Musiqiy tizim tovushqatori
Оценка 4.7

Musiqiy tizim tovushqatori

Оценка 4.7
pptx
09.06.2020
Musiqiy tizim tovushqatori
Musiqiy tizim tovushqatori.pptx

Musiqiy tizim tovushqatori

Musiqiy tizim tovushqatori

Musiqiy tizim tovushqatori

Tovushlarning balandligi boʻyicha yuqorilama yoki pastlama tartibda kеtma-kеt joylashuvi musiqiy tizim tovushqatori deyiladi

Tovushlarning balandligi boʻyicha yuqorilama yoki pastlama tartibda kеtma-kеt joylashuvi musiqiy tizim tovushqatori deyiladi

Tovushlarning balandligi boʻyicha yuqorilama yoki pastlama tartibda kеtma-kеt joylashuvi musiqiy tizim tovushqatori deyiladi. Tovushqatorning har bir tovushiga esa uning pogʻonasi aytiladi. Pogʻonaning tartib raqami rim raqami bilan ifodalanadi.
Muayyan balandlikdagi munosabatda boʻlgan tovushlar qatoriga musiqaviy tuzilma deyiladi. Tuzilma tovushlarining oʻz balandligiga qarab joylashishi tovushqator, tovush esa uning pogʻonasi deyiladi. Musiqaviy tuzilmaning toʻliq tovushqatori 88 ta xilma-xil tovushlarni oʻz ichiga oladi. Bu tovushlar (ya’ni eng past tovushlardan eng yuqori tovushlargacha) 16 gts dan 4176 gts tebranishga egadir. Ana shu tovushlar balandligi inson qulogʻi qulay eshita oladigan tovushlardir. Insonning vokal ovozi taxminan 60 dan 1000 gts gacha boʻlgan diapazonda yangrashi bois, koʻpgina cholgʻu sozlar aynan ushbu diapazon doirasida tovush hosil qiladi.

Tovushlar boʻgʻinli va harfiy nomlar bilan ataladi

Tovushlar boʻgʻinli va harfiy nomlar bilan ataladi

Tovushlar boʻgʻinli va harfiy nomlar bilan ataladi. Musiqaviy tuzilma tovushqatorining asosiy pogʻonalariga yettita mustaqil nom berilgan:

Boʻgʻin
bilan

Do

Re

Mi

Fa

Sol

La

Si

Harfli

C

D

E

F

G

A

H

Asosiy bosqichlarga berilgan ushbu nomlar oʻrta asrlarda shakllangan. Bu asosiy pogʻonalar fortepianoning oq klavishlari tovushlariga mos keladi va ular 52 ta asosiy klavishlardan iborat:

Harfiy tuzilma tonalliklarni koʻrsatish uchun oʻzining soddaligi va qisqaligi tufayli

Harfiy tuzilma tonalliklarni koʻrsatish uchun oʻzining soddaligi va qisqaligi tufayli

Harfiy tuzilma tonalliklarni koʻrsatish uchun oʻzining soddaligi va qisqaligi tufayli Respublikamiz hamda koʻpgina xorij mamlakatlarida keng qoʻllaniladi, tovushlarni aks ettirish uchun esa faqatgina ilmiy-musiqiy adabiyotlarda qoʻllaniladi. Germaniya, Buyuk Britaniya va Gollandiya singari ba’zi Yevropa mamlakatlarida esa harfiy tuzilma hozirgi kunda ham asosiy boʻlib hisoblanadi.
Musiqa tovushqatoridagi yettita asosiy pogʻonaning nomi ma’lum bir vaqtda takrorlanib turadi hamda shu yoʻl bilan barcha asosiy pogʻonalar tovushlarini oʻz ichiga qamrab oladi. Bu yuqori tomon sanalgan, oq klavishlarda chiqariladigan har bir sakkizinchi tovush birinchi tovushga nisbatan ikki marta tezroq tebranishi natijasida hosil boʻladi. Demak, u birinchi boshlangʻich tovushning ikkinchi yuqori toniga mos keladi va unga hamohang boʻlib eshitiladi.

Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
09.06.2020