Darsning texnologik xaritasi.
Darsning mavzusi | Bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar. 305- mashq. |
Darsning maqsadi va vazifasi | Darsning maqsadi: O`quvchilarda bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar haqida bilim, malaka va ko`nikma hosil qilish; |
O`quv jarayonining mazmuni | O`quvchilarga bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar haqida tushuncha berish: bo`lishli fe`llarni, bo`lishsiz fe`llardan farqlash: ularga so`roqlarni to`g`ri qo`yish, bo`lishli fe`llardan bo`lishsiz fe`l hosil qilishni o`rgatish. |
O`quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi | Uslub: Aralash. |
Kutiladigan natijalar | T tovushi va harfi haqida bilim va ko`nikmalari rivojlanadi, ularda tovush va harf haqidagi ma`lumotlar kengayadi. |
Kelgusida rejalar (tahlil o`zgarishlar) | O`qituvchi o`z faoliyatining tahlil asosida yoki hamkasblarining tahlil va takliflari asosida keyingi darslarga o`zgartirishlar kiritadi. |
Dars tipi: Aralash tipdagi dars.Dars uslubi:Og`zaki, yozma, ko`rgazmali, ertak asosida, amaliyDars usuli:Shu uslub, aqliy hujum, interfaol.Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, testlar, kompyuter, proyektor. Dars rejasi va vaqt taqsimoti
1 | Tashkiliy qism | 2 |
2 | O`tgan mavzu ustida ishlash | 6 |
3 | Yangi mavzu ustida ishlash | 18 |
4 | Dam olish daqiqalari | 3 |
5 | Testlar bilan ishlash | 2 |
6 | Xulosalash | 5 |
7 | Rag`batlantirish | 2 |
8 | Uyga vazifa |
Tezkor savol -javob
I guruhga:
O`zbekiston Respublikasi qachon mustaqillikka erishdi?
Mustaqillik bizga nima berdi?
Endi bizni nimalarimiz bor?
II guruhga:
O`zbekiston Davlat Bayrog`i qachon tasdiqlangan?
Davlatimiz Gerbi qachon tasdiqlangan?
O`zbekiston Madhiyasini so`zini kim yozgan?
III guruhga:
2012-yil qanday yil deb e`lon qilindi?
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
Mustaqil O`zbekistonimizni kim boshqaradi?
Yangi mavzu: Bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar. 305-mashq.
Aziz bolajonlar aytingchi bugun o`qish darsimizda kimlar o`qidi? Abror bilan Nafosat o`qidi. Jasur bilan Farxod ham o`qidimi? Ha ular ham o`qidi. Kim so`zladi? Ruslan so`zladimi? Ozoda kutubxonaga boradimi? Rushanachi? U qachon bormoqchi? Hozir kim tushuntiryapti? Ana endi so`zlarga so`roq berib fe`llarni aniqlaymiz. Nima qildi? O`qidi, nima qiladi? Boradi, nima qilmoqchi? Bormoqchi.
Fe`l harakatining yuzaga chiqqaninni ya`ni bajarilganini masalan (o`qidi, so`zladi) hozir bajarilayotganini (tushuntiryapti), endi bajarilishini (boradi, o`qiydi) kabi holatlarni bildiradi. Bu fe`llar bo`lishli fe`llar deyiladi.
Ayrim fe`llar harakatning bajarilmaganini (o`qimadi, yozmadi) hozir bajarilmayotganini (o`qimayapti, yozmayapti) keyin ham bajarilmasligini (bormaydi, kelmaydi) kabi harakatlarni bildiradi. Bunday fe`llar bo`lishsiz fe`llar deyiladi. Bo`lishsizlik qo`shimchasi –ma, -mi shaklida talaffuz qilinsa ham-ma shaklida yoziladi. Tushundingizmi siz endi bo`lishli fe`ldan bo`lishsiz fe`lni olasiz. Ana endi darslikdan 305 mashqni topamiz. Shartini o`qiymiz.
Chalkash berilgan so`zlardan gaplar tuzamiz.
I guruhga: katta, bahorda, qozonda, pishirildi, sumalak, toza, eng, donidan, tayyorlanadi, sumalak, bug`doy.
II guruhga: O`sarjon, nom deb kuchukchasiga, qo`ydi, tez, katta, bo`ldi, kunda, Ziyrak.
III guruhga: Har, bog`imizda, xil, ochiladi, gullar, bahorda, otam, turli, ko`chatlardan, yil, ham, gul, bu, ekdilar.
Topishmoqlar toping –topqirlikda o`zing
Qat-qatlama aqling bo`lsa tashlama. (kitob)
Qo`lsiz oyoqsiz eshik ochar (shamol)
Kessa kesilmas, chopsa chopilmas (soya)
Agar vaqt qolsa iboralar lug`ati bilan ishlash:
Og`zing ochilib qoldi-hayron bo`lib qoldi.
Qolipdan chiqqan g`ishtdek-hamma tomoni birdek tekis.
2. Loqayd-beparvo
kashfiyot-izlanishlar natijasida yaratilgan narsa ixtiro.
3. Ayilday botdi-qattiq tegdi, ranjidi.
Pisanda qilmoq-oldindan biror shart qo`yish, ta`kidlamoq.
O`quvchilar bilimlarini rag`batlantirish.
Uyga vazifa: Mavzuni o`rganish.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.