химия

  • docx
  • 24.04.2020
Публикация на сайте для учителей

Публикация педагогических разработок

Бесплатное участие. Свидетельство автора сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала 83245-organik-khimi.docx

4-sinf “O‘qish” fani dasturining taqqoslama jadvali

Vazirlar mahkamasining 2017 yil 6-apreldagi 187-sonli qaroriga asosan

Takomillashtirilgan o‘quv dastur

Izoh

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-SINF

O‘QISH va NUTQ O‘STIRISH

(170 soat)

I bo‘lim. ISTIQLOLIM – ISTIQBOLIM.

(6 soat)

1-mavzu. Mangulikka tatigulik kun. Safar Barnoyev (1 soat).

1991-yil 31-avgust Vatanimizning milliy istiqlolga erishgan kuni mangulikka tatigulik ekanligining ahamiyati . Mamlakatimizning qisqa muddatda rivojlangan davlatlar qatoriga kirib olishi. Vatanning ostonadan boshlanishi va muqaddasligi. Asar mazmuniga doir savol va topshiriqlar.

2-mavzu. Iqboli buyuksan she’ri. Abdulla Oripov (1 soat).

She’rda insonning ota-ona oldidagi farzandlik burchining vatan oldidagi burchi bilan uyg‘unligi. Yosh avlodning har jihatdan kamol topishi. She’r mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

3-mavzu. Qodir boboning orzusi. To‘lqin Hayit (1 soat).

Qodir bobo va nabirasining suhbati. Mamlakatimizdagi avtomobillar. Har qanday kasbning ulug‘ligi. Ozod va obod Vatan qadri. Ongli va ifodali o‘qish.

4-mavzu. Istiqlol bolalari. Dilshod Rajab (1 soat).

Isiqlol bolalari – quvnoq o‘g‘il-qizlarning jo‘shib kuylanishi. A’lo o‘qish – Vatanning kelajagi, ishonchi va quvonchi ekanligi. Ongli va ifodali o‘qish.

Takrorlash (1 soat).

Nazorat ishi (1 soat).

II bo‘lim. O‘ZBEKISTON – VATANIM MANIM

(9 soat)

5-mavzu. Serquyosh o‘lka she’ri. Zafar Diyor (1 soat).

She’rda O‘zbekistonning “bog‘u bo‘ston”, “serquyosh” sifatlari bilan ulug‘lanishi. Yurtimizni “serquyosh o‘lka” deb nomlanishi. She’r mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

6-7-mavzular. Xarita. Normurod Norqobil (2 soat).

Hikoyada vatanga bo‘lgan muhabbatning kichik qahramonlar chizgan shahar va qishloqlar misolida ifodalanishi. Bolalarning tortishuvi. Ko‘hna yodgorliklar. O‘zbekistonning chegaradosh davlatlari. Hikoya mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

8-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

9-mavzu. Mardlik va aql yorug‘ligi. Miraziz A’zam (1 soat).

Ilmning ulug‘lanishi. Mardlikning inson hayotidagi o‘rni. She’r mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

10-mavzu. Kichik vatan. Ashurali Jo‘raev (1 soat).

Vatanni sevish, uni ardoqlash. Yangi hovlida boboning g‘amginligi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

11-mavzu. Gulg‘unchalarmiz. Muhiddin Omon (1 soat).

She’rda vatan timsoli va vatanparvarlik. Kimning zurriyoti ekanligi. She’r mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

Takrorlash (1 soat). Nazorat ishi (1 soat).

Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

III bo‘lim. SAHOVATLI FASL  7soat)

12-mavzu. Kuz. Shukur Sa’dulla (1 soat).

Kuz tabiatining go‘zalligi va o‘zgaruvchanligi. Mavzuga oid savollar. Ongli va ifodali o‘qish.

13-14-mavzular. Qovun sayli. Shukur Sa’dulla (2 soat).

Kuzdagi ishlar. Kuzdagi pishiqchilik va yurt obodligi. Polizdagi voqea. Qovun saylining nishonlanishi. Qovun navlari. Mavzuga oid savollar. Ongli va ifodali o‘qish.

15-mavzu. Dehqon. Sulaymon Rahmon (1 soat).

Dehqonchilik va yurt obodligi. Dehqonchilik kasbini naqqoshlik kasbi bilan solishitirilishi. Ular orasidagi o‘xshashlik. Dehqonchilikning ulug‘lanishi. Ongli va ifodali o‘qish.

16-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).Takrorlash (1 soat).

Nazorat ishi (1 soat).

IV bo‘lim. MA’NAVIYAT – QALB QUYOSHI

(12 soat, 4 soat)

17-mavzu. Salomlashish odobi. Husayn Voiz Koshifiy (1 soat).

Salomlashish odobi insoniylik fazilatlarning eng ulug‘i ekanligi. Salomlashishning qonun-qoidalari. She’r mazmuniga doir maqol va tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.

18-mavzu. Odamdan nima qoladi? Yusuf Xoj Xojib (1 soat).

Shoirning dono va bilimli kishilar to‘g‘risidagi fikri. Bilimsiz kishilarni hayvonga o‘xshatilishi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

19-mavzu. Eng ulug‘ fazilat. Ertak (1 soat).

Ota va o‘g‘il o‘rtasidagi munosabat. Insoniylik fazilatlari. Mehnat qilishga da’vat. Kenja o‘g‘ilning ishi otaga ma’qul kelishi. Asar mazmuniga doir savol va topshiriqlar. Ongli va ifodali o‘qish.

A1+Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

Mavzu. Donolar hikmatlari (1 soat).

Hikmatlarda ulug‘ allomalarimizning ilm, odob-axloq haqidagi fikrlarining yoritilishi. Ongli va ifodali o‘qish . Hikmatlar mazmuniga doir maqollar.

20-mavzu. Har kim ekkanini o‘rar. M.Abdurashidxonov (1 soat).

O‘g‘ilning otaga bo‘lgan munosabati. Cholning ularga qarata aytgan hikmatli so‘zi. Bu dunyo qaytar dunyo ekanligini uqtirishi. Asar mazmuniga doir savol-topshiriqlar. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

21-mavzu. Chaqimchiga “mukofot”. Ertak (1 soat).

Vafo va sadoqat, xiyonat va chaqimchilik kabi insoniy munosabatlar to‘g‘risida ma’lumot. Xiyonat qilishning gunoh ekanligi. Chaqimchilik yomon odat ekanligi. Savol-topshiriqlar. Ertak mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

22-mavzu. Omonatga xiyonat. Ertak (1 soat).

Omonat, xiyonat, adolat, rostgo‘ylik, to‘g‘rilik xususida. Safar chog‘ida do‘stiga omonat topshirish. Xiyonat qilishning gunoh ekanligi. Ertak mazmuniga doir maqollar, hikmatli so‘zlar. Ongli va ifodali o‘qish.

23-24-mavzular. Ikki saxiy. Ertak. Murod Xidir (2 soat).

Odamlarining tortishuvi. Saxiylik va ta’magirlik. Ikkinchi saxiyning ishlari ma’qullanmasligi. Saxiylikning ulug‘ fazilat ekanligi. Ertak mazmuniga doir maqollar, hikmatli so‘zlar. Ongli va ifodali o‘qish.

Mavzu. Ochofat. Anvar Obidjon (1 soat).

Ayrim bolalardagi yeb to‘ymaslik, ochofatlik boshqalarda salbiy taassurot qoldirishini yengil yumor vositasida ko‘rsatish. Ongli va ifodali o‘qish.

Mavzu. Ustoz uzri. Xudoyberdi To‘xtaboyev (1 soat).

Hikoyada birinchi o‘qituvchi orqali birovning ko‘ngliga ozor bermaslik. Ozor yetkazganda kechirim so‘rash zarurligi. Hikoyada axloqiy qoidalarning ko‘rsatilishi. Ongli va ifodali o‘qish.

25-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

26-mavzu. Qo‘zichoq. Rauf Tolib (1 soat).

Qo‘ylar tomonidan qo‘zichoqni maqtashlari. Taltayish, o‘zboshimchalik, manmanlik yomon odat ekanligi. Masal mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.Takrorlash (1 soat). Nazorat ishi (1 soat).

V bo‘lim. XALQ OG‘ZAKI IJODI

(29 soat)

27-mavzu. Boychechak (1 soat).Boychechak misolida insonning tabiatga munosabati. Qo‘shiqlarda insonning quvonch va tashvishlari, orzu-armonlarining kuylanishi. Bahorning elchisi ekanligi. Ongli va ifodali o‘qish.

28-mavzu. Oftob chiqdi olamga. Qo‘shiq (1 soat).

Qo‘shiqda quvnoq va o‘yinqaroq bolalarning o‘ziga xos xislatlari. Ongli va ifodali o‘qish.

29-mavzu. Xo‘p hayda (1 soat).She’rda o‘tmishdagi insonlarning tabiatga munosabati va mashaqqatli hayoti. Qo‘shiqning kuylanishi payti. Xirmon egasi otni erkalashi. She’r mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

30-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).31-32-mavzular. Ilm afzal. Ertak (2 soat).

Ota va qizning suhbati. Otasiga bergan maslahati. Chol va o‘g‘illarining suhbati. Aka-ukalarning xulosaga kelishi. Ilmning har narsadan afzalligi. Ertak mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

Mavzu. Tuyalar. She’r (1 soat).

Qadim xalq she’riyatida turli hayvonlarning, jumladan, tuyalarning inson og‘irini yengil qilish eng qulay transport vositasi ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritish.

Mavzu. Otalar so‘zi. “G‘uncha” jurnali ( 1 soat).

Matnda tejamkorlik, to‘g‘rilik, intizomlilik, to‘g‘rilik, odoblilik xususida. Har bir axloqiy xislatlarni ochib berilishi. Ongli va ifodali o‘qish.

33-mavzular. Davlat. Ertak (1 soat).

Dehqonning turmush kechirishi. Dehqonchilik mehnati tufayli yaratiladigan noz-ne’matlar. Davlatning dehqonning uyidan ketishni xohlamasligi. Mehnatga bo‘lgan muhabbat. Ertak mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

34-35-mavzular. Ko‘zacha bilan tulki. Ertak (2 soat).

Tulkining inidan chiqmay o‘tirishi. Tulkining hiylasi. Bir-biriga bo‘lgan murojaati. Mug‘ombirlik, aldoqchilik kabi yomon illatlar ekanligi. Matn mazmuniga doir maqollar, topishmoq va tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.

36-mavzu. Ochko‘z boy. Ertak (1 soat).

Ochko‘z boyning qilmishi. Ochko‘z boy va xotinining jazolanishi. Yaxshilikka yaxshilik, yomonlikka yomonlik qaytishi. Ertak mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

Nazorat ishi (1 soat).Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

Mavzu. Shirin. Yoqutxon Rahimova (1 soat).

Hikoyada Shirin ismli qizning tartibli, saranjom-sarishtalik xususida. Onasi kelguncha uy ishlarini bajarib, xursand qilishi. Ongli va ifodali o‘qish. Hikoya mazmuniga doir maqollar.

37-mavzu. Hiylagarning jazosi. Ertak (1 soat).

Soddadil va hiylagar tillalarni taqsimlashi. Hiylagarning qozi tomonidan fosh qilinishi. To‘g‘rilik, soddadillik bilan makr-hiyla, mug‘ombirlik, xiyonatkorlik o‘rtasidagi azaliy ziddiyat. Halollik, to‘g‘rilikning yuksak ma’naviy fazilatlar ekanligi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

Takrorlash (1 soat).38-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

39-40-mavzular. Hunarsiz kishi o‘limga yaqin. Ertak (2 soat).

O‘tinchi qizning podshohga sharti. Bu shartni podshoh va sovchilar qanday tushunishi. Hunarning afzalligi. Kasb-hunarga mehr-muhabbat uyg‘onishi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

Mavzu. Ziyrak bola. Ertak (1 soat).

Ertakda hayotdagi oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan qing‘irliklarni fahm-farosat, ziyraklik bilan hal qilish mumkinligini tasvirlash. Ongli va ifodali o‘qish.

Mavzu. Ikki xasis. Muhammad Avfiy (1 soat).

Ikki shahardagi xasislik bilan nom qozongan boylarning mol-mulki oxir-oqibat o‘zlariga ham buyurmasligi tasvir etilishi. Ongli va ifodali o‘qish.

41-42-43-mavzular. Ziyrak uch yigit. Ertak (3 soat).

Tuyaning belgilari. Zindonband etilishi. Sharob, kabob va hokim haqidagi taxminlar. Voqealar o‘rtasidagi bog‘liqliklar. Ertak mazmuniga doir maqollar, tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.

44-45-mavzular. Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak. Ertak (2 soat).

Anvar Obidjon. Hayvonlarning shifo izlab kelishi. Quyon va to‘nqizning qochib ketishi. Ochko‘zlik, nafsga berilish yomon oqibatlarga olib kelishi. Matn mazmuniga doir maqol va topishmoqlar. Ongli va ifodali o‘qish.

Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

Mavzu. Sher va Chumoli. Masal (1 soat).

Rivoyatda sherning manmanligi va chumolining mehnatkashligi kamtarga kamol, manmanga zavol degan xalq maqoli misolida ko‘rsatilishi. Ongli va ifodali o‘qish.

46-mavzu. Baqa bilan taqa. Aziz Abdurazzoq (1 soat).

Baqaning havasi. Baqaning qaysarligi. O‘ziga noloyiq ishga qo‘l urishi. Ertak mazmuniga doir maqol va topishmoqlar. Ongli va ifodali o‘qish.

47-48-mavzular. Laqma it. Shukur Sa’dulla (2 soat).

O‘yinqaroqlik, ishyoqmaslikning inson boshiga katta tashvish keltirishi. Itning Moshxon, Echki va Olaqashqardan yordam so‘rashi. It yozni o‘tkazishi. O‘ziga uy qurmasligi. Itning qilmishi. Ertak mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.

Nazorat ishi (1 soat).

49-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

Mavzu. Tadbirkor vazir. Ertak (2 soat)

Podshohning chiroyli otining o‘g‘irlanishi. Uni topishda vazirning tadbirkorlik ko‘rsatishi. Ongli va ifodali o‘qish.

50-mavzu. Maqollar (1 soat).

Maqollarning ma’nosi. Turmush tajribalaridan kelib chiqqan holda vatanga bo‘lgan muhabbat. Ilmning qadri. Do‘stlikni qadrlash. Hunar orqali xor bo‘lmaslik. Mehnatsevarlik. Oz so‘z – soz so‘zlash ekanligi. Ongli va ifodali o‘qish va yod olish.

51-mavzu. Topishmoqlar (1 soat).

Topishmoqlarning umumiy o‘xshashlik tomonlari. Topishmoqlarda tabiat hodisalari va narsalarning belgisi bildirishi. Ongli va ifodali o‘qish.

Takrorlash (1 soat).

VI bo‘lim. KUMUSH QISH

(6 soat,)

52-mavzu. Qish to‘zg‘itar momiq par. Qudrat Hikmat (1 soat).

Qish manzarasi. Qorning yog‘ishi. Tomlarning qor bilan qoplanishi. “Mo‘rkon, serbar, fayz, surunkasi” so‘zlarining ma’nolari. Ongli va ifodali o‘qish.

53-mavzu. Rangin qorlar. Olloyor (1 soat).

Qadimda qorlarning rangi. Bahorning yashil rangni tanlashi. Yil fasllarining almashinib turishi. Tabiatning buyuk bo‘yoqchi timsolida gavdalanishi. Ongli va ifodali o‘qish.

54-mavzu. Qish. Tursunboy Adashboyev (1 soat).

Qish manzarasi hamda yilning shu faslida turli jonivorlar va hayvonlarning hayoti. She’r mazmuniga doir maqol va topishmoqlar. Ongli va ifodali o‘qish.

55-mavzu. Qor odamning sovg‘asi. Oqiljon Husanov (1 soat).

Komil va Alisherning dalaga borishi. Qor odamning sovg‘asi. Qishki o‘yinlarning nomlari. Matn mazmuniga doir tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.

Nazorat ishi (1 soat).

56-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

VII bo‘lim. VATANIMIZ O‘TMISHIDAN

(7 soat)

57-58-mavzular. Kitobga ixlos. Mirkarim Osim (2 soat).

Kutubxonaga o‘t ketishi. Yong‘indagi mardlik. Ibn Sino Buxoroni tashlab ketishga majburligi. Sitorabonuning o‘g‘liga tayinlagan gaplari. Ilm olishning mashaqqatli yo‘li, o‘tmishdagi xalq hayotining nochorligi, vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat. Ongli va ifodali o‘qish.

59-mavzu. Pahlavon va shoir. Hamidjon Hamidov (1 soat).

Pahlavon Mahmudning yosh bahodir bilan kurashga tushishni xohlamasligi. Pahlavon Mahmudning yosh bahodirga yengilish sababi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

60-61-mavzular. Alisherning yoshligi. Oybek (2 soat).

Alisher bilan Xusaynning yoshlikdagi hayoti. Alisher, Husayn va do‘stlari bilan suhbati. Ularning qiziqishlari. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

62-mavzu. Shum bola. G‘afur G‘ulom (1 soat).

Domla bolani ovqatlantirishi. Domla va bolaning suhbati. Yetim bolaga munosabati. O‘tmishdagi xalq hayotining nochorligi to‘g‘risida. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

63-mavzu. Shahzodaning bolaligi. Erkin Samandar (1 soat).

Malika va Kuzbor Malikning suhbati. Ustozidan iltimosi. Chavandozlik sirlari. Shahzoda Jamoliddinni chavandozlik, qilichbozlikdan iborat harbiy ishlarga o‘rgatishdan ko‘zlangan maqsadi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

Takrorlash (1 soat).

Nazorat ishi (1 soat).

64-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

VIII bo‘lim. NIMA YАXSHIYU, NIMA YOMON

(24 soat)

65-66-mavzular. Odobli bo‘lish osonmi. Anvar Obidjon (2 soat).

Onasining sichqonchaga nasihati. Shum baroq, Echkivoy Sichqonchani qarshi olishlari. Sichqonchaning salomiga Toshbaqa va To‘rtko‘zning javobi. Echkining Sichqonchaga salomlashish to‘g‘risidagi maslahati. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

67-mavzu. Qodir bilan Sobir. Hakim Nazir (1 soat).

Qodir bilan o‘rtoqlarining suhbati. Sobirning o‘qishga kechikishi. Rostgo‘ylik, kamtarlik, kamsuqumlikning maqtanchoqlik, manmanlik, zo‘ravonlik, qo‘rqoqlikka zidligi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

68-69-mavzular. Xatosini tushungan bola. Xudoyberdi To‘xtaboyev (2 soat).

Qosimjonning gazetaga she’r yozmasligi. O‘qituvchining tanbehi. Qosimjonning manmanligi. Ahllik, birdamlik, do‘stlik va rostgo‘ylik bilan manmanlik, maqtanchoqlik va takabburlik o‘rtasidagi azaliy ziddiyat. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

70-mavzu. Nurxon bilan Burxon. Miraziz A’zam (1 soat).

Burxon Nurxonning ustidan kulishi. Burxonning uyalishi. Bolalar hayotida tez-tez uchrab turadigan manmanlik, boshqalarni masxaralash odatlari. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

71-72-mavzular. Qo‘rqoq. Sunnatulla Anorboyev (2 soat).

Bahromning yo‘lga otlanishi. Qo‘zichoqning qutqarilishi. Qo‘rqoqlikning asosiy sababi. Mardlik, jasorat va insoniylikning kishi shaxsini ulug‘lashi. Matn mazmuniga doir maqollar, hikmatli so‘zlar. Ongli va ifodali o‘qish.

Takrorlash (1 soat).

Nazorat ishi (1 soat).

73-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

74-mavzu. Yaxshi bo‘ldi. Nosir Fozilov (1 soat).

Husanning dadasi o‘g‘li haqida Iso boboga gapirib berishi. Iso bobo Safarni maqtashi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

75-mavzu. Sharq hikoyasi. Abdulla Oripov (1 soat).

Ota eshakka minib, o‘g‘li piyoda borishi va o‘g‘li otga minib, ota piyoda yurishi haqida qishloqdagilarning gap-so‘zlari. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

76-mavzu. Saxiy. Muhammad Avfiy (1 soat).

Hotamtoyning mo‘ysafid bilan suhbati. Mo‘ysafidning sahiyligi. Xayr-sahovat, bag‘rikenglikning insonni ulug‘lashi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

77-mavzu. Chumchuq bilan chumoli. Aziz Abdurazzoq (1 soat).

Chumchuqning iltimosi. Chumolining javobi. Ularning fikrlari. Maqtanchoqlik va tekinxo‘rlik boshga kulfat keltirishi. Matn mazmuniga doir maqol va topishmoqlar. Ongli va ifodali o‘qish.

78-mavzu. Yolg‘onchining izza bo‘lishi. Rivoyat (1 soat).

Yolg‘onchilikning rostgo‘ylik va to‘g‘rilikka zidligi to‘g‘risida tushuncha berish. O‘z xatti-harakatini baholash, o‘zini o‘zi nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Nazorat ishi (1 soat).

79-mavzu. Qush tili. Mirtemir (1 soat).

Qushlarning tabiatda va inson hayotida tutgan o‘rni. Qush turlari. Matn mazmuniga doir maqol va topishmoqlar. Ongli va ifodali o‘qish.

80-mavzu. Qushlar – bizning do‘stimiz mavzusida matn tuzish (1 soat).

81-mavzu. Yomg‘ir. Farhod Musajon (1 soat).

82-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

83-mavzu. Ikki irmoq. Habib Po‘latov (1 soat).

Kichik irmoqning yo‘li sermashaqqatliligi. Kichik irmoqqa do‘stlarining yordami. Katta irmoqning manmanligi. Hayotda uzoqni ko‘ra bilmaslik, manmanlik, balandparvozlik, boshqalarni nazar-pisand qilmaslik va hovliqishning oxiri voy ekanligi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

Takrorlash (1 soat).

Nazorat ishi (1 soat).

 

IX bo‘lim. HAYVONOT OLAMIDA

(12 soat)

 

84-mavzu. Mo‘’jiza. Rahim Bekniyoz (1 soat ).

Quyonning to‘rga ilinishi. Keksa ovchining yoshligidagi voqealar. Ona tabiat go‘zalliklaridan zavqlanishi, hayvonot olamiga mehr-muhabbati. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

85-mavzu. Xatarli uchrashuv. Pirimqul Qodirov (1 soat).

Bola bo‘rilardan qo‘rqmasligi. Akasining hikmatli gapi. Aql va iroda tarbiyasining insonni ulug‘lashi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

86-mavzu. Ola buzoq. G‘afur G‘ulom (1 soat).

Ola buzoqning ko‘rinishi. Ongli va ifodali o‘qish.

87-mavzu. Tushovli toy. Nosir Fozilov (1 soat).

Otlarning inson hayotida tutgan o‘rni. Saman toyning tunda kishnashi. Ko‘kqashqaning yordami. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

88-mavzu. Jo‘ja. Anvar Obidjon (1 soat).

Jo‘janing xislatlari. Qushlar va parrandalarning inson hayotida tutgan o‘rni. Matn mazmuniga doir topishmoqlar. Ongli va ifodali o‘qish.

89-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

90-91-mavzular. Ayiqni yenggan cho‘pon. Pirimqul Qodirov (2 soat).

Akrom dadasi bilan tog‘ga chiqishi. Suyun otaning gaplari. Cho‘ponlar ayiqni yo‘qotishi. Yovvoyi hayvonlar. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

92-93-mavzular. Ko‘kyol. Nosir Fozilov (2 soat).

Ovchilarning bo‘rilarning ketiga tushishi. Bo‘rilarning vaxshiyligi. Ovchilarning hiylasi. Ko‘kyolning qo‘lga tushishi. It va otlarga qo‘yiladigan nomlar. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.Takrorlash (1 soat).

Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).Nazorat ishi (1 soat).

X bo‘lim. ZUMRAD BAHOR

(15 soat)

94-mavzu. Bahor. Qudrat Hikmat (1 soat).

Bahor faslining uyg‘onishi. Fasllar kelinchagi bo‘lgan bahor tabiati. Ongli va ifodali o‘qish.

95-mavzu. Bahor ta’rifida. Yusuf Xos Hojib (1 soat).

Bahor – yasharish, yangilanish fasli. Qushlar hayoti. Janubdan qushlarning uchib kelishi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

96-mavzu. Jala darakchisi. Habib Rahmat (1 soat).

Bahor faslidagi tabiat hodisalari va o‘zgarishlari. Momaqaldiroq gumburlashi jala darakchisi ekanligi. Ongli va ifodali o‘qish.

97-mavzu. Erka cholning o‘rigi. Xudoyberdi To‘xtaboyev (1 soat).

Bahor faslidagi yangilanishlar bolalar nigohida aks etishi. Hikoya mazmuni “Yaxshidan bog‘ qoladi” maqoli bilan uyg‘unlashtirilishi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

98-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

99-mavzu. Navro‘z – bahor bayrami. Muzayyana Alaviya (1 soat).

Bahordagi o‘zgarishlar. Navro‘zgacha va Navro‘z kunlari bajariladigan ishlar. Navro‘z – qadimiy bayramligi. Ongli va ifodali o‘qish.

100-mavzu. Bayram urf-odatlari (1 soat).

Navro‘z bayramiga bog‘liq urf-odatlarga amal qilinishi. Milliy udumlar va qadriyatlarning e’zozlanishi. Ongli va ifodali o‘qish.

101-mavzu. Yaxshidan bog‘ qoladi. Rivoyat (1 soat).

Mir Alisher va Sulton Husayn o‘rtasidagi suhbat. Alisherning ko‘chatlari. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish kerakligi. Milliy qadriyatlarni bilishligi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

102-mavzu. So‘zlovchi yomg‘ir. Abdurahmon Akbar (1 soat).

Yomg‘irga onasining maslahatlari. Tabiat hodisalari va ularning tabiatdagi ahamiyati. Ongli va ifodali o‘qish.

103-104-mavzular. Danak ichidagi daraxt. Aziz Abdurazzoq (2 soat). Ra’nolarning hovlisi bog‘ga qiyoslanishi. Ra’noning danak ichidagi daraxt bilan suhbati. Danak ichidagi daraxtning ko‘karishi. Ona tabiat tuhfasi. Dov-daraxtlar hayoti. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

105-mavzu. Bahor. Dilshod Rajab (1 soat).

Bahor tabiatining o‘zgaruvchanligi. Ongli va ifodali o‘qish.

Takrorlash (1 soat).

Nazorat ishi (1 soat).

106-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

XI bo‘lim. YASHASIN TINCHLIK – BOR BO‘LSIN DO‘STLIK(6 soat)

107-mavzu. Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r. Shukur Sa’dulla (1 soat).

Tinchlik qushi – kabutarning urushni yengishi. Vatanga muhabbat tuyg‘ulari. Ongli va ifodali o‘qish.

108-mavzu. Shoira. Hakim Nazir (1 soat).

Shoira o‘rtog‘inikiga borishi. Shoiraning fazilatlari. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

109-mavzu. Do‘stlik. Xudoyberdi To‘xtaboyev (1 soat).

Abduqodir va Vovaning do‘stlashishi. Xalqlar do‘stligi – ulug‘ fazilat ekanligi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

110-mavzu. Mangu olov. Ravshan Isoqov (1 soat).

Xotira va qadrlash kuni qadriyatlari. Ajdodlar yodining o‘chmasligi. Ongli va ifodali o‘qish.

Takrorlash(1 soat).

Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

Nazorat ishi (1 soat).

XII bo‘lim. AJDODLARIMIZ – FAXRIMIZ(10 soat )

111-mavzu. To‘maris. Hamdam Sodiqov (1 soat).

Elchining hikoyasi. Forslarning massagetlar yurtiga hujumi. To‘maris – buyuk vatanparvar. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

112-mavzu. Najmiddin Kubro. Rivoyat (1 soat).

Bosqinchilarning Xorazmga yurishi. Dushmanlarning shayx Najmiddin Kubroga yozgan maktubi. Ertakdagi Najmiddin Kubroga xos hislatlar. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

113-mavzu. Sulton Mahmud va Beruniy. Rivoyat (1 soat).

Abu Rayxon Beruniyning bilimdonligining sinalishi. Beruniyning o‘z taqdirini bashorat qilishi. Sulton Mahmudga Beruniyning donishmandlarcha bergan fikri. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

114-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

115-mavzu. Tanbeh. Xondamir (1 soat).

Alisher Navoiyning Mirak naqqoshga qo‘llagan chorasi. Alisher Navoiy – yuksak ma’naviyat egasi ekanligi. Halollik va mehnatsevarlik sifatlariga ega bo‘lishi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

116-mavzu. Navoiy bobomlar. Tursunboy Adashboyev (1 soat).

Navoiy – she’riyat sultoni. Alisher Navoiyning xislatlari. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

117-mavzu. Hidi, tili, mazasidan. Rivoyat (1 soat).

Boburshohning Hindistondagi ishlari. Boburshohning ko‘ngli buzilishi. Vatanparvarlik, ona zaminning muqaddasligi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

118-mavzu. Rivoyat. Naim Karimov (1 soat).

Usmon Nosir – qatag‘on qurboni. Usmon Nosir otasining ruhi bilan suhbati. Otasining maslahati. Ongli va ifodali o‘qish.

Takrorlash (1 soat).

Nazorat ishi (1 soat).

XIII bo‘lim. JAHON BOLALAR ADABIYOTI(13 soat)

119-120-mavzular. Bolalar gurungi. H.K.Anderson (2 soat).

Bolalar o‘rtasidagi munozara. Bolalar suhbatidan xulosa chiqarishlari. Kambag‘al bolaning orzu-umidlari. Odamlardagi yaxshi va yomon odatlar. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

121-mavzu. Bir xurmacha shavla. Aka-uka Grimlar (1 soat).

Kampirning sovg‘asi. Sehrli so‘zlarning unutilishi. Muomala odobi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

122-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

123-124-mavzular. Rustam. Faxri Erdinch (2 soat).

Rustamning yollanib ishlashi. Otasi haqidagi gaplari. Rustam ishlab topgan pullarini sarflashi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

125-mavzu. Gulliverning sayohatlari. Jonatan Svift (1 soat).

Gulliverning kichik odamlar yurtiga tushishi va unda bo‘lib o‘tgan sarguzashtlari. Odamchalarning Gulliverga bo‘lgan munosabati. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

Nazorat ishi (1 soat).126-mavzu. Jimjiloq. Chingiz Aytmatov (1 soat).

Jimjiloqning qutilishi. Bo‘rining jazolanishi. Ochko‘zlik va manmanlik illati. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

127-mavzu. Bolalar hayotidan lavhalar (1 soat).

O‘quvchilar o‘z hayotlari davomida bo‘lgan qiziqarli va unutilmas voqea-hodisalarni eslashi. Og‘zaki nutqning faolligini oshirish.

Takrorlash (1 soat).Nazorat ishi (1 soat).

128-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).

XIV bo‘lim. YOZ – O‘TADI SOZ(11 soat)

129-mavzu. Yoz. Shukur Sa’dulla (1 soat).

Bolalar yozni sevishlari. Yoz tabiati. Unda pishadigan mevalar. Bo‘sh vaqtlardan unumli foydalanish kerakligi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

130-mavzu. Non qayerdan keladi? Qambar O‘taev (1 soat).

Nonni yetishtirishda kishilarning mehnati. Buvining hikoyasi orqali nonni va nonning ushog‘ini to‘kmaslik. Nonni qadrlash va uni asrab-avaylash. Ongli va ifodali o‘qish.

131-mavzu.“Non rizq-ro‘zimiz” amaliy mashg‘uloti (1 soat).

Bu mashg‘ulotda o‘quvchilar nonning turlari, u haqida ma’lumotlarni kengaytirish uchun turli topshiriqlar asosida mustahkamlashi.

132-133-mavzular. Oydin kecha. Murod Xidir (2 soat ).

Ikki do‘stning sayohati. Ozod va Nosir tog‘ yo‘lida turli jonivorlarga duch kelishi. Jonivorlarning xislatlari. Ozod va Nosirning xislatlari. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

134-mavzu. Bobomning sovg‘asi. G‘ayratiy (1 soat).

Obid do‘sti Murod bilan sarguzashti. Bobosining nabirasiga sovg‘asi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

135-mavzu. Nihollar nolasi. Xudoyberdi To‘xtaboyev (1 soat).

Nihollarning nolasi. Ko‘chat ekib, bog‘ qilishi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.

136-mavzu. Suv bilan suhbat. Zafar Diyor (1 soat).

Suv – olamni yashnatishi. Ongli va ifodali o‘qish. Qo‘shimcha savol va topshiriqlar.

Nazorat ishi (1 soat).137-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).Takrorlash (1 soat)

SINFDAN TASHQARI O‘QISH(17 soat).

Sinfdan tashqari o‘qish o‘quv dasturi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish talab etiladi. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.

Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari ikki haftada bir marta o‘tkaziladi va o‘qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy-adabiy asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib borilsa, o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.

Sinfdan tashqari o‘qish tanish bo‘lmagan muallifning kitoblari, muqovasi, titul varag‘i, kirish so‘zi, mundarijasi va rasmlariga qarab asarning taqvimiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Bolalarga ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg‘otish, bog‘lanishli nutqini o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish o‘qish darslarining tub mohiyatini tashkil etadi.

Mavzularni o‘rganish uchun – 137 soat

Nazorat ishlari uchun – 18 soat

Takrorlash – 15 soat

Jami 170 soat

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi 5712-sonli Farmoni 21 oktabrdagi 5850-sonli Farmoni

 

O‘zbekiston Respublikasi Халқ таълими вазирлигининг 2020-йил  25-февралдаги 52-сонли буйруғига асосан умумий ўрта таълим мактаблари учун таянч ўқув режада ўқиш фани ўқув соатлари ҳафтасига 5 соатдан 3 соатга қисқартирилди.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-SINF

O‘QISH va NUTQ O‘STIRISH

(102 soat)

 

I BO‘LIM. ULUGVA AZIZ VATANIM – MANGU BO’L OMON

(7 soat)

Vatan-inson tug‘ilgan muqaddas zamin, bu zamin uning qalbida abadiy qolishi va hech qachon unutilmasligi, vatanga bo‘lgan muhabbat ona suti, ona bag‘ri, ona allasi bilan bola yuragiga jo bo‘lishi haqida. El-yurt obodligi, a’lo o‘qish – vatanning kelajagi, ishonchi va quvonchi ekanligi. Yoshlarda o‘z xalqiga sadoqat, an’analariga chuqur hurmatda bo‘lishni, vatanga sodiqlikni shakllantirish. Vatan ravnaqi yo‘lida ijodkorlik, tashabbuskorlik ko‘rsatishga undovchi matnlar. Ulug‘ va aziz vatani bo‘lgan O‘zbekistonni mangu omon bo‘lishida o‘z millati va vatani manfaatlari yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishga qodir bo‘lgan barkamol yosh avlodni tarbiyalash.

 

 

 

 

 

 

 

II BO‘LIM. SAHOVATLI FASL

(8 soat)

 

Kuz go‘zal va serjilo fasl. Kuz tabiati. Kuz ne‘matlari. Faslda tabiatdagi o‘zgarish va hodisalar. Kuz fasilining o‘zgacha husn-tarovati. Kuz faslini “Hazon” barglari bilan ajralib turishi. Kuz fasli kirib kelganda ona tabiat oltin libosga burkanishi. Kuzda kishilar hayoti va mehnati. Dehqonchilik va yurt obodligi. Dehqonchilikning ulug‘lanishi. O‘qituvchi kasbining ulug‘lanishi haqida. Kuz tabiatiga xos bo‘lgan tabiatdagi va ob-havodagi o‘zgarishlar.

Bo‘lim yuzasidan takrorlash

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

III BO‘LIM. ILM DARGOHI MAKTAB, UNING KALITI KITOB

(8 soat)

Maktab muqaddas ilm dargohi ekanligi. Zamonaviy maktablar. Dono va bilimli kishilarning ilm to‘g‘risidagi fikri. Kitob axloqiy xislatlarni tarbiyalovchi manba ekanligi. Ilmli kishilar haqida. Hikmatlarda ulug‘ allomalarimizning ilm haqidagi fikrlari. Ilmning qadri. Ilmning ulug‘lanishi. Insoniylik fazilatlar, yomon odat va illatlarni bartaraf etish to‘g‘risida. Xalqaro fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan bolalar haqida. Kompyuter va uning inson mehnatini yengillatishdagi, ilm olishdagi o‘rni. Kompyuterning imkoniyatlari. Kompyuterdan to‘g‘ri va ongli foydalanish qoidasi haqida tushunchalarini kengaytirish.

Bo‘lim yuzasidan takrorlash

 

 

IV BO‘LIM. HUNAR-HUNARDAN RIZQING UNAR

(6 soat)

Kasb-hunar haqida tushuncha berish va ularning turlari bilan tanishtirish. Fan-texnika taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan kasblar bilan tanishtirish. Oila a’zolarining kasb-hunarlari haqida. Kasb tanlashga yo‘naltirish. O‘zi sevgan kasbdan faxrlanish. Tanlangan kasbning inson hayotidagi o‘rni. Kasbi orqasidan  obro‘ topgan insonlar hayoti haqida.

Mehnatsevarlik va dangasalik. Mehnat insonni ulug’lashi haqida. Hunar orqali xor bo‘lmaslik to‘g‘risida. Uy ishlariga yordam berish.

Bo‘lim yuzasidan takrorlash.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

BO‘LIM. KUMUSH QISH

(9 soat )

 

Qish manzarasi. Yil fasllarining almashinib turishi. Faslda turli jonivorlar va hayvonlarning hayoti. Qishki o‘yinlar. Qish faslining o‘ziga xos xususiyatlari. Qish faslida kishilarning mehnati. Qish faslida nishonlanadigan bayramlar. Konstitutsiyamiz-bosh qomusimiz ekanligi haqida ma’limot berish. Qish faslida nishonlanadigan bayram–Yangi yil. Yangi yil bayramining asosiy bezagi–Archa daraxti. “Tog‘ malikasi”. Archa bezatish va go‘zallikdan zavqlanish Yangi yil bayramining sevimli qahramonlari–Qorqiz va Qorbobo haqida. Tabiat go‘zalligidan zavqlanish. Qor va uning dehqonchilikka hamda inson salomatligiga ta’siri.

Bo‘lim yuzasidan takrorlash

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

VI BO‘LIM. BORDIR VATAN POSBONLARI – TINCH OSUDA OSMONLARI

(5 soat)

 

        Vatan himoyachilari ona-yurtning, xalqning taqdirga chuqur hurmat bilan qarashi, Vatan manfaatlari yo‘lida fidoiylik ko‘rsatishga qodir bo‘lgan vatanparvar shaxslar ekanligi, Vatan ozodligi, ota-ona, el-yurt, jigargo‘shalar tinchligini saqlash, himoya qilish uchun jismoniy va ma’naviy tayyor bo‘lishi, har qanday dushmandan o‘z yurtini himoya qilish, millat, xalq, Vatan ozodligi, el-yurt tinchligi yo‘lida o‘z kuchi va bilimini ayamasligi. Yoshlarni harbiy xizmatga va armiyaga muhabbat, jasurlik, intizomlilik, zukkolik, o‘z vatani himoyasiga doimo tayyor bo‘lishga tarbiyalash. Qurolli kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tash har bir o‘g‘il bolaning yuksak yigitlik burchi ekanligi haqida.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

VII BO‘LIM. BUYUK ALLOMALARGA MUNOSIB VORISLARMIZ

(6 soat )

 

Ulug‘lardan qolgan hikmatlar. Ma’rifatparvarlik ajdodlarimizdan meros tuyg‘u. Dunyo ilm-fani va jamiyat rivojiga katta hissa qo‘shgan ajdodlarmiz haqida. Ulug‘lar ibrati masallar misolida. Ajdodlarimizning go‘zal fazilatlari. Buyuk allomalarimizdan ibrat olish va ularga munosib voris bo‘lish. Yoshlarni ma’naviy merosimizga ehtirom ruhida tarbiyalash. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda xalqimizning tarixi, bosib o‘tgan yo‘li, undagi tarixiy voqealar namuna bo‘la olishi

Bo‘lim yuzasidan takrorlash.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

VIII BO‘LIM. XALQ OG‘ZAKI IJODI

(6 soat)

 

Xalq og‘zaki ijodiga oid namunalardan kiritilishi. Xalq qo‘shiqlari. va ularning bolalar hayotidagi o‘rni. Maqollarda aks etgan fazilatlar. Ular orqali o‘quvchilarga xalqning orzu-umidlari, do‘stlik, ahillik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik fazilatlarini ulug‘lanishi, salbiy xislatlarning qoralanishini uqtirilishi. Bola aqlini va tasavvurini kengaytirishda topishmoqlarning ahamiyati.

Ertaklar olamiga sayohat Mardlikning inson hayotidagi o‘rni.. Nima yaxshi-yu, nima yomonligini ertaklardagi voqea-hodisalar orqali tanishtirish. Ertak qahramonlarining holati. Masal haqida ma’lumot. Ularda insoniy fazilatlarining ulug‘lanishi. Rivoyatlar va afsonalar haqida tushuncha berish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

IX BO‘LIM. ZUMRAD BAHOR

(7 soat)

 

Fasllar kelinchagi bo‘lgan bahor tabiati. Bahor tabiatimizning tiklanish, yasharish, yangilanish fasli. Tabiat hodisalari va o‘zgarishlari. Buyuk avlodlarimizning obodonlashtirish ishlari. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish kerakligi. Navro‘z – qadimiy bayramligi. Navro‘z bayramiga bog‘liq urf-odatlarga amal qilinishi. Milliy udumlar va qadriyatlarni bilish, e’zozlash. Mehnatkashlik, ozodalik, mehmondo‘stlik, mehr-oqibat kabi sifatlarni shakllantirishda milliy qadriyatlarimizning o‘rni.

Bo‘lim yuzasidan takrorlash

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

X BO‘LIM. JAHON BOLALAR ADABIYOTI

(8 soat)

 

Jahon bolalari adabiyoti bilan tanishtirish, dunyo tan olgan bolalar badiiy asarlaridan namunalar berish. Tanlangan asarlar o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi va tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratish kerakligi.

Bo‘lim yuzasidan takrorlash.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

XI BO‘LIM. XOTIRA MUQADDAS - TINCHLIK VA DO‘STLIK ULUG‘ NE’MAT

(8 soat)

 

Xotira va qadrlash. Ajdodlar yodining o‘chmasligi. Vatan uchun jon bergan, shahid ketgan o‘glonlar va ularni xotirlash. Borlarini qadrlash.

Tinchlik-bebaho ne’mat. Baxtli va farovon turmush.

Do’stlik haqida tushuncha berish, uning qadr-qimmati va inson hayotidagi o‘rni. Do’st bo’lish va uni asrab avaylashga o‘rgatish. Qiyin damlarda do‘stlarining yonida bo‘lish. Xalqlar do‘stligi – ulug‘ fazilat ekanligi.

 

 

XII BO‘LIM. YOZ -O‘TADI SOZ

(4 soat)

 

Uoz zavqi. Yoz faslining go‘zalligini, yoz ne’matlarini, o‘quvchilarning yozdagi hayotini tasvirlash. Yoz tabiati, pishiqchilik, o‘quvchilarni yozgi ta’til kunlari. Yozgi ta’tilni o‘quvchi qanday o‘tkazishi haqidagi matnlar.

Bo‘lim yuzasidan takrorlash.

 

 

 

 

 

 

 

 

S TASHQARI O‘QISH

(10 soat)

 

Sinfdan tashqari o’qish o‘quv dasturi bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish talab etiladi. O‘quvchilarda kitobga havas uyg’otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalar bilan ishlash ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashining eng muhim omili hisoblanadi.

Sinfdan tashqari o‘qish ikki haftada bir marta o‘tkaziladi va o‘qish uchun ajratilgan 10 soatdan foydalaniladi. Badiiy asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib borilsa, o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi. Sinfdan tashqari o‘qish tanish bo’lmagan muallifning kitoblari hamda muqovasi, titul varag‘i, kirish so‘z, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taqvimiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Sinfdan tashqari o‘qish tanish bo’lmagan muallifning kitoblari muqovasi, titul varaqi, kirish so‘zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taqvimiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat hislarini uyg‘otish, ularning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish o‘qish darslarining tub mohiyatini tashkil etadi.

 

Kompetentsiyaviy yondashuv DTS va o‘quv dasturi tubdan takomillashtirildi

Bunda asosiy e’tibor ta’lim sifatini oshirishga qaratildi, shuningdek, boshqa fan yo‘nalishlari: odobnoma, musiqa, tasviriy san’at,  tabiatshunoslik fanlari bilan o‘zaro integratsiyani, ta’limning uzluksizligi va izchilligini ta’minlagan holda aynan takroriy va mazmunan takroriy mavzular chiqarilib, bugungi kun zamon talablariga javob beradigan va o’quvchi yoshiga mos bol‘gan zamonaviy mavzular kiritildi  

      4-sinfning o‘quv dasturidan 3 ta bo‘lim chiqarilib, 3 ta yangi bo‘lim kiritildi. Jumladan, “Ma’naviyat-qalb quyoshi”, “Nima yaxshyu, nima yomon”, “Hayvonot olamida”, mavzusidagi bo‘limlar o‘rniga  ”Ilm dargohi maktabim, uning kaliti kitob”, “Hunar-hunardan rizqing unar”, “Bordir vatan posbonlari-tinch osuda osmonlari”, bo’limi yangitdan kiritildi.

“Istiqlolim-istiqbolim”, “O‘zbekiston- vatanim manim” bo‘limlari mazmunan takror bo‘lganligi sababli “Ulug‘ va aziz vatanim-mangu bo‘l omon” bo‘limiga singdirildi. “Vatanimiz o‘tmishidan”, “Ajdodlarimiz-faxrimiz” bo‘limlari mazmunan takror bo‘lganligi sababli “Buyuk allomalarga munosib vorislarmiz bo‘limiga singdirildi

Kompetentsiyaviy yondashuv asosida   takomillashtirilgan oquv dasturining amaldagi dasturdan tubdan farqi shundaki, amaldagi dasturda mavzular muallifi bilan birga taqvimiy reja sifatida har bir soati yozib korsatilgan. Muallif izlanmaydi, chunki darslikka qanday mаteriallar kiritilishi belgilab berilgan.Muallif imkoniyati cheklab qoyilgan. Takomillashtirilgan oquv dasturida esa mualliflarga keng imkoniyat berildi. Bolim mavzusi berildi, soati korsatildi, bo’lim yuzasidan umumiy tushuncha berildi. Mualliflarning darslikni yaratilishida erkin va mustaqil izlanishlariga, ijodiy yondoshishlariga imkon yaratildi. Natijada takomillashtirilgan oquv dasturi oquvchining badiiy didiga ta’sir qiluvchi, tafakkuriga turtki beruvchi, oylanishga, izlanishga undovchi bugungi kun zamon talabiga javob bera oladigan matnlar bilan boyitilishiga asoslandi.

O‘quv dasturni takomillashtirishda  g‘oyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar vа davriylik hisobga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Istiqlolim-istiqbolim”, “O‘zbekiston- vatanim manim” bo‘limlari “Ulug‘ va aziz vatanim-mangu bo‘l omon” bo‘limiga singdirildi.

O‘quv dasturni takomillashtirishda  g‘oyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar vа davriylik hisobga olindi.

 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ilm dargohi maktabim,uning kaliti kitob” bo’limi yangitdan kiritildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 “Ma’naviyat-qalb quyoshi” mavzusidagi bo‘lim o‘rniga “Hunar-hunardan rizqing unar” bo’limi yangitdan kiritildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘quv dasturni takomillashtirishda g‘oyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar vа davriylik hisobga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Bordir vatan posbonlari-tinch osuda osmonlari”, bo’limi yangitdan kiritildi.

O‘quv dasturni takomillashtirishda  g‘oyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar vа davriylik hisobga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Vatanimiz o‘tmishidan”, “Ajdodlarimiz-faxrimiz” bo‘limlari, mazmunan bir-birini takrorlaganligi uchun  “Buyuk allomalarga munosib vorislarmiz” yangi  bo‘limga singdirildi  

O‘quv dasturni takomillashtirishda  g‘oyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar vа davriylik hisobga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

 “Nima yaxshyu, nima yomon” mavzusidagi bo‘lim o‘rniga  ”Ilm dargohi maktabim, uning kaliti kitob” bo’limi yangitdan kiritildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Hayvonot olamida”, mavzusidagi bo‘lim o‘rniga “Bordir vatan posbonlari-tinch osuda osmonlari” bo’limi yangitdan kiritildi.

O‘quv dasturni takomillashtirishda  g‘oyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar vа davriylik hisobga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘quv dasturni takomillashtirishda  g‘oyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar vа davriylik hisobga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘quv dasturni takomillashtirishda  g‘oyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar vа davriylik hisobga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Sinfdan tashqari o‘qish tayanch o‘quv reja asosida 17 soatdan 10 soatga o‘zgartirildi.