Sana:__________
Sinf : 9- “ ”
Mavzu: Formalar
Darsning ta'limiy vazifasi: O’quvchilarga “Formalar” formalar tashkil etishda qo’llaniladigan teglar va Xalqoro baholash dasturi (PISA, TIMS… ) haqida tushuncha berish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: O’quvchilar qalbida ona yurtga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmar, odob-axloq qoidalaga rioyaqilish, estetik tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o’quvchilarning bilimlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida boyitish, mustaqill fikrlash va ishlashga undash, bilim ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiya elementlari:
Tayanch kompetensiya: komunikativlik, axborot bilan ishlash, o’z-o’zini rivojlantirish, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish….
Fanga oid kompetensiya: Muloqotda muomala madaniyatiga amal qiladi, hamkorlikda, jamoada samarali ishlay olish; Fanga oid ma’lumotlarni mustaqil fikrlaydi, idrok qiladi, tushuntira bera oladi.
Dars turi: Yangi bilimlar berish, ma’ruza va amaliyot uyg’unligida.
Dars usuli: Interfaol(PISA onlayn test, “blits savol-javob”, “Bahr-u bayt”… )
Dars jihozi: Darslik, tarqatma materiallar, kompyuter, proyektor, rag’bar kartochkalar, mavzuga oid ko’rgazmalar va taqdimot, video rolik.
Kutiladigan natija:
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, sinfning va o`quvchilarning darsga tayyorligini baholash, davomat, ob-havo, sanani aniqlash)
b) “Oltin qoidalar” ni ishlab chiqish:
1. O`zaro hurmat 2. O`zgalar fikrini hurmat qilish 3. Erkin fikrlash 4. Intizomlilik
5. Topqirlik 6. Hozirjavoblik
Kun yangiliklari:
May oyining muhum sanalari:
Havfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya gigiyena talablarini
T\r | Dars bosqichlari | Vaqti |
1 | Tashkiliy qism (Salomlashish,davomat,yangiliklar) | 4-daqiqa |
2 | O`tilgan mavzuni mustahkamlash | 10-daqiqa |
3 | Yangi mavzu bayoni | 15-daqiqa |
4 | Yangi mavzuni mustahkamlash | 12-daqiqa |
5 | O`quvchilarni baholash | 2-daqiqa |
6 | Uyga vazifa berish | 1-daqiqa |
Darsning borishi va vaqt taqsimoti
Davlatimiz rahbari SH.M.Mirziyoev tomonidan taklif etilgan 5 ta tashabbus
Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus.
1-tashabbus: Yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, istedodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi
2-tashabbus: Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan
3-tashabbus: Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan;
4-tashabbus : Yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan
5-tashabbus: Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
PISA guruhi savollari
1. Web-sahifada giper murojaat qanday teg orqali tashkil etiladi?
2. HREF parametri qanday vazifani bajaradi?
3.
Informatik terminlar ingliz tilida
Image – Tasvir
Table- Jadval
Rows –Satr
Cols– ustun
zar8maktab.uz
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 8-umumtalim maktab
TIMSS guruhi savollari
1. Tarkibiy web-sahifa deganda nimani tushunasiz?
2. HREF parametri qanday vazifani bajaradi?
3. Elektron pochtaga murojaat qanday tashkil etiladi?
4. Web sahifaga rasm joylashtirish uchun qanday teg va parametr ishlatiladi?
Informatik terminlar ingliz tilida
Image – Tasvir
Table- Jadval
Rows –Satr
Cols– ustun
zar8maktab.uz
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 8-umumtalim maktab
Yangi mavzu bayoni
Web-sahifada formalar so'rovlar o'tkazish, web-server va mijoz o'rtasida muloqot o'tkazish yoki berilgan ro'yxatdan kerakli hujjatni tanlash maqsadida qo'llaniladi.
Masalan, web-sahifaning reytingini aniqlash, biror korxona mahsulotlari haqidagi fikrlarni to'plash, Internet orqali tanishish va boshqa maqsadlarda web-sahifada formalar tashkil etiladi.
Maqsadga qarab formadagi savollar ham turlicha bo'ladi. Lekin, web-sahifada savollarni tashkil etish bir xil teglar yordamida amalga oshiriladi. Bu teglar web-sahifada savol matni bilan birga javob oynasini ham hosil qiladi. Savol matni web-sahifa tayyorlanayotganda kiritiladi. U tuzilishiga ko'ra, asosan, ikki turga bo'linadi:
Ixtiyoriy javob kiritish uchun mo'ljallangan.
2. Tavsiya etilgan javoblardan birini tanlash uchun mo'ljallangan.
Savollarni web-sahifaning istalgan yeriga joylashtirish mumkin, ya'ni, formaning tuzilishini o'zingizga yoqqan shaklda tashkil etishingiz mumkin.
Muloqotni boshqacha tashkil etish ham mumkin. Masalan, awal ko'rilganidek, web-sahifada kerakli savollarni berib (oddiy matn sifatida), bu savollarga elektron pochta orqali javob yuborishni iltimos qilib elektron pochtangiz manzilini (adresini) ko'rsatishingiz mumkin. Lekin bu holda ko'p (deyarli) javob ololmaysiz. Chunki, birinchidan, hamma ham tanimagan kishisiga xat yozishga jazm qila olmaydi. Ikkinchidan, formadagi savollarga javob berish ko'p mulohaza talab qilmaydi, ammo xatni esa o'ylab yozish kerak bo'ladi.
Forma hosil qilish uchun
Formada savol-javob tashkil qilish uchun toq tegi NAME parametri bilan qo'llaniladi.
Bu teg yordamida berilgan savolga javob kiritish uchun matn maydoni (javob satri) hosil qilinadi.
Javob satri belgilari soni SIZE (o'lcham) parametri bilan aniqlanishi mumkin. Savol esa oddiy matn sifatida kiritiladi.
Masalan:
Sizning ismingiz:
Formaning ba'zi bandlariga yoziladigan javob bitta satrga sig'mas-ligi mumkin. Masalan, formada «Izoh» bandi bo'lsa, odatda, bu bandga bir nechta satrdan iborat matn yoziladigan maydon ajratiladi. Buning uchun
Bu teglar formada «Izoh:» so'zi, hamda 4 ta satr va 40 ta ustunli (ya'ni, har biri 40 tadan belgili 4 ta satr) «Izoh» nomli matn maydoni hosil qiladi.
Shunday savollar borki, ularga aniq javoblardan biri tanlanadi. Masalan, ma'lumotingiz haqidagi savolga albatta, «Boshlang'ich», «0'rta», «0'rta-maxsus» yoki «01iy» javoblaridan birini tanlaysiz. Bunday savollarga javoblarni formaga oldindan kiritib qo'yish mumkin. Odatda, bunday tashkil qilingan javoblar oldiga doiracha joylashtirilib, qaysi javob tanlansa, shu javob oldidagi doiracha (sichqoncha yordamida) belgilanadi. Formada bunday savol-javobni tashkil qilish uchun tegida NAME parametri bilan TYPE (tip) parametri
RADIO (yo'naltirish) qiymati bilan birga ishlatiladi. Belgilangan doirachaga mos sizga (yoki web-serverga) keladigan ma'lumot VALUE (qiymat) parametrining qiymati bo'ladi.
TYPE parametrining RADIO qiymati qo’llab tuzilgan
HTML kodi
Jinsi
Erkak
Ayol
Bu yerda TYPE=radio parametri ekranda doiracha hosil qiladi; NAME= dan keyingi qo'shtirnoq ichida yozilgan «Ma'lumoti» so'zi maydon nomi bo'lib, ekranga chiqarilmaydi; VALUE= dan keyingi «Boshlang'ich» so'zi web-serverga yuboriladi; undan keyingi Boshlang'ich so'zi ekranga doiracha yonidan chiqariladi.
tegi keyingi matn yangi satrdan chiqishini ta'minlaydi.
Ba'zan, taklif etilgan javoblardan bir nechtasini tanlash zarur bo'lib qoladi. Bu holda TYPE parametrining RADIO qiymati o'rniga CHECKBOX (tanlash joyi) qiymati ishlatiladi. Bu holda formada doiracha o'rniga katakcha hosil bo'ladi. Masalan, o'zlashtirilgan tillar haqidagi savolni HTML-hujjatda quyidagicha ifodalash mumkin:
Gaplasha oladigan tillaringiz
O'zbek
Rus
Ingliz
Nemis
Ko'rib chiqilgan teglardan foydalanib murakkab bo'lmagan formalarni tashkil qilish mumkin. Hosil qilgan formangizni Internet tarmog'iga joylashtirsangiz, uni millionlab odamlar ko'radi. Ammo undagi savollarga berilgan javoblar sizga yetib kelmaydi. Hosil qilingan forma javoblari bilan qaytib kelishi uchun tegi SUBMIT (qo'shilish) qiymatli TYPE parametridan foydalaniladi.
Formadagi matn maydonlarini tozalash uchun esa tegi RESET (qayta tanlash) qiymatli TYPE parametridan foydalaniladi. Mazkur tegda VALUE parametri ishlatilsa, brauzer ekranda tugma hosil qiladi. Masalan,
< INPUT TYPE="submit" VALUE="Formani jo'natish">
tegi ekranga ichida «Formani joЈnatish» jumlasi yozilgan tugma chiqaradi va bu tugma tanlansa formadagi ma'lumotlar kerakli manzilga jo'natiladi,
Asosiy tushuncha | Vazifasi |
| |
METHOD | |
POST | |
ACTION | |
URL | |
… |
1-topshiriq
Ikkala guruhdan iqtidorli 2 tadan o’quvchi darslikdagi 1-2 topshiriqlarni
notbukda bajarishlati lozim
1-topshiriq: «Men nechun sevaman O'zbekistonni?» nomli mavzudagi web- sahifalar tanloviga qatnashish uchun so'rov formasini tayyorlang.
2. «Do'stlashishga taklif» nomli forma tayyorlang.
Unda bilishingiz kerak bo'lgan ma'lumotlar aks etsin.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
2-topshiriq
Bahr-u bayt usulidan foydalanamizYangi mavzudagi asosiy tushunchalarni
o’quvchilar navbat bilan ma’lumot beriladi aytilgan tushunchalar takrorlansa
guruhlarga jarima beriladi.
3-Qiziqarli fan mavzusida so’rovnoma formasini tayyorlang
|
|
|
| ||
Formada savol-javob tashkil qilish uchun …toq tegi qo'llaniladi. |
| ||||
Izoh yozishda satrlar sonnini balgilashda …parametr ishlatiladi | |||||
…parametri ishlatilsa, brauzer ekranda tugma hosil qiladi. | |||||
Forma hosil qilish uchun ….juft tegi qo'llaniladi | |||||
Izoh yozishda Ustunlar sonnini belgilashda …parametr ishlatiladi |
|
O’quvchilar ismi __________________ ___________________
“Imkoniyat” “Tez-test” usuli
“Tez - test” usuludan foydalanaman. O’quvchilar juftliklarga ajratilib test ko’rinishidagi jadval tarqatiladi va o’quvchilarga qanday qilib ishlash tushuntiriladi. Test natijalarini o’quvchilar boshqa juftlikka baholashi uchun almashadilar. Slaydda to’g’ri javob ko’rsatiladi.
Uyga vazifa
Darslikdan 3-topshiriq: («Kutubxona anketasi» nomli forma tayyorlang.), mavzuni takrorlab, forma mavzusiga oid qo’shimcha teg va parametrlarni o’rganib kelish.
Dars yakunida guruhlar to’plagan ballari jamlahnadi. G’olib guruh e’lon qilinadi Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
|
|
|
| ||
Formada savol-javob tashkil qilish uchun …toq tegi qo'llaniladi. |
| | |||
Izoh yozishda satrlar sonnini balgilashda …parametr ishlatiladi | |
| |||
…parametri ishlatilsa, brauzer ekranda tugma hosil qiladi. | X |
| |||
Forma hosil qilish uchun ….juft tegi qo'llaniladi | X | ||||
Izoh yozishda Ustunlar sonnini belgilashda …parametr ishlatiladi |
|
|
O’quvchilar ismi __________________ ___________________
“Imkoniyat” “Tez-test” usuli
“Tez - test” usuludan foydalanaman. O’quvchilar juftliklarga ajratilib test ko’rinishidagi jadval tarqatiladi va o’quvchilarga qanday qilib ishlash tushuntiriladi. Test natijalarini o’quvchilar boshqa juftlikka baholashi uchun almashadilar. Slaydda to’g’ri javob ko’rsatiladi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.