Tarix fani o’qitilishida “interfaol uslullar”
Оценка 4.6

Tarix fani o’qitilishida “interfaol uslullar”

Оценка 4.6
docx
24.01.2021
Tarix fani o’qitilishida “interfaol uslullar”
Tarix fani o’qitilishida “interfaol uslullar”.docx

Tarix fani o’qitilishida “interfaol uslullar”

 

 

 

Tarix fani sevib o’qiladigan fan hisoblanadi. Uni o’rganish jarayonida o’quvchilarda o’tmishni puxta egallash tilagi ortib boradi. Ularda bu istaklarni Interfaol usullar bilan qondirish mumkin. Interfaol usullar o’quvchilarni tarix fanidagi atamalar hamda sanalarni yod olish jarayonini bir qancha osonlashtiradi. Biz sizni bir necha Interfaol usullar bilan tanishtirib o’tamiz.

Interfaol usullar – davra suhbati, klaster usuli, loyihalash, aqliy hujum, zinama-zina, ven diogrammasi, bumerang, integro va boshqalar.

Bu usullar tarix fanini o’qitishda juda ham katta foyda beradigan usullar hisoblanadi. Endi bu usullarining ba’zilari bilan tanishib chiqamiz.

Davra suhbati - o’quvchilar o’rtasida yaxlit ko’rinishda yoki, kichik guruhlarga ham o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar aylana stol atrofida o’z fikr-mulohazalarini bildiradigan o’qitish usuli:

Davra suhbati og’zaki va yozma ko’rinishda bo’lishi mumkin.

Davra suhbatining afzalligi;

•   Davra suhbatida materiallarni almashinish jarayonida ma’lumotlar esda

 yaxshi saqlanadi:

•   Barcha o’quvchilar o’zoro muloqotda bo’ladi:

•   O’z fikrini erkin ifoda etish imkoniyati mavjud:

“Klaster” usuli - bu usul pedagogik strategiya bo’lib, bunda o’quvchi mavzuga doir ma’lumotlarni ketma-ketlikda uzviy bog’lagan holda tarmoqlashga o’rganadi:

Klaster usulining afzalligi:

•   Bunda o’quvchilarda fikrlarning ko’p bo’lishi:

•   Fikrlarni tezlik bilan ifoda etish:

“Bumerang” - bu usul asosan takrorlash darslarga mos tushuvchi usuli

hisolanadi. O’quvchilar darsdan bo’sh vaqtlarda o’qigan tarixiy asar, matn ,

maqola va ko’rsatuvlardan olgan ma’lumotlarni do’stlariga aytadi.

O’quvchilar bu ma’lumotlarni esda saqlab qoladi va dars so’nggida yana o’z

egasiga qaytaradi.

•   Bumerang tarix fani uchun xotirani mustahkamlovchi usul:

•   Bumerang usulini yakka holda ham guruh bilan ham olib borsa bo’ladi:

Tarix fanini o’qitishda Interfaol usullardan juda ko’plari qo’llaniladi. Biz

siz bilan hozir ba’zilari bilan tanishdik.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bunday usullar ta’lim sifatini oshirishda juda yaxshi samara berib kelmoqda. Hozirgi globallashuv davrida har bir o’quvchini o’z faninimizga qiziqtirish bu bizning eng oliy maqsadimiz desam ham bo’laveradi. Yosh- avlodga sifatli ta’lim berish uchun doimo harakatdamiz. Zero, yoshlar buyuk, O’zbekistonimizning kelajagidir.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

 

1. S.Yo’ldashev. Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish va interfaol usullar. 2013 yil Farg’ona

2.  M.Karpenko. Ta’imning yangi paradigmasi. 2007 yil


 

Tarix fani o’qitilishida “interfaol uslullar”

Tarix fani o’qitilishida “interfaol uslullar”
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
24.01.2021