Frederik Shopen ijodi

  • Презентации учебные
  • pptx
  • 28.12.2025
Публикация на сайте для учителей

Публикация педагогических разработок

Бесплатное участие. Свидетельство автора сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Taqdimotda Frederik Shopinning hayoti va ijodi haqida bayon etilgan
Иконка файла материала Frederik Shopen ijodi.pptx

Frederik Shopen ijodi

Frederik Shopen 1810-yil 1-martda Polsha poytaxti Varshavadan unchalik uzoq bo‘lmagan Jelyazova-Volyada dunyoga keladi. Shopenning oilasi graf Skarbekning imeniyesida yashashgan. Otasi bu xonadonda uy o‘qituvchisi vazifasida ishlagan. O‘g‘li tug‘ilganidan keyin butun oila poytaxtga ko‘chib o‘tadi. Kichkina Frederik musiqa qurshovida ulg‘ayadi. Frederik besh yoshgayoq katta opasi Ludvika rahbarligida o‘rgangan murakkab bo‘lmagan pyesalarni ijro etardi. Tez orada Voysex Jivniy unga ustozlik qila boshlaydi. Yetti yoshida Varshavada konsert berdi va katta olqishlarga sazovor bo`ldi. Boladagi ijrochilik qobiliyati shu darajada tez o‘sib boradiki, natijada Jivniy unga ustozlik qila olmasligini aytadi.

U o‘n uch yoshida litseyga o‘qishga kiradi hamda uch yildan keyin uni muvaffaqiyatli tamomlaydi. Bolaligidan boshlab, Shopenda xalq musiqasiga muhabbat namoyon bo‘ladi. 1826-yilda Shopen Varshava konservato-riyasiga o‘qishga kiradi. 1826-1828-yillar mobaynida yaratilgan asarlari orasida Rondo, a-moll mazurkasidagi milliy ruh va koloritning yangiligi bilan ajralib turadi. 1829-1830-yillarda orkestr va fortepiano uchun ikkita konsert yozdi.
1829-yilda Shopen Varshavadan Venaga keladi. Uning konsertlari katta muvaffaqiyatlar bilan o‘tadi.

U 1830-yil kuzida do‘sti Titus Voysexovskiy bilan birgalikda ikkinchi marta Venaga jo‘nab ketadi. Xayrlashuv oldidan do‘stlari unga polyak tuprog‘i to‘ldirilgan ko‘zachani sovg‘a qilishadi. Kuchli taraddudga qaramay, u mustaqil konsert berishni uddalay olmaydi, noshirlar esa uning asarlarini bepul bosib berishga rozi bo‘lishadi. Kutilmaganda yurtidan tashvishli xabar keladi, rus samoderjaviyasiga qarshi polyak vatanparvarlari qo‘zg‘olon ko‘taradi, qo‘zg‘olon shafqatsiz
ravishda bostiriladi.

1831-yilning kuzida Shopen Parijga keladi. Vatanning fojiali taqdiri haqidagi fikrlar bilan bog‘liq holda u Parijda «Inqilobiy» deb nom olgan etyud yaratadi.
Shopen Parijni dastlab pianinochi sifatida faoliyat ko`rsatadi va katta shuxrat qozonadi. Konsertlarda
Shopen, asosan, o‘zi yozgan asarlarni: orkestr bilan birgalikda
fortepiano uchun konsert, konsert rondolari, mazurkalar, etudlar, noktyurnlarni ijro etardi.

Bu yerda ham Shopen asarlari bepul bosildi, Shuning uchun ham besh-olti soatlab musiqadan dars berishga majbur bo‘ladi. Ko‘p yillar mobaynida u o‘z hayotini Jorj Sand taxallusi bilan ijod qilgan mashhur fransuz adibasi Avrora Dudevan bilan bog‘ladi. 1838-yil kuzida Shopen Jorj
Sand va uning bolalari bilan Mayorka oroliga sayohat qilishadi hamda uning asosiy shahri Palmada to‘xtashadi. Mayorkada Shopen yigirma to‘rt preludiyadan iborat turkumni, F-dur ikkinchi balladasini, or.40 polonezlarini, cis-moll uchinchi skersosini yaratadi.

XIX asrning 30 va 40-yillari Shopen ijodida eng samarali bo‘ldi. Bu davr mazmunan eng teran va ahamiyatli asarlar: ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi balladalar, b-moll va h-moll sonatalari, polonezlar, ikkinchi,uchinchi, to‘rtinchi skerso va boshqa ko‘pgina asarlar yaratilgan davr bo‘ldi. O‘z xalqining fikr va tuyg‘ularini, zamonning yuksak ideallarini aks ettirar ekan, Shopen xalq san’atining ko‘p asrlik tajribasi hamda klassiklarning realistik an’analariga tayanadi

Shopenning Parijdagi hayoti baxtli kechmagan bo‘lsa-da, uning ijod qilishi uchun qulay bo‘ldi. Do‘sti Yan Matushinskiy, undan keyin esa jon-u dildan yaxshi ko‘rgan otasi vafot etishadi. Jorj Sand bilan bo‘lgan bahs va ayriliqlar uni mutlaqo yakkalab qo‘yadi. Buning ustiga Shopenni bolaligidan qiynab kelgan o‘pka shamollashining xuruji kuchayadi. Oxirgi ikki yil davomida bastakor deyarli hech narsa yozmaydi. O‘zining og‘ir moddiy ahvolini tuzatish uchun u angliyalik do‘stlari taklifini qabul qilgan holda Londonga yo‘l oladi. Oxirgi kuchini to‘plab, kasal holida u yerda konsertlar uyushtiradi, darslar beradi. Hayajonli kutib olishlar dastlab uni xursand qiladi, unga tetiklik bag‘ishlaydi. Biroq Angliyaning nam iqlimi tezda o‘zining halokatli ta’sirini o‘tkaza boshlaydi. Shifokorlar maslahatiga ko‘ra u shoshilinch tarzda Parijga qaytadi. Uning iltimosiga ko‘ra, Polshadan katta opasi Ludvika keladi. Shopen 1849 yil 17 oktyabrda Parijda opasining qo‘lida jon beradi.

Fortepiano uchun
— Mazurkalar (80 ga yaqin).
— Polonezlar (20 ga yaqin).
— Noktyurnlar (20 ga yaqin).
— Etudlar (hammasi 27 ta).
— Ekspromtlar (hammasi 4 ta).
— Valslar (hammasi 15 ta).
— Preludiyalar (hammasi 25 ta).
— 24 ta preludiyalar op. 28.
— Preludiya cis-moll op. 45.
— Skerso (hammasi 4 ta).
— Balladalar (hammasi 4 ta).
— Sonatalar (hammasi 3 ta).

KONSERTLAR
— Op. 21 f-moll.
— Op. 11 e-moll.
— Op. 14-rondo (1825).
— Op. 13 Polsha mavzulariga katta fantaziya (1829—1830).
— Op. 22 Katta mohirona polonez (1830—1843).
— «Don Juan» operasi mavzusiga variatsiyalar» op. 2 (1827).

SHOPEN POLSHADA TUG`ILGAN UYI

VARSHAVADAGI MUZEY