BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA MUSIQANING TUTGAN O‘RNI
Valioxunova Feruza G‘anijonovna
Andijondavlatuniversiteti
musiqa ta'limi kafedrasi jo‘rnavozi
valioxunova.feruza@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur maqolada aynan musiqa madaniyatini yoshlar hayotidagi o‘rni haqida yoritib berishga harakat qilingan. Aynan maqolaning ilmiy jihati shundaki, barkamol avlodni musiqa san'ati durdonalari bilan sug‘ortirish hamda, ularni munosib etib tarbiyalashga qaratilgan. Mazkur maqolada aqliy hujum metodlari bilan tushuntirish ishlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalitso‘zi:musiqa, ijod, qo‘shiq, faoliyat, san'at, ta'lim, tarbiya, ijodkor.
Аннотация: Эта статья является попыткой пролить свет на роль музыкальной культуры в жизни молодежи. Научный аспект статьи заключается в том, что она направлена на то, чтобы оросить гармонично развитое поколение шедеврами музыки и достойно воспитать их. Эта статья дает вам краткий обзор мозгового штурма.
Ключевые слова: музыка, творчество, песня, деятельность, искусство, образование, воспитание, создатель.
Annotation: This article is an attempt to shed light on the role of music culture in the lives of young people. The scientific aspect of the article is that it is aimed at irrigating the harmoniously developed generation with masterpieces of music and bringing them up with dignity. This article gives you a brief overview on brainstorming.
Keywords: music, creativity, song, activity, art, education, upbringing, creator.
Barcha o’quv fanlari qatori musiqiy ta’limda ham davlat ta’lim standartining joriy etilishi milliy musiqiy merosdan to’laqonlik foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuyi va qo’shiqlarida xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyati, zamonaviy musiqiy faoliyatda o’z aksini topgan. Musiqa san’atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalash, ularning barkamol bo’lib yetishishlarida o’ziga hos va takrorlanmas manba bo’lib hizmat qiladi. Azaldan sharq, jumladan, o’zbek musiqa ta’lim – tarbiyasi pedagogikasi va uning mukammal uslubiyotlari ustoz va shogird an’analari misolida takomillashib borgan.
Davlat ta’lim standartlari ommaviy xalq musiqa pedagogikasi, professional musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari (sozanda va xonandalar) asarlarining elementar asoslarini o’rgatishni me’yorlashtiradi. Musiqa ta’limi DTS hamda yangi ta’lim mazmuni asosida o’quvchilarning musiqiy bilim va malakalarini oshirish bilan birgalikda ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi hislatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi. Shu bois musiqiy ta’limning yangi mazmuni yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga voris bo’la oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson qilib voyaga yetkazishni nazarda tutadi. Bunda o’quvchilarning musiqa san’atini butun nafosati bilan o’rganishlari ommaviy musiqa faoliyatlari: musiqani badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo’lib qo’shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi.
Bugungi kunda musiqani yoshlar hayotidagi o‘rnini ham nazardan qochirmaslik davr talabi bo‘lib qyelmoqda. Aynan musiqa inson ruhiyatining ozig‘i deb ham bejizga aytilmagan. Kundalik eshitib yurgan ayrim musiqa ohanglari inson hayotida nechog‘liq ahamiyat kasb etishini ba'zan hayolimizga ham kelitra olmaymiz. Ming afsuski bugungi kunda yoshlarimiz hayotida shovqinli musiqalar o‘rin olib kelib hayot tarzini biroz yenglillashtirganga o‘xshab ko‘rinmoqda-yu lekin, afsuski unday emasligini yoshlarimiz biroz kechroq anglashmoqda. Ushbu jarayonni to‘g‘ri mulohaza qiladigan bo‘lsak, yoshlar qiziquvchan hayotga quvnoq ko‘z bilan qarashga odatlangan biroq, ushbu qarashlarni o‘z me'yorida hamda foydali yo‘llar bilan amalga oshirish mumkinligini anglab yetishsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Barchamiz ham yosh va qonimiz qaynoq davrlarni boshimizdan o‘tkazganmiz ammo, har bir davrning o‘z bolasi va ixtirochilari bo‘lganidek XXI asr yoshlari ham huddi manashunday yoshlar sirasiga kiradi desak hato qilmagan bo‘lamiz.
Yuqoridagi so‘zlarni ilmiy tahlil qilib shuni aytish mumkinki, tadqiqotlar o‘z tajribalarida namoyish qilgan musiqiy ohanglarni tinglab kamol topishi har bir inson uchun eng muqarrar yo‘ldir. Tadqiqotchi olimlarimiz tomonidan musiqiy ohanglarni tajriba sinovidan o‘tkazgan jarayonida hulosalar quyidagicha natijalarni keltirib chiqargan:
1-honadagi tuvakdagi gulga shovqinli ohanglarni eshshittirsh jarayoni olib borilgan;
2-honadagi tuvakdagi gulga maqom musiqamizni eshittirsh jarayoni olib borilgan;
Natijada 1-honadagi gul eshittirilgan musiqa ohanglari ostida gul so‘liy boshlagan.
2-honadagi gul esa aksincha o‘sishda davom eta boshlagan. Natijada gulinng milli metr o‘sish jarayoni kuzatilgan.
Shu tarzda inson hayotidagi tinglab yurgan musiqiy ohanglari uinng aqliy rivojlanishi yoki pasayishiga olib kelishi ham aniqlangan.
Shunday ekan har bir inson u nafaqat yosh yoki keksa bo‘lishidan qa'tiy nazar klassik musiqalarni tinglab ozuqa olsalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan jarayonlarni rivojlantirishi uchun o‘qituvchining sa'yi harakatlari beqiyosdir. Aynan ilk musiqani tushunib borishga qadam qo‘ygan bolajaonlarimiz maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab tinglay boshlashsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Shuningdek o’quvchilarning musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqa san’atiga qiziquvchi o’quvchilarning musiqiy iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish, ularning badiiy ehtiyojlarini qondirish musiqa ta’lim – tarbiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi. Shu bilan birga, o’quvchilar jaxon xalqlarining nufuzli durdona asarlari bilan tanishadilar. Jamoa bo’lib kuylash faoliyati o’quvchilarning musiqiy qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarur. Jamoa bo’lib kuylash jarayonida o’quvchi o’zining ovoz ijrosini boshqarishni, ustozlari ijrosini eshitib, kuzatishni hamda ular bilan bahamjixat jo’rnavozlik qilishni o’rganadi. O’zbek xalq qo’shiqlari, Jaxon va o’zbek kompozitorlari qo’shiqlaridan foydalanishadi. Dars mashg’ulotlarida yetakchi faoliyat sifatida idrok muhim ro’l o’ynaydi. U ikki holatda amalga oshadi: birinchi holatda ma’lum asar tinglanib, idrok etiladi va uning badiiy tavsiflari dars mavzusiga doir oddiy musiqiy - pedagogik tahlil etiladi. Eshitish orqali asarni tushunish va ongli idrok etish, asarning musiqiy hususiyatlari (janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) hamda badiiy mazmuni haqida ma’lum bilimga ega bo’linadi. Ikkinchi holatda musiqa asarlari avval tinglanib (idrok etilib), so’ng u yoki bu faoliyat ko’proq kuylash orqali o’rganiladi, uning badiiy mazmun hususiyatlari amaliy faoliyatda ifodalanadi. Masalan, o’rganiladigan qo’shiq avval o’qituvchi ijrosida (eshitish qurilmalari qudio orqali ham) bir –ikki marta tinglanadi, asar hususiyati haqida suxbat qilinadi, so’ng o’rganishga kirishiladi. Kuylash faoliyati o’quvchilarning musiqa – o’quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Jamoa bo’lib kuylash jarayonida o’quvchi o’z ovoz – ijrosini boshqaradi, o’rtoqlari ijrolarini eshitib kuzatadi va ular bilan birga jo’r bo’lib kuylashga intiladi.
Musiqadagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish o’qituvchining professional va axloqiy qiyofasiga bog’liq. Har qanday san’atkor ham maktabda musiqa darsini olib bora olmaydi. Buning uchun musiqa o’qituvchisi o’z kasbiga va bolalarga mehr qo’ygan yuksak madaniyatli, keng qarashga ega bo’lgan shaxs bo’lmog’i lozim. Musiqa o’qituvchisi musiqa san’atining nazariy va amaliy sohalaridan yetarli darajada bilim, ko’nikma va tajribaga ega bo’lishi lozim. Ya’ni u ham cholg’uchi, xonanda, moxir dirijyor, jo'rnavoz, musiqa nazariyotchisi va amaliyotchisi sifatida ish yuritmog’i va ko’rsatmog’i lozimdir. Dars musiqa tarbiyasida yetakchi omil hisoblanadi, chunki bolalar yalpi tarzida qamrab olinadi. Musiqa bolalarni aniq va axloqiy tarzda katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun musiqa darslari ong va avvalo tarbiya darsi deyiladi.
“Aqliy hujum” – sinfdagi har bir o’quvchiga o’qituvchi qo’ygan savol yoki muammo yuzasidan o’z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o’quv uslubidir. Uslub mohiyati “bir kalla – yaxshi, yigirmatasi undan a’lo” printsipi bo’yicha o’quvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan extimol tutiladigan hamma fikrlar variantlarini bir yerga jamlash istisno tariqasida ta’lim oluvchilarning barcha fikrlarni, shu jumladan, aytarli to’g’ri bo’lmaganlarini ham inobatga olishdan iborat.
Bunda yaxshi idrok etilishi uchun ana shu fikrlarning barchasini doskaga yoki flipchart (mahsus yozuv qog’ozi)ga yozib borish kerak. Bu narsa bayon etilgan fikrlarning keyingi tahlilida o’quvchilarning qo’yilgan savol yoki muammoni to’g’ri tushunishga undashga imkoniyat beradi.
“Aqliy hujum”ni o’tkazish uslubiyati uch guruxga bo’linadi:
1. O’qituvchi sinfga savol, topshiriq yoki muammo tashlaydi va o’quvchilarga o’z fikrlarini aytishni taklif qiladi.
2. Istisno tariqasida barcha fikrlar (qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi) doskaga yoki flipchatga yozib boriladi.
3. Barcha fikrlar yozib olingandan keyin o’qituvchi o’quvchilar bilan birga g’oyalarni silliqlashtiradi, aytilgan fikrlarga tuzatishlar kiritiladi, keyinchalik ishdan foidalanish maqsadida ulardan eng muhimlari ajratib ko’rsatiladi.
“Aqliy hujum”ni o’tkazish qoidalari to’rt guruxga bo’linadi.
1. “Aqliy hujum” o’tkazish uchun belgilangan vaqt reglamentiga aniq rioya etish lozim.
Zamonaviy musiqiy darslarini badiiy - pedagogik asar deb hisoblash mumkin, chunki uni o’qituvchi o’z individual ijodidan va tajribasidan kelib chiqqan holda yaratadi. Darsning kompozitsiyasi va dramaturgiyasi uning badiiy – pedagogik g’oyasi, maqsad va vazifalari, shakllari, metodik usullari va texnologiyalari ham o’quvchilarda musiqaga qiziqishni o’stirish, ularga musiqa san’ati va madaniyatining ma’naviy mavzusini singdirish, zamonaviy musiqali – ijodiy faoliyatini anglash – bo’lar hammasi o’qituvchining ijodiy sohasiga kiradi.
Hulosa so‘ngida shuni aytish joyizki, har bir soha egasi o‘z kasbini sevar ekan, unga sidqidildan mehr bilan yondashar ekan albatta qo‘zlagan maqsadiga yerishgay. Mutafakkir olimlarimiz ilm yo‘lida qoldirib ketgan noyob ilmiy durdonalarini o‘rganib tahlil qilib o‘z oldimizga dasturul amal qilar ekanmiz kelajakda Prezidentimiz kutgan natijalarga erishishimiz muqarrardir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. D.T.S. 2008 y. musiqa va san’at maktablari uchun.
2. I.A.Karimov «Yuksakma’naviyat – yengilmaskuch » Toshkent 2008 y.
3. J.G. Yo`ldoshev «Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga
joriy qilish» Toshkent 2008 y.
4. Medushevskiy V.V «Entsiklopediya yunogo muzikanta» Moskva 1995y.
Скачано с www.znanio.ru
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.