Yosh yulduzchalar ta’tilda.
Annotatsiya: Ta’tilda o’quvchilar bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish pandemiya davrida eng dolzarb bo’lib, o’qituvchining zimmasiga yuklaydi. Bo’sh vaqtdan unumli qiziqarli foydalanish masalasi ayniqsa, o’quvchilar uchun katta ahamiyatga ega. Yuzaga kelgan bunday murakkab vaziyat tufayli respublikamizdagi barcha ta’lim maskanlarida masofaviy ta’lim joriy etildi. Hozirda bizning maktabimizda ham o’quvchilarning yozgi ta’tilda maroqli va mazmunli tashkil etish maqsadida musiqa fanidan “Onlayn to’garak”samarali tashkil topgan. O’quvchilarni milliy musiqa cholg’u asboblarini asrab avaylashga o’rgatish, san’at yo’nalishidagi kasblarga yo’llash, san’atga ishtiyoq va nafosat ruhida tarbiyalash.Yoshlar bizning kelajagimiz, avlodlardan qolgan meros muqaddas zaminini yuksaltirish, bilimli, iste’dodli, jasoratli ma’naviy barkamolligiga bog’liq. Darhaqiqat, mustaqqillik davrida ularning qobiliyat va iste’dodlarini ro’yobga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Yosh avlodni ma’naviyatli qilib tarbiyalashga qaratilsa, u o’zining kata samarasini beradi. Ma’lumki, boshlang’ich musiqa ta’limi insonning bilim va tarbiya olishiga poydevor vazifasini o’tadi.
Kalit so’zlari: odob-axloq, go’zal –ijod, ma’navIyat, ma’rifat, ma’naviy yetuklik;
Ayni paytda butun dunyo shu jumladan, O’zbekiston ham so’nggi oylarda yuz bergan pandemiya bilan bog’liq vaziyat masofaviy ta’limni bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylantirdi. Pandemiya tufayli yuzaga kelgan murakkab sharoitga qaramayo’quv yilini juda yaxshi bitirib olgan o’quvchilar, yozgi ta’tilni samarali qiziqarli o’tkazishi, uyda o’tirib zerikib qolmasligi va bo’sh vaqtini ijod qilishi uchun “Onlayn to’garak”lar, ko’rik tanlovlar tashkil qilinyapti. Men ham yozgi ta’tilda o’quvchilarimga musiqa fanidan onlayn to’garak “Yosh yulduzcha”lar nomli to’garak tashkil qilganman. O’quvchilar bilan onlayn shaklida doimiy muloqotni yo’lga qo’yganman. Masofaviy onlayn to’garak orqali o’quvchilarimga karantin qoidalariga rioya etish zarurligini tushuntirib uyda qolish lozimligini tez-tez qo’llarini sovunlab yuvib turishini, gigiyenaga rioya qilishini, uyda qolish lozimligini doim uqtirib o’taman.
Musiqa to’garagining vazifalari shundan iboratki, o’sib kelayotgan avlodning estetik tarbiyasi ularning did va ehtiyojlari musiqa to’garagi bilan bog’liqdir.
Chunki mudiqa to’garagi darslarining mazmunida faqat ma’lum bir musiqa materiallarini o’zlashtirish emas, balki o’quvchilar ongining rivojlanishi, odob-axloq, xulq madaniyatining shakllanishi, ichki his tuyg’ularining oshishi nazarda tutiladi. Zero, o’quvchilarning ma’naviy dunyosi qanchalik keng bo’lsa, u jamiyat taraqqiyotiga shunchalik salmoqli ta’sir etadi.
Musiqa tarbiyasi, nafosat tarbiyasining asosiy murakkab qirralaridan biri bo’lib, atrofdagi go’zal narsalarni turli idrok etishga o’rgatadi.
Musiqadan turli ozuqa olish uchun inson yuksak madaniyatli, sof xulq egasi, go’zallikni his eta oladigan o’z yaqinlariga, muhimi ona vatani O’zbekistonga mehr qo’yishni oziga qamrab olgan fandir.
“Ta’lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o’sib Kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirgan hamda jamiyatda o’z munosib o’rnini egallashga qodir bo’lgan-komilikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir.” Shavkat Mirziyoyev.
“Yosh yulduzchalar”musiqa onlayn to’garak faoliyatida men o’quvchilarimning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun “Mening innovatsion musiqa asbobim”maketini yasash tanlovini olib bordim. Bu tanlovda barcha o’quvchilar hammasi faol qatnashdi. Boshlahg’ich sinflar esa ota-ohalari bilan birgalikda qatnashdilar. Muntazam ravishda “Yosh yulduzchalar”musiqa onlayn to’garaglari o’tib borilyapti. Unda o’quvchilar berilgan mavzularni qiziqib o’rganib, berilgan qo’shiqlarni kuylab onlayn ravishda yuboryapti. XTB tomonidan tashkil qilingan bir qancha ko’rik tanlovlar 5tashabbus _uyimizda telegram kanalida tashkil etilgan. “Musiqa sehri” ohangrabo tanlovi,”Raqsning maftunkor jilosi” tanjovi, “Mitti yulduzlar” tanlovi, “Men iste’dodliman tanlovlari o’quvchilar uchun yanada imkoniyatlar eshigini keng ochib bermoqda.
Biz ustozlarning vazifasi chundan iboratki, pandemiya sharoitida ham o’quvchilarga bor kuch g’ayratimiz bilan ularga yashashni, mehnat qilishni, o’z yaqin birodarlarimizni, ota-onalarimizni hurmat qilishni, eng muhimi bo’lgan muqaddas “ONA VATANIMIZ O’ZBEKISTONNI” ravnaqi yo’lida baxshida etmoqligimiz kerakligini uqtirishimiz zarur. Murakkab davrga qaramay o’quvchilarni yozgi ta’til davrini samarali o’tkazishda bizning ham o’rnimiz beqiyosdir. Oquvchilarim ijodidan namunalarni etiboringizga havola etaman.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. Sh.Mirziyoyev. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ kelajagi farovon bo’ladi Toshkent. 2020
2. https//mt.edu.uz Bolalar musiqa adabiyoti
3. https://fardu.dist.edu.uz Bolalar musiqa adabiyoti uchun qisqa ta’riflash
Скачано с www.znanio.ru
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.