Poi
Оценка 4.9

Poi

Оценка 4.9
Документация
pdf
26.09.2023
Poi
l;l
3мавзу.pdf

3-Mavzu: “Ishlab chiqarish” rejasi – biznes rejaning asosiy bo’limi

 

Reja

 

1.  Ishlab chiqarish rejasining mazmuni maqsadi va vazifalari. Ishlab chiqarish texnologiyasi

2.  Ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi omillar

3.  Ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlar tizimi

4.  Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirish

5.  Jihozlar mutanosibligini hisoblash

6.  Ishlab chiqarishda resurslarga talabni aniqlash usullari

 

1. Ishlab chiqarish rejasining mazmuni maqsadi va vazifalari. Ishlab chiqarish texnologiyasi

 

Ishlab chiqarish rejasi korxona faoliyatining asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini aniqlashtirish va bajarilishini nazorat qilishni ko’zda tutadi. Ushbu rejaning asosiy vazifasi bo’lib korxonaning real imkoniyatlarini asoslash hisoblanadi. Ishlab chiqarish rejasining mohiyatini mahsulot ishlab chiqarish va sotishni rejalashtirish, korxona yillik rejasining asosiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish va bajarish jarayonini bayon etish tashkil etadi. U quyidagilarni ko’zda tutadi:

­ asoslangan mahsulot, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarish hajmlari va muddatlari;

­ korxona, sex va uchastkalar, ishlab chiqarish quvvatlarining hisobi. Ushbu hisoblar ishlab chiqarish quvvatlarining yillik ishlab chiqarish hajmiga mos kelishi, talab va taklifning mutanosibligini tasdiqlashi lozim.

­ korxona va uning bo’linmalari yillik ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun resurslarga ehtiyojni aniqlash, yarim fabrikatlar va 

­ komplektlovchi mahsulotlar balansini hisoblash;

­ rejalashtirilayotgan ishlarni asosiy sexlar – bozor buyurtmalarini bajaruvchilar, tayyorlash muddatlari va bozorga etkazish muddatlari bo’yicha taqsimlash; 

­ rejalashtirilgan ko’rsatkichlarga erishish vositalari va usullarini tanlash, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmlari, texnologik jihozlar va ishlab chiqarish quvvatlari ta’minlanish koeffitsientlarini hisoblash;

­ rejalashtirilgan tovarlar, xizmatlar, ishlarni ishlab chiqarishni tashkil etish rejalarini bajarilishini nazorat qilish usul va shakllarini asoslash.

Yuqoridagilardan ko’rinadiki, mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish belgilangan strategiya va qo’yilgan vazifalarga korxonada mavjud bo’lgan texnik, tashkiliy va boshqa imkoniyatlardan to’liq foydalanish asosida erishishga yo’naltirilgan iqtisodiy resurslar kompleksi va ichki omillarning o’zaro ta’sir tizimini ko’zda tutadi.

Buning uchun ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatining muhim yo’nalishlarini tanlash va asoslash, tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmlarini o’rnatish, iqtisodiy resurslarga talabni hisoblash zarur. O’z navbatida bular ishlab chiqarish dasturi va ishlab chiqarish quvvati o’rtasida mutanosiblikni ta’minlash, ishlar va xizmatlarni bajarish hajmlari va muddatlarini aniqlashtirish, ishlab chiqarish faoliyatini Operativ yo’naltirish va boshlanich reja ko’rsatkichlarini korrektirovka qilishni ko’zda tutadi.

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasida yoritiladigan masalalardan yana biri ishlab chiqarish jarayoni bayoni hisoblanadi. Rejada ishlab chiqarish shakli (ommaviy, seriyali, yakka tartibli), uni tashkil etish uslublari, ishlab chiqarish texnologik zanjiri, ishlab chiqarish sikli tuzilmasi keltiriladi.

Agar ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir ishlarni subpudratchilar ya’ni chetdan jalb qilinadigan ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadigan bo’lsa buni biznes rejada alohida qayd etish lozim. Koperatsiya to’g’risidagi qarorning asoslanishi hamda subpudratchi tomonidan etkazib beriladigan qismlar va yarim fabrikatlarni ishlab chiqarish xarajatlari, tashib keltirish, nazorat nuqtai nazaridan aniq hamkorlarni tanlashni asoslash bayon etiladi.

Biznes rejada subpudratchi firmalarni nomi, manzili, ular tomonidan bajariladigan ishlar turi va shartlari ko’rsatiladi.

Bo’lim ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini hisoblash bilan tugallanadi. Bo’limga ishlab chiqarilgan mahsulot kalkulyatsiyasi va ishlab chiqarish harajatlari smetasining barcha moddalari bo’yicha hisoblar ilova qilinadi.

 

2. Ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi omillar

Ishlab chiqarish jarayoning tarkibiga bir qator omillar taosir qilib, turli tarmoqlar uchun o'z xususiyatlariga ega. Demak bu omillar quyidagilardan iborat:

1.               korxonaning qaysi tarmoqqa taalluqligi – ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi, uning konstruktiv ji'atlari (tuzilish ji'atlari), ishlatilayotgan materiallar, xom ashyolarni (zagotovkalarni) olish va qayta ishlash usullari;

2.               ma'sulotning texnologik tuzilish ji'atidan soddaligi;

3.               ma'sulot sifatiga qo'yilayotgan talab darajasi;

4.               ishlab chiqarishning turi va uning ixtisoslashuvi, kooperatsiyalashuvi

darajasi;

5.               korxona ishlab chiqarish ji'ozlari tarkibi, ishlab chikarish va texnologik taominlanganligi. – universal, maxsus, nostandart uskunalar, konveyer va avtomatik liniyalar. 

6.               Uskunalarga xizmat ko'rsatishning markazlashtirilganligi yoki markazlashtirilmaganligi, uning va texnologik uskunalarning joriy remonti.

7.               Ishlab chiqarishning tezlik bilan va katta yo'qotishlarsiz o'zgartirilgan nomenklaturasi, yangi ma'sulotlarni ishlab chiqarishga moslanuvchanligi;

8.               Asosiy va yordamchi sexlarning ishlab chiqarish jarayonini 'arakteri.

Ko'p hollarda, to'qimachilik korxonalarida alo'ida uchastkalarning alo'ida nomerdagi to'qima xom-ashyo artikullariga texnologik jarayonning ixtisoslashganligini kuzatish mumkin. Bunday korxonalarning ko'pi mato ishlab chiqarish uchun barcha jarayonlarni o'zi bajaradi. Yigiruv, to'quv va otdelka ishlarini o'zi bajaradi. Metallurgiya zavodlarida texnologik jarayonning alo'ida turlari mavjud: prokat, po'lat qo’yish, sexlari tashkil etiladi. Domna va prokat sexlarida tayyorlanadi. Turli tarmoqdagi korxonalarni birlashtirib turuvchi birdan bir ji'ati – yordamchi va xizmat ko'rsatuvchi sexlarni tashkil etilishidir. Bosh energetik, bosh mexanik sexlari, transport  va ombor xo'jaliklari 'ar qanday tarmoqning har qanday (yirikroq) korxonalarida mavjuddir. 

Mashinasozlik korxonalarida 'ar doim asbobsozlik sexi, to'qimachilik fabrikalarida val va chelnok ustaxonalari, to'qimachilik dastgo'larini taomirlash sexlari mavjud bo'ladi. Yangi tashkil qilinayotgan va qayta ji'ozlanayotgan korxonalarning barisi uchun ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish masalasi ko'ndalang turmog'i lozim. 

Ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishning asosiy yo'llari:

1.               Korxona va sexlarni yiriklashtirsh;

2.               Ishlab chiqarish korxonalari va sexlar tuzilish printspini takomillashtirish yo'l-yo'riqlarini izlash va amalda qo'llash;

3.               Asosiy, yordamchi va xizmat ko'rsatuvchi sexlar o'rtasidagi ratsional proportsionallikni saqlash;

4.               Korxona tuzilish va tarkibini ratsionalizatsiyalashtirish ustida doimiy ish yuritish;

5.               Alohida korxonalarni birlashtirish, ishlab chiqarishni markazlashtirish natijasida ilmiy ishlab chiqarish va yirik korxonalarni tashkil etish;

6.               Korxonaning 'ar bir bo'limlari ustida to'g'ri nisbatni taominlash;

7.               Ishlab chiqarish kombinatsiyalarini ko'paytirish;

8.               Ma'sulotni keng unifikatsiyalashtirish va standartlashtirish orqali mahsulotning konstruktiv – texnologik ji'atdan birligiga erishish;

9.               Korxona boshqaruvining sexsiz boshqaruvini tashkil etish;

Korxona va sexlarni yiriklashtirish yuqori unumli texnologiyalarni keng miqyosda joriy etishni yaxshilashga daovat etadi. 

Sex va ishlab chiqarish uchastkalarining tarkibini yaxshilashning rezervlarini (imkonlarini) izlash va ularni amalda tadbiq etish – ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayoni tarkibini yaxshilashning omili 'isoblanadi. 

Asosiy, yordamchi va xizmat ko'rsatuvchi sexlar o'rtasidagi ratsional munosabatini nazorat qilish asosiy fondlarning qiymatiga, asosiy sexlarning ishchilar soniga mahsulotga qo'shayotgan hissasiga qarab bo'lishi kerak.

Rejalashtirishni ratsionalizatsiyalash korxonaning bosh rejasini takomillashtirishni nazarda tutadi. 

Tarkibiy ji'atdan korxona iqtisodiyoti alo'ida olib qaralmog'i lozim. Korxona tarkibiga kiruvchi zvenolar nisbati, sexlar, uchastkalarning (bu sexlar, uchastkalar yakuniy ma'sulotni  yaratish uchun birgalikda ishlaydilar) ishlab chiqarish quvvatlariga bog'liq bo'ladi.

Ishlab chiqarishning usullarini takomillashuvi xom-ashyo va materiallarning kompleks ravishda ishlatilishiga, jonli va jonlantirilgan me'natning iqtisod qilinishiga, shuningdek, moddiy resurslarning to'g'ri yo'nalishda ishlatilishiga olib keladi. 

Mahsulotning konstruktiv – texnologik ji'atdan bir jinsli ishlab chiqarish ixtisoslashuvini chuqurlashuviga, ma'sulotning avtomatik va potok ravishda ishlab chiqarish chiqarilishiga olib keladi. Korxonaning sexsiz boshqaruv shakli boshqaruvning bo'linmalarini boshqaruvini osonlashtiradi, xizmat ko'rsatuvchi va boshqaruv apparat xodimlarining qisqartirilishiga, natijada esa ishlab chiqarishning turib qolishlari sonini qisqartiradi.

Ishlab chiqarish jarayoni tarkibini to'g'ri tashkil qilinishi, korxona sexlari va xizmatchi bo'limlari o'rtasidagi nisbatni to'g'ri tanlanishiga, ishlab chiqarishni to'g'ri tashkil qilinishiga ta’sir ko'rsatadi. Bu esa o'z navbatida bir qator texnik – iqtisodiy ko'rsatkichning yaxshilanishiga olib keladi. Ixtisoslashuvning darajasi va kooperatsiyalashuvi, ishlab chiqarishning maromiyligini yaxshilanishiga, me'nat unumdorligining oshishiga. Ma'sulot sifatini yaxshilanishiga, tugallangan ishlab chiqarishni 'ajmiga, aylanma mablag'larni meoyorlashtirishga, boshqaruv va ishlab chiqarishda band bo'lgan kadrlar o'rtasidagi son ji'atdan munosabatini, me'nat, material va moddiy resurslarning maqsadga muvofiq ishlatilishiga olib keladi.

 

3. Ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlar tizimi

 

Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda quyidagi o’lchovlardan foydalaniladi:

natural, shartli natural, qiymat va mehnat. Natural o’lchovlar bir turdagi mahsulotlar hajmi va o’zgarishini baholash imkonini beradi.

Quvvati, o’lchami bilan farqlanuvchi bir turdosh mahsulot ishlab chiqarishda shartli yoki shartli-natural o’lchovlardan foydalaniladi. Ushbu o’lchovlar barcha turdagi mahsulotlarni baza qilib olingan bir turga keltirib olish imkonini beradi. Bunda mahsulotni tayyorlash mehnat sig’imi asosida hisoblanadigan o’tkazish koeffitsienti qo’llaniladi.

Ko’p nomenklaturali ishlab chiqarishda umumiy mahsulot hajmini natural o’lchovlarda ifodalash mumkin emas, shu sababdan ushbu maqsadda qiymat o’lchovlaridan foydalaniladi. Mehnat o’lchovlari yordamida ishlab chiqarish dasturining umumiy mehnat siimi aniqlanadi. Mehnat o’lchovlari korxona, sex va uchastkalari ishlab chiqarish rejalarini tuzishda qo’llaniladi. Ushbu ko’rsatkich ishlab chiqariladigan mahsulot soni borasida ma’lumot bermaganligi sababli asosiy ko’rsatkich bo’la olmaydi. Asosiy qiymat ko’rsatkichlariga yalpi aylanish, ichki aylanish, tovar mahsulot, yalpi mahsulot, sotilgan mahsulot hajmi ko’rsatkichlari kiradi. Yalpi aylanish korxona asosiy, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi sexlarda yaratilgan mahsulotlarning umumiy qiymatini ifodalaydi. Yalpi aylanishga korxona ichida iste’mol qilishga yo’naltirilgan, tashqariga sotiladigan mahsulotlar kiritiladi. Ushbu ko’rsatkich korxona ichida mahsulotni takror hisobga olishni ko’zda tutadi. Yalpi aylanish  korxona faoliyatini tahlil qilishda ishlab chiqarish strukturasi o’zgarganda (ya’ni sexlar ishga tushirilganda, sexlar kengaytirilganda) reja ko’rsatkichlarini asoslashda iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi.

Ichki aylanish korxona ichida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun iste’mol qilinadigan mahsulot qiymatini ifodalaydi. Korxona ichida iste’mol qilinadigan mahsulotlarga tayyor mahsulot uchun o’zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlarni qayta ishlash; o’zida ishlab chiqarilgan elektroenergiya, siqilgan havo, buni iste’mol qilish; o’zida ishlab chiqarilgan bino, inshoot, jihozlarni joriy ta’mirlashda iste’mol qilinadigan detallar kiritiladi.

Tovar, yalpi, sotilgan mahsulot zavod usulida aniqlanadi ya’ni rejalashtirilgan tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotlar hajmidan korxona ichida iste’mol qilinadigan mahsulotlar qiymati ayirib tashlanadi.

Tovar, yalpi, sotilgan mahsulot tarkibini yaxshiroq tushunish uchun tayyor mahsulot, yarim fabrikat, tugallanmagan ishlab chiqarish kategoriyalarining iqtisodiy mohiyatini aniqlash lozim.

Tayyor mahsulot standartlar yoki texnik shartlarga muvofiq to’liq tayyorlangan, texnik nazoratdan o’tgan va tayyor mahsulot omborxonasiga to’shirilgan buyumlardir.

Yarim fabrikatlar – texnologik jarayonning bir qismidan o’tgan, lekin keyingi sexda ishlovdan o’tishi yoki yig’uv sexida foydalanilishi lozim bo’lgan mahsulotlardir.

Tugallanmagan ishlab chiqarish sexda ishlov berishi tugallanmagan, ish o’rnida ishlovdan o’tayotgan, ish o’rinlari orasida harakatlanayotgan, texnik nazoratda turgan mahsulotlardir.

Tovar mahsulot hisobot yilida ishlab chiqarilgan va sotishga mo’ljallangan mahsulotlardir. Tovar mahsulot tarkibiga tayyor mahsulotlar, sotishga mo’ljallangan yarimfabrikatlar, buyurtma asosida bajarilgan sanoat xarakteridagi ishlar, ta’mirlash ishlari, ehtiyot qismlar qiymati kiritiladi. Tovar mahsulot hajmini quyidagi formula bo’yicha ifodalash mumkin:

TM=Tay+YAf+Isan+Tish+Eq

bu yerda:

Tay tayyor mahsulot qiymati;

YAfsotishga mo’ljallangan yarim fabrikatlar qiymati;

Isan buyurtma asosida bajarilgan sanoat xarakteridagi ishlar qiymati;

Tish ta’mirlash ishlari qiymati; Eq ehtiyot qismlar qiymati.

Tovar mahsulot amaldagi ulgurji baholarda rejalashtiriladi.

Yalpi mahsulot tayyor bo’lish darajasiga boliq bo’lmagan holda ishlab chiqarilgan jami mahsulot hajmidir. Yalpi mahsulot quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin.

YAM=TM+(Nyo-Nyb)

bu yerda:

Nyo yil oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i;

Nyb  – yil boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i.

Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i buxgalteriya hisobi yoki enventarizatsiya ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan ham foydalanish mumkin:

TICH=Vs*Ts*Tm* Ko’

bu yerda:

Vso’rtacha sutkalik ishlab chiqarish hajmi, natural ifodada; 

Ts ishlab chiqarish sikli davomiyligi, kun;

Tm mahsulot birligi tannarxi, so’m;

Ko’ xarajatlarning o’zgarishi koeffitsienti (0,65-0,75).

Yetkazib berish shartnomalar asosida hisoblanadigan va korxona faoliyati samaradorligini belgilab beradigan “sotilgan mahsulot hajmi” ko’rsatkichiga e’tibor qaratiladi. Sotilgan mahsulot hajmi quyidagi formula asosida aniqlanadi:

 

 

SM=TM+(Qyb-Qyo)

bu yerda:

Qyb, Qyo yil boshi va yil oxirida korxona omborxonasidagi tayyor mahsulot qoldig’i, ming so’m.

 

4. Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirish Ishlab chiqarish dasturi biznes rejaning eng asosiy bo’limlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish dasturini bilmay turib korxonaning moddiy-texnik ta’minoti rejasini tuzib bo’lmaydi, jamoaning mehnat natijasi bo’lgan daromadlarini aniqlash mumkin emas. Masalan, zaruriy materiallar, yoqili, jihoz, ishchi kuchi miqdorini aniqlash uchun qaysi turdagi mahsulotni qanday hajmda va sifatda ishlab chiqarilishi borasida ma’lumotga ega bo’lish lozim.

Ishlab chiqarish dasturi - turli ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan mahsulotlar nomenklaturasi, assortimenti, sifati va miqdorini ifodalovchi reja ko’rsatkichlari tizimidir. 

Korxonaning ishlab chiqarish dasturi talab va taklif kabi tushunchalar bilan bevosita boliqdir. Talab xaridorning ma’lum vaqt oraliida bozor taklif etgan baholarda sotib olishga tayyor tovar miqdorini ifodalaydi. Taklif esa  ma’lum vaqt oraliida ishlab chiqarib bozor baholarida sotishni istaydigan mahsulotni belgilaydi. Talab va taklifning o’zaro ta’siri ularning koordinatsiyalashuvi raqobat va baho (narx) mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Ushbu o’zaro ta’sir talab va taklif o’zaro tenglashadigan narxni shakllantirishga olib keladi. Shu sababdan ishlab chiqarish dasturini tuzish talab va taklif qonuniga, shuningdek, korxonaning xo’jalik faoliyati bo’yicha erishilgan natijalariga asoslanishi lozim.

Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini izlab to’ish;  ishlab chiqarishni samarali tashkil etish orqali; turli sabablarga ko’ra yuzaga keladigan to’xtashlarni kamaytirish; asosiy vositalar aktiv qismidan vaqt va unumdorlik bo’yicha foydalanishni yaxshilash; moddiy va energetik resurslar sarfini qisqartirish; boshqarish va rejalashtirishni takomillashtirish hisobiga mehnat unumdorligini oshirish zarur.

Turli tarmoq korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish xarakteri va ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish dasturini tuzishga turlicha yondashiladi. Yakka tartibli va kichik seriyali ishlab chiqarishda ishlab chiqish dasturi mahsulotni iste’molchiga to’shirishning tasdiqlangan muddatlariga muvofiq tuzilgan grafik asosida ishlab chiqiladi. Buyumlarni jarayonga kiritish chiqarish kalendar grafigi texnologik jarayon yakunidan boshlash, ish turlari bo’yicha (yig’ish, sinash, mexanik ishlov berish) ishlab chiqarish sikli davomiyligi asosida tuziladi.

Seriyali ishlab chiqarishda yil davomida ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi va nomenklatura o’zgarishlarini e’tiborga olgan holda rejalashtiriladi. 

Ommaviy ishlab chiqarishda ishlab chiqarish dasturi korxona va barcha asosiy sexlar bo’yicha bir vaqtda tuziladi.

Ishlab chiqarish dasturida quyidagi ko’rsatkichlar rejalashtiriladi:

1.       Mahsulot guruhlari bo’yicha qiymat ifodasidagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi.

2.       Mahsulot nomenklaturasi va assortimenti, ya’ni iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan mahsulot sortlari, modellari bo’yicha turlari rejalashtiriladi.

3.       Mahsulot ishlab chiqarish muddatlari.

4.       Tashqi tashkilotlarga koperatsiya aloqalari asosida etkazib beriladigan yarim fabrikatlar (assortimenti va sifatini e’tiborga olgan holda) hajmi. Ushbu talablar asosiy sexlar bilan bir qatorda yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi sex va xizmatlarga ham tegishli. 5. Mahsulot sifat ko’rsatkichlarini rejalashtirish. Ishlab chiqarish dasturi bir yilga kvartallar  va oylar bo’yicha taqsimlangan holda tuziladi. Yillik ishlab chiqarish rejasini kvartallarga taqsimlashda quyidagi tomonlarga asoslanadi:

1.        Ish o’rinlarini ixtisoslashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish uslublarini takomillashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida bir turdagi mahsulotlarni kvartallar bo’yicha konsentratsiyalash.

2.        4-kvartalda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni reja yilining bir kvartalida ham ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va shu orqali ishlab chiqarishni tayyorlash xarajatlarini qisqartirish

3.        Yangi jihozlarni kiritish kutilayotgan kvartalda mahsulot hajmining o’sishini rejalashtirish

4.        Mahsulot ishlab chiqarish muddatini ularni yetkazib berish shartnomasida ko’rsatilgan muddatlar bilan uyunlashtirish

5.        Kvartaldagi ish kunlarini e’tiborga olgan holda taqsimotni oshirish.

 

5. Jihozlar mutanosibligini hisoblash

Ishlab chiqarish dasturi rejalashtirilgandan so’ng material resurslarga talab aniqlanadi. Bunda material resurslarini moliyalashtirish manbalaridan va ularni sotib olish manbalari samaradorligini e’tiborga olish zarur.

 

Mavzu: “Ishlab chiqarish” rejasi – biznes rejaning asosiy bo’limi

Mavzu: “Ishlab chiqarish” rejasi – biznes rejaning asosiy bo’limi

O’z navbatida bular ishlab chiqarish dasturi va ishlab chiqarish quvvati o’rtasida mutanosiblikni ta’minlash, ishlar va xizmatlarni bajarish hajmlari va muddatlarini aniqlashtirish, ishlab chiqarish faoliyatini

O’z navbatida bular ishlab chiqarish dasturi va ishlab chiqarish quvvati o’rtasida mutanosiblikni ta’minlash, ishlar va xizmatlarni bajarish hajmlari va muddatlarini aniqlashtirish, ishlab chiqarish faoliyatini

Bosh energetik, bosh mexanik sexlari, transport va ombor xo'jaliklari 'ar qanday tarmoqning har qanday (yirikroq) korxonalarida mavjuddir

Bosh energetik, bosh mexanik sexlari, transport va ombor xo'jaliklari 'ar qanday tarmoqning har qanday (yirikroq) korxonalarida mavjuddir

Ishlab chiqarish jarayoni tarkibini to'g'ri tashkil qilinishi, korxona sexlari va xizmatchi bo'limlari o'rtasidagi nisbatni to'g'ri tanlanishiga, ishlab chiqarishni to'g'ri tashkil qilinishiga ta’sir ko'rsatadi

Ishlab chiqarish jarayoni tarkibini to'g'ri tashkil qilinishi, korxona sexlari va xizmatchi bo'limlari o'rtasidagi nisbatni to'g'ri tanlanishiga, ishlab chiqarishni to'g'ri tashkil qilinishiga ta’sir ko'rsatadi

Tovar, yalpi, sotilgan mahsulot tarkibini yaxshiroq tushunish uchun tayyor mahsulot, yarim fabrikat, tugallanmagan ishlab chiqarish kategoriyalarining iqtisodiy mohiyatini aniqlash lozim

Tovar, yalpi, sotilgan mahsulot tarkibini yaxshiroq tushunish uchun tayyor mahsulot, yarim fabrikat, tugallanmagan ishlab chiqarish kategoriyalarining iqtisodiy mohiyatini aniqlash lozim

SM=TM+(Q yb -Q yo ) bu yerda:

SM=TM+(Q yb -Q yo ) bu yerda:

Mahsulot nomenklaturasi va assortimenti, ya’ni iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan mahsulot sortlari, modellari bo’yicha turlari rejalashtiriladi

Mahsulot nomenklaturasi va assortimenti, ya’ni iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan mahsulot sortlari, modellari bo’yicha turlari rejalashtiriladi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
26.09.2023