Диплом
Оценка 4.7

Диплом

Оценка 4.7
doc
15.11.2022
Диплом
Диплом.doc

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

 

A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH

ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

 

Geografiya fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi

234-guruh tinglovchisi

Ulasheva Odina

Topografik kartalar va ularning elementlari” mavzusidagi

BITIRUV ISHI

 

 

Ilmiy rahbar: Mirzaliyev S.

 

 

 

 

Toshkent – 2022

ANNOTATSIYA

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi

 

(QTMO ta’lim muassasasi nomi)

____________________________________ kafedrasi (bo‘limi)

Bitiruv ishi

Topshiriq varaqasi

20__ yil  “____” ______  kuni  _______________ - sonli buyruq bilan

  (sana)           (oy)                                (buyruq raqami)

________________________________________________________________

(qayta tayyorlash kursi nomi, yo‘nalishi)

yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan qayta tayyorlash kursi

Tinglovchining FISh_______________________________________________

Faoliyat yurituvchi ta’lim muassasasi ___________________ viloyat (shahar) __________________________________________________________________

Faoliyat turi (lavozimi, dars beradigan fani) ______________________ __________________________________________________________________

Diplom bo‘yicha ma’lumoti __________________________________________

Bitiruv ishi mavzusi ____________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Mavzu berilgan sana ___________________________ 20__ buyruq № ____

Bitiruv ishini himoya qilish sanasi “______________________ 20__

Tinglovchi                                 ___________    ___________________________

(Imzo)                                               (FISh)

Rahbar                                       ___________    ___________________________

(Imzo)                                               (FISh)

 

 

 

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi

 

(Ta’lim muassasasi nomi)

Qayta tayyorlash kursi tinglovchisi  ________________________________ning yakuniy

(FISh)

attestatsiya natijalari bo‘yicha attestatsiya komissiyasi yig‘ilishi

BAYONNOMASI

Qatnashuvchilar: Rais_________________________________________________________________________

Yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolari:

1.______________________________________

                                                        (FISh)

2.______________________________________

                                                        (FISh)

3.______________________________________

                                                        (FISh)

4.______________________________________

                                                        (FISh)

5.______________________________________

                                                        (FISh)

Tinglovchining yakuniy nazoratdagi natijalari:

Test bo‘yicha _____ball; Yozma yoki ijodiy ish bo‘yicha _______ ball; Suhbat bo‘yicha _______ ball.

Bitiruv ishi rahbari:__________________________________________________________

(FISh)

Tinglovchi_________________________________________ bitiruv ishini ______betda topshirdi.                           

                                                                                                      (FISh)

Bitiruv ishiga komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballar:

T/r

Tinglovchining FISh

Tayyorlanish sifati

Mavzuning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyatining ochib berilishi

Mustaqil baja-rilganligi va ijodiy yonda-shilganligi

Maqsad va natijalarning mosligi

Belgilangan tartibda rasmiylashtiril-ganligi

Pedagogik va axborot texnolo-giyalaridan foydalanganligi

Xulosa va tavsi-yalarning asoslanganligi

Mavzuga oid foydalanilgan adabiyotlarning to‘g‘ri tanlanganligi

Taqdimot va berilgan savol-larga javobla-rning to‘liqligi

Jami ball

Maksimal ball

5

8

6

6

4

10

8

3

50

100

1

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Komissiya qaror qiladi:

_______________qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining  yakuniy attestatsiya natijalari tasdiqlansin. Yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan________qayta tayyorlash kursi tinglovchilariga _________fandan dars berish yoki ixtisoslik bo‘yicha kasbiy (pedagogik) faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha tasdiqdangan namunadagi diplom berilsin.             

             

Komissiya raisi

 

_______________________________________________________________                                     __________________________

                                                                  (FISh)                                                                                                                imzo

 

Komissiya a’zolari              

 _______________________________________________________________                                     _________________________

                                                                    (FISh)                                                                                                                 imzo

_______________________________________________________________                                     __________________________

                                                                    (FISh)                                                                                                                 imzo

_______________________________________________________________                                     __________________________

                                                                    (FISh)                                                                                                                 imzo

_______________________________________________________________                                     __________________________

                                                                    (FISh)                                                                                                              imzo

 

“____”_____________20___y

 

 

 

 

 

 

MUNDARIJA

 

KIRISH

 

 

1.      

I BOB. TOPOGRAFIK KARTALARNING MAZMUNI

 

 

1.1.           

Topografik kartalarning geografik mazmuni

 

 

1.2.           

Topografik kartalarda gidrografik ob’yektlarining tasvirlanishi

 

 

1.3.           

Topografik kartalarda rel’yefni tasvirlanishi

 

 

1.4.           

Topografik kartalarning varaqlarga  bo`linishi va nomenklaturasi

 

 

2.      

II BOB. TOPOGRAFIK KARTA VA UNING ELEMENTLARI

 

 

  2.1.

Topografik kartaning matematik, geografik va yordamchi elementlari

 

 

2.2.

Topografik kartaning shartli belgilari

 

 

2.3.

Topografik kartaning proyeksiyasi

 

 

3.      

XULOSA

 

 

4.      

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

 

 

5.      

ILOVALAR

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

kirish

Geografiya qaysi sinfda o‘qitilmasin, uning deyarli har bir mavzusiga mos holda mavzuli kartalari, darslik va boshqa kitoblardagi oq-qora kartalar beriladi, shu bilan bir qatorda har bir sinf uchun (IV sinfdan IX sinfgacha) geografik atlaslar va tarixiy atlaslar nashr qilinganki, ularni o‘qib tushunish va foydalanish uchun topografiya va kartografiya fanlarini yanada chuqurroq bilish taqozo qilinadi. Ma’lumki, hozirgi vaqtda kishilarning kundalik hayoti va faoliyatida kartaning ahamiyati katta. Birorta geografik tadqiqot kartasiz bo‘lmaydi.

Undan tashqari, hech bir ilmiy asar yoki darslik yer yuzasidagi voqea hodisalarning hududlar bo‘yicha tarqalishini kartadagidek ko‘rgazmali qilib yaqqol ko‘rsata olmaydi.

Karta biz o‘rganib qolgan “ko‘rgazmali o‘quv quroli”gina emas, balki xilma-xil voqea hodisalar haqida ma’lumot beradigan mustaqil bilim manbai hamdir. Geografik kitoblarda yer yuzasi so‘zlar bilan tasvirlanadi. Kartada esa maxsus belgi modellar yordamida chizma usullar bilan ko‘rsatiladi. Kartasiz geografiyani o‘rganib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham professor N.N. Baranskiy “Geografiya, karta bilan boshlanib, karta bilan tamom bo‘ladi” degan. Geografik kartalar asosini toografik kartalar tashkil etadi. Demak, birorta hududning geografik kartasini tuzish uchun avvalo o‘sha hududning topografik plani yoki kartasi tuziladi.

Joyning topografik kartasini tuzish uchun kartaning negizi bo‘lgan geodezik asos bo`lishi zarur. U orqali yerning shakli, kattaligi va boshqa o‘lchamlari aniqlanadi, so‘ng topografik kartaning asosi vujudga keladi, bu ba’zan geodezik asos deb ham yuritiladi. Topografiya va kartografiya fanlari bir-biri bilan uzviy bog’liq.

Fanning vazifasi - dala sharoitida geodeziya o’lchash ishlarni o’rganish. Topografik asboblar to’g’risida zaruriy ma’lumotlarga ega bo’lish. Yangi geodezik asboblar bilan tanishtirish. Geodezik asboblar bilan mustaqil ishlash. Geografik kartalarni tuzish va nashr qilish haqida bilimlar berish.

 

 

I BOB. TOPOGRAFIK KARTALARNING MAZMUNI

1.1.  Topografik kartalarning geografik mazmuni

Topografik kartalarda yer yuzasidagi tafsilotlar maxsus shartli belgilar bilan tasvirlanadi.  Shartli belgilar o‘z hususiyatlari va vazifalariga ko‘ra: konturli, chiziqli masshtabsiz va tushuntirish shartli belgilarga bo‘linadi.   Chiziqli shartli belgilar bilan karta masshtabida konturni ko‘rsatish mumkin bo‘lgan ob’yektlar tasvirlanadi. Masalan, o‘rmon, botqoqlik, o‘tloq, bog‘, poliz, qum va boshqalar. Konturlar biri ikkinchisidan farq qilish uchun konturni ichiga shu ob’ektni shartli belgisi ko‘rsatiladi yoki biror rangga bo‘yab tasvirlanadi. Chiziqli shartli belgilarga daryo, ko‘l va dengizlarni qirg‘oq chiziqlari, siyosiy-telegraf liniyalari va boshqa ob’yektlar kiridi. Konturlarni karta masshtabida ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan ob’yektlar ya’ni tegirmon, quduq, kilometr stolbalar yakka turgan daraxtlar va boshqalar masshtabsiz shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi.   Tushuntirish uchun ishlatiladigan shartli belgilarga kartadagi barcha raqamlar so‘zlar? (qisqartirilgan va to‘la) kiradi.

 Topografik kartalarda shartli belgilar o‘rniga ranglar ham ishlatilib u mazmunan to‘g‘ri kelish kerak. Masalan, o‘simlik massivlari yashil buyoq bilan bo‘yaladi. Suv ob’ektlari esa havo rang bilan tasvirlanadi. 

Geografik xarita - Yer yuzasining yoki uning biror qismini yeming egriligini hisobga olib, ma’lum matematik qoidalar asosida biroz o'zgartirib, kichraytirib, umumlashtirib qog‘ozga (tekislikka) tushirilgan tasviri (proyeksiyasi) bo‘lib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan obyektlaming geografik o‘mini, joylashishini, holatini, vaqt mobaynida o‘zgarishini va ular orasidagi o'zaro bogliqlikni ko!rsatadi. Nuqtalami ham planli ham balandlik o‘rnini (holatini) aniqlashga imkon beradigan joyni mufassal (batafsil) xaritasiga topografik xarita deyiladi. Mazmuniga ko‘ra topografik xaritalar geografik xaritalarning umumgeografik xaritalar guruhiga kiradi. Ma’lumki, umumgeografik xaritalarda joyning barcha (hamma, jami) asosiy elementlari (relyef, gidrografiya, crsimlik qoplami va gruntlar, aholi punktlari, yo‘llar va aloqa vositalari, siyosiy-ma’muriy chegaralar, iqtisodiyot va madaniyat elementlari) bir xil aniqlikda mukammallikda ko‘rsatiladi. Masshtabining yirik maydaligiga qarab ular topografik (1:10000, 1:25000, 1:50000 va 1:100000); obzor topografik (1:200000, 1:300000 va 1:500000) va obzor (1:1000000 va undan mayda) xaritalarga bo‘linadi. Topografik xaritalardan asosan joym to‘la o‘rganishda hamda tekshirishda, turli inshootlami loyihalash va qurishda, aniq o‘lchash va loyihalash kabi muhandislik ishlarmi bajarishda va joyda oriyentirlashda foydalaniladi. Obzor topografik xaritalardan asosan iqtisodiyotni rivojlantirish rejalari va loyihalashtirishni tuzishda, virik qurilish ishlarida joylarini belgilashda, hududni dastlabki o'rganishda hamda mayda masshtabli xarita va atlaslami tuzishda foydalaniladi. Obzor xaritalardan hududni umumiy tarzda o‘rganishda, o‘sha hudud to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlami to‘plashda, Insoniyatning dunyo miqyosidagi muammolarini o‘rganishda, tahlil qilishda, baholashda, dunyoviy miqyosda fikrlab, lokal miqyosda ish yuritishda foydalaniladi. Topografik xaritaiarni elementlarini umumlashtirib ularni 3 ta guruhga, ya’ni matematik (kartografik to‘r, masshtab, ramka, varaqlarga bo‘linishi (razgrafka) va nomenklaturasi hamda geodezik tayanch punktlari) va geografik (hududning relyefi, gidrografiyasi, o‘simlik, tuproq grunt qoplami, aholi punktlari, yo'llar va aloqa vositalari, siyosiy ma’muriy chegaralar, boshqa xo'jalik obyektlari v.b) elementlari guruhiga bo‘lish mumkin.

 

 

1.2.  Topografik kartalarda gidrografik ob’yektlarining tasvirlanishi.

Gidrografik ob’ektlarga-dengiz, qo‘l, daryo, soy, kanal, suv ombori, buloqlar, quduqlardan hamda, melioratsiya, sug‘orish va aholini suv bilan ta’minlash maqsadida ko‘rilgan turli xil gidrotexnik inshootlardan iboratdir.   Topografik kartalarda kartaning masshtabida 1 mm dan katta joyni egallagan ko‘l va sun’iy suv havzalari ko‘rsatiladi. Ayrim hollarda landshaftni xususiyatlarini ifodalashda hamda cho‘l hududlarida kichik havzaga ega bo‘lgan suv obg‘ektlari ham ko‘rsatiladi.   Ko‘llar to‘liq tasvirlanadi, uning suvini sifati, chuqurligi, qirg‘oq chizig‘i, kema suzuviga layoqatligi, undagi sayoz joylar, tik qirg‘oqlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar beriladi.   Topografik kartalarda daryo va soylar, kartaning masshtabiga qarab bir yoki qo‘sh chiziq bilan tasvirlanadi. Kengligi 3 metrdan katta bo‘lgan barcha daryolar va soylarning kengligi, chuqurligi va o‘zani tagi harakteri belgilanadi.   Daryo va kanallarda kema qatnay olishi va olmasligi uni nomini yozilishiga bog‘liqdir. Masalan, nom va bosh harflar bilan yozilsa qatnamaydigani bildiradi.  Hududlar tasvirlanayotgan hududga bog‘liq bo‘lib kam suvli ob‘yekt bo‘lsa quduqlarni deyarli hammasi ko‘rsatilib, unda qo‘shimcha tushuntiruvchi yozuvlar bo‘ladi. Ko‘priklar va qo‘shimcha tushuntiruvchi yozuvlar bo‘ladi. Ko‘priklar va paromlarni tasvirlaganda ularni landshaftni boshqa elementlari bilan o‘zoro bog‘liq ekanligiga ahamiyat beriladi.

 

 

1.3.  Topografik kartalarda rel’yefni tasvirlanishi.

 Rel’yef tabiiy-geografik elementlari orasida eng muhimi bo‘lib hisoblanadi va unga yer yuzasidagi notekisliklar, ya’ni balandlik va pastlik, tog‘lik va tekislik hamda pasttekisliklar kiradi.  Joyning rel’yefiga ko‘ra, yerdagi boshqa ob’ektlarni joylanishi, harakterini va boshqa xususiyatlarini aniqlash mumkin. Rel’yefni, qurilish ishlarida, qishloq xo‘jaligidagi roli katta. Umuman hududdan unumli foydalanish uchun olib boriladigan har qanday ilmiy va amaliy ishlarda rel’efni har tomonlama bilish zarurdir. Bu ishlarda topografik kartalaridan ko‘p foydalaniladi. Shuning uchun ham topografik kartalarida rel’efni ilmiy asosda aniq va mukammal tasvirlash katta ahamiyatga egadir.   Rel’yef shakllari – katta-kichikligiga ko‘ra makrorel’yef, mezorel’yef va mikrorel’yeflarga bo‘linadi. Makrorel’yef yuzasidagi yirik rel’yef shakllari bo‘lib, unga tog‘tizmalari va yirik vodiylar kiradi. Mezorel’yeflarga o‘rtacha kattalikdagi rel’ef shakllari, mikrorel’yefgag‘rel’yefni mayda shakllari kiradi.  

Rel’yefi quyidagi usullarda tasvirlash mumkin. 

1. Otmetka (belgi) usuli

2. Gorizontallar usuli

3. Maxsus shartli belgilar usuli

Otmetka usulida biron joyning rel’yefini qog‘ozda tasvirlash uchun shu joydagi harakterli nuqtalarning absolyut balandligi aniqlanadi, va bu nuqtalar qog‘ozga tushuriladi, hamda ularning yoniga balandliklari yozib quyiladi. Topografiya kartalarda bu usul gorizontallar usuli bilan qo‘shib olib boriladi.

  Gorizontallar deb bir xil balandlikga ega bo‘lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqqa aytiladi. Ayrim xollarda izogipslar deb ham yuritiladi (1-rasm). 

1-rasm. Gorizontallar yordamida tasviriangan topografik xarita

 

 Gorizontallar quyidagicha hosil bo‘ladi: biror tepalikni bir xil balandlikdan o‘tuvchi gorizontal tekisliklar bilan kesilgan desak shunda bu gorizontal tekisliklarning tepalik yon bag‘irlari bilan kesishgan joylarida egri chiziqlar hosil bo‘ladi. Bu egri chiziqlar gorizontallardir. Tik yonbag‘irli joyda gorizontallar birbiriga uzoqda joylashadi. Demak, gorizontallar oralig‘ining katta yoki kichik bo‘lishi yonbag‘irning qiyaligiga bog‘liq ekan. Yonbag‘ir qancha tik bo‘lsa, gorizontallar shuncha zich, yonbag‘ir qancha yotiq bo‘lsa gorizontallar shuncha siyrak joylashadi.   Ikki gorizontal orasidagi masofa, yer yuzasida kesim balandligi, (visota secheniya) deyiladi.  

Ikki nuqta orasidagi masofaning gorizontal proyeksiyasi gorizontallar oralig‘i (zalojeniya) deyiladi.   Umuman qiyalik burchagi katta bo‘lsa, gorizontallar bir-biriga, qiyalik burchagi kichik bo‘lsa gorizontallar bir-biridan uzoqda joylashadi.  

Topografik kartaning masshtabiga qarab, unda tasvirlanadigan rel’yefning murakkabligiga qarab turli masshtabdagi topografik kartalar uchun turli xil kesim balandligi qabul qilinadi. Topografik kartalarda asosiy gorizontallar va yarim gorizontallar ayrim kartalarda asosiy gorizontallar va yarim gorizontallar ayrim vaqtda yordamchi gorizontallar ko‘rsatiladi. To‘liq gorizontallar yoki yordamchi gorizontallar 1 m dan 2,5 m dan, 5 m dan 10 m dan va 2 m dan o‘tkazilsa yarim gorizontallar esa 0,5 m dan 1,25 m dan, 2,5 dan, 5 m dan 10 m dan o‘tkaziladi va shtrix bilan chizib ko‘rsatiladi. 

 Rel’yefni o‘qish oson bo‘lsin uchun topografik kartalarda har beshinchi gorizontal qilib chiziladi. Masalan, kartada kesim balandligi 1 m bo‘lsa 0 dan boshlab 5, 10, 15, 20 va h.k. gorizontallar yo‘g‘onlashtirib chiziladi.  

Topografik kartada rel’yef gorizontallar bilan tasvirlanganda ayrim gorizontallar va rel’yefi harakterli nuqtalarning otmetkasi (obsalyut balandligi) ham yozib qo‘yiladi.   Sobiq Ittifoqda Boltiq dengizining suv satxi boshlang‘ich gorizontal yuza deb qabul qilingan.   Topografik kartalarda nishablikni qaysi tomondaligini bilish uchun gorizontallarga qisqa chiziqlar bergshtrixlar chiziladi.  

Rel’yefning barcha shakllari va xususiyatlarini gorizontallar bilan tasvirlab bo‘lmaydi. Masalan, qiyaligi 400 ortiq bo‘lgan tik yonbag‘irli rel’yef formalari (jar, o‘pirilib tushgan joylar, qoyalar, tik yonbag‘irlar, jilg‘alar)ni gorizontallar bilan ko‘rsatilganda gorizontallar bir-biriga qo‘shilib ketadi. Shuning uchun topografik kartalarda maxsus shartli belgilar bilan beriladi. Tabiiy rel’ef shakllari jigar rangda, sun’iy rel’yef shakllari esa qora rangda ko‘rsatiladi. 

Doimiy qorliklar, muzliklar va boshqalar maxsus shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi. Topografik kartalarda ayrim rel’yef formalari va ularning harakterli nuqtalarning balandliklari ham beriladi. 

Topografik kartalarda o‘simlik, grunt qoplami tuproq va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning tasvirlanishi.

Topografik kartalarda o‘simlik va grunt tuproq qoplami tasvirlashga katta e’tibor beriladi.   Topografik kartalarda o‘simlik dunyosi quyidagilarga bo‘linib ko‘rsatiladi. O‘rmonzorlar, ekinzorlar, o‘tloq va pichanzorlar va madaniy o‘simliklar. O‘rmonzorlarni chegarasi nuqtalar belgilanib o‘sha bilan o‘rmonzorni 80 foiz tashkil qilgan o‘rmon tipini shartli belgisi qo‘yilib, unga qo‘shimcha qilib daraxtlarni o‘rtacha balandligi (kasrning suratida), yo‘g‘onligi (maxrajida)va daraxtlarni oralig‘i ham ko‘rsatiladi. Masalan 20/05 -5 yosh o‘rmonzorlar ham maxsus shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi.   Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar, tokzorlar va boshqa plantatsiyalar ham tasvirlanadi. Masalan, tamaki, sholi choy va boshqalar.   Tuproq – grunt qoplamida qum, toshloq yerlar, sho‘rxok yerlar, botqoqliklar (o‘tib bo‘ladigan, o‘tishi bo‘lgan va o‘tib bo‘lmaydigan) ko‘rsatiladi. Undan tashqari, botqoqliklarda o‘sadigan o‘simlikka qarab qamishli, shoxli va boshqa botqoqliklarga bo‘linadi.   Aholi yashaydigan joylarni tasvirlash. Aholi yashaydigan joylarni tipiga, aholi soniga va siyosiy-ma’muriy ahamiyatiga ko‘ra bir necha toifalarga bo‘lib tasvirlanadi. Aholi yashaydigan joylarni tipi bo‘yicha shaharlar, shahar tipidagi posyolkalar, qishloq tipidagi posyolkalar qishloq ovul, kabilarga bo‘linadi.   Siyosiy-ma’muriy jihatdan esa davlat poytaxti, resupublikalar, viloyatlar, milliy okrug, tumanlar va kengash qishloqlarining markazlariga bo‘linadi. Topokartalarda aholi yashaydigan joylarni tipi, ma’muriy ahamiyati va aholining soni qarab ularni nomlarini yozuvi ham har xil bo‘ladi.   Aholi yashaydigan joylardagi kvartalar, binolarining qanday materialdan qurilganligiga qarab turli xil rang bilan ko‘rsatiladi. Masalan, yong‘inga chidamli (tosh, shlak, g‘ishtdan qilingan binolar) olov rangda yong‘inga chidamsizlar (yog‘och, taxta, xom g‘ishtdan qilinganlar binolar) och sariq bilan bo‘yab ko‘rsatiladi.   Undan tashqari orentir bo‘lib hisoblangan saroylar machitlar, xaykallar, cherkovlar, harobalar, maxsus shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi.   Topokartalarda to‘siqlar ham to‘liq ko‘rsatiladi. Masalan, devorlar, (loydan, pishiq g‘ishdan, yog‘och taxtadan, temir yoki tikanli simdan qilganda, to‘siqlar va x.k). Aloqa yo‘llarini tasvirlanishi. Yo‘llar va aholi yashaydigan joylar topografik kartada siyrak yoki aholi joylashganligi, shu hududni xo‘jalik qay darajada o‘zlashtirganligini ko‘rsatadi. Aloqa yo‘llarini mamlakat mudofaasidagi ahamiyati ayniqsa kattadir. Shuning uchun topokartada aloqa yo‘llar imkon boricha to‘liq ko‘rsatiladi. 

 Topokartalarda barcha temir yo‘llar keng tor izli, bir izli va uch izli temir yo‘llarga, elektrlashtirilgan qurilayotgan, buzilgan loyixalashtirilayotgan temir yo‘llarga bo‘linadi. Tramvay yo‘llar, metro, funuklar (osma yo‘llar) tunellar ham ko‘rsatiladi.   Avtomobil va ot-arava qatnaydigan yo‘llar to‘shalmasi va ahamiyatiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi.  1. Avtoyo‘llar (kartada to‘q sariq bilan bo‘yalib kengligi va to‘shami yoziladi) 2. Yaxshilangan shosse 3. Shosse 4. Tekislangan tuproq yo‘llar 5. Dala va o‘rmon yo‘llari 6. Qishqi so‘qmoq yo‘llar Tog‘li rayonlardagi dovonlari kam ko‘rsatilib yilni qaysi vaqtida foydalanishligi yozib qo‘yiladi.   Undan tashqari topokartalarda kechuvchilar, ko‘priklar, paromlar, kilometr ko‘rsatkichlari ham ko‘rsatiladi.

 

1.4.  Topografik kartalarning varaqlarga  bo`linishi va nomenklaturasi

Topografik kartalar yirik, o`rta va mayda masshtabli bo`ladi. Yirik masshtabli kartalar joydagi hamma geografik ob`yektlarni mukammal o`rganishga, xilma-xil qurilish ishlarida, loyihalashda foydalanishga mo`ljallangan. Mayda masshtabli kartalarda esa yer yuzidagi geografik ob’yektlar to`g`risida to`liq ma’lumotlar berish mumkin emas. Yirik masshtabli topografik kartalarda tasvirlanadigan hudud ma’lum kattalikdagi qismlarga bo`linib, ularning har biri alohida varaqlarda tasvirlanadi.

Topografik kartaning har bir varag`i shimol va janubdan parallel chiziqlari bilan, sharq va g`arbdan meridian chiziqlari bilan chegaralanib, trapetsiya hosil qiladi.

Ko`p varaqli topografik kartalardan foydalanishni osonlashtirish maqsadida ular ma’lum tizim bo`yicha varaqlarga bo`lingan va har bir varaq alohida belgilar bilan belgilangan. Topografik kartalarning varaqlarga bo`linishiga razgrafka deyiladi. Yer yuzasida bizga kerakli hudud tasvirlangan varaqni topishni osonlashtirish uchun varaqlar lotin harflari va raqamlar bilan belgilanadi, buni esa nomenklatura deyiladi.

Xaritani varaqlarga bo'lish hamda varaqlar nomenklaturasini belgilash uchun butun Yer sharining yuzasi bosh meridiandan (Grinvichdan) boshlab 60C dan o‘tkazilgan meridianlar bilan 60 ta kolonnalarga bo'linadi; kolonnalar arab raqamlari bilan nomerlanadi; nomerlash uzoqligi 180° bo'lgan meridiandan boshlanib, g‘arbdan sharqqa tomon 1 dan 60 gacha oshib boradi. Kolonnalar va koordinata zonalari nomerlari orasidagi bog‘lanish quyidagicha ifodalanadi: n=Q-30, n - Gauss-Kryuger koordinatalari zona nomeri, 0-1:1 000 000 masshtabdagi xarita kolonna nomeri.

2-rasm. Yer shahrining varaqlarga bo‘linishi

 

Kolonnalar ekvatordan boshlab, shimoliy va janubiy qutblarga tomon har 4° dan o‘tkazilgan parallellar vositasida qatorlarga bo‘linadi. Qatorlar o‘mi lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi. Yuqoridagidek o‘tkazi]gan meridian va parallellar bilan yer yuzasida 1:1 000 000 masshtabdagi xaritalarning trapetsiyasi hosil bo‘ladi. Har qaysi trapetsiya bitta alohida varaqda tasvirlanadi; meridian va parallel chiziqlar esa shu varaqlaming ichki ramkasi hisoblanadi. 1:1 000 000 masshtabdagi xarita bir varag‘ining nomenklaturasi shu xarita trapetsiyasi joylashgan qator harfi va kolonna nomeridan iborat bo‘lib, 2.1-rasmda belgilangan trapetsiyaning nomenklaturasi N-37 bo‘ladi. Qator va kolonnalarga bo'lish, raqamlash, belgilash 2.1- shaklda to‘la ko‘rsatilgan. Qatorlaming qaysi yarim sharda ekanligini bilish uchun uni belgilovchi harf oldiga shimoliy yarim sharda N, janubiy yarim sharda esa S harfi yoziladi.

Nuqtaning geografik koordinatalari φ> (kenglik) va γ (uzoqlik) ma’lum bo‘Isa, 1:1 000 000 masshtabli xaritaning shu nuqta joylashgan varag‘ining nomenklaturasini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin (kolonna nomeri m va qator nomeri n deb olingan):

3-rasm. Nomeklatjira Topografik xaritani varaqlarga bo‘linishi

 

Topografik kartalarning nomenklaturasi 1:1000000 masshtabdagi xalqaro kartaning nomenklatirasiga asoslangan. Topografik kartalarning nomenklaturasi ularning masshtabi, geografik kengligi va va uzunligiga bog`liq.  1:1000000 masshtabli xalqaro kartaning nomenklaturasi 1891 yilda Bernda, 1909 yilda Londonda va 1913 yilda Parijda o`tkazilgan xalqaro geografik kongresslarda qabul qilingan. Bu masshtabdagi kartalar parallellar oralig`i 40, meridianlar oralig`i 60 ga teng bo`lgan trapetsiyalarga bo`lingan. To`rt gradusli parallellar orasi qatorlar deyiladi. Har bir qator ekvatordan qutbgacha lotin alfavitining bosh harflari bilan, ya’ni A, B, C, D, E, F, J, H, I, J, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V harflari bilab belgilanadi. 1800 meridiandan boshlab har 6 gradusdan meridianlar o`tkaziladi, meridianlar oralig`i kolonnalar deb ataladi. Kolonnalar 1800li meridiandan sharqqa tomon 1 dan 60 gacha arab raqami bilan belgilanadi. 1800-1740 g’u. oralig`i birinchi kolanna, 1740-1680 g`.u. oralig`i ikkinchi kolonna va h.k. 00li Grinvich meridiani 30- va 31-kolonnalarni ajratuvchi chegara hisoblanadi. 1:1000000 masshtabli kartaning har bir varag`i qatorlarni belgilovchi lotin harfi va kolonna nomerini ko`rsatuvchiarab raqami bilan belgilanadi. Bu harf va raqam shu varaqning nomenklaturasi bo`ladi. Masalan, Toshkent joylashgan varaqning nomenklaturasi K-42. 1:1000000 masshtabli kartaning har bir varag`ida juda katta maydon tasvirlanadi, shu sababli uning tafsiloti to`liq bo`lmaydi. Shu sababli bunday har bir varaq yana ham yirikroq masshtabli karta varaqlariga bo`lib tasvirlanadi.

Masalan, 1:500000, 1:300000, 1:200000, 1:100000, 1:50000, 1:25000, 1:10000 vah.k. 1:500000 masshtabli kartaning nomenklaturasini topish uchun 1:1000000 masshtabli kartaning har bir varag`ini 4 varaqqa bo`lib, har bir varaq rus alfavitining bosh harflari bilan A, B, V, G bilan belgilanadi.  Bunda parallellar orasi 20 ga, meridianlar orasi 30 ga teng bo`ladi. Masalan, N-36-A 1:300000 masshtabli kartaning nomenklaturasini aniqlash uchun 1:1000000 masshtabli kartaning har bir varag`ini 9 ta bo`lakka bo`lib, ri raqamlari bilan I dan IX gacha belgilanadi. Bunda 1:300000 masshtabli kartaning nomenklaturasi kelib chiqadi. Meridianlar orasi 20 ga, parallellar orasi 10201 ga teng bo`lib, III-N-36 deb yoziladi. 1:200000 masshtabli kartaning nomenklaturasini toppish uchun 1:1000000 masshtabli kartaning bir varag`ini 36 ta varaqqa bo`lib, rim raqamlari bilan I dan XXXVI gacha belgilanadi. Bu quyidagicha yoziladi: N-36-XV. Bunda parallelar orasi 401ga, meridianlar orasi 10 teng bo`ladi.  1:100000 masshtabli karta nomenklaturasini toppish uchun esa 1:1000000 masshtabli kartaning bir varag`ini 144 varaqqa o`lib, arab raqamlari bilan 1 dan 144 gacha belgilanadi. N-36-54. bunda parallellar orasi 201 ga, meridianlar orasi 301 ga teng bo`ladi. 1:50000 masshtabli kartaning nomenklaturasini aniqlash uchun 1:100000 masshtabli kartaning bir varag`ini to`rt bo`lakka bo`lib, rus alfavitining  bosh harflari bilan A, B, V, G bilan belgilanadi. Bunda parallellar orasi 101 ga, meridianlar orasi 151 ga teng bo`ladi. Bunday varaq nomenklaturasi quyidagicha yoziladi. N-36-54-G. 1:25000 masshtabli kartaning nomenklaturasini aniqlash uchun 1:50000 masshtabli kartaning bir varag`ini to`rt bo`lakka bo`lib, rus alfavitining kichik harflari a, b, v, g lar bilan belgilanadi. Bunda parallellar orasi 51 ga, meridianlar orasi 713011 ga teng bo`lib, quyidagicha  yoziladi. N-36-54-G-a.  1:10000 mashtabli kartaning nomenklaturasini aniqlash uchun 1:25000 masshtabli kartaning bir varag`ini to`rt bo`lakka bo`lib, arab raqamlari bilan 1,2,3,4 bilan belgilanadi. Bunda parallellar 213011 ga, meridianlar orasi 314511 ga teng bo`lib, quyidagicha yoziladi: N-36-54-G-a-2. Ba’zan topografik kartalarning nomenklaturasi yoniga qo`shimcha qilib shu trapetsiyada joylashgan eng yirik aholi manzilgohining nomi yozib qo`yiladi. Nomenklatura yordamida berilgan hududning yer yuzidagi o`rnini aniqlasa bo`ladi.

 

 

 

 

 

 

 

                                

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

II BOB. TOPOGRAFIK KARTA VA UNING ELEMENTLARI

2.1. Topografik kartaning matematik, geografik va yordamchi elementlari

Maxsus o’lchov asboblari yordamida, aerofotos’yomka va kartografik usulda tuzilgan yirik masshtabli kartalarga topografik kartalar deyiladi. Topografik kartalar geografik kartalardan ob’yekt va voqeilikni tasvirlash usullari, egallagan maydoni, masshtablari bilan farqlanadi. Topografik kartalarda masofalar hamma joyda bir xilda kichraytirilib tushiriladi va har bir ob’yekt maxsus shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Topografik kartalar xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida qo’llaniladi hamda mayda masshtabli geografik kartalarni tuzish uchun asos bo’ladi. Topografik kartalar tuzish asosan ishlatiladigan shartli belgilarga bog`liq, chunki ushbu belgilar joydagi ob’yektga ma’lum darajada o’xshagan bo’lishi, ob’ektning shakliga hamda uni o’z o’rnida ko’rsatilishi lozim. Shartli belgilar ishlatilganda ular karta masshtabiga mos qilib ko’rsatiladi, agar karta masshtabiga mos kelmaydigan ob’ektlar bo’lsa, ular masshtabsiz shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Topografik kartalarni ko’rgazmaliligini oshirish va o’qishni osonlashtirish uchun har xil ranglar ishlatiladi, ularning sifatini oshirish uchun topografik chizmalar qo’llaniladi. Topografik kartalar turli masshtablarda tuziladi. Topografik kartalar 1:10000, 1:25000, 1:50000, 1:100000, 1:200 000, 1:300 000, 1:500 000 masshtablarda tuziladi. Masshtabi 1:10000, 1:25000 bo’lgan kartalar to’g`ridan-to’g`ri joyda s’yomka qilinsa, qolganlari shu kartalar asosida tuziladi. Topografik kartalar masshtabiga qarab yirik masshtabli (1:10000, 1:200 000) va umumiy topografik kartalarga bo’linadi. Topografik kartalar har xil masshtabli bo’lganligidan hududlari ham turli xil kattalikda bo’ladi va ular alohida-alohida varaqlarda tasvirlanadi. Ushbu kartalardan foydalanishni osonlashtirish uchun matematik, geografik va yordamchi elementlarga bo’lib o’rganiladi. Matematik elementlarga nomenklatura, masshtab, daraja to’ri va kartaning ramkasi, geografik elementlarga kartaning mazmuni, yordamchi elementlarga esa ramkadan tashqari turli chizmalar va tushintirish xatlari kiritiladi.   Topografik kartalardan foydalanishni osonlashtirish uchun ularni ma’lum tartibga solib belgilanadi, ya’ni kartalarning varaqlari ma’lum bir meredian va parallellar bilan chegaralanadi va shu kartalar varaqlarini belgilash tizimiga nomenklatura deyiladi. Topografik kartalarning nomenklaturasi har bir varaq kartaning kattaligini va shu varaqning yer yuzasidagi o’rnini belgilaydi. Kartalarning nomenklaturasi xalqaro 1:1 000 000 masshtabli nomenklaturaga asoslanadi. Ushbu 1:1 000 000 lik kartaning nomenklaturasi uchun ekvatordan qutblarga tomon har 40 dan parallellar o’tkazilib, bularni lotin alfavitining bosh harflari bilan belgilanadi va ular qatorlar deyiladi. Meredianlar oralig`i har 60 dan bo’linadi va 60 ta bo’lak hosil bo’ladi va ular zonalar deyiladi. 

  Topografik kartalarda yer yuzasi xilma-xil chiziqli, maydonli belgilar, harflar, raqamlar, geografik ob’yektlarning nomlari va tushintirish xatlari bilan tasvirlanib ular topografik shartli belgilar deyiladi.    Shartli belgilar yordamida kartada voqea va hodisalarning geografik joylanishi, bir-biri bilan o’zaro bog`liqligi, miqdor va sifat ko’rsatgichlari tasvirlanadi. Topografik kartalarning shartli belgilari masshtabli, masshtabsiz va tushuntiruvchi belgilarga bo’linadi. Kartadagi tafsilotlarning shakli va kattaligini tasvirlashda masshtabli shartli belgilardan foydalaniladi.    Masshtabli shartli belgilar maydonli va chiziqli bo’ladi. Maydonli shartli belgilar bilan o’rmonlar shudgorlar, ekin dalalari, ko’llar, botqoqliklar, aholi punktlari, tog`lar tasvirlanadi va ularning maydonini aniq tasvirlasa bo’ladi. Dengizlar va ko’llarning qirg`oqlari, daryolar, ko’llar, chegaralar, aloqa vositalari chiziqli shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Ayrim tafsilotlar masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlanganda masshtab hisobga olinmaydi. Masalan, yo’l belgilari, kilometr ko’rsatgichlari, alohida turgan daraxt va boshqalar masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Ob’ektlarga qo’shimcha ta’rif berish uchun tushintiruvchi belgilar ishlatiladi. Masalan, suvning oqimi strelka bilan, oqim tezligi raqam bilan ko’rsatiladi. Topografik kartalarda raqamli tushintirish xatlari ya’ni ko’l suvining sifati, ko’prikning uzunligi, kengligi va yuk ko’tara olishlari raqamlar bilan ko’rsatiladi.    Topografik kartalar teng burchakli ko’ndalang silindrik proyeksiyada tuziladi, bu proyeksiyani nemis olimi Gauss (1777-1855) taklif etgan va u Gauss proyeksiyasi deyiladi. Bu proyeksiyada daraja to’rini hosil qilish uchun Yer shari ekvatori bo’ylab har 60 dan meridianlar o’tkaziladi va 60 ta zonaga bo’linadi. Har bir zonaning o’rtasidan o’tuvchi meredian o’q meredian deyiladi. O’q meredian zonani teng ikki qismga bo’ladi. Zonalar Grinvich meredianidan boshlab g`arbdan – sharqqa tomon tartib sonlar bilan belgilanadi. Mas., 1-zona 00-60, 2zona 60-120, 3-zona 120-180 va hakazo.

 

 

2.2. Topografik kartaning shartli belgilari

Topografik xaritalardagi tasvirlar har xil chiziqli belgilar, maydonli belgilar, harfiardan, raqamlardan va nomlardan hamda tushuntirish xatlardan iborat bo‘lib ularning hammasi shartli belgilar deb yuritiladi. Shartli belgilar geografik xaritalarda legenda deb ham yuritilishi mumkin. Plan va xaritadagi shartli belgilar yordamida xaritada vcqea va hodisalami geografik joylashishi bir-biri bilan o‘zaro boglanishligi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari tasvirlab beriladi. Tabiatda ko‘rinmaydigan ba’zi voqea va hodisalar ham shartli belgilar yordamida tasvirlanishi mumkin, masalan suv ostini chuqurligi va uning miqdori (quduq suvining) xatto suvining sifati, magnit og‘ish burchagi, yeming geologik o‘tmishi, zilzila va h.k. Shartli belgilar xaritaning tili deb yuritiladi. Topografik plan va xaritalarning shartli belgilari masshtabli, masshtabsiz va tushuntirish xatlarga bo‘linadi. Xaritadagi tafsilotlaming shakli va kattaligini xarita masshtabida tasvirlashda masshtabli shartli belgilardan foydalaniladi. Masshtabli shartli belgilar maydonli va chiziqli bo‘ladi.

Maydonli shartli belgilar bilan o‘rmonlar, ekin maydonlari, botqoqliklar, sho‘r bosgan maydonlar, aholi yashaydigan yerlar, bog‘lar va h.k. tasvirlanadi. Maydonli shartli belgilar bilan tasvirlangan obyektlaming maydonini aniq hisoblasa bo‘ladi (4- rasm). Maydonlaming yuzasi rang yoki shtrix bilan hamda belgilar bilan tasvirlanib ba’zan tushuntirish xati yoki miqdor ko‘rsatkichlar ham beriladi. Masalan, o‘rmon tasvirlangan bo'Isa, shakl bilan o‘rmondagi asosiy daraxtlaming turi (qayin, dub, archa, terak), o‘rtacha balandligi, yo‘g‘onligi va zichligi beriladi. Daryolar, yo‘llar, chegaralar va to‘siqlar, aloqa vositalari, gaz va neft quvurlari va shu kabi obyektlar chiziqli shartli belgilar bilan tasvirlanadi, bunda obyektlaming uzunligi va shaklini masshtab asosida berish mumkin. Lekin ularning kengligini masshtab asosida ko‘rsatib bo‘lmaydi. Masalan, temir yo‘lning kengligini masshtab asosida tasvirlab bo‘lmaydi. Bunday belgilar masshtabsiz belgilar deb yuritiladi. Shunday chiziqlar borki ular miqdomi ko‘rsatadi, masalan gorizantallar, izobatlar, izotermalar, izogetalar va h. k.

4-rasm. Shartli belgilar tizimi

 

Geografik nomlarsiz xarita va planni to‘la mazmunli deb bo‘lmaydi, shuning uchun xaritalarda geografik nomlar to‘liq yozilishi kerak. Lekin xaritada turli xil tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar borki ularni bir xil harfda yoki bir xil kattalikdagi harflarda yozib bo‘lmaydi. Shu sababli turli xil obyektlar boshqa - boshqa xil harflar bilan har xil kattalikda yoziladi. Masalan, aholi yashaydigan joy nomlari yozilgan harflar bilan, daryolar nomini yozib bo‘lmaydi. Undan tashqari har xil obyekt mazmuni har xil bo‘Isa ular ham har xil kattalikda yoziladi. Masalan, shahaming nomi bilan qishloqning nomi har xil kattalikda yoziladi. Xaritaning tili bo‘lmish shartli belgilami yoddan bilmasdan xarita va planni o‘qib bo‘lmaydi.

 

2.3. Topografik kartaning proyeksiyasi

Topografik  kartalar  turli  muhandislik  va    mudofaa  ishlarida  qo’llaniladigan bo’lganligidan ulardan foydalanish oson va olinadigan natijalar aniq bo’lishi shart. Bu  esa  yer  yuzining  sferikligi  natijasida  ro’y  beradigan  xatoning  juda  kichik bo’lishini  talab  etadi.  Shuning  uchun  topografik  kartalar  tuzishda ma’lum kartografik proyeksiya tanlanishi zarur. 


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI

ANNOTATSIYA

ANNOTATSIYA

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi (QTMO ta’lim muassasasi nomi) ____________________________________ kafedrasi (bo‘limi)

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi (QTMO ta’lim muassasasi nomi) ____________________________________ kafedrasi (bo‘limi)

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi (Ta’lim muassasasi nomi)

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi (Ta’lim muassasasi nomi)

MUNDARIJA KIRISH 1

MUNDARIJA KIRISH 1

Geografiya qaysi sinfda o‘qitilmasin, uning deyarli har bir mavzusiga mos holda mavzuli kartalari, darslik va boshqa kitoblardagi oq-qora kartalar beriladi, shu bilan bir qatorda har…

Geografiya qaysi sinfda o‘qitilmasin, uning deyarli har bir mavzusiga mos holda mavzuli kartalari, darslik va boshqa kitoblardagi oq-qora kartalar beriladi, shu bilan bir qatorda har…

I BOB. TOPOGRAFIK KARTALARNING

I BOB. TOPOGRAFIK KARTALARNING

Masshtabining yirik maydaligiga qarab ular topografik (1:10000, 1:25000, 1:50000 va 1:100000); obzor topografik (1:200000, 1:300000 va 1:500000) va obzor (1:1000000 va undan mayda) xaritalarga bo‘linadi

Masshtabining yirik maydaligiga qarab ular topografik (1:10000, 1:25000, 1:50000 va 1:100000); obzor topografik (1:200000, 1:300000 va 1:500000) va obzor (1:1000000 va undan mayda) xaritalarga bo‘linadi

Topografik kartalarda daryo va soylar, kartaning masshtabiga qarab bir yoki qo‘sh chiziq bilan tasvirlanadi

Topografik kartalarda daryo va soylar, kartaning masshtabiga qarab bir yoki qo‘sh chiziq bilan tasvirlanadi

Otmetka usulida biron joyning rel’yefini qog‘ozda tasvirlash uchun shu joydagi harakterli nuqtalarning absolyut balandligi aniqlanadi, va bu nuqtalar qog‘ozga tushuriladi, hamda ularning yoniga balandliklari yozib…

Otmetka usulida biron joyning rel’yefini qog‘ozda tasvirlash uchun shu joydagi harakterli nuqtalarning absolyut balandligi aniqlanadi, va bu nuqtalar qog‘ozga tushuriladi, hamda ularning yoniga balandliklari yozib…

Topografik kartalarda asosiy gorizontallar va yarim gorizontallar ayrim kartalarda asosiy gorizontallar va yarim gorizontallar ayrim vaqtda yordamchi gorizontallar ko‘rsatiladi

Topografik kartalarda asosiy gorizontallar va yarim gorizontallar ayrim kartalarda asosiy gorizontallar va yarim gorizontallar ayrim vaqtda yordamchi gorizontallar ko‘rsatiladi

Masalan 20/05 -5 yosh o‘rmonzorlar ham maxsus shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi

Masalan 20/05 -5 yosh o‘rmonzorlar ham maxsus shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi

Avtomobil va ot-arava qatnaydigan yo‘llar to‘shalmasi va ahamiyatiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi

Avtomobil va ot-arava qatnaydigan yo‘llar to‘shalmasi va ahamiyatiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi

Q-30, n - Gauss-Kryuger koordinatalari zona nomeri, 0-1:1 000 000 masshtabdagi xarita kolonna nomeri

Q-30, n - Gauss-Kryuger koordinatalari zona nomeri, 0-1:1 000 000 masshtabdagi xarita kolonna nomeri

Nomeklatjira Topografik xaritani varaqlarga bo‘linishi

Nomeklatjira Topografik xaritani varaqlarga bo‘linishi

Shu sababli bunday har bir varaq yana ham yirikroq masshtabli karta varaqlariga bo`lib tasvirlanadi

Shu sababli bunday har bir varaq yana ham yirikroq masshtabli karta varaqlariga bo`lib tasvirlanadi

N-36-54-G-a-2. Ba’zan topografik kartalarning nomenklaturasi yoniga qo`shimcha qilib shu trapetsiyada joylashgan eng yirik aholi manzilgohining nomi yozib qo`yiladi

N-36-54-G-a-2. Ba’zan topografik kartalarning nomenklaturasi yoniga qo`shimcha qilib shu trapetsiyada joylashgan eng yirik aholi manzilgohining nomi yozib qo`yiladi

II BOB. TOPOGRAFIK KARTA VA UNING

II BOB. TOPOGRAFIK KARTA VA UNING

Topografik kartalarning nomenklaturasi har bir varaq kartaning kattaligini va shu varaqning yer yuzasidagi o’rnini belgilaydi

Topografik kartalarning nomenklaturasi har bir varaq kartaning kattaligini va shu varaqning yer yuzasidagi o’rnini belgilaydi

Har bir zonaning o’rtasidan o’tuvchi meredian o’q meredian deyiladi

Har bir zonaning o’rtasidan o’tuvchi meredian o’q meredian deyiladi

Lekin ularning kengligini masshtab asosida ko‘rsatib bo‘lmaydi

Lekin ularning kengligini masshtab asosida ko‘rsatib bo‘lmaydi

Shuning uchun topografik kartalar tuzishda ma’lum kartografik proyeksiya tanlanishi zarur

Shuning uchun topografik kartalar tuzishda ma’lum kartografik proyeksiya tanlanishi zarur
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
15.11.2022