Farg‘ona politexnika instituti rektori O‘.R.Salomovga,
Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti dekani I.A.Toshpulatovdan
Bildirishnoma
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faoliyatini qo‘llab-qo‘vvatlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli Farmoni va “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017 yil 18 iyundagi PQ-3138-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatlari tashkil etilishi belgilangan.
Mazkur Farmon va Qarorlar talablaridan kelib chiqqan holda Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetida yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ta’lim sifatini oshirishga doir jarayonlarni o‘rganish hamda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida faol talabalarning yig‘ilshi bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti yetakchiligiga nomzodlarning dasturlari eshitildi. O‘tkazilgan yig‘ilishda fakultetning 40-20 YSBKIT guruhi talabasi Sotivoldiyev Azamatjon Xusanboy o‘g‘li ochiq ovoz berish yo‘li bilan g‘olib deb topildi.
Sizdan fakultet “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti 40-20 YSBKIT guruhi talabasi Sotivoldiyev Azamatjon Xusanboy o‘g‘li nomzodini hamda kengashning ish rejasini tasdiqlashga ruxsat berishingizni so‘rayman.
Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti dekani: I.A.Toshpulatov
Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti
talaba-yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy muhitini yanada yaxshilash, ularni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish maqsadida kengash a’zolari tomonidan amalga oshiriladigan tizimli ishlar
REJASI
№ |
Lavozimi |
F.I.O |
Guruhi |
Amalga oshiriladigan ishlar |
1 |
Yoshlar yetakchisi |
Olloyorov Hamdambek G‘ayrat o‘g‘li +998940444560 |
49-20 YSTJ |
Kengash ishini muvofiqlashtirish, a’zolar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish, fakultet dekani va dekani o‘rinbosari bilan hamkorlikda tegishli qaror qabul qilish. Kengash muhokamalarini o‘tkazish va tegishli qarorlar qabul qilish bilan shug‘ullanadi. Kengash muhokamalari o‘tkazishni tashkil etadi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi. |
2 |
Yoshlar yetakchisining birinchi o‘rinbosari |
Tolibjonov Abbosjon Azizjon o‘g‘li +998974195949 |
48-20 YSTJ |
Kengash ishini muvofiqlashtirish, a’zolar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish, kengash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash vazifalarini bajarib, fakultet yetakchisi ma’lum sabablarga ko‘ra, kengash ishida ishtirok eta olmagan taqdirda Kengash muhokamalarini o‘tkazish va tegishli qarorlar qabul qilish bilan shug‘ullanadi. Kengash muhokamalari o‘tkazishni tashkil etadi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi. |
3 |
Faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi |
Ibrohimov Hasanboy Yusufjon o‘g‘li +998901654865 |
41-20 YSBKIT |
Fakultetda iqtidorli va faol bo‘lgan yoshlar ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, ular bilan o‘quv yiliga reja tuzgan holda talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashadi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab kengashga taqdim etadi. |
4 |
Tashabbus va yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishi yetakchisi |
Yo`ldoshev Umrbek Nurbek o`g`li +998919924405 |
98-22 YSTJ |
Fakultetda yoshlar orasida biznes va tadbirkorlikka qiziqqan, bankdan kredit olish masalalari va ularni huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida tegishli ishlarni amalga oshiradi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi. |
5 |
Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi (2-kursga umumiy mas’ul) |
Solijonov Abdullajon Inomjon o‘g‘li +998930406696 |
46-20 YSTJ |
Fakultet kengashlarida shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan kengash a’zolari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatib, muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirib, o‘quv yili davomida ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha reja tuzadi. Tadbirlarida ko‘maklashish, “Mobil guruh” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, TTJda tartib-intizomni saqlash yuzasidan tegishli choralar ko‘radi.. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi. |
6 |
Xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi |
Ortig’aliyeva Muattar Sarkorbek qizi +998907774583 |
89-21 TTDIT |
Fakultetda taxsil olayotgan talaba-qizlarning muammolarini o‘rganish, o‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, aniq reja asosida ishlarni tashkil etadi. Shuningdek, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron talaba qizlarning jamoada tengligini taminlash yuzasidan tizimli ishlar tashkil etadi. |
7 |
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar turizmi yo‘nalishi yetakchisi |
Qodirova Shahlo Ilhomjon qizi +998908411800 |
97-20 QXMT |
Yoshlar orasida sayohatlar tashkil etish rejalarini tuzib, qadimiy yodgorliklar, tarixiy obidalar, muzeylar, istirohat va ko‘ngilochar bog‘larga tashriflar, zamonaviy arxitektura inshootlariga amaliy tashriflar uyushtirish bilan shug‘ullanadi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi. |
8 |
Ta’lim jarayoni sifatini monitoring qilish yo‘nalishi yetakchisi |
Tolibov Nazarbek G`olibjon o`g`li +998916471143 |
83-21 YSKBIT |
Fakultetda ta’lim jarayoni bilan bog‘liq takliflarni, yangi g‘oyalarni izlab topish, sifatini o‘rganish va bu bo‘yicha tegishli fakultet o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirish yuzasidan ishlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi. |
9 |
Sport salomatlik yo‘nalishi yetakchisi (1-kursga umumiy mas’ul) |
Mo`ydinov Asliddin Salohiddin o`g`li +998903444816 |
77-21 QXMT |
Talabalarni muntazam sport bilan shug‘ullanishi uchun alohida reja ishlab chiqib, yil davomida amalga oshirilishini ta’minlaydi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi. |
10 |
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi |
Topvoldiyev Sarvarbek Bahtiyorjon og’li +998940244437 |
88-21 TTDIT |
Fakultet kengashlarida shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan kengash a’zolari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatib, shu yo‘nalishdagi talabalar ma’lumotlar bazasini shakllantirib, moddiy va ma’naviy ko‘mak berish masalalarini kengash muhokamalariga olib chiqadi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi. |
11 |
Tashkiliy nazorat va kadrlar yo‘nalishi yetakchisi |
Anvarova Matlubaxon Shuhratjon qizi +998941310423 |
97-20 QXMT |
fakultet kengashida faoliyat olib borayotgan kengash a’zolari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatib, kengash a’zolari faoliyati yuzasidan nazoratni olib borib, kadrlar masalasini kengash muhokamalariga olib chiqadi. O‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan qaragan, layoqatsiz bo‘lgan kengash a’zolarini aniqlab, almashtirish yuzasidan takliflash ishlab chiqadi. Kengash muhokamasi bo‘ladigan kun va vaqtini a’zolarga yetkazadi. |
12 |
Talabalar murojati bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi |
Tursunova Farangiz Furqatjon qizi +998916242161 |
88-21 TTDIT |
Fakultet kengashida faoliyat olib borayotgan kengash a’zolari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatib, murojaatlar boti faoliyatini yo‘lga qo‘ygan holda murojaatlarni tahlil qilib, tegishliligi bo‘yicha kengash a’zolariga yoki raisga taqdim etadi. Tahlil natijalari yuzasidan hisobot tayyorlaydi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi. |
13 |
Boshlang‘ich tashkilotning talabalar turar joyidagi yetakchisi |
Tolibjonov Abbosjon Azizjon o`g`li +998974195949 |
46E-20 YSTJ |
TTJda talabalarni belgilangan Nizom va shartnoma asosida tartibli yashashini tashkil qilish va nazorat qilish, TTJga kirib-chiqishni nazorat qilish bilan birga talabalar turar joyi talabalarini turli tadbirlar, tanlovlar va musobaqalarda faol ishtirok etishlarini ta’minlaydi. Faoliyati yuzasidan reja tuzib, Yoshlar yetakchisiga tasdiqlatib, chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi. |
14 |
Matbuot kotibi va yoshlar media guruxi yetakchisi |
Qoroboyev Otabek A`zamali o`g`li +998908334324
|
47-20 YSTJ |
Kengash va OTM faoliyatini OAVlarda, ijtimoiy tarmoqlarda yoritish ishlarini tashkil etib, nufuzini oshirishga oid rejalar ishlab chiqadi hamda chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlab, kengashga taqdim etadi. |
Izoh: Yuqorida ismi shariflari keltirilgan kengash raisi va a’zolarini o‘zlariga belgilangan vazifalarni amalga oshirishda fakultet dekani hamda kafedra mudirlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi hamda amaldagi qonunchilik asosida tegishli shart-sharoitlarni yaratib berilishi belgilab qo‘yiladi.
Yoshlar yetakchisi:
Kelishildi:
Fakultet dekani: I.Toshpulatov
YBIB dekan o‘rinbosari: M.Dadaqo‘ziyev
“YST” kafedrasi mudiri: V.Xomidov
“TT” kafedrasi mudiri: M.Ubaydullayev
“HFX” kafedrasi mudiri: O.Raxmonov
“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri: U.Nishonov
Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetining
“Yoshlar ittifoqi” ” boshlang‘ich tashkiloti yetakchisini saylash to‘g‘risidagi
BAYONI
Farg‘ona shahri “___” ________ 2021y.
11-301 xona
QATNASHDILAR: Fakultet dekani I.Toshpulatov, dekan o‘rinbosarlari M.Dadaqo‘ziyev, J.Komilov, kafedra mudirlari V.Xomidov, Sh.Xusanova, professor-o‘qituvchilar, barcha guruh murabbiylari, faol talabalar jami: 38 nafar
KUN TARTIBI:
1. Fakultetda ta’lim sifatini yaxshilash, talaba yoshlarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish intizomi haqida.
2. Fakultet “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti yetakchisini saylash to‘g‘risida.
ESHITILDI: Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan fakultet dekani I.Toshpulatov so‘zga chiqib 2021-2022 o‘quv yilida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida tanishtirib o‘tdi.
Jumladan, 2021/2022-o‘quv yilida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan talabalarga to‘lov shartnomasining - 10 foiz miqdorida chegirma berilganligi hozirda 15 noyabrgacha arizalar qabul qilinishi mazkur imkoniyatdan foydalanishlari to‘g‘risida tavsiyalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabr kungi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-sonli Qaroriga muvofiq ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga ijara to‘lovlarini qoplab berish bo‘yicha tushuntirib o‘tildi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi “Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 585-son qaroriga muvofiq mahalliy hokimliklar tomonidan 100 nafar va OTMlar tomonidan 50 nafargacha talabalarni kontrakt mablag‘larini to‘lab berish hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga 2021/2022-o‘quv yilida birinchi o‘quv yili uchun to‘lov - kontraktning Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish bo‘yicha hukumatimiz tomonidan berilgan imkoniyatlardan keng foydalanish zarurligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘yicha fakultet dekani I.Toshpulatov o‘z so‘zida, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilganligini va fakultet yetakchisini saylash belgilanganligi haqida gapirib o‘tdi.
Fakultet yoshlar ittifoqi yetakchiligiga nomzodlar 40-20 YSBKIT guruhi talabasi Sotivoldiyev Azamatjon Xusanboy o‘g‘li, 38-19 YSBKIT guruhi talabasi Axmedov Bobur Zokirjon o‘g‘li, 37-19 YSBKIT guruhi talabasi Abdulqosimov Tilavoldi Botirjon o‘g‘li tanishtirdi. Har bir nomzod o‘z dasturlarini jamoaga tanishtirib kelgusida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ishlari yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.
Fakultet yoshlar ittifoqi yetakchiligiga nomzodini qo‘ygan talabalar haqida 94-19 gurux talabasi X.Xotamov, 98-20 guruh talabasi Sh.Saminov va bir qator talabalar barcha nomzodlar o‘z o‘rinlariga munosib loyiq ekanligini ta’kidladilar.
O‘tkazilgan ovoz berish jarayonida 30 nafar respondentlar qatnashib 17 nafari Sotivoldiyev Azamatjonga, 8 nafari Axmedov Boburga, 5 nafari Abdulqosimov Tilavoldiga ovoz berilganligi qayd etildi. Yuqoridagi ovoz berish natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan 2-kurs 40-20 YSBKIT guruhi talabasi Sotivoldiyev Azamatjon Xusanboy o‘g‘li yoshlar ittifoqi fakultet yetakchisi etib saylandi.
Kun tartibidagi ko‘rilgan masala yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib YIG‘ILISH QAROR QABUL QILADI:
1. Fakultet talabalarining o‘tkazilgan “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi saylovida ovoz berish natijasiga ko‘ra 2-kurs 40-20 YSBKIT guruhi talabasi Sotivoldiyev Azamatjon Xusanboy o‘g‘li yoshlar ittifoqi fakultet yetakchisi etib saylanganligi tasdiqlansin.
2. “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib saylangan 2-kurs 40-20 YSBKIT guruhi talabasi Sotivoldiyev Azamatjon Xusanboy o‘g‘li 1 oy sinov muddati belgilanishi bo‘yicha rektoratga taklif berilsin.
3. “Yoshlar ittifoqi” boshlag‘ich tashkiloti yetakchisi 2-kurs 40-20 YSBKIT guruhi talabasi Sotivoldiyev Azamatjon Xusanboy o‘g‘li fakultet talabalarining manfaatlarini himoya qilish vakolati vaqtincha yuklatilsin.
4. “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti kengashi tarkibini shakllantirish Sotivoldiyev Azamatjonga yuklatilsin.
Yig‘ilish raisi, dekan: I.Toshpulatov
Kotib, YBIB dekan o‘rinbosari: M.Dadaqo‘ziyev
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.