TANBEH
Xondamir
Amir Alisher 1488-yili Hirotning Jome masjidini ta’-
mirlashga urinayotgan edi. Binoning yozuvlarini yozib
berish Mirak naqqosh taxallusi bilan mashhur bo‘lgan
Said Ruhulloga topshirilgan edi. U beparvolik qilib, ish-
ga kechikibroq qo‘l urdi. Naqqoshlar unga qarab ish
boshlolmay turdilar.
Ishboshilar Mirak naqqoshga nasihat ham, do‘q-
po‘pisa ham qilib ko‘rdilar. Lekin foydasi bo‘lmadi. Ah-
volni ulug‘ amirga arz qildilar. Amir qiziq bir tadbir
ishlatdi. O‘sha paytda Mirak naqqosh Hirot atrofidagi
Saidravon qishlog‘ida dam olayotgan edi. Amir Jaloliddin munshiyni chaqirtirib buyurdi:
– Said Ruhullo devoni oliyga besh ming dinor qay-
tarishi zarurligi haqida hujjat tayyorlang.
Maktub keltirilgach, amir Alisher Said Ruhullo tani-
maydigan ikki navkarni chaqirtirib keltirdi. Hujjatni ular-
ning qo‘liga topshirib buyurdi:
– Saidravon qishlog‘iga boringlar, Mirak naqqoshni topib, qayd etilgan mablag‘ni siyosat bilan talab qilinglar, o‘zlaringizni esa shahzoda Faridun Husayn mir-
zoning navkarlari deb tanishtiringiz.
Navkarlar Saidravon qishlog‘iga bordilar. Mirak naq-
qoshni topib, giribonidan oldilar va hujjatda ko‘rsatilgan
mablag‘ni talab qildilar. Said Ruhullo hayrat dengiziga cho‘mdi, so‘ng vaziyatni hisobga olib, yalinib-yolvorishga tushdi:
– Hoy birodarlar, meni masjidi jomega olib boringlar,
agar hoziroq ishga tushmasam har narsa bo‘lay.
Navkarlar uning arz-dodini qabul qildilar. Said Ruhul-
loni Hirotga olib bordilar. Amir Alisher masjid qurilishi
tepasida ekan. Naqqosh uning oyoqlariga yiqilib zorlandi:
– Kambag‘allik nihoyasiga yetgan shunday bir payt-
da besh ming dinorni bandaning zimmasiga yozibdilar.
Bandaga rahm qilib, shu qog‘ozni qaytarib olish cho-
rasini ko‘rsalar, abadul abad ota-bobomning rahmatiga
musharraf bo‘lur edingiz. Amir janoblari dedilar:
– Hujjatni qaytarish mushkul, shunday bo‘lsa ham
bir qadar urinib ko‘rurmiz. Faqat shu shart bilanki, siz
ham o‘n besh kun ichida ushbu muborak manzilning
tashvishlaridan ko‘nglimizni tinchitib qo‘ysangiz.
Mirak naqqosh ulug‘ amirning shartini qabul qildi va
ana bunday tilxat ham yozib berdi:
«Agar belgilangan muddatdan biror kun o‘tkunday
o‘lsa, banda mablag‘ xususida o‘zini uzrsiz javobgar
hisoblaydi». Shundan keyin amir Alisher mulozimi Ka-
moliddin Husaynni chaqirtirib buyurdi:
– Mirak naqqoshni devonga olib boring, nima bo‘lsa
ham uning nomiga yozilgan hujjatning bekor qilinishiga ko‘maklashing. Said Ruhullo xursand bo‘ldi.
Matn yuzasidan savollar
TANBEH
1.Mirak tahallusi bilan mashhur bo`lgan naqoshning asl ismi kim edi
A.A.Navoiy
B. Naqqosh
C.Said Rahulloh
D.Mirak naqqosh
2.Mirak naqqosh Hirotning qaysi qishlog`ida dam olayotgan edi
A.Saidravonda
B. Hirotda
C.Saidnurda
D.Jome` masjidida
3.Masjidni qurishni amr buyurgan Amir Mirak naqqoshga qanday hiyla ishlatdi?O`qiganlaringizga asoslanib fikringizni yozing!
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
4.Masjid qurilishida binoning yozuvlarini yozib berish kimga yuklatilgan?
A.Amirga
B. Said Rahulga
C.Faridun Husaynga
D.Navkarlarga
5.Naqqoshni jazolash maqsadida podsho qanday yo`l tutdi?
A.hujjat tayyorlatdi
B. zindonga soldi
C.hiyla ishlatdi
D.tanbeh berdi
6.Naqqosh Amirning oyoqlariga yiqilib iltijo qilishining boisi nima esi?
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
7.Naqqoshning ishiga beparvo ekanligini siz qaysi jumlalardan o`qib bilib oldingiz?
A.beparvoligidan
B. yozuvlarni yozib berishidan
C.ish boshlolmay turganlklaridan
D.Saidravon qishlog`id dam olayotganidan
8.Naqqosgni ishga solish uchun do`q-po`pisalar, nasihatlar qanchalik kor qildi?
____________________________________________________________________________________________
9.Amir yuborgan hujjatda qancha dinor Mirakning zimmasiga yozilgan edi?
A.20 ming dinor
B. 15 ming dinor
C. 10 ming dinor
D. 5 ming dinor
10.Rivoyatda A.Navoiyning qanday fazilatlari haqida bilib oldingiz?
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
Javoblar tasnifi
1 |
C |
2 |
A |
3 |
Amir Alisher Jaloliddin munshiyni chaqirtirib buyurdi: – Said Ruhullo devoni oliyga besh ming dinor qay- tarishi zarurligi haqida hujjat tayyorlang. |
4 |
B |
5 |
A |
6 |
Naqqosh uning oyoqlariga yiqilib zorlandi: – Kambag‘allik nihoyasiga yetgan shunday bir payt- da besh ming dinorni bandaning zimmasiga yozibdilar. Bandaga rahm qilib, shu qog‘ozni qaytarib olish cho- rasini ko‘rsalar, abadul abad ota-bobomning rahmatiga musharraf bo‘lur edingiz. |
7 |
D |
8 |
Ishboshilar Mirak naqqoshga nasihat ham, do‘q- o‘pisa ham qilib ko‘rdilar. Lekin foydasi bo‘lmadi. |
9 |
15 |
10 |
Rivoyatda A.Navoiyning tadbirli, aqlli , dono va ishbilarmon ekanligiga amin bo`ldim |
HIDI, TILIMI VA MAZASIDAN
Falakning gardishi bilan Mirzo Bobur Hindiston de-
gan yurtga borib qolib, u yerning sultoni bo‘libdi.
Hindiston bog‘-rog‘i ko‘p, meva-chevaga boy yurt ekan.
Bobur «mendan yodgorlik qolsin» deb, Hindistonning
ko‘rkam joyiga bir bog‘ barpo ettiribdi. Dunyodagi eng
katta bu bog‘ga turli yurtlardan nihollar keltirib ektiribdi.
Xalq dunyoga dong‘i ketgan bu bog‘ga «Bog‘i Boburiy»
deb nom qo‘yibdi.
Bog‘dagi daraxtlar hosilga kirib, biram meva berib-
diki, ularni hech yerga sig‘dirib bo‘lmabdi. «Bog‘i
Boburiy»ning bir chekkasi rezavor ekan. Unda piyoz,
sabzi, bodring, tarvuz bitibdi. Ammo handalak bilan qo-
vun bo‘lmabdi.
Shoh bir yil qovun ektiribdi, bitmabdi, ikkinchi yil
ektiribdi, bitmabdi, uchinchi yil ham ektiribdi, baribir qo-
vun bitmabdi.
Qovun bitishga bitibdi-yu, birinchi yili gulida-
yoq hosilini tashlab yuboribdi, ikkinchi yil palagi «o‘lib
qolibdi», uchinchi yil pishib yetmay turib so‘lib qolibdi.
Boburshoh bo‘lsa qovun topishni talab qilaveribdi.
– Bu yil qovun ekib pishirmasanglar, hammangizni
jazolayman, – deya g‘azablanibdi.
Bog‘bonlar nima qilishni bilmay rosayam boshlari
qotibdi. Oxiri Boburshohga bildirmay, uzoq Farg‘onadan
qovun olib kelishga ahd qilishibdi. Boburshoh bir ne-
cha oyga ovga ketib, qaytib kelgach, bog‘bondan qo-
vun yo‘qlatibdi.
Bog‘bonlar Farg‘onadan keltirilgan qovunni olib bo-
rishibdi. Boburshoh qovunni hidlab ko‘rib:
– Qayerda bitgan? – deb
so‘rabdi.
– «Bog‘i Boburiy»da bitgan,
– deb javob beribdi bog‘bon.
– Yo‘q, hidi boshqacha.
Bunday hidli qovun bu yerlarda bitmaydi, faqat bir o‘lkada yetishadi, xolos. Sen meni aldayapsan, – debdi Bobur shoh.
– Aldagan bo‘lsam, bilganingizni qiling, shohim.
Bu qovun «Bog‘i Boburiy»da bitgan, – debdi bog‘bon
so‘zidan qaytmay. Boburshoh qovunni hidlay-hidlay
bo‘yiga mast bo‘lib, uni tilimlamoqchi bo‘libdi. Qovun
pichoq tegar-tegmasdan tarsillab yorilib ketibdi.
Boburshoh bog‘bonga qarab:
– Yolg‘on gapiribsan, qovunni qayerdan keltirganing-
ni ochiq aytasan. Pichoq tegar-tegmay yorilib ketadigan
qovun faqat men bilgan o‘lkadagina bitadi. Sen mening
savolimga to‘g‘ri javob bermading, qahrim qattiqligidan
qo‘rqmaysanmi? – debdi.
Boburshohni aldab bo‘lmasligini bilgan bog‘bon rostini
aytishga majbur bo‘libdi.
– Farg‘ona viloyatidan keltirdik, – debdi ko‘ziga jiq-
qa yosh olib.
Bog‘bonning gapidan Boburshohning ko‘ngli buzilib,
yig‘lab yuborishiga ozgina qolibdi.
Matn yuzasidan savollar
HIDI, TILIMI VA MAZASIDAN
1.Mirzo Bobur qayerda tavallud topganlar?
A.Hindistonda
B. Agrada
C. Andijonda
D. Farg`onada
2.Bobur Mirzo “Bog`I Boburuy” bog`ini yaratshdan maqsadi nima edi?
A.meva yetishtirish
B.qovun o`stirish
C. yodgorlik qoldirish
D. mehnat qilish
3.”Bog`i Bobury”da turli poliz ekinlari va mevalar yetishtirildi.Ammo ……
A.qvun va handalak bo`lmadi
B.qovun va tarvuz bo`lmadi
C. handalk bo`lmadi
D. qovun bo`lmai
4.Qovun va handalakni pishib yetilishi uchun necha yil harakat qilishdi?
A.1 yil
B.2 yil
C. 3 yil
D. 4 yil
5.Mirzo Bobur ovdan qaytgach bog`bondan nimani so`radi?
A.qovun keltirishni
B.meva keltirishni
C. may keltirishni
D. vazirlarni chaqirishni
6.Rivoyatda podsho Mirzo Bobur Farg`onadan keltirilgan qovun ekanligini qayerdan bidi?
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
7.Nima uchun bog`bon qovunni Bog`i Boburiyda pishib yetilgan deb shoxni aldadi?O`z fikringizni o`qiganlaringiz asosida yozing!
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
8.O`zbekistonda yetishtiriladigan qovun va handalaklar nega boshqa davlatlardagilardan farq qiladi? Fikringizni bildiring!
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
9. Bobur Mirzoning qovunni hidlab ko`ziga yosh lishining sababi nima edi?
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
10.Rivoyatni o`qib yurtimiz bobomiz haqida qanday fikrga keldingiz?
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
JAVOBLAR TASNIFI
1 |
C |
2 |
C |
3 |
A |
4 |
C |
5 |
A |
6 |
Boburshoh qovunni hidlay-hidlay bo‘yiga mast bo‘lib, uni tilimlamoqchi bo‘libdi. Qovun pichoq tegar-tegmasdan tarsillab yorilib ketibdi.
|
7 |
– Bu yil qovun ekib pishirmasanglar, hammangizni jazolayman, – deya g‘azablanibdi.Bog`bon shohning mana shu so`zlaridan qo`rqib, aldashga majbur bo`libdi |
8 |
Yurtimizda pishib yetiladiga jamiki meva sabzavotlarning shirin-shakar bo`lib pishishida serquyosh o`lka ekanligimiz,bobo-dehqonlarimizning beminnat mehnatlari shuningdek ona yerimizning hosildorligi sabablidir. |
9 |
Bobur Mirzoning qovunni qo`liga olib, ko`ziga yosh olishining sababi: ona yurti Andijon sog`inch qiynagani uchun |
10 |
Rivoyatni o`qib bobomizning tadbirli ekanliklari, dono va oqil ekanliklarin, bog`bonchilik ishlariga qiziqishlari va ona yurtiga sadoqatli va sodiq insonligini bilib olish mumkin |
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.