2-mashq
O’qing nechta gap o’qidingiz?
Biz Vatanimiz- jonajon O’zbekistonni sevamiz. Shuning uchun uni ona Vatan deb ardoqlaymiz. Ona Vatanimiz go’zal va bepoyon.
Og’zaki nutqda bir gap boshqasidan qanday ajratiladi? Yozma nutqdachi?
Ikkita gapni ko’chiring va ularni tekshiring.
O’quvchi yodingda tut!
Kishilarning ismi va familiyasi, hayvonlarga qo’yilgan nomlar,daryolar nomi,shahar va qishloqlarga qo’yilgan nomlar bosh harf bilan yoziladi.
Unli tovushlar va harflar
Unli tovushlarni aytganimizda havo og’izda
to’siqqa uchramay, erkin o’tadi. Faqat ovoz eshitiladi.
O’zbek tilida 6 ta unli tovush bor:
a e i o u o’
Unli tovushlarni ifodalaydigan harflar ham 6 ta. a e i o u o’
Bir unli tovush bo’g’in hosil qiladi.
Undosh tovushlar va harflar
Undosh tovushni aytgamimizda havo og’izda to’siqqa uchraydi. Shuning uchun
ch, k kabi undosh tovushlarni aytganimizda shovqin eshitiladi; b, j kabi tovushlarni aytganimizda shovqin va ovoz eshitiladi.
O’zbek tilida 24 ta undosh tovush bor.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.