Презентация конспекта урока по музике для 1 класса

  • Презентации учебные
  • ppt
  • 03.01.2022
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

В презентации разработано описание и организация урока по музике в средней школе
Иконка файла материала 1-sinf musiqa.ppt

MUHAMMADJONOVA MUSLIMAXONNING 1-sinf uchun Musiqa madaniyati fanidan

Namunaviy DARS
I SH L A N M A S I

1 - SINF Musiqa madaniyati darsi

DARS MAVZUSI: Milliy cholg`ularimiz bilan
tanishamiz.

DARS MAQSADI:

Ta`limiy maqsad: O`quvchilarni milliy cholg`u sozlarimiz bilan tanishtirish, qo`shiq aytish qoidalari va musiqa tinglash odobi haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga do`stlarga hurmat, rostgo`ylik, odobli bo`lish haqidagi bilimlarni berish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning musiqiy bilimini oshirish, nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga o`rgatish, milliy cholg`u sozlarimiz, madaniyatimiz haqidagi bilimlarni oshirish.

Dars turi: Yangi tushuncha va bilim beruvchi.
Dars jihozi: Tarqatmalar, darsga doir ko`rgazma, DVD disklar, fortepiano.
Dars usuli: Aralash, amaliy, interfaol, savol-javob.

DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, darsga tayyorgarlikni tekshirish, kirish suhbati.
O`tilgan mavzularni so`rash:
Qaysi cholg`u sozlarini bilasiz?
Musiqa tinglashda nimalarga e`tibor berish kerak?
Qo`shiq aytish qoidalarini aytib bering.
“Vatanjonim - vatanim” qo`shig`ini kuylashga harakat qiling.

YANGI MAVZU BAYONI:
Aziz o`quvchilar har bir xalqning musiqa san`ati, musiqa asarlari cholg`u sozlari mavjud. Har bir xalqning milliy kuylari cholg`u sozlarida ijro etiladi. Xalqlarning milliy kuylari rang-barang bo`lgani kabi uning cholg`u sozlari ham rang-barangdir. Har bir xalqni cholg`u sozlarining ohanglari ham bir-biriga o`xshamagan rang-barang ohanglarni beradi.
O`zbek xalqi san`atsevar xalq, uning o`ziga xos san`ati, milliy cholg`u sozlari ham bir muncha boshqalardan farq qiladi. (cholg`u sozlarining rangli rasmlari ko`rsatiladi.) Musiqada eng ko`p ishlatiladigan cholg`u sozlaridan biri bu doiradir.

Doira – yumaloq shaklda bo`lib,
bezaklari, xalqachalari, uning ohangini
yanada boyitadi. Doira kuy ritmini tekis ketishidaasosiy vosita hisoblanadi.

Nog`ora – milliy cholg`u sozlaridan biri bo`lib, qadimdan ishlatilib kelinadi.

MUSIQA SAVODI

MUSIQA TINGLASH
DVD diskda milliy cholg`ularda ijro etilgan kuylardan namunalar eshittiriladi.

JAMOA BO`LIB KUYLASH

MUSTAHKAMLASH
Vatan haqida qanday qo`shiqlarni bilasiz?
Musiqaga mos raqs harakatlarini bajaring.
“Olmani qarang” qo`shig`ini kuylashga harakat qiling.

UYGA VAZIFA
“Olmani qarang” qo`shig`ini so`zlarini ota-onangiz yordamida yod oling.

BAHOLASH
Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni izohli baholayman.

OCHIQ DARSDAN
FOTOLAVHALAR

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT