PREZENTATSIYA
Fan: Hayot faoliyati xavfsizligi
Mavzu: O’zbekistonda bo’lishi mumkin bo’lgan texnogen havflar
Tayyorladi: 410 gurux talabasi A.M.Umidullayev
Qabul qildi: G.Turdiyeva
Denov 2022 y
SAMDCHTIARM
Reja:
1. Gidrotexnik inshoatlardagi avariyalar2. Yong‘in chiqish va portlash xavfi bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar va ularni oldini olish muammolari
3. Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar
4. Katastrofa va uning oqibatlari
SAMDCHTIARM
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil ko‘rinishi-dagi falokatlar kirib, ular O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27 oktyabr 1998 yil 455-son qarorida “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarni tasnifi” da ko‘rsatib o‘tilgan.
Gidrotexnik inshoatlardagi avariyalar oqibatida odamlarni, uy hayvonlarini qurbon bo‘lishiga, atrof-muhitni izdan chiqishiga va moddiy resurslarni buzilishiga va yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi.
1. Gidrotexnik inshoatlardagi avariyalar
Gidrotexnika inshoatlari, ko‘rsatkichlariga ko‘ra har xil bo‘ladi:
GIDROTEXNIKA INSHOATLARI QUYIDAGI TA’SIRLAR NATIJASIDA BUZILADI:
tabiiy ofatlar oqibatida (zilzila, ko‘chki, jala yomg‘irlar yuvib ketish va boshqalar);
uskunalarning tabiiy emirilishi va eskirishi;
inshoatni loyihalash va qurishdagi xatoliklar;
suvlarni ishlatish qoidalarini buzilishi;
portlatishlar oqibatida (xarbiy xarakatlar, terrorchilik ishlari va boshqalar).
Yong‘in - bu nazorat qilib bo‘lmaydigan hodisa bo‘lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yo‘q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi ofat, ayniqsa u fuqarolarning joniga kulfat keltiruvchi favquloddagi vaziyatdir.
2. Yong‘in chiqish va portlash xavfi bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar va ularni oldini olish muammolari
Yong‘inning kelib chiqishi uch omilning bir vaqtda, bir joyda duch kelishining oqibatidir, ya’ni:
Boshlanish fazada (5 dan 30 daqiqagacha) harorat sekin ko‘tariladi va fazaning oxirida tez ko‘tariladi. Masalan, yopiq eshik va derazalardan xavoning etishmasligidan yong‘in kichik miqyosda ketib, tutash bo‘lib bunda issiqlik yig‘ila borib, keyingi fazaning boshlanishini ta’minlaydi.Ikkinchi fazada - alanga jadal tarqalib, harorat tez ko‘tariladi (o‘zining “max” qiymatiga erishadi). Bunda alanga inshoatning tashqari qismiga ham chiqishi kuzatiladi.Uchinchi fazada - yonuvchi narsalarning yonib bo‘lishi oqibatida haroratning pasayishi kuzatiladi.
Yong‘in vaqti 3 fazaga bo‘linadi:
Avariya deganda bajariladigan ishni birdan to‘xtab qolishi, yoki sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning izdan chiqishi, transportlarda va boshqa ob’ektlarda moddiy boyliklarning buzilishi, yo‘q bo‘lishi tushuniladi.
3. Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar
AVARIYALARNING KELIB CHIQISHIGA QUYIDAGI OMILLAR SABABCHI BO‘LISHI MUMKIN:
tabiiy ofat tufayli;
inshoatlarni loyihalashda yoki uni qurishda qo‘yiladigan xatoliklar tufayli;
ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi;
transport, mexanizm, jihozlardan noto‘g‘ri foydalanganda;
agressiv moddalarni (portlovchi, tez alangalanuvchi zaharli moddalarni) noto‘g‘ri saqlanishi va uni ishlatilish qoidalarining buzilishi oqibatida;
texnika xavfsizlik qoidalarining buzilishi va boshqalar.
4. Katastrofa va uning oqibatlari
Fojiali hodisa - ma’lum bir vaqt oralig‘ida sodir bo‘ladigan falokat demakdir. Fojia – turli xildagi inshoatlarni buzilishi, moddiy boyliklarning yo‘q bo‘lib ketishi hamda odamlarning o‘limi bilan sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, katta avariyalar oqibatida ham fojialar sodir bo‘ladi. Masalan, atom elektrostantsiyalarida va radioaktiv moddalar ishlatiladigan korxonalarda avariya sodir bo‘lishi natijasida juda katta hudud zaharlanishi va oxir oqibatda fojia bilan yakunlanishi mumkin.
ADABIYOTLAR
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.