Ахборат соҳасидаги замонавий технологиялар ва улаарда тўгри фойдаланиш
Оценка 4.6

Ахборат соҳасидаги замонавий технологиялар ва улаарда тўгри фойдаланиш

Оценка 4.6
docx
15.04.2023
Ахборат соҳасидаги замонавий технологиялар ва улаарда тўгри фойдаланиш
Toyirov U TEZIS ISMA (2).docx

The main factors affecting the quality of the fiber in sawdust gin machine and their study.

Arrali tola ajratish jin mshinasida tola sifatiga ta’siri etuvchi asosiy omillar va ularning o‘rganish.

Toyirov Ulug‘bek Tolibjon ugli. assistant, Department of "Natural Fibers", Fergana Polytechnic Institute, Fergana City, Uzbekistan,

ulug`bektoyirov4@gmail.com

Urishev Murodjon Musurmonqul ugli ,assistant Deparment of ,,Natural Fibers’’ Fergana Polytechnic Institute, Fergana City, Uzbekistan,

urishevmurodjon3@gmail.com

Jin mashinasida paxta tolasini chigitdan ajratib berish jarayonida xomashyo valigi xosil bo‘lishi va uning ishchi kamerada aylanishi bir kancha faktorlarga bog‘lik; Shulardan eng asosiylari xom-ashyo valigining toladorligi, zichligi, toladan ajralgan chigitlarning mikdori va boshqalardir. Bundan tashkari xomashyo valigida xosil bo‘lgan bosim ta’sirida ishchi kamera devorlari bilan xosil kilgan ishqalanish kuchini xam inobatga olish kerak bo‘ladi. Mana shu faktorlar jin mashinasining ish unumdorligiga va olinadigan tola sifatiga ta’sir qiladi.

Jin mashinasining ish unumdorligini o‘sishi albatta xomashyo valigi zichligini ortishi bilan birga sodir bo‘lishi isbotlangan [1]. Ammo, zichlikning ortishi bilan unumdorlik ortishi ma’lum chegaragacha bo‘lib, keyin unumdorlik pasaya boshlaydi. Bu xolat yonbosh yunalishdagi ishkalanish kuchlarining ta’sirida xomashyo valigi aylanish tezligi kamayib borishi bilan bog‘lik; bo‘lib zichlik 550-600 kg/m3 bo‘lganida jarayon butunlay to‘xtab qolishi isbot kilingan.

Xomashyo valigi zichligi mashina ish unumdorligiga, chigit va tola sifatiga xamda ishchi organlarining aylanishi uchun sarflanadigan elektr-energiya sarfiga ta’sir qiladi.

Paxta tozalashda eng asosiy texnologik jarayon bo‘lgan arrali jinlashda unumdorlik, xom ashyo valigi zichligi va tola sifatining o‘zaro yaqin bog‘lanishi borligi paxta tozalash amaliyotida anchadan beri ma’lum.

I.G. Boldinskiy [2] o‘z tadkikotlarida jin unumdorligini o‘sishi albatta xomashyo valigi zichligini ortishishi bilan birga sodir bo‘lishini isbotladi.

Ammo zichlikning ortishi bilan unumdorlik ortishi ma’lum chegaragacha bo‘lib keyin unumdorlik pasaya boshlaydi.

A.D.Grober jinlash jarayoni xarakteristikalarini o‘rganish matematik ifodalash buyicha nazariy va eksperimental tadkikotlar o‘tkazgan. U jinlash jarayonining statistik konuniyatlarini anikladi. Xususan, muallif ko‘rsatdiki, jin ishchi kamerasiga chigitli paxtani uzatish notekisligini kamaytirilishi va jinlash jarayonini stabillanishi paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi.

Arrali jinlash asosiy tadkikotlarining rivojlanish taxlili uni optimallash yullarini belgilashga imkon beradi. Jin unumdorligini oshirish va tola sifatini yaxshilash uchun jinlash jarayonini stabillash zarur.

Paxta zavodlarning amaliyotida jinlashda xomashyo valigining zichligini sub’yektiv o‘rganiladi va rostlanadi. Buning uchun jinning ta’minlanishini chigitli paxta naviga karab ish tajribasidan aniklanib belgilangan tezlikka o‘rnatiladi, so‘ng esa xomashyo valigining zichligi va chigitlarning tukdorlik darajasini rostlashga  o‘tiladi. B.I.Bekmirzayev [4] tomonidan xom ashyo valigi zichligining tola va chigit sifatiga ta’siri xakida eksperimental ma’lumotlari olingan.

S.Fazildinov, R.M.Kattaxodjayevlarning ilmiy makolasida  chigitli paxtani arrali jinlashdan keyin toladagi nuksonlar yigindisi yirik xas- chup, ulyuk, tolali pustlok va singan chigit mikdorini oshishi sabablari va bular ichida xom ashyo valigi zichligining roli tekshirilgan.

“Paxtasanoat ilmiy markazi” IICHM va TTESI da o‘tkazilgan tadkikotlar ko‘rsatdiki, tolada jinlash nuksonlarini xosil bo‘lish sabablaridan asosiysi - xom ashyo valigining ortikcha va o‘zgaruvchan zichligidir. Xomashyo valigi zichligi oshganda tuquv jarayonida yomon ta’sir kiluvchi chigallar, kombinatsiyalangan chigallar va tugunaklar xosil buladi.

Jinlash nuksonlarini kamaytirish uchun jinlash jarayonini xom ashyo valigining nisbatan bush va turg‘un zichligida amalga oshirish kerak. Mualliflar xom ashyo valigi yordamida zichligi pasaytirilgan bo‘lganda jinda olingan tola sifatini tadkik kilishgan.

Arrali tola ajratgichlar ishchi kamerasi, kolosnikli panjara, peshtoq brusi, xavo kamerasi, o‘lik konveyeri, kameraga paxta kirish joyi va chigit tarog‘i bilan chegaralangan old fartukdan iboratdir.

       Ishchi kameraning bu elementlari, ularning tuzilishi, katta kichikligi va arraga nisbatan joylashishi arrali tola ajratish jarayoniga ta’sir etadi.

       Shuningdek, arrali tola ajratish jarayoni arra tishlariga tolani il-ashtirib sudrab, kolosnikli panjara chegarasidan olib o‘tishda chigitdan tolani uzib olishga asoslangan. Bu jarayon davom etish natijasida ishchi kamerasida xomashyo valigi hosil bo‘ladi.

       Bu funksiyadan  tashqari kolosnikli panjara zich paxta yoki chigitli valiklarni hosil qilishda ishchi kamerani bir qismini shakllantiradi hamda tozalangan chigitni o‘zi bo‘ylab sirpanib, mashinadan chiqishiga yordam beradi.

       Kameraning old fartugi arra diametridan  katta bo‘lgan shakldagi xomashyo valigini hosil qilish uchun yo‘naltiruvchi sirtdir. Korpusning oldingi kerkiga ikkita osgichli ustun o‘rnatilgan bo‘lib, ularga sharnir usulida ishchi kameraga mahkamlangan.

       Paxta taqsimlash shnekidan PD ta’minlagichiga uzatilib, unda titi-ladi va mayda iflosliklardan tozalanadi. Arrali tola ajratkichning un-umdorligi, uning ta’minlash valiklarining aylanish tezligini o‘zgartir-ish bilan sozlanadi.

       Ta’minlagichlardan paxta tarnovlar orqali ishchi kameraga tushirilib, unda arrali silindr ta’siriga uchraydi va xomashyo valigini hosil qiladi.

       Arra silindr tishlari xomashyo valigidagi paxta tolalarini ilib, kolosniklar orasiga olib kiradi va chigit sirtidan yulib oladi. Arra tishlaridagi tolalar sopladan 55-65 m/sekund tezlikda chiqayotgan havo oqimi bilan ajratilib, umumiy tola quvuri orqali tola tozalash dast-goxiga uzatiladi. Kolosniklarning ishchi qismida tirqishlar kengligi 3,2 mm dan katta bo‘lmaganligi uchun chigit o‘tib keta olmaydi, aylanib turgan chigit paxta valigiga qo‘shilib ketadi va xamma tolalari ajralmaguncha aylanishda davom etadi.

       Jami tolalardan ajratilgan chigitlar o‘zining ishlash qobiliyatini yo‘qatadi. Chigitlar tola valigidan ajralib, kolosnik sirtiga va u orqali pastga tushadi. Arrali tola ajratkichdan chiqayotgan chigitlarning tuklilik darajasi chigit tarog‘i bilan o‘zgartirilib turiladi.

       Yuqorida aytilganlarni inobatga olgan holda, ishchi kameraning xomashyo valigi aylanishini chigit chiqaruvchi qurilma orqali tezlashtirish hamda arrali tola ajratkich ish kamerasining maqbul profilini tanlash uchun turli xil imkoniyatlar yaratildi.

       Ish kamerasini tanlashda chigit chiqaruvchi qurilma bilan arra orasidagi masofa 40  mm, arrali silindr o‘qi bilan chigit chiqaruvchi qurilma o‘qi orasidagi masofa gorizantal bo‘yicha 107 mm , vertika bo‘yicha 252,5 mm arrali silindr o‘qi bilan chigit torog‘i o‘qi orasidagi masofa 242 mm, chigit torog‘i o‘qi bilan chigit chiqaruvchi qurilma o‘qi orasidagi masofa 208 mm va chigit torog‘i uchi bilan kolosnik orasidagi masofa 30 mm tashkil etdi

       Shunday qilib yuqoridagi o‘lchamlar asosida ishchi kamerasiga yordamchi chigitni chiqaruvchi qurilma o‘rnatildi va tola ajratish jarayonida ish unumdorligi 14,2 kg\arra soatga hamda tola sifati oshirishga erishildi. Maqbul silindr quvurli tuzilma o‘lchami quyidagicha, quvur tashqi diametri 165 mm , ichki diametri 154 mm , quvur ichigi o‘rnatilgan nisbiy qo‘zg‘olmas shnek diametri 154 mm va bir dona teshik o‘lchami 1,77 sm2 tanlab olindi.

   Rasm-1. Yordamchi chigit chiqaruvchi qurilmali arrali tola ajratkich

Keyingi tadqiqotlar tola ajratish jarayonida xomashyo valigi tezligini chigit chiqaruvchi qurilma orqali oshirish va yangi ishchi kamera profilini tanlash hamda chigit chiqaruvchi qurilma aylanish tezliklarini aniqlash.

       Tajriba natijalari minimal xarajatlar bilan muammoning maqbul yechimini topishga imkon beradigan tajribani rejalashtirish matematik usullari bilan ishlov berildi.

       Paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish sifati ko‘p jihatdan uskunalarning konstruktiv tuzilishi va texnologik ishlash rejimiga bog‘-liq. Arrali tola ajratish jarayonida chigitdan tolani ajratish ko‘pgina omillarga va ularning o‘zaro ta’siriga bog‘liq bo‘lib, faqat minimal ha-rajatlar bilan maqbul darajaga yaqin bo‘lgan muammoning yechimini topishga imkon beradigan tajribani rejalashtirishning zamonaviy matematik usullari yordamida o‘rganilishi mumkin.

       Tajribani rejalashtirish usulidan foydalanish uchun tola ajratish jarayonining sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi mustaqil omillarni o‘rganish kerak. O‘tkazilgan ishlar va ishlab chiqarish tajribalarini tahlil qilish natijasida quyidagi asosiy o‘zgaruvchan omillar aniqlandi:

-Arrali tola ajratkich ish unumdorligi (kg\arra-soat) ;

- Yordamchi chigitni chiqaruvchi qurilma aylanish tezligi (ayl\min);

-Yordamchi chigitni chiqaruvchi qurilmadan tuksiz chigitlarning chiqishi (kg).

Biz ushbu omillarni asoslab beramiz va ularning o‘zgaruvchanlik daraja-sini tanlaymiz.

Arrali tola ajratkich ish unumdorligini quyidagicha oshirish mumkin:

1. Ishchi kameraga paxtaning tushish miqdorini ko‘paytirish orqali (buning uchun ishchi kamera profilini o‘zgartirish hisobiga);

2. Yordamchi chigitni chiqaruvchi qurilma orqali xomashyo valigi tezligini oshirish bilan;

3. Ishchi kameraga tushayotgan paxta miqdorini oshirish xamda kamerada tuksiz chigitlarning turish vaqtini kamaytirish hisobiga xomashyo valigi toladorligini oshirish bilan;

4. Arra tishlarining tolani ilashtirib olish qobiliyatini oshirish bilan.

      Tajriba tadqiqotning maqsadi quyidagilardan iborat edi: xomashyo valigi tezligini yordamchi chigitni chiqaruvchi qurilma orqali oshirish va mashina ish unumdorligiga ta’sirini o‘rganish, hamda maqbul tuzilmali  chigit chiqaruvchi qurilmaning aylanish tezliklarini topish.

     Arrali tola ajratkich ish unumdorligini o‘sishi, chigit chiqaruvchi qu-rilmaning aylanish tezligi oshishi bilan xomashyo valigi zichligi kamayishiga erishildi. Bu esa xomashyo valigi toladorligi o‘sishiga xamda chigitlarning ajralishi tezlashishi oshdi.

     Tola sifatining pasayishiga sabab, chigitlarning mexanik shikastlanish darajasi oshishi natijasida singan chigitlar hamda chigit qobiqlari miqdori tola tarkibiga qo‘shilib ketishidadir. Shuning uchun arrali tola ajratkich unumdorligi tajriba rejasining asosiy omili sifatida kiritilgan, unumdorlik o‘zgarishi oralig‘i 7,4 dan 14,2 kg\arra soat  gacha. Arrali tola ajratkichning unumdorligi, uning ta’minlash valiklarining aylanish tezligini o‘zgartirish bilan sozlanadi.


 

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati.

1. Miroshnichenko G.I. Fundamentals of designing machines for primary processing of cotton. - M., "Engineering", 1972. - 486 p.

2. Boldinsky G.I. et al. About the profile of the apron of the raw gin chamber in the zone of entry of raw cotton into it // - J. Ref. Sat Cotton industry. 1975. No.1. 9 sec.

3. Grober A. D.  Patterns of formation of probabilistic characteristics of the length of cotton fiber in the process of ginning. // Cotton industry. 1970. No. 1. p. 8-10.

4. Bekmirzayev B.I. Razrabotka sposoba regulirovaniya pitaniya pilnogo djina po vozduxopronisayemosti sыrsovogo valika v syelyax

uluchsheniya kachestva volokna i semyan: Diss. kand. texn. nauk - Tashkent. 1989 - s.6-58.

5. Fazildinov S., Kattaxodjayev P.M.. Snijeniye porokov volokna pri pilnom djinirovanii xlopka-sыrsa. // Xlopkovaya promыshlennost. 1981 g., №1, str. 7.

6. Sh.Azizov, X.T.Axmedxodjayev. Theoretical Analysis of Gin Cylinder for Simulating Dual Saw Cylinder Chamber Gin for Increasing Wear Proof, Energy Efficient, Saving Resources. DOI: 10.4236/wjet.2015.33010 World Journal of Engineering and Technology Vol.3 No.3, Pub. Date: July 13, 2015.

7. Safarov N.Q. Improving fiber quality and efficiency by installing a metering device in sawing fiber separation chamber. Epra International Jurnal of Research Development (IJRD) 9-September 2020 341-345 page.

8. Safarov N.Q. Oh the process of separating a saw fibir, perfecting construction of mashine ot get additional cotton seed. “International Journal of Advanced Research (IJAR)” 11-noyabr 2020  776-780 page.

 

 


 

Скачано с www.znanio.ru

The main factors affecting the quality of the fiber in sawdust gin machine and their study

The main factors affecting the quality of the fiber in sawdust gin machine and their study

Arrali jinlash asosiy tadkikotlarining rivojlanish taxlili uni optimallash yullarini belgilashga imkon beradi

Arrali jinlash asosiy tadkikotlarining rivojlanish taxlili uni optimallash yullarini belgilashga imkon beradi

Ta’minlagichlardan paxta tarnovlar orqali ishchi kameraga tushirilib, unda arrali silindr ta’siriga uchraydi va xomashyo valigini hosil qiladi

Ta’minlagichlardan paxta tarnovlar orqali ishchi kameraga tushirilib, unda arrali silindr ta’siriga uchraydi va xomashyo valigini hosil qiladi

Keyingi tadqiqotlar tola ajratish jarayonida xomashyo valigi tezligini chigit chiqaruvchi qurilma orqali oshirish va yangi ishchi kamera profilini tanlash hamda chigit chiqaruvchi qurilma aylanish tezliklarini…

Keyingi tadqiqotlar tola ajratish jarayonida xomashyo valigi tezligini chigit chiqaruvchi qurilma orqali oshirish va yangi ishchi kamera profilini tanlash hamda chigit chiqaruvchi qurilma aylanish tezliklarini…

Ахборат соҳасидаги замонавий технологиялар ва улаарда тўгри фойдаланиш

Ахборат соҳасидаги замонавий технологиялар ва улаарда тўгри фойдаланиш

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
15.04.2023