HAKIMOVA NARGIZA SUPXONOVNA “BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA PEDAGOGIK KOMPETENTLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI” 5A110901 - Pedagogika nazariyasi va tariximutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI
Ilmiy rahbar: p.f.d., prof. Olimov Sh.Sh.
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA PEDAGOGIK KOMPETENT-LIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1. O‘zbekistonda yuqori malakali kadrlar tayyorlashning huquqiy-normativ asoslari.
1.2. Sharq mutafakkirlari va G‘arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining tutgan o‘rni haqida
1.3. Oliy ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish muammosi
II БОБ. PEDAGOGIK KOMPETENTLIKNING TUZILISHI VA MAZMUNI
2.1. Pedagogikada “kompetentlik” tushunchasining talqini
2.2. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish muammosining o‘rganilganlik holati
2.3. Pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish usul va yo‘llari
III БОБ. BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA PEDAGOGIK KOMPETENT-LIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARADORLIK DARAJASI
3.1. Buxoro davlat universiteti Pedagogika-psixologiya ta’lim yo‘nalishida bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish ish tajribasidan
3.2. Tajriba-sinov ishlari va uning samaradorlik darajasi
UMUMIY XULOSALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
ILOVALAR
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” deya bildirgan fikrlari davlatimizning turli sohalarida olib borilayotgan islohotlar asosida o‘z tasdig‘ini topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham “...oliy ta’lim tizimida tahsil olish uchun teng imkoniyat yaratishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish zarur, oliy o‘quv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat ta’lim maskanlarini ko‘paytirib, yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish lozim” deb ta’kidlangan.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga katta e’tibor qaratilishi lozim.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Sharq mutafakkirlari – Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning asarlarida tarbiyachi-o‘qituvchi ega bo‘lishi zarur bo‘lgan sifatlar majmui, ularning mohiyati haqidagi qarashlar yoritilgan [26].
Pedagog-olimlar: A.Abduqodirov, R.Djurayev, U.Inoyatov, O.Musurmono-va, D.Ro‘ziyeva, Sh.Sharipov, D.Sharipova, M.Quronov va boshqalar tomonidan bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishning turli jihatlari tadqiq qilingan.
S.Nishonova, V.Karimova, U.Mahkamov, M.Ochilov, M.Quronov, A.Choriyev, N.Djumayeva, Sh.Majitova, N.Ochilova, O.Xaydarova va boshqalarning ishlarida bo‘lajak o‘qituvchini tarbiyalash, uning pedagogik faoliyatini samarali tashkil etish, o‘qituvchi odobi, bo‘lajak o‘qituvchida kasbiy-ijodiy sifatlarining shakllanishida oila, ta’lim muassasalari hamda jamoatchilik o‘rni kabi masalalar o‘rganilgan.
Tadqiqot maqsadi:
bo’lajak o’qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish masalasini nazariy jihatdan asoslash hamda malakali kadrlar tayyorlash jarayonida o‘qituvchining pedagogik kompetentlik sifatlarini yaratishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning vazifalari:
muammoga oid ijtimoiy-falsafiy, psixologik, pedagogik va metodik manbalarni o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish;
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasini yaratish dolzarb pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash;
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish muammosining amaliyotdagi ahvolini o‘rganish va tahlil qilish;
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish mazmuni, shakllari, yo‘llari va pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash;
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasini yaratishga doir ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va ularning samaradorlik darajasini aniqlash.
Tadqiqot obyekti: Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasini yaratishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Tadqiqot predmeti: Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasini yaratish mazmuni, shakllari, yo‘llari va pedagogik shart-sharoitlari.
Tadqiqot metodlari: muammoga oid falsafiy, sotsiologik, pedagogik va psixologik adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish va tahlil qilish; DTS, o‘quv rejalari va dasturlari, darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni o‘rganish; ijtimoiy-pedagogik (kuzatish, suhbat, anketa, so‘rov, test) va pedagogik tajriba-sinov; monitoring; natijalarni matematik-statistik qayta ishlash.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasini yaratish dolzarb pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslangan:
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish muammosining amaliyotdagi ahvoli o‘rganilib, tahlil qilinib, ularda o‘qituvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlari, hissiy-emotsional faoliyati, kasbiy va shaxsiy kompetensiyasining rivojlanish darajasi aniqlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish mazmuni, shakllari, yo‘llari va pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasini yaratishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan va ularning samaradorlik darajasi aniqlangan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya yuzasidan muallifning 2 ta ва tezisi e’lon qilingan.
Tadqiqotning tuzilishi: Dissertatsiya kirish, uch bob, 8 ta paragraf, boblar yuzasidan xulosalar, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 88 betni tashkil etadi.
Dissertasiyaning I-Bobi Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari deb nomlanib, ushbu bobda : O‘zbekistonda yuqori malakali kadrlar tayyorlashning huquqiy-normativ asoslari,
Sharq mutafakkirlari va G‘arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining tutgan o‘rni haqidagi fikrlari ,
Oliy ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish muammosi mazmuni yoritilgan
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.