MAVZU: Ochko’z boy
MAQSAD:A)O`TILGAN MAVZULAR BO`YICHA BILIMLARNI MUSTAHKAMLASH,O`QUVCHILARNI YAXSHILIK VA SAXIYLIK QILISHGA UNDASH.
V)O`QUVCHILARDA VATANGA MUHABBAT TUYG`USINI OSHIRISH ,AXLOQIY TARBIYA BERISH.
B)MUSTAQIL FIKRLASH QOBILIYATINI O`STIRISH,NUTQDAGI KAMCHILIKLARNI TUZATISH.
DARS TIPI-MUSTAHKAMLASH
DARS USLUBI-INTERAKTIV USULLAR
DARS JIHOZI- KO`RGAZMALAR
DARSNING BORISHI:
I.TASHKILIY QISM:PSIXOLOGIK MUHIT YARATISH:O`QUVCHILARNI
DARSGA TAYYORLASH,GURUHLARGA AJRATISH.
II.MAVZU BAYONI:O`QUVCHILAR 3 GURUHGA AJRATILADI,HAR
BIR GURUH O`ZLARIGA NOM TANLAYDILAR VA IZOHLAYDILAR.
“Yaxshilik”guruhi
Yaxshilik hayotda o`chmagay aslo,
Gunoh unitilmas,xotirda yashar.
Yaxshilikka intil,fursat g`animat,
Gunohlardan saqlan,ey ahli bashar.
“Mehr-muhabbat”guruhi
Ojiz-u muhtojga madad qo`lin cho`z,
Mehringni ayamay ko`rsatgin himmat.
Kim ko`zi ojizni 40 qadam yo`lga
Yetaklasa unga vojibdir jannat.
“Saxovat”guruhi
Ehsonni ayamang,ahlimo`mindan
Muhtojlarga ochiq bo`lsindasturxon,
Shirinsuxan bo`ling,bashar zotiga
Dillarni shod etib,bo`ling mehribon.
O`qituvchi:Balli sizlarga.Tanlagan shioringizda faqat oliyjanob tuyg`ular,insoniy fazilatlar tarannum etilgan.Muhimi-bu shiorlarsizni ezgulik sari chorlasin.Endi topshiriqlarni boshlaymiz.
Ko`rib turgan daraxtingiz “ertaklar daraxti”.
Bizning vazifamiz bu daraxtni
parvarish qilishimiz kerak.
Biz bu daraxtni o’zbek xalq ertagi “Ochko’z boy” bilan
parvarishlaymiz.Bu ertakni hamma sevib o`qiydi,
hatto shu ertak asosida multfilmni ham ko`rganmiz.
Bu ertakda yovuzlik qoralanib,yaxshilik tarannum
etilgan.Oqko’ngil , mehribon o’tinchi kabi insonlar ,
yaxshilik urug`i k`opaysin,butun dunyo ahli
faqat yaxshilik qilsin.Bu daraxtga yaxshilik suvini solamiz.
U gurkirab o`ssin.Yaxshilik yaxshi-da.
1-topshiriq:
1-guruh.
Ustoz, biz guruhimiz bilan o`zbek xalq
ertagi “Ochko’z boy”ertagi haqida
fikr yuritmoqchimiz.Saxovat tuyg`usi ila
“ertaklar daraxtini “yanada o`sishiga o`z hissamizni qo`shmoqchimiz.O’tinchi cholda juda ko`p yaxshi fazilatlar mujassam.U aqlli, shirinso`z,saxiy inson.Hammaga,hatto,parrandalarga o`t-o`lanlarga ham yaxshi munosabatda bolib, ularga yaxshilik qilishga harakat qiladi.Buyuk saxovatli qalbi borligi uchun o’rdak in’omiga,katta boylikka ega bo`ladi.Boy qo’shnisi esa johil,qo`polligi uchun halokatga mahkumdir.Shuning uchun biz barchani saxiy bo`lishga undaymiz.
O`qituvchi:Yashang, bolajonlar.Yaxshi, mehr-muhabbatli, saxiy insonlar har doim ezgulik topadilar.Siz ham shunga intiling. Mana sizning ajoyib fikrlaringiz bilan ertaklar daraxti gurkirab o’smoqda. Har doim ana shu aytgan fikrlaringiz hayotda sizga hamroh bo’lsin. Haqiqatan ham,Mehr oliyjanob fazilat.Buni boshqa tilga tarjima qilish shart emas.
3-guruh.
O`quvchilar,mana ,o`z bilim salohoyatingiz bilan bilimlar mamlakati bo`lmish”Susambil shahriga “etib keldik.Bu shahar obod, chiroyli,sarishta.bunda yashovchilar Hur ,Erkin,Mustaqil yashaydilar.Bu yurt bizning Vatanimiz-O`zbekistonimizdir.Bu yurtga xush kelibsiz!
Uyga vazifa:otilgan mavzularni
takrorlash
O’quvchilar baholanadi,faol
Guruh baholanadi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.