14-MAVZU: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‘qituvchi mahorati masalalari
Eng qadimgi davrlardan XII asrgacha bo‘lgan davrlarda o‘qituvchi – ustoz, shogird va ularning jamiyatdagi o‘rni.
Sharq donishmandlari va mutafakkirlaridan Kaykovus, Al- Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Y.X.Xojib, Ulug‘bek, A.Navoiy va boshqalarning ijodiy meroslarida ustoz, mudarrislar va ularga qo‘yiladigan talablar haqida.
Eng qadimgi davrlardan XII asrgacha bo‘lgan davrlarda o‘qituvchi – ustoz, shogird va ularning jamiyatdagi o‘rni
Eng qadimgi davrlardayoq mudarrislar (o'qituvchilar) ta’lim va tarbiyaning samarali ta’sir usullarini qidirib topib, hayotga tatbiq eta boshlaganlar. Buning natijasida eramizdan oldingi davrlardayoq ta’lim-tarbiyaning samaradorligiga erishilishi uchun o‘qi- tuvchiga boigan talablar kuchayib bordi. O‘qituvchi mahoratini takomillashtirish yuzasidan turli g‘oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo‘ia boshladi.
Markaziy Osiyoning Xorazm zaminida shakllangan
eng qadimiy va “o'tmishdagi dinlarning eng kuchlilaridan bo‘lgan” (Yu.A.Rappoport) zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da bolalar ta’lim- tarbiyasiga oid qiziqarli ma’lumotlar berilgan.
“Avesto”
“Avesto”da ta’kidlanadiki, bilim va tarbiya hayotning eng muhim tirgagi bo‘lib hisoblanadi. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yozishni o‘rganish asosida bilim olishi kerak, so‘ngra esa odob-axloqi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin.
“Avesto”da
bolalarni o'qitish va tarbiyalash qoidalari quyidagi tartibda tavsiya etilgan:
diniy va axloqiy tarbiya;
jismoniy tarbiya;
o‘qish va yozishga o'rgatish.
Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan muallimlar bolalarni 7 yoshidan boshlab, diniy tarbiyaga asoslangan maktablarga jalb qilishgan.
Maktablarda “muqaddas yashil ko‘ylak” kiydirish marosimi o‘tkazilgach, kohin muallimlar bolalarni “Avesto”da keltirilgan madadkor kuchlarni ulug‘lovchi ezgulik va yaxshilik ma’budasiga sig‘intirishgan.
Muallim – kohinlar
yoshlar ongiga “bergan so‘zning uddasidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiq va shartnomalarga qat’iy amal qilish, qarzni o‘z vaqtida to‘lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo‘lish, halol mehnat, yaratuvchilik, yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash, iymon- e’tiqodli bo‘lish, miskinlarga yordam berish, yaxshi niyat, yaxshi so‘z va yaxshi amallarga qo‘l urish” kabi insoniy tuyg‘ularni singdirish uchun qizg‘in mehnat qilganlar.
Forobiy talimotiga ko‘ra,
ta’lim-tarbiya jarayoni tajribali va bilimli o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgan boiishi lozim, chunki “har bir bola o‘zicha narsa va hodisalarni bila olmaydi hamda baxtga erisholmaydi. Unga buning uchun o'qituvchi lozim’
Ta’lim va tarbiya berishda
“...ustoz shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchanlik ham qilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zulm, shogird dilida ustozga nisbatan nafrat uyg‘otadi, bordiyu ustoz juda ham yumshoq ko‘ngilli bo‘lsa, shogird uni mensimay qo‘yadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi. Shuning uchun o’qituvchi bolalaming fe’l-atvoriga qarab ta’lim-tarbiyaning “qattiq” yoki “yumshoq” usullaridan foydalanishi mumkin” deydi.
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973 - 1048)
Sharq Uyg‘onish davrining qomusiy olimlaridan biri, tarbiyashunos olim, umumjahon tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan buyuk aql-zakovat sohibidir.
Alloma asarlarida ta’lim-tarbiya birligi va axloq masalalariga yetuk tarbiyashunos olim sifatida yondashgan.
Abu Rayhon Beruniy
“Bizning maqsadimiz o‘quvchilarni toliqtirib qo'ymaslikdir, bir mavzuni qayta- qayta takrorlab o‘qib berish o‘quvchini zeriktiradi, xotirasini susaytiradi. Agar o‘quvchi bir mavzudan boshqa bir yangi mavzuga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘larda sayr qilgandek boiadi, bir bog‘dan o‘tar- o‘tmas, boshqa bir bog` boshlanadi. Bola ularning hammasini ko‘rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa bolaga rohat bag‘ishlaydi, deb behuda aytilmagan” deydi.
Abu Rayhon Beruniy
“Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi illatlardan, odamni ko‘r qilib qo‘yadigan nafs va turli buzg‘unchi holatlardan, qotib qolgan turli eski urf-odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko'zlikni quli bo‘lishdan ozod bo‘lmog‘i darkor”.
Abu Ali ibn Sino (980-1037)
o‘z asarlarida inson kamolotida uch narsa - irsiyat, muhit, tarbiya muhim rol o‘ynashini ta’kidlab, bunda mudarrislar bolalarga ta’lim berishdek mas’uliyatli burchni bajarib, shu uch holatga javobgarlik hissi bilan yondashishini uqtiradi va mudarrislarga faoliyatda muvaffaqiyatga erishish garovi bo‘lgan quyidagi tavsiyalami beradi:
Abu Ali ibn Sino
berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish.
bilimlarni o‘quvchilarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda tushunarli olib borish.
har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish.
Unsurul Maoliy Kaykovus o‘z asarida har bir yoshni aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasida turmush tajribasi muhim ahamiyat kasb etishini aytadi. Bolalarni faqat yaxshi mudarris tarbiyani hayot bilan bog‘lagan holda kamolotga yetkazishi mumkin deb, uning yo'llarini va usullarini bayon etgan.
Kaykovus mudarrislarning axloqli ekanligini birinchi belgisi, uning suxandonligida deb biladi va
“Натта qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq qobiliyatidir'' deydi. Suhandonni shogirdlarga notiqlikda rost so‘zlash kerakligini ta’kidlaydi.
U so ‘zlarni to ‘rt xilga bo ‘ladi:
birinchisi - bilinmaydi va aytilmaydi, ikkinchisi aytiladigan va biladigan, uchinchisi - ham bilinadi, ham aytishga, bilishga zaruriyati yo‘q, ammo aytsa ham bo`ladi. To‘rtinchisi - biladigan va zaruriyat bo‘lmasa aytilmaydigani.
Kaykovus
Eng yaxshisi to‘rtinchisi, ya’ni biladigan va aytilmaydigani, deydi.
So‘zlaganda andishalik bolish, sovuq so‘zlik bo`lmaslik, kamtarlik, maqtanmaslik, birovning so‘zini diqqat bilan eshitish odoblarini ta’kidlab o‘tadi.
Odamlarni ham to'rt xilga bo'ladi:
birinchi xil kishilar ko'p narsani biladi va yana bilgisi kelaveradi. Bular olim va fozillar bo‘lib, ularga bo‘ysunish kerak, deydi.
Ikkinchisi, bilmagan narsani bilishga harakat qiladi, ular qobil kishilar bo'lib, bunday kishilarni o‘qitish va o‘rgatish kerak.
Uchinchisi, bilganini ham bilmaydi, go‘yo uyquda yashagandek, ularni uyg‘otish kerak.
To‘rtinchisi, bilmaydi va bilmaganini ham tan olmaydi. Bular johil kishilar bo’lib, ularni o’qitish befoyda, ulardan qochish kerak, deydi.
Abul-Qosim Az-Zamaxshariy
“Navobig‘ ul- kalim” ("Nozik iboralar”) asarida kishilar ilmli bo'lish, o‘qitish, yozish bilan hosilu mukammal bo’ladi, olim kishi oqil, bilimdon va chiroyli xushxat yozuvga ega bo’lsa, bu uning kamolotga yetganligidan dalolatdir, deydi. Asarda mudarrislar to‘g‘risida noyob fikrlar bildirilgan: “Murabbiy о‘qib tursagina murabbiy bo ‘la oladi, agar о ‘qishni to ‘xtatib qo ‘yar ekan, unda murabbiylik о ‘ladi ”
Yana bir toifadagi o'qituvchilar “...sodda, yaxshi va yumshoq ko'ngilli odam. Unar-unmasga so ‘zlamas edi va bolalarni ranjitadigan so ‘zlar og‘zidan chiqmas edi. Uning farishtadek axloqliligi va mehribonligini ko'rgan bolalar murabbiyni mensimay qo'ydilar. Uning yumshoq tabiatlik ekanligini bilishib, ilmni ham о‘rganmaydilar.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.