
15. 1877-1878-yillardagi Rossiya – Turkiya urushi San – Stefano sulhi bilan yakunlandi. Angliya hukumati San – Stefano sulh shartnomasini Turkiya foydasiga qaytadan ko’rib chiqishga muvaffaq bo’ldi. Angliya buning “evaziga” Turkiya mustamlakasi bo’lgan qaysi hududni egalladi? A) Quvaytni B) Gretsiyani C) Kiprni D) Transiordaniyani
16. Rus qo‘shinlari Erjar yaqinidagi jangdan keyin qayerga hujum qiladi? A) Buxoroga B) Xo‘jandga C) Jizzaxga D) Samarqandga
17. Quyidagi berilgan hukmdorlarning hukmronlik yillari bilan to’g’ri berilgan qatorni toping. 1) Qutbiddin Muhammad; 2) Otsiz; 3) Elarslon; 4) Takash; 5) Muhammad a) 1156-1172; b) 1172-1200; c) 1127-1156; d) 1097-1127; e) 1200-1220 A) 1-d; 2-c; 3-a; 4-b; 5-е В) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; 5-e C) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a; 5-e D) 1-е; 2-c; 3-b; 4-d; 5-a
18. Pyotr I tomonidan O'rta Osiyoga yuborilgan Ivan Buxgols ekspeditsiyasi qayerda istehkom qurgan edi?
19. Lotincha «kengaytirish» ma’nosini bildiruvchi atamani toping.
20. Yunoniston-Eron urushi necha yil davom etdi?
21. O’rta asrlarda mavjud bo’lgan mayorat udumining mohiyati nimadan iborat?
22. XIX asrning 70-yillariga kelib qaysi davlatning chet davlatlardan qarzi 2,4 mlrd frankka yetadi?
23. General Kaufman Urgut aholisi huzuriga taslim bo‘lish taklifi bilan kimni yuborgan edi?
24. «Tilzit shartnomasi» qaysi davlatlar o’rtasida imzolangan?
25. Qaysi Temuriy shahzodaning kutubxonasida qirqta xattot va bir qancha naqqoshlar qo’lyozma asarlardan nusxalar ko’chirish va ularni bezash bilan band bo’lgan?
S |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
13 |
14 |
15 |
16 |
17 |
J |
B |
D |
D |
D |
C |
D |
D |
D |
C |
A |
D |
A |
A |
D |
C |
B |
A |
18 Yamishchev ko’li
19. Ekspansiya
20. 41 yil (mil. Av. 490-449 yillar)
21. meros katta o‘g‘ilga qoldirilishi
22. Turkiya
23. General Abramov
24, Rossiya va Fransiya (1807 yilda)
25. Hirotda Boysung’ur Mirzo ibn Shohruh Mirzo kutibxonasida
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.