АЗОТНИНГ ДАВРИЙ АЙЛАНИШИДА ИШТИРОК ЭТАДИГАН ОРГАНИЗМЛАР
Azotning
davriy aylanishi. Azot biosferada eng ko‘p tarqalgan
elementlardan biri hisoblanadi. Azot tirik organizmlar uchun zarur organik
moddalar: oqsil, nuklein kislota, lipoprotein, xlorofill tarkibiga kiradi.
Uning asosiy qismi atmosferada molekular holatda (N2) bo‘ladi.
Kimyo o‘quv fanidan sizga ma’lumki, molekular azot atomlari orasidagi bog‘ o‘ta
mustahkam. Ko‘pchilik tirik organizmlar molekular azotdan foydalana olish
qobiliyatiga ega emas. Shu sababli azotning davriy aylanishida uni
fiksatsiyalash va foydalanish mumkin bo‘lgan shaklga o‘tkazish muhim
jarayonlardan biri hisoblanadi (45-rasm). Atmosferadagi elektr hodisalar(NO2)ni hosil
qiladi. Azot oksidi suvda erib nitrit (HNO2) va nitrat
(HNO3) kislotalarni hosil qiladi va
yog‘inlar bilan tuproqqa tushadi. Tuproqqa tushgan kislotalar dissotsiatsiyasi
natijasida nitrit (NO2) va nitrat (NO3) ionlarni
hosil qiladi va ionlar shaklida o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi. Azotning
davriy aylanishida mikroorganizmlar muhim rol o‘ynaydi. Tabiatda azotning
biologik fiksatsiyasi bir qancha prokariotlar: azot fiksatsiyalovchi
azotobakteriyalar va dukkakli o‘simliklar ildizida simbioz yashovchi tugunak
bakteriyalar tomonidan amalga oshiriladi. Ular gazsimon azotni ammoniy
tuzlariga aylantiradi. Ammoniy tuzlari o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi va
oqsillar sinteziga sarflanadi. Hayvonlar o‘simliklarni iste’mol qiladi hamda
ular tarkibidagi oqsillar hayvon oqsillariga aylantiriladi. Hayvon va o‘simliklar
nobud bo‘lgach, ularning qoldiqlari chirishi tufayli tuproq azotning organik va
anorganik birikmalari bilan boyiydi. Chirituvchi bakteriyalar azotli organik
birikmalarni (oqsil, mochevina, nuklein kislota) ammiakkacha parchalaydi. Bu
jarayon ammonifikatsiya deb ataladi. Hosil bo‘lgan ammiak nitrit va
nitratlargacha oksidlanadi. Bu jarayonda ikki guruh nitrifikatsiyalovchi
bakteriyalar ishtirok etadi: birinchi guruh ammiakni nitrit kislotaga, ikkinchi
guruh esa nitritni nitrat kislotaga oksidlaydi. Bu jarayon nitrifikatsiya deb
ataladi. Bu bakteriyalar ammiakni oksidlash natijasida hosil bo‘lgan energiya
hisobiga anorganik birikmalardan organik birikmalarni sintezlaydi. Hosil
bo‘lgan nitrit va nitratlar o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi. Azot
birikmalarining
(nitrit va nitrat) molekular azotgacha qaytarilishi – denitrifikatsiya
jarayonida azot atmosferaga ajraladi. Bu denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar
hisobiga amalga oshadi.
Azotning davriy aylanishiga antroporen omilning ta’siri o‘g‘it ishlab chiqarish sanoat korxonalari faoliyatida ko‘p miqdorda azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishga sarflanishida namoyon bo‘ladi. Azotli o‘gitlardan ko‘p miqdorda foydalanish tuproqning holatini buzadi, ortiqcha azot birikmalarining tuproqdan suv havzalariga yuvilib ketishi atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘ladi.
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.