Fan: Tarix
Sinf: 9- sinflar uchun olimpiada testi
I variant
1.Tangalarni tadqiq qilish bilan qaysi fan shug`ullanadi ?
A)numizmatika; B)epigrafika; C)lingvistika; D)antropologiya.
2.O’zbekiston hududidagi mil. avvalgi 2-mingyillikka oid dehqonchilik va chorvachilik manzilgohlarini ko’rsating?
1)zamonbobo, 2)zarautsoy, 3)oltintepa, 4)sopollitepa, 5)kaltaminor,6)jarqo’ton
A)2,4,6 B)1,3,5 C)2,3,6 D)1,4
3.XVI asr boshlarida Yevropa mustamlakachilari tomonidan bosib olingan hududlarda asosan qaysi ekinlar ekish yo’lga qo’yilgan?
A)paxta va shakarqamish B)tamaki va choy C)makkajo’xori va bug’doy D)choy va shakarqamish
4.Ispan Vitse-qirollariga ta’qiqlangan narsalar qaysi javobda noto’g’ri ko’rsatilgan?
A)oila a’zolarini olib ketish B)ko’chmas mulk sotib olish
C)sud hokimyatini amalga oshirish D)tadbirkorlik bilan shug’ullanish
5.”Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” asarida hayotga uchrab turadigan qaysi salbiy odat, eng yomon illat sifatida keskin qoralandi?
A)ikkiyuzlamachilik B)sotqinlik C)mish-mishchilik D)yolg’onchilik
6.Qaysi davlatdagi ichki nizolar Fransiya-Prussiya urushining boshlanishiga bahona bo’ladi?
A)Italiya B)Ispaniya C)Avstriya D)Daniya
7.Farnsiya – Germaniya sulh shartnomasi qayerda imzolangan?
A) Farnkfurtda B) Parijda C) Venada D) AQShda
8.Yunkerlar kimlar?
A)Katta yer egalari B. Kichik yer egalari C) Mansabdor shaxslar D)Soliqdan ozod qilingan mulkdorlar
9.Buyuk Britaniyada Dizraeli bosh vazirligi davrida qanday islohotlar amalga oshirilgan?
1. 10 yoshdan kichik bolalarni ishga qabul qilish ta`qiqlandi. 2. Haftasiga 54 soatlik ish vaqti belgilandi 3. Tred- yunionlarga o`z huquqlarini sudda himoya qilish huquqi berildi 4. Ish tashlashlar o`tkazilishiga ruxsat etildi 5. Parlamentga saylovlarning yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkazilishi joriy etildi.
A)1,2 B)2,3 C)3,4 D)4,5
10.O’z davrida tarixchilar qaysi davlatga nisbatan “Britaniya imperyasi boshiga kiydirilgan toj”deb ta’rif berganlar?
A)Misr B)Hindiston C)Janubiy Afrika D)Xitoy
11.”Tillashayx” masjidi qaysi shaharda joylashgan?
A)Samarqand B)Buxoro C)Toshkent D)Xorazm
12.1843yil Xivaga kelgan ingliz diplomatiyasi vakili kim edi?
A)J.Abbot B)D.Volf C)A.Byurns D)A.Kannoli
13.1868yil tashkil qilingan Zarafshon okrugining markazi qaysi shahar bo’lgan?
A)Samarqand B)Kattaqo’rg’on C)Buxoro D)Qarshi
14.1718yil Irtish daryosi sohilida ruslarning nechta istehkomi qurilgan edi?
A)5ta B)6ta C)7ta D)8ta
15.1875yil Rossiya imperyasi tomonidan O’rta Osiyo bosib olinishining nechanchi bosqichi boshlandi?
A)1 B)2 C)3 D)4
16.”Hazrati Kalon Sohibzoda”madrasasi nechanchi yilda bunyod etilgan?
A)1862y B)1871y C)1852y D)1872y
17.Verniy qal’asi hozirda qaysi shaharda joylashgan?
A)Ashxabod B)Orenburg C)Janbul D)Almati
18.Toshkentga qarshi 1-hujumni boshlagan general kim?
19.Chijou davlatining hukmdorlari o’zlarini nima deb atashgan?
20.Yaponiya e’tiqodiga ko’ra, Amaterasu qanday xudo?
21.Qaysi inshoatning xonalari 100dan ortiq bo’lgan?
22.Dunyoga hukmron bo’lishni istagan davlat?
23.”Bo’lib tashla, hukmronlik qil ”shiori kimga tegishli?
24.Oqmachit qal’asi nechanchi yilda bosib olingan?
25.AQSHdagi”Ku-kluks-klan”qanday tashkilot?
Fan: Tarix
Sinf: 9- sinflar uchun olimpiada testi
II variant
1.Quyidagi qaysi qatorda choy daraxtining barglaridan tayyorlngan shifobaxsh ichimlik bo`lmish “Choy”ning asoschilari berilgan?
A)Xitoyliklar B) Hindlar C) Misrliklar D) Arablar
2.Xammurapi qonunlariga ko`ra, qarzni vaqtida qaytarmagan kishi…
A) qulga ayantirilgan B) yeri yoki mulki tortib oligan
C)Qarz bergan kishiga o`z oila a`zolarini3 yil muddatga qullika berishi shart edi D) o`ldirilgan
3.Dunyoni aylanib
suzishg dastlab kim tomonidan amalga oshirilgan?
A) Vaska da gama B)Magellan C)L. V. Torres D) A. Vespuchi
4.Kim Angliyada siyosiy tarqoqlikka barxam berib, mamlakatni yagona markaz – Londonga birlashtirdi?
A) Genrix VII Tyudor B) Richard V C) Genrix VIII D) Yelizavetta
5. Navoida xalqaro internodel Logistika markazining tashkil etilishi…
A)O`zbekistonni Osiyo Evropa bilan bog`laydi B)Janubiy – Sharqiy Osiyoni Evropa bilan bog`laydi
C)Qitalararo transport ekspeditsiya uzeli sifatida foydalaniladi D)Arab mamlakatlari bilan bog`laydi
6.Ruzveltning monopoliyalarga qarshi kurashi qanday nom olgan?
A) “Adolatli yo`l” B) “ Taraqqiyparvar yo`l” C) “Oltin yo`l” D) “Qatiy yo`l”
7.Qaysi AQSh prezidenti AQSh- Ispaniya urishida shaxsan ishtirok etib, shuhrat qozongan?
A)Taft B) Guvver C) T.Ruzvelt D) V. Vilson
8.1911 yil oxirida Meksikadagi shaxtalarning … % , metallurgiya korxonalarining… %, neftning … %, Kauchik ishlab chiqaruvchi korxonalarning… %, AQSh monopolistlarining qo`liga o`tdi?
A)68, 58, 78, 72 B)78.72, 58, 68 C)72,78, 68, 58 D)58, 78, 72, 68
9.XIX asr oxirida
Lotin Amerikasiga eng ko`p capital kiritgan davlat?
A)AQSh B)Britaniya C) Germanya D) Fransiya
10. Meksikada tuzilgan “Dehqonlarni himoya qilish xuntasi” ning shiori nima edi?
A) “O`lim yoki ozodlik” B) “Ishlab yashaylik yoki jang qilib o`laylik”
C) “ Yer va ozodlik” D) “ Ozod Meksika uchun”
11.Imperator Pedro
II taxtdan voz kechgach Braziliyada hokimiyat kimlarning qo`liga o`tgan?
A)Harbiylar B) Plantatorlar C) Dehqonlar D) Sanoatchilar
12.1865- 1868 yillarda…
A)Rossiya O`rta Osiyoda uzluksiz urush olib bordi B)O`rta Osiyoda yirik qo`zg`olonlar davri bo`ldi
C) Rossiyaning O`. Osiyoga bosqininig 2- davri bo`ldi D) Rossiyaning O`. Osiyoga bosqinining 3- davri bo`ldi
13.Ahmad Donishning Amir Muzaffar Buyrug`I bilan yozgan asarini aniqlang?
A) “ Manozir al- kavokip” B) “ Navodir ul- vaqoe” C) “ Buxorodan Peterburgga sayohat”
D) “Buxoroi sharif mang`it amirlari muxtasar tarixi”
14.General Kaufman
Urgut aholisi huzuriga taslim bo`lish taklifi bilan kmni yuboradi?
A)Romonovskiyni B)Abramovni C)Krijanovskiyni D)
Cherniyayevni
15.1886 yildagi nizomga ko`ra Qurama uyezdi nima debatalgan?
A)Amu daryo bo`limi B) Oqqo`rg`on uyezdi C) Toshkent viloyati D) Sirdaryo viloyati
16.Turkiston
o`lkasini boshqartish to`g`risidagi Muvaqqat Nizom nechanchi yilda chiqqan?
A)1865 y B)1868y C)1867y D)1886y
17.1891-1892 yillarda ko`chib kelganlarning qancha manzilgohi paydo bo`lgan?
A)25 ta B)28ta C)27 ta D)19 ta
18.Turkiston General Gubernatorligi qachon tashkil topdi?
19.Toshkent shahrida qozi sudlari nechta bo`lgan?
20.Turkistonda qozi kalon lavozimi kimning hukmronlik davrida tugatildi?
21. O`rta Osiyoda birinchi rus qishlog`i qayerda vujudga keldi?
22. Xitoyga sholi urug`i ilk bor qayerdan keltirilgan?
23. Qaysi daryo “beqaror daryo” deb tariflangan?
24. “Demoblizatsiya” nima?
25. Brinchi davlat dumasida qaysi masala asosiy rol o`ynagan?
Fan: Tarix
Sinf: 9- sinflar uchun olimpiada testi
III variant
1.XVI asrda Shayboniyxon Madrasasi qayerda qurilgan?
A)Samarqandda B)Buxoroda C) Toshkentda D) Xivada
2.Shayboniylar
davrida ta`lim necha yil davom etgan?
A)18 yil B) 21 yil C) 25 yil D)26 yil
3.Ashtarxoniylar hukmronligi davrida kim xalqdan 7 yillik soliqlarni birdaniga yig`ib olingan?
A)Subhonqulixon B)Ubaydulloxon C)Abdullaxon D)Abulfayzxon
4.Avstriya
Vengriyada tuzilgan shovinistik kayfiyatdagi partiyani aniqlang?
A)Buyuk Germaniya partiyasi B) “Sotsial demokratik ”partiya
C) “Pangerman”partiyasi D) “Xristiyan demokratlar ”partiyasi
5.Bolqon ittifoqi tarkibiga kirgan davlatlarni aniqlang?
1.Bolqon 2. Serbiya 3.Chernogorya 4. Gretsiya 5. Xorvatiya 6. Slovakiya 7. Avstriya- Vengriya
A)1, 2, 3,4 B)2, 3, 4, 5 C)3, 4, 5, 6 D)4, 5, 6,7
6.Italiya birlashtirilishiga qadar Papa qaysi davlatga tayanib Rimni boshqargan?
A)Germaniyaga B)Britaniyaga C)Fransiyaga D)Avstriya- Vengriyaga
7.XIX asr oxirlarida Italyaning qaysi qismida dehqonlar chiqishlari yuz bergan?
A)Milanda B)Sitsiliyada C)Sardiniyada D)Neapalda
8.Yaponiyada qachon “to`rt” Tabaqa haqidagi qonun bekor qilindi?
A)1867 y B)1869y C)1868y D)1861y
9.Yaponiya konistitutsiyasiga ko`ra, vazirlar kengashi… oldida hisob berar edi?
A)Imperator B) Parlament C) Bosh vazir D) Yashirin kengash
10. “Intervensiya” so`zining tub ma`nosini aniqlang?
A) “Birlashtirish” B) “Aralashuv” C) “Xarid qiluvchi” D) “Egallash”
11.San- Stefano shartnomasi qaysi davlatlar o`rtasida imzolangan?
A)Turkiya- Bolgariya B)Rossiya – Bolgariya C)Rossiya- Turkiya D)Germaniya- Turkiya
12.1895-1896 yillarda yagona davlat Buyuk Markaziy Amerika respublikasi tuzildi uning tarkibiga qaysi davlatlar kirgan?
A) Gonduras, Salvador, Nikaragua B)Gvatemala, Salvador, Nikaragua
C)Panama, Kosta- Rika, Dominikana D)Gonduras, Salvador, Dominikana
13.Turkiston General Gubernatorligining yer maydoni qancha bo`lgan?
A)1,7 mln km kv B)5,2mln km kv C)2,5mln km kv D)1,9mln km kv
14.1873 yilda tuzilgan Amudaryo bo`limining markazi qaysi shahar bo`lgan?
A)Verniy B)yangi Urganch C) Nukus D) Petro- Aleksandrovsk
15.Gandimiyon shartnomasi qachon imzolamgan?
A)1868y B)1873y C)1875y D)1878y
16.Turkistonga qaysi yillar oralog`ida ruslarning 25 ta manzilgohi vujudga keldi?
A)1891- 1892 B)1891-1875 C)1892-1895 D)1875-1890
17.Chor Rossiyasi O`rta Osiyoni necha bosqichda bosib oladi?
A)3 B)4 C)5 D)6
18.XIX asr 2- yarmida Toshkentning nechta darvozasi bo`lgan?
19.Rossiya va Yaponiya o`rtasidagi sulh shartnomasi qaysi davlat vositachiligi davrida imzolangan?
20.Oprichniklar otlarining egarlariga nima osib yurishgan?
21.Iyerogliflar bu…?
22.Qadimgi Misrliklar Ptax xudosini qaysi hayvon timsolida tasavvur qilishgan?
23.Avstriya- Vengriya tashqi siyosatida asosan qaysi hudud turardi?
24.Qo`qon xonligi asoschisi kim?
25.Xonliklarda 12 kunlik hashar ishlari nima deb atalgan?
1-вариант
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
13 |
14 |
15 |
16 |
17 |
A |
D |
A |
C |
B |
B |
A |
A |
A |
B |
C |
A |
A |
C |
C |
A |
D |
18.Chernyayev
19.Osmon o’g’illari
20.quyosh
21.Xudoyorxon
22.Germaniya
23.mustamlakachilarga
24.1853 yil
25.irqchilik terrorchi tashkilot
2-вариант
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
13 |
14 |
15 |
16 |
17 |
A |
C |
B |
C |
C |
A |
C |
B |
A |
C |
A |
A |
A |
B |
C |
A |
A |
18. 1867 yil
19. 4 ta
20. Kaufman
21. Avliyo ota
22. Hindiston
23. Xuanxe
24. Harbiy xizmatdan bo`shatish
25. Agrar
3-вариант
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
13 |
14 |
15 |
16 |
17 |
A |
B |
A |
C |
A |
C |
B |
B |
A |
B |
C |
A |
A |
D |
B |
A |
B |
18. 12 TA
19. AQSh
20. Itning kallasi va supurgi
21. Toshga chekilgan muqaddas bitik
22. Qora ho`kiz
23. Bolqon
24. Shoxruhbiy
25. Begar
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.