Darsning texnologik xaritasi
Sana | 25.01.2019 |
Mavzu | 4 sonini bir xonali songa ko`paytirish va 4 ga bo`lish |
| Ta’limiy:: 4 ni ko`paytirish va 4 ga bo`lish haqida tushuncha berish va o`quvchi ongiga singdirsh. |
O’quv jarayonining mazmuni | 4 sonini bir xonali songa ko`paytirish va 4 ga bo`lish |
O’quv jarayoning amalga oshirish texnologiyasi | Uslub: Aralash |
| O’quvchilarning 4 ni ko`paytirish va 4 ga bo`lish haqidagi tushunchalari rivojlanadi ularda amallar bajarish malakasi oshadi va kelgusida qo’llashga erishadi. |
Kelgusi rejalar (tahlil o’zgarishlkar) | O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining tahlil va takliflari asosida keyingi darslarga o’zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi. |
I guruh “Ajdodlar”, II guruh “Avlodlar” guruhi
Siz bilasizki o`tmishda mashhur allomalarimiz (rasmlari ko`rsatiladi) Muhammad al – Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar yashab o`tganlar. Ular matematikani chuqur bilishgan va dunyo ilm – faniga o`zlarining ulkan hissasini qo`shishgan. Siz ham ularga mos avlodlar bo`ling va barkamol bo`lib yetishig deb guruhlarni shunday nomladik. Har bir topshiriqni to`g`ri bajargan guruh rag`bat kartochkasini oladi. Bu kartochkada “Qizil kitob” ga kiritilgan noyob qush yoki hayvon rasmi tushurilgan. Siz topshiriqni to`g`ri bajarishingiz bilan 1 ta noyob havyon yoki qushni halokatdan qutqarib qolgan sanalasiz. Dars oxirida qaysi guruhda shunday kartochkalari soni ko`p bo`lsa o`sha guruh g`olib sanaladi.
Yangi mavzu bayoni. 4 ni ko`paytirish va 4 ga bo`lish.
O`qituvchi: Bir qadim davlatda turli: qo`shish, ayirish, ko`paytirish, bo`lish kabi amallar yashashar ekan. Ular juda betartib hayot kechirishar, shuning uchun yashashlari zerikarli, fayzsiz ekan. Bir kuni ular qo`shni davlatda sonlar yashashi haqida eshitib qolishibdi. U davlatni uzoqdan turib tomosha qilishibdi. Qarashsa ularning uylari yashashlari tartibli, chiroyli ekan, shunda buning sirini bilmoqchi bo`lishibdi. Darvoza oldida bir bola turgan emish. Uning nomi Bilag`on ekan. Amallar unga:
-Assalomu alaykum. Sizlar bilan do`st tutinsak, birga yashasak bo`ladimi, deb so`rashibdi.
-Albatta, lekin biz sizni kimligingizni yaxshi o`rgnishimiz kerak, bittadan mamlakatimizga kirasiz, - debdi.
Birinchi bo`lib “+” kiribdi, so`ng “-” kiribdi. Navbat “ko`paytirish” va “bo`lish” ga yetibdi.
O`sha sonlar davlatiga biz ham har kun matematika darslarida sayohatga boramiz.Ko`paytirish va bo`lishning kirishi davriga bizning hozirgi darsimiz to`g`ri keldi. Ya`ni yangi mavzumiz 4 ni ko`paytirish va 4 ga bo`lish.
. “Ajdodlar “ guruhiga.
1. 4ta bola 3ta dan kitob oldi.Kitoblar soni nechta?
a) 14ta b) 12ta d) 7ta
2. 9ta dan 2ta vazaga gul solindi.Gullar nechta?
a) 18ta b) 19ta d) 11ta
3. 6 2 ko`rinishni qo`shishga oid misol bilan qaysida to `g`ri ko`rsatilgan?
a) 6+2=8 b) 6+6+6=18 d) 6+6=12
“Avlodlar” guruhiga.
4ta maymunga 2tadan banan berishdi.Nechta banan berishgan?
a) 6ta b) 8ta d) 10ta
2. 5ta o`quvchi 3tadan ko`chat o`tqazdi. Hammasi bo`lib nechta ko`chat o`tqazishdi?
a) 15ta b) 8ta d) 2ta.
3. 4 3 ko`paytirishni qo`shish bilan almashtirish qaysida to`g`ri ko`rsatilgan?
a) 4+4+3=11 b) 3+3+3=9 d) 4+4+4=12
Test savollari
Har bir guruh o`quvchilari 4 ga ko`paytirish jadvalini yod aytish musobaqasi.
Sher, maqollar aytishadi.
Ajdodlar guruhi.
1.Ilmdan bir shula dilga tushgan on
Shunda bilursankim , ilm bepoyon.
2. Oz-oz o`rganib dono bo`lur
Qatra qatra yug`ilib daryo bo`lur.
Avdodlar guruhi.
1.Yetti o`lchab bir kes.
2.Sanamay sakkiz dema.
3.Bir yigitga yetmish hunar oz.
Topishmoqlar.
1.Yetti og`a –ini yillari bir otlari boshqacha.(Hafta)
2.Bitta eshik , beshta g`or.(Qo`lqop)
3.Ikki onada beshtadan o`g`il ,hammasining ismi bir.(Qo`l barmoqlari)
4.Ikkita boshi, ikkita qo`li, oltita oyog`i bor. Bu kim?(Otliq)
O`qituvchi: Qaysi kasb egalari matematikani bilishi kerak ekan?
Javob. Hamma, shifokor inson yuragi qanday tezlikda urushini sanaydi, qancha dori ichish kerakligini bilishi kerak. Nonvoy noniga qancha un, tuz, yog`, drojj ketishini bilishi kerak. O`qituchi o`quvchiga hisobni o`rgatishi kerak. Hisobchi har bir ishxonaning kirim, chiqimlarini, kishilar maoshini hisoblashni bilishi kerak.
O`quvchilar olgan rag`bat kartochkalari sanaladi, g`olib guruh aniqlanadi.
Uyga vazif a 642-misol, 643-masala.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.