Приложение и его окно

  • Презентации учебные
  • ppt
  • 05.07.2019
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Ушбу дарс ишланмаси 10-синф ўқувчиларига слайд тарзда берилган ва Делпфи дастури хақида маълумот берилган. Эътибрингиз учун рахмат! Ушбу дарс ишланмаси 10-синф ўқувчиларига слайд тарзда берилган ва Делпфи дастури хақида маълумот берилган. Эътибрингиз учун рахмат! Ушбу дарс ишланмаси 10-синф ўқувчиларига слайд тарзда берилган ва Делпфи дастури хақида маълумот берилган. Эътибрингиз учун рахмат!
Иконка файла материала Приложение и его окно.ppt
: i s h i o r       h a m   s D a r   s h   i l   b o ’   o s o n ,   i l m l   e m a s d i   h o z     o l l m     , l   q i   i m k o n r a t   b o r r     i   I G ’ a y       r i
SAVOL  VA JAVOB  1. Delphi komponentalar panellarida  nimalar joylashgan?  2. Delphi ilova oynasi qanday vazifa  bajaradi?  3. Delphi ilovalari Pascaldagi  dasturlardan nimasi bilan farq qiladi?
MAVZU: ILOVA VA  UNING   OYNASI
Reja:    1.Delphida yangi ilova yaratish.  2. Delphida ilovani saqlash va yuklab olish. 3. Ilova oynasi va uning xossalarini  o‘rnatish .
1. Delphida yangi ilova yaratish.            Delphi ni ishga tushirish uchun  Windows ish stolida  Пуск (Boshlash) tugmasini  sichqoncha ko‘rsatkichini   keltirib bosamiz. Hosil bo‘lgan menyudan Все  программы (Barcha dasturlar) bandini tanlaymiz. Hosil  bo‘lgan menyudan Borland Delphi 7  bandini  faollashtiriladi.        Natijada Delphiga oid yangi bandlar hosil bo‘ladi.  Ulardan Delphi 7 ni tanlaymiz. Ekranda oldingi darsda  tasvirlangan Delphi dasturlash muhitining oynalari paydo  bo‘ladi va yangi ilova yaratiladi.
Agar menyuning Delphi 7 bandida sichqonchaning chap  tugmasining o‘rniga o‘ng tugmasini bosib, mavzubop menyuni  chaqirib, undan Закрепить в меню Пуск (Boshla menyusiga  joylash) yoki Закрепить на панели задач (Masalalar  paneliga joylash) bandlarini tanlasak, Delphi 7 ning yorlig‘i  paydo bo‘ladi va uni ishga tushirish osonlashadi. Agar  menyuning Delphi 7 bandini sichqoncha bilan surib, ish  stolining bo‘sh joyiga olib borib, sichqoncha tugmasini qo‘yib  yuborsak, yorliq ish stolida paydo bo‘ladi.           Delphi da yangi ilova yaratish uchun uning asosiy  menyusining File (Fayl) bo‘limining New (Yangi) bandini va  hosil bo‘lgan yangi menyuning Application (Ilova) bandini  tanlaymiz. Agar oldingi ilova saqlanmagan bo‘lsa, Delphi bu  haqida ogohlantiradi va uni saqlab qo‘yishni taklif qiladi. Bunda  eski ilovani saqlab qo‘yish yoki uni saqlamasdan yangi ilovaga  o‘tish mumkin.
2. Delphida ilovani saqlash va yuklab  olish. Delphida ilovani saqlashning bir necha usuli bor. Bu  buyruqlarning barchasi asosiy menyuning File (fayl) bo‘limida  joylashgan. Ular  1. Save  2. Save as …  3. Save Project as …  4. Save All  lardir.  Ulardan birinchisi Save (Saqlash) buyrug‘i ilovani joriy nomi  bilan saqlash uchun xizmat qiladi.  Ikkinchisi yangi nomga saqlaydi.  Uchinchisi  ilovani yangi joyga, to‘rtinchisi esa loyihaning  barcha fayllarini saqlash uchun xizmat qiladi.
3. Ilova oynasi va uning xossalarini o‘rnatish.         Ilova oynasining asosiy xossalari bu uning o‘lchamlari  va kompyuter ekranidagi o‘rnidir. Xossalarni Delphining  ilova oynasi o‘lchamlarini sichqoncha yordamida uning  o‘ng quyi burchagini surib o‘zgartirish mumkin.         Sichqonchani ilova oynasi (Form1) ustiga keltirib  uning chap tugmasini bosamiz va Obyekt inspektori  (Object Inspector) oynasida kerakli xossalarning qiymatini  o‘zgartiramiz. Bu oynada 50 dan ortiq xossalar alifbo  tartibida keltirilgan.  Kerakli xossa bu oynada ko‘rinmasa,  o‘ng tomondagi vertikal surgichni sichqoncha bilan surib,  uni ekranga chiqarish mumkin.
Ilova oynasining kengligini Width xossasiga 400 ni kiritib      o‘zgartiramiz. Buning uchun Width xossasini sichqoncha bilan  tanlab,  400 sonini kiritamiz. Shunga o‘xshash, ilova oynasi       balandligini  Height xossasi yordamida 300 ga teng qilib olamiz.           Bu amallarni qisqacha quyidagi ko‘rinishda tasvirlaymiz va  undan   keyinchalik keng foydalanamiz:            Form1.Width:=400;           Form1.Height:=300;     Ilova oynasining sarlavhasini oldindan berilgan Form1 dan Mening      birinchi ilovamga o‘zgartirish uchun     Form1.Caption:= ‘Mening birinchi ilovam’;  ni bajaramiz.      Form1.Color:= ‘ClAqua’ yordamida ilova oynasi fonini  havorangga    o‘zgartiramiz.     Form1.Left:=100 va Form1.Top:=50  xossalari yordamida ilova       oynasining chap tomonidan va tepasidan qoladigan joyni 100 va 50  ga  teng qilib o‘rnatamiz.
MUSTAHKAMLASH:                                            1.   Delphi ilovasi sarlavhasiga o‘z ismingizni  kiriting. 2. Delphi da o‘lchamlari 600 ga 800 bo‘lgan  ilova oynasini yarating. 3. Delphi da fonning rangi och sariq bo‘lgan  ilova oynasini yarating.