UO’T 598. 265. 1
BUXORO VOHASIDA KAPTARSIMONLARNING BIOLOGIYASIGA DOIR MA’LUMOTLAR
Doniyorov B.N.
(Buxoro davlat universiteti)
Annotatsiya. Maqolada mavzuning dolzarbligi, Buxoro vohasi sharoitida kaptarsimonlarning tarqalishi, uchrash xususiyatlari, o’tkazilgan tadqiqotlarning muddati va ishni bajarishda foydalanilgan usullar, topilgan uyalar soni, uyalash joylari, farqli belgilari, uchrash joylari va soni, sayrashi, juft hosil qilishi kabi ko’payish bilan bog’liq xulqiy reaksiyalari, uyalar soni va joylashishi, uyalashda turlararo munosabatlar, uyalash muddati va undan foydalanish, uya shakli, o’lchamlari, uyasining joylashishi, uya qurishi, uyaning tarkibiy qismlari va morfometrik o’lchamlari, tuxum qo’yishi va muddati hamda ularni isitish jarayonidagi nasl g’amxo’rligi, tuxumda bo’ladigan o’zgarishlar, jo’ja ochishi, jo’jalarining o’lchamlari, o’sishi va rivojlanishi, ko’payishga doir tasvirlar, yangi avlodning uyasi bilan bog’liqligi, tunashiga oid ma’lumotlar, tarixiy yodgorliklar bilan munosabati, oziqlanishi va oziqa xillari kabi bioekologik xususiyatlari hamda ahamiyati o’rganilgan.
Tayanch so’zlar: Buxoro vohasi, tarixiy obida, ko’k kaptar, qumri, musicha, tuxum, avlod, uya, jo’ja, qush, biologiya, ekologiya, areal, agrotsenoz, morfometrik, usul, oziq-ovqat, ahamiyati, hajmi, rivojlanishi, parvarishi, isishi, xulq-atvor reaktsiyasi, juft, antisanitariya, tadqiq qilish, uchrashi, tarqalishi, uya qurish, uyasining joylashishi, turlararo munosabatlar.
Аннотация. В статье рассматривается актуальность темы, распространение голубеобразных в условиях Бухарского оазиса, особенности ухаживания, продолжительность проведенных исследований и применяемые при выполнении работы методы, количество найденных гнезд, места гнездования, отличительные признаки, места и количество встреч, пение, поведенческие реакции, связанные с размножением, такие как образование пар, количество и расположение гнезд, межвидовые отношения в гнездовании, продолжительность гнездования, и его использование, форма гнезда, размеры, расположение гнезда, конструкция гнезда, компоненты гнезда и морфометрические размеры, были изучены такие биоэкологические особенности, как кладка и продолжительность яиц, а также Уход за потомством в процессе их нагревания, изменения, которые происходят в яйцах, вылупление птенцов, размеры птенцов, рост и развитие, изображения размножения, связь нового поколения с гнездом, информация о ночлег, отношения с историческими памятниками, питание и разнообразие кормов, а также их значение.
Ключевые слова: Бухарский оазис, исторический памятник, сизый голубь, колчатая горлица, малая горлица, яйцо, потомство, гнездо, птенец, птица, биология, экология, ареал, агроценоз, морфометрия, метод, питание, значение, размер, развитие, уход, потепление, поведенческая реакция, пара, антисанитария, исследование, встреча, распространение, гнездование, расположение гнезда, межвидовые отношения.
Annotation. The article describes the relevance of the topic, the distribution of columbiformes in the conditions of the Bukhara Oasis, the characteristics of occurrence, the duration of the studies carried out and the methods used in the performance of the work, the number of nests found, nesting sites, distinctive signs, occurrence and number, behavioral reactions associated with reproduction, such as singing, forming pairs, the number and, bioecological characteristics and importance such as breed care in the process of laying and term of eggs and their heating, changes in eggs, Chick opening, Size, Growth and development of chicks, images on reproduction, connection with the nest of a new generation, data on overnight stay, relationship with historical monuments, nutrition and food methods have been studied.
Key words: Bukhara oasis, historical monument, rock dove, collared dove, laughing dove, egg, offspring, nest, chick, bird, biology, ecology, habitat, agrocenosis, morphometry, method, nutrition, value, size, development, care, warming, behavioral reaction, couple, unsanitary conditions, research, meeting, distribution, nesting, nest location, interspecific relationships.
Kirish. Tur xilma-xilligi bo’yicha qushlar umurtqalilar orasida baliqlardan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Qushlarni areal hududlarida tarqalishi, biologiyasi va ekologiyasini tadqiq qilish, ularni agrotsenozlarga, qishloq, shaharlarga jalb etish, muammoli turlar sonini boshqarish, muhofaza qilish chora-tadbirlarini aniqlash dolzarbdir. Kaptarsimonlar Janubiy Yеvropa, Shimoliy Afrika, Osiyoda, jumladan, O'zbekistonda cho'l va dashtlardan tortib baland qorli cho'qqilargacha, shaharlarda tarqalgan.
Buxoro vohasi agrotsenozlarida kaptarsimonlar turkumi vakillari Columba palumbus, Columba livia, Streptopelia decaocto, Streptopelia turtur, Streptopelia senegalensis uchraydi. Jumladan, Columba livia, Streptopelia decaocto, Streptopelia senegalensis o’troq, sinantrop turlardir. Ularni o’troq deyishga sabab, yil davomida vohaning barcha ekologik muhitlarida uchratdik. Hozirgacha bu qushlarning biologiyasi Buxoro vohasi misolida maxsus o’rganilmagan. Hatto Buxoro viloyati misolida kaptarsimonlar kam o’rganilgan yoki tadqiqotchilar tomonidan yig’ilgan materiallar bugungi kunda ancha eskirgan va tegishli xulosalar chiqarish uchun yetarli emas (Zarudniy, 1896; Dal, 1936; Abdusalomov, 1964; Ivanov, 1969; Kashkarov, 1974; Nazarov, 1990; Baqoyev, Salimov, 1990; Lanavenko, 1993; Ametov, 1994; Baqoyev, 1994; Xolboyev, 2000; Ametov, 2008). Shuni e’tiborga olib ushbu maqolada 2006-2023 yillarda kaptarsimonlar bioekologiyasi bo’yicha o’tkazilgan kuzatishlar, to’plangan ma’lumotlarga asoslangan holda fikr, mulohazalarimizni keltiramiz.
Tadqiqot usullari. Kaptarsimonlar bioekologiyasini o’rganishda, statsionar kuzatishlarni amalga oshirishda G. A. Novikov (1949, 1953), A. S. Malchevskiy (1959, 1981), A. B. Mixeyev (1984) metodlariga asoslanildi. Ko’k kaptarning 100 ta uyasi topildi, 46 ta tuxumlari, 34 ta polaponlari, qumrining 348 ta uyasi topildi, 59 ta tuxumlari, 31 ta polaponlari, musichaning 141 ta uyasi topildi, 81 ta tuxumlari, 52 ta polaponlari o’rganildi. Yana bir qancha kuzatishlar ham amalga oshirildi.
Material va natijalar. Ko’k kaptar ko’rinishidan Buxoro vohasida o’troq uchrovchi boshqa kaptarsimonlardan xiyla yirikroqdir. Qumri ko’k kaptarga yaqin, musichadan xiyla yirikroqdir. Musicha ko’rinishidan ko’k kaptar va qumridan sezilarli, g’urrakdan esa xiyla kichik. Kaptarsimonlarning fe’l-atvori ancha murakkab bo’lib, areal chegaralari o’zgarmoqda, ya’ni, ko’k kaptar va qumrilarning areali kengaymoqda, g’urrak va musichalarning areali qisqarmoqda. Bu holatni ko’k kaptarda uyalaydigan joyning va oziqaning seroblashayotganida, qumrida musicha va g’urraklarni uyalaydigan joylarni egallab olayotganida, g’urrak va musichalarda uyalash joylari sifatida yopiq joylarni tanlayotganida, tunash joylarini o’zgartirayotganligida ko’rish mumkin.
Ko’k kaptarni boshqa kaptarsimonlardan ajratishda faqat gavdasining bir oz yirikligi, yorqin rangi emas, balki qanotida qora yo’llar ko’pligi, dumida oq yo’llar deyarli bo’lmasligi ham, qumrini ko’k kaptar, ayniqsa, g’urrak va musichadan ajratishda gavdasining bir oz yirikligi, bo’ynidagi yarim halqa shaklidagi qora tasmasi ham, g’urrakni ko’k kaptar, qumri va musichadan ajratishda nafaqat gavda hajmi, balki bo’yni hamda qanoti tashqi yuzasidagi yorqin naqshlari ham, musichani boshqa turkumdoshlaridan, ayniqsa qumri, g’urraklardan ajratishda gavdasining bir oz kichikligi emas, balki bo’ynida va qanotining tashqi yuzasida ko’zga tez tashlanadigan yarim halqa shaklidagi qora tasma hamda yorqin naqshlarning yo’qligi katta rol o’ynaydi. Yuqoridagi morfo-anotomik belgilariga qarab ancha uzoqdan ham kaptarsimonlarni bir-biridan farqlab, tezda tanib olish mumkin.
Yil davomida kaptarsimon (gov kaptar va g’urrakdan tashqari) larni Buxoro vohasi qishloq, shaharlarida, yo’llar atrofidagi daraxtzorlarda, agrotsenozlarda uchratdik. Ularning seroblik darajasi (soni) shaharda, qishloq agrotsenozlarda ancha farq qiladi.
Ko’k kaptarning sayrashi ikki-uch bo’g’inli bo’lib-“g’u-g’uu, g’u-g’uu-g’uuv”, qumrining sayrashi uch bo’g’inli bo’lib-“gu-guu-guuv”, g’urrakning sayrashi esa “turr, turr, turr”, musichaning sayrashi 4-5 bo’g’inli bo’lib-“kuk-ku-ku-kukuuu” tarzida namoyon bo’ladi. Ko’k kaptar, qumri, musichaning komfort sayrashi yilning deyarli barcha oylarida eshitilsa, g’urrakning sayrashi apreldan oktyabrgacha eshitiladi.
Faqat sayrayotgan kaptarsimonlarning serobligi martdan to avgustgacha ko’proq bo’ladi va sentabrdan to fevralgacha ularning tovushini kamroq eshitish mumkin. G’urrakni kuzgi migratsiya tufayli oktabrdan-aprelgacha vohada sayrashi qayd qilinmadi. Qish qattiq kelgan 2008 yilda esa, ko’k kaptar, qumri va musichalarning sayrash rejimi ancha o’zgardi. Qish oylarida ular sayramay qo’ydi, hatto havoning sovuqligi tufayli yerda qorning uzoq saqlanishi natijasida qushlarning ochlikdan nobud bo’lish holatlari ham kuzatildi. Bu holat kaptarlarga ham ta’sirini ko’rsatdi. Masalan, Buxoro viloyat markaziy madaniyat istirohat bog’ida ochlikdan 2 ta Columba livia, 6 ta Corvus frugilegus, 4 ta Acridotheres tristis, 14 ta Fringilla coelebs, 1 ta Fringilla montifringilla, 1 ta Parus bukharensis, 1 ta Sturnus vulgaris, 1 ta Streptopelia senegalensis nobud bo’lganini ko’rdik.
Ko’k kaptarning dastlabki sayrashini fevral oyining birinchi dekadasidan (20.02.2009; 18.02.2010; 15.02.2011; 26.02.2012; 22.02.2013; 02.03.2014; 27.02.2015; 13.02.2016; 21.02.2017; 04.03.2018; 05.03.2019; 17.02.2020; 04.02.2021) mart oyining birinchi dekadasigacha, qumrining dastlabki sayrashini mart oyining birinchi (01.03.2006; 09.03.2007; 06.03.2009; 02.03.2010; 03.03.2011; 10.03.2012; 05.03.2013; 04.03.2014; 08.03.2015; 06.03.2016; 08.03.2017; 06.03.2018; 05.03.2019; 29.02.2020) dekadasida, g’urrakning dastlabki sayrashini aprel (08.04.2006; 11.04.2009; 09.04.2011; 16.04.2012; 22.04.2015; 27.04.2021) oyida, musichaning dastlabki sayrashini fevral oyining uchinchi va mart oyining birinchi (19.02.2009; 14.03.2010; 04.03.2015; 22.02.2018; 11.02.2019; 20.02.2022) o’nkunligida qayd etdik.
Uya qurishdan oldin kaptarsimonlar ham boshqa turlardek juft hosil qiladi. Bu davrda ular bir-birini quvib uchadi, ba’zan tumshuqlarini bir-biriga tekkizishi, bo’yin va bosh qismini cho’qishi, bir-biriga yaqin turishi, turiga xos diskonfort tovush chiqarishi, qanotlarini bir-biriga urib chapak chalgandek tovush chiqarib ufqqa tik ko’tarilib, Yerga tomon tez sho’ng’ishi, xas tashish, uya qurish, uyada tunab qolish, qanotlarini gavda orqa tomoniga qo’ngan kapalak qanotidek taxlab tez yurishi, qisqa masofaga uchishi, turgan joyida boshini yerga quyi solib “g’uru-g’uru, tqg’g’g’-tqg’g’g’” tarzida sayrab aylanishi, shishib xurpayishi, biri-ikkinchisini ustiga chiqib 3-5 sekund turib qolishi, bir-birini qisqa qadamlar bilan taqib qilib uchib ketishi kabi fe’l-atvorini mahorat bilan namoyon qiladi.
Buxoro vohasi sharoitida kaptarsimonlar uyalarini insonlar tomonidan bunyod qilingan turli binolarning tomiga, binolarning eshigi peshtoqiga, konditsionerlar ustiga, karnizlarga, ayvonlarga, mol bozorlaridagi naveslarga, darvoza zulfiniga, gaz hisoblagich g’ilofiga, tarixiy obidalar ichki qismiga, qisman boshqa qush (Buxoro shahri “Mirdo’stim” ko’chasi chinor daraxti zag’izg’on uyasidagi tuxum bosayotgan ko’k kaptar (05.04.2009), Buxoro sport majmuasi ayvon peshtoqi zag’izg’on uyasidagi tuxum bosayotgan ko’k kaptar (02.04.2010)) larning uyalariga, shumtol, tut, olma, chinor, olmurut, oddiy qarag’ay, jiyda, tobilg’i, qaroli, gilos, tuya archa, o’rik, gujum, olcha, gledichiya, virgin archa kabi daraxtlarga, tolordagi tok shoxlariga, chopilgan yulg’un shoxlari orasiga, kuzatuv kamerasiga, qarovsiz qoldirilgan tok shitlari ichiga, ochiq qoldirilgan derazalarga, bekatlarga, kuchli isimaydigan chiroqlarga, ishlab turganiga qaramasdan shamol haydovchi uskunalarning metaldan ishlangan to’rli himoyasi ustiga, reklama afishalari orasiga joylashtiradi. Uyasini binolar tomiga, 16-21 ta (30.05.2010 yil Jondor tuman “Qaldirg’och” bolalar bog’chasi hududidagi binolar tomida ikki holatda qayd qilindi) gacha to’p qurishi bilan ko’k kaptar turkumdoshlari orasida ustunlik qiladi. Zag’izg’on uyasidan foydalanishda ko’k kaptarga qumri, ko’k kaptar va qumriga esa, uya holati yaxshi bo’lsa zag’izg’on, mayna, cho’l sog’i raqobatchi hisoblanadi. Uya joylarini tanlashda esa, musicha bilan qumri, mayna, qishloq qaldirg’ochi raqobatlashadi. Tabiiy-ijtimoiy sharoitdan kelib chiqib bunday turlararo raqobatda kaptarsimonlar ba’zan yutqazsa, ba’zan yutadi. Ba’zida kaptarsimonlar yil oshgan yoki oldin foydalanilgan o’z uyalaridan ham takror foydalanadi. Uyani qurishda ikkala jins kaptarsimonlar ishtirok etadi. Qurilish muddati ba’zan bahorning kelish vaqtiga, ob-havoga, jumladan, haroratga bog’liq holda uchkundan o’nkungacha, o’rtacha to’rt-olti kun vaqt talab etadi.
Kaptarsimonlar uyasini qurishda asosan 50-250 metr radiusda tevarak-atrofdagi o’simliklarning turli qismlaridan, kamdan-kam hollarda ingichka, rangli sim (9 ta uyada) lardan ham foydalanadi. Uya ko’rinishi jihatidan ancha yassiligi, g’ovakligi, uya materiallarining ko’p bo’lmasligi va ingichka rangli simlardan foydalanilishi, insonlarga yaqin nuqtalarda joylashtirilishi bilan xarakterlanadi. Uyasi aniq shaklga ega emas, ya’ni yarim likopchasimon, ovalsimon, cho’ziq shaklli bo’ladi. Ba’zan qumri va musichani pastdan turib uyasidagi tuxumlarni kuzatish mumkin. Uya (n=50,0) larning yerdan balandligi 22,6 (5,1-40,0) metr. Uyalarning yerdan balandligini ortishi zamonaviy ko’p qavatli uylarning ko’payishi va ularda kaptarsimonlar uyalashi bilan tushuntiriladi.
Kaptarsimonlar uyasini qurishda tevarak-atrofdagi olma, o’rik, qaroli, gilos, oddiy qarag’ay, kaliforniya teragi, tol, tok, yulg’un, ligustrum, shuvoq, sho’ra, ajriq, qo’ypechak, tukli chitir, salomalaykum, jag’-jag’, bulg’or qalampiri, shivit, sholg’om, yantoq, beda, kurmak, tuyatovon, arpa, bug’doy, qirq bo’g’im, qamish, yovvoyi supurgi, madaniy supurgi, kabi o’simliklarning turli tana qismlaridan, kamdan-kam hollarda doka, sintetik iplar va radio simlaridan hatto o’zining kontur pat va parlaridan ham foydalanadi. Uyaning xom-ashyosi va o’lchamlari ekologo-geografik sharoitga hamda mavsumga, uyalash muddatiga bog’liq holda o’zgaruvchan bo’ladi. Kaptarsimonlar uyasining morfometrik o’lchamlari quyida
1-jadvalda ifodalanadi
1-jadval
Kaptarsimonlar uyasining morfometrik o’lchamlari
Turlar |
Chuqurligi |
Eni |
Vazni, g |
mm |
|||
Ko’k kaptar (n=57/61/17) |
48,9 (29,0-70,0) |
208,9 (150,0-500,0) |
58,6 (23,5-140,1) |
Qumri (n=39) |
97,4 (66,0-137) |
154,3 (92,9-216,0) |
47,9 (29,2-76,5) |
Musicha (n=33/60/13) |
51,9 (26,0-290,0) |
214,2 (18,9-261,5) |
60,8 (23,5-139,8) |
Yuqoridagi raqamlarning ko’rsatishiga ko’ra uya o’lchamlarida ham maxalliy, ham yakka tartibda o’zgaruvchanlik borligi bilinadi.
Uya qurilishi tugagach, unga oq rangli, ichki suyuqligi qizg’ish, po’choq sirti asosan silliq ba’zan g’adir-budir, tuxum po’chog’i (n=9) 0,43 (0,4-0,5) mm. qalinlikdagi katta-kichik, oval shaklli tuxumlar qo’yadi. Tuxum har kun 1 tadan, ba’zan bir kun tashlab qo’yilar ekan. Uyalardagi tuxumlar soni 2 taga teng. Tuxumlarni bosish, isitishda kaptarsimonlar oilasi ishtirok qilsada, oiladagi urg’ochi individning faolligi sezilib turadi. Kaptarsimonlar tuxumlari morfometriyasi quyida 2-jadvalda keltiriladi
2-jadval
Kaptarsimonlar tuxumlari morfometriyasi
Turlar |
Uzunligi |
Eni |
Uchki eni |
Tubini eni |
Vazni, g |
mm |
|||||
Ko’k kaptar (n=46) |
36,8 (23,7-41,3) |
28,1 (17,5-30,2) |
18,5 (12,5-20,6) |
22,5 (14,5-25,6) |
15,9 (12,4-19,6) |
Qumri (n=59) |
31,20 (28,6-34,9) |
23,59 (21,4-25,0) |
- |
- |
9,01 (7,1-11,0) |
Musicha (n=63) |
27,1 (24,5-29,5) |
21,4 (19,3-22,2) |
15,5 (11,8-17,1) |
17,2 (12,6-18,6) |
6,2 (4,8-7,7) |
Tuxumlarni o’lchash vaqti ko’k kaptar o’ziga o’rganuvchini yaqinlashtirish masofasi kattaligi bilan boshqa kaptarsimonlardan farq qiladi. Qumri va musicha esa, shishib, rul patlarini yelpig’ichdek yozib gavdasini katta ko’rsatishga, qanotlari bilan urub, gavda orqasiga qanotlari kapalak qanotlaridek taxlanib, juda yaqinlashganda sekinlik bilan joyini o’zgartirib, cho’qishga urunib, diskonfort tovush chiqarib qarshilik qiladi. Kaptarsimonlarning erkagi esa, uya (n=32) dan 27,7 (13,4-68,0) metr uzoqlikda urg’ochisini muhofaza qilib, uni atrofdagi vaziyat bilan bog’lab turadi. Tevarak-atrofdagi turli xavflar kamayganda yoki quyosh botgach uyasiga yaqin keladi. Tuxumlarni bosish davrida urg’ochi qumri va musicha (n=48) odamni o’ziga 1,922 (0,0-10,0) metrgacha yaqin kelishga, hatto qo’l tekkizishga, uni suratga tushirish uchun ham imkoniyat beradi. Bu hol ularning avlodiga bo’lgan g’amxo’rligini kuchliligini, insonlarni mazkur turlarga nisbatan ijobiy munosabatiga moslashganligini ko’rsatadi. Tuxum bosayotgan kaptarsimonlarni tana o’lchamlari quyida 3-jadval berilgan
3-jadval
Tuxum bosayotgan kaptarsimonlarni tana o’lchamlari
O’lchamlar, mm., g |
Kaptarsimonlar |
||
Ko’k kaptar |
Qumri |
Musicha |
|
Tumshug’ining uzunligi |
23,2 |
18,6 |
18,5 |
Tumshug’ining asosdan uzunligi |
- |
- |
18,9 |
Burun teshigidan uzunligi |
13,3 |
18,6 |
8,7 |
Tumshug’ining balandligi |
6,6 |
5,9 |
5,0 |
Qanotining uzunligi |
234,0 |
180,0 |
102,0 |
Ikkita qanotining yoyiq holdagi uzunligi |
670,0 |
530,0 |
347,0 |
Tana uzunligi |
345,0 |
325,0 |
188,0 |
Ilik suyagi uzunligi |
34,5 |
30,6 |
20,8 |
Dumini uzunligi |
117,5 |
144,0 |
70,0 |
Vazni |
330,0 |
173,4 |
85,9 |
Tuxum bosish jarayoni 13-17 kungacha davom etadi. Shu davrning 12-15 kunlarida tuxum po’choqlarida dars ketish holatlari ko’zga tashlanadi. Bu hodisa tuxumlardan jo’jalar chiqishi uchun harakatlanayotganini bildirishi mumkin. Tuxum bosish davrida tuxum (n=88) larni vazni har kuni 0,2-0,3 gramdan kamayib boradi. Tuxumdan chiqqan jo’ja tez o’sib rivojlanadi, vazni ortib boradi. Jo’jalarning ko’rinishi, qiyofasi, rangi o’zgarib boradi. Dastlab ularning tumshug’i uchi, tirnoqlari och tusda bo’ladi. Tanasi yuzasida sariq va tiniq-sariq embrion puxlari bo’lib, ko’zlari, quloqlarining atrofida, tumshug’i, oyoq panjalari, bo’ynining pasti, qorin qismi bo’ylab patsiz joylari ham bor. Jo’jalarning ko’zlari ojiz, quloq teshiklari yopiq bo’ladi. Ular tuxumidan chiqqandan keyin 3-4 kunligida ko’z, quloq atroflarida qoramtir tusli patchalarning murtagi, qanoti, dumida ham pat o’siqlari namoyon bo’ladi. Keyinroq 72,0-120,0 soatligida eshitish yo’llari, ko’zlari ochiladi.
Jo’jalar tashqi ta’sirlarga javob bera boshlaydi, ya’ni xurpayish, axlat tashlash, titrash, o’zini orqaga tashlab pisish, tumshuqlarini bir-biriga urib qirs-qirs ovoz chiqarish, uchishga va cho’qishga urinish, panjasini qisish, tez yurib qochishga urinish, tez-tez nafas olish, uyadagi xaslarni changallash, bosh, oyoq panjalarini, tumshuqni harakatga keltira oladi. Endi qanotidagi qoquv patlarining, dum patlarining uchi yorilib, eshilib mo’yqalamni eslatuvchi tutamlar hosil bo’la boradi. Tumshuq, tirnoqlarining rangi qo’ng’ir tus oladi, quyuqlasha boradi. Jo’jalar qanotlarini sekin yozib, boshini tik saqlaydi, tez-tez nafas oladi. 7-8 kunligiga kelib, qanoti, dumidagi pat yelpig’ichi kattalashib qoladi. Tanasining yuzasi bo’ylab, kontur patlar yaxshi rivojlanganligi bois, tana patlar bilan yaxshi qoplanadi. 10-12 kunligida ular hali ham ucha olmaydi, ammo ancha harakatchan bo’ladi. Keyinroq jo’jalar 14-15 kunlik bo’lganida ota-onalariga o’xshab qoladi, uyadan uchib chiqishga harakat qiladi. Biroq yana 3-4 kun ular ota-onalari panohida bo’ladi. Shundan keyin uyani tark etishadi. Lekin yana bir necha kun qush bolalari uyasiga bog’liq bo’ladi, dam oladi, tunaydi va h.k. Shunday qilib, Buxoro vohasida kaptarsimonlarning tuxumli uyalarini martdan boshlab to dekabrgacha uchratish mumkin. Ob-havo bilan bog’liq holda ular ba’zan kuz faslida ham yoxud erta bahorda ham urchish harakatlarini namoyon etadilar.
Kaptarsimonlar asosan donxo’r qush. Ammo, yilning mavsumlarida ularning ozuqa spektri, joyi o’zgarishi mumkin. Chunonchi, bahor, yozda bug’doy, makkajo’xori, begona o’simliklarning urug’lari, qisman hasharotlarni, kuz va qishda ular tort, somsa, non, semechka, mayiz, yong’oq, mandarin, uzum va uning mayizi, jiyda mevasi, makaron, pista, donasho’rak, har-xil ziravorlar, yeryong’oq, xurmo, olma, banan, pishgan makka so’tasi kabi oziq-ovqat qoldiqlari, perlovka, qo’ypechak, piyoz, grechka, issiriq, madaniy supurgi, gledichiya, ligustrum, virgin archasi va sharq saurining urug’lari bilan oziqlanadi. G’o’za, bug’doy, makkajo’xori, loviya, mosh, no’xat, tariq, sholi, kungaboqar, javdar, uzum, olma, o’rik, behi, yeryong’oq ekilgan dalalarda uchraydi, bozorlar, qabristonlar, molxonalar, qarg’alar tunash joyidagi qusqilarni titkilaydi, aholi turar joylari, axlatxonalar, ko’chatxonalardan don-dun topib yeydi. Qattiq oziqalarni iste’mol jarayonini yaxshilash uchun ba’zan tosh, shisha, temir parchalarini yutadi.
Oziqlanishda Acridotheres tristis (8,0 (n=8) (2,0-23,0) ta), Pica pica (4,5 (n=8) (1,0-10,0) ta), Passer montanus (17,1 (n=7) (1,0-38,0) ta), Corvus frugilegus (53,2 (n=6) (1,0-150,0) ta), Corvus cornix (5,0 (n=3) (2,0-11,0) ta), Fringilla coelebs (4,0 (n=4) (2,0-8,0) ta), Passer indicus (3,0 (n=2) (1,0-5,0) ta), Coturnix coturnix (2,0 (n=4) (1,0-3,0) ta), xonaki kaptar (2,0 (n=4) (1,0-3,0) ta), Chloris chloris (4,0 (n=4) (2,0-8,0) ta), Corvus monedula (1,5 (n=2) (1-3) ta), xonaki parrandalar, chorva mollari, kam holatlarda Larus ridibundus (10,0 (n=1) (10,0) ta), Phasianus colchicus (1 (n=1) (1,0) ta), Fringilla montifringilla (1 (n=1) (1,0) ta), Burhinus oedicnemus (1 (n=1) (1,0) ta), Parus bukharensis (3,0 (n=1) (3,0) ta), Sturnus vulgaris (30,0 (n=1) (30,0) ta), Apus apus (30,0 (n=1) (30,0) ta), Himantopus himantopus (1 (n=1) (1,0) ta), Galerida cristata (1 (n=1) (1,0) ta) kabi turlar kaptarsimonlar atrofida borligi qayd qilindi.
Xulosa. Kaptarsimonlar biologiyasini o’rganish davrida aniqlandiki, bu qushlar madaniy o’simliklardan bug’doy, makkajo’xori, arpa, sholi, no’xat, tariqning yerga tushgan donlari, maysalari, begona o’simliklar urug’lari bilan oziqlanib, sport maydonlarida, bozorlardagi oziq-ovqat sotiladigan rastalar atrofida, xiyobon va istirohat bog’laridagi o’tirg’ichlar ustida, xonadonlarda uchrab, ba’zan antisanitariya bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqaradi.
Madaniy-tarixiy yodgorliklarimizdan tunash, dam olish, oziqlanish, ko’payish uchun foydalanishi jarayonida ularning yemirilishiga sababchi bo’ladi. Tanasida parazitlarni tashishi, ularni tarqalishiga sababchi bo’ladi. Xonaki parranda va chorvo mollari oziqasiga sherik bo’ladi.
Chiqindilar, oziq-ovqat qoldiqlari bilan oziqlanib, sanitarlik vazifasini bajaradi. Oziq zanjirida ahamiyatga ega. Jo’ja boqish davrida zararkunandalar bilan oziqlanib, qishloq xo’jaligiga foyda keltiradi. Axlati fosforga boy, tuproqqa aralashib, unumdorlikka ta’sir etadi. Uya qurishda begona o’tlarning tana qisimlaridan foydalanib, ularni agrotsenozlarda tarqalishini chegaralaydi.
Keyingi vaqtlarda odamlar tomonidan turar joylarni o’zgartirish, daraxtlarga novaqt shakl berish, ularni kesish va daydi mushuklar, toshqirg’iy, zag’izg’on tomonidan kaptarsimonlar soniga ta’sir bo’lmoqda.
Kaptarsimonlar o’ziga xos ovozli, chiroyli qushlar, ular turli go’shalarda o’z o’rniga ega, tabiatning ajralmas qismi. Shuning uchun ularni muhofaza qilish, qish mavsumida noqulay ob-havoli sharoitlarda ularga ovqatlanish joylarini yaratish, oziqlantirish maqsadga muvofiq. Ana shu xususiyatlari bilan turli agrotsenozlarda, inson ekologiyasida ijobiy rol o’ynaydi.
Adabiyotlar:
1. Аметов М. О нахождении кольчатой горлицы (Streptopelia decaocto Friv.) в низовьях Амударьи//Редкие и малоизученные птицы Узбекистана и сопредельных территорий. Мат-ы IV Респ. орнитологич. конф. Ташкент, 1994. 6-7 стр.
2. Аметов Я.И. К экологии кольчатой горлицы в низовьях Амударьи//Ҳайвонлар экологияси ва морфологияси. Илмий мақолалар тўплами. Самарқанд, 2008.-Б.26-29.
3. Бакаев С.Б., Салимов Х.В. Гнездование некоторых видов птиц в низовьях р. Зарафшана//Редкие и малоизученные птицы Средней Азии. Мат-ы III Респуб. орнитол. конф. Ташкент , “Фан”, 1990. 99-101 стр.
4. Бакаев С.Б. “Птицы антропогенных ландшафтов аридной зоны Узбекистана”//Автореф. Док. Диссер. Ташкент, 1994. 567 стр.
5. Doniyorov B.N. Materials on the biology of Streptopelia decaocto Friv 1838 in Bukhara region//ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. India, Vol. 11, Issue 2, 2021.DOI:10.5958/2249-7137. 2021.00313.X.
6. Дониёров Б.Н. Бухоро шаҳри шароитида қумри (Streptopelia decaocto) нинг биологияси//Экалогия Хабарномаси.-Тошкент, 2010.№5.-Б.14-15.
7. Дониёров Б.Н., Жумабоев Б.Е. Мусича (Streptopelia senegalensis L.) нинг биологияси ва экологиясига оид маълумотлар//Профессор-ўқитувчилар ва талабаларнинг XXVI илмий-амалий конференция материаллари тўплами III қисм.-Навоий, 2011.-Б. 167-169.
8. Doniyorov B.N. Musicha (Streptopelia senegalensis Linnaeus) ning biologiyasi va ekologiyasiga doir ma’lumotlar (Buxoro viloyati misolida)//Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti.-Buxoro, 2015.№3.-B.49-52.
9. Doniyorov B.N. Buxoroda uchrovchi qushlarning shahardagi milliy-madaniy yodgorliklarga ta’siri//Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti.-Buxoro, 2016.№4. -B.42-46.
10. Doniyorov B.N. Buxoro shahri sharoitida uya qiluvchi qushlar//Актуальные научные исследования в современном мире Сборник научных трудов. Переяслав-Хмельницкий, 2016. №3.10-18 стр.
11. Doniyorov B.N., Elliyeva L.Sh. Musicha (Streptopelia senegalensis) ning bioekologiyasi(Buxoro viloyati misolida)//Профессор-ўқитувчилар ва талабаларнинг “Соғлом она ва бола йили” га бағишланган анъанавий 60-илмий-назарий анжуман тўплами.-Бухоро, 2016.-Б.101-104.
12. Doniyorov B.N. Turizm sohasida ahamiyatli Buxoro viloyati agrotsenozlaridagi manzarali va sayroqi qushlar//«Ипак ва зираворлар» фестивали даврида 2018 йил 26 май куни Бухоро шаҳрида «Бухоро вилоятининг туристик ва инвестицион салоҳияти» мавзусида ўтказилган халқаро илмий-амалий конференция тезислар тўплами.-Бухоро, 2018.-Б.169-173.
13. Лановенко Е.Н., Филатов А.К. О расширении гнездового ареала Кольчатой горлицы в Узбекистане.//Редкие и малоизученные птицы Средней Азии. Мат-ы III Респуб: орнитол. Конф. Ташкент, “Фан”, 1990.111 стр.
14. Мальчевский А. С. Орнитологический экскурсии. Л.: ЛГУ, 1981. 296 стр.
15. Михеев А.В. Определитель птичьих гнезд. М.:1975.171 стр.
16. Мальчевский А.С. Гнездовая жизнь певчих птиц. Л.: Изд., ЛГУ, 1959. 281 стр.
17. Назаров А.П. Кольчатая горлица-Streptopelia decaocto Friv.//Птицы Узбекистана Т.2. Ташкент, “Фан”, 1990. 290 стр.
18. Новиков Г.А. Полевые исследования экологии наземных позвоночных животных. М.:1949. 283 стр.
19. Холбоев Ф.Р. Бухоро шаҳри қушларининг фаунаси, жамоаси ва экологияси//Б.ф.н., дис.-Бухоро, 2000.-Б.158.
20. Холбоев Ф.Р., Бақоев С.Б. Бухоро вилоятида Қумрининг (Streptopelia decaocto Friv. 1838) тарқалиши ва биологияси//Бухоро вилояти ўсимлик ва ҳайвонот оламининг экологик муаммолари.-Бухоро, 1997.-Б.156-162.
21. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 5-жилд. Конимех-Мирзоқуш. Таҳрир ҳайъати: М. Аминов, Т. Даминов, Т. Долимов ва б. Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2003.-704 б.
22. Collins “BirD GUiDE” //Colorgrafic, Milano Printing: Graphicom, 2006 Printed in Haly 400.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.