Darsning texnologik xaritasi.
| Darsning ta’limiy vazifasi: O’quvchilarga halollik, halo mehnatning insonning ma’naviy yuksalishidagi o’rni haqida ma’lumot berish. |
O’quv jarayonining mazmuni | O’quvchilarga halollik, halo mehnatning insonning ma’naviy yuksalishidagi o’rni haqida ma’lumot berish. |
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi | Uslub : og’zaki |
Kutiladigan natijalar | O’quvchilar halol mehnat – ma’naviy yuksalishning asosiy belgilaridan biri ekani, mehnat tarbiyasi , aqliy, jismoniy mehnat, kasblar, mehatsevarlik haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. |
Kelgusi rejalar | O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslarda o’zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi. |
Yangi mavzu bayoni.Agar atrof muhitga diqqat bilan qarasangiz, o’zingiz, kelajagingiz uchun ibrat bo’ladiga ko’p narsalarga guvoh bo’lasiz. Oyog’ingiz ostiga qarasangiz yuzlab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotgani – uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini ko’rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelyapti, birortasi chetga chiqib , “qo’l qovushtirib”turgani yo’q. ular uchun yer ostidagi mana shu kichkinagina joy Vatan hisoblanadi. Ular shu yerda tinch, osoyishta , xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa turg’izgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq-qo’llariga g’ayrat baxsh etgan. Holbuki bular – biz “ongsiz”, “aqlsiz” sanaganimiz qumursqalar. Biz esa INSON degan nomni ardoqlamog’imiz lozim. Ulug’ bobomiz hazrat Mir Alisher Navoiy jamiki insonlarga xitob qilib aylaydiki:Tuxum yerga kirib chechak bo’ldi,Qurt jondin kechib ipak bo’ldi.Lola tuxmicha g’ayrating yo’qmu,Pilla qurticha himmating yo’qmi?Ongli, oqilona uyushtirilgan mehnatgina kishilik jamiyatining gullab- yashnashiga, fuqarolarning insondek hayot kechirishiga asos bo’ladi. Zero mehnat tufayli inson o’zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. Mehnat orqali odamning iste’dodi, uquvi, layoqati yuzaga chiqadi. Mehnat bilan mashg’ul bo’lish jarayonida insonning dunyoqarashi kengayadi, bilimi ortadi, jismoniy hamda ma’naviy jihatdan shakllanishi va yuksalishi tezlashadi.
Inson mehnati aqliy va jismoniy mehnat turlariga bo’linadi. Ular orasida sun’iy to’siq tiklab, bir-biriga zid qo’yish esa mutlaqo yaramaydi. Aksincha, o’z hayotida ikki mehnat turining uyg’unligiga erisha olgan shaxs har tomonlama yetuklikka ko’tariladi. Aqliy mehnat inson aqlini charxlab, tafakkurini rivojlantirsa, jismoniy mehnat uning jism-u joni barkamol, sog’lom o’sishi uchun zamindir. Bunday kamolotga erishganlar mehnatda toptalgan, el-yurt va oilasida hurmat ila obro’ topgan, o’z mehnati bilan bir qator da o’zgalar mehnatidan rohatlanadigan, uni qadrlaydigan insonlar hisoblanadi. Yalqovlik inson hayotining , kelajagining zavoli, kambag’allikka eltuvchi asosiy yo’ldir. Go’zal va boy hayot kechirmoq uchun esa bor kuch-imkoniyatni ishga solmoq, hunar o’rganmoq, g’ayrat-shijoat bilan mehnat qilmoq lozim. Baxt, boylik, obro’-e’tibor, xotirjamlik o’z-o’zidan kelmaydi. Hayotdagi barcha ro’shnoliklarga inson faqat o’z aql-u zakovati, mehnati tufayli erishadi. Oilaning moddiy va ma’naviy ahvoli ham mehnat ortidan yuksaladi. Oila a’zolarining mavqei, mahalla-ko’ydagi obro’si, ularga nisbatan o’zgalar munosabati ham qilingan mehnatning natijalari asosiga quriladi. Bir kun inson olamdan o’tgach, uning mehnati, foydali ishlari yaxshi so’zlar bilan eslanadi.
Mustahkamlash
Savollar
Mehnat tarbiyasi insonning to’g’ri shakllanishida qanday o’rin tutadi?
Mehnat va mehnatsevarlikni ulug’lagan xalq maqollarini bilasizmi?
Xonadoningizda qanday kasb egalari bor? Yana qanday kasb sohibi bo’lishini xoxlaysiz?
Aqliy va jismoniy mehnat o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni kimlarning faoliyatida kuzatgansiz?
Jamiyatimizda kishilar o’rtasida izzat-hurmatga sazovor bo’lgan hunarmandlardan kimlarni bilasiz?
Uyga vazifa
Mavzuni o’qib kokspekt qilish
Hunarlar haqida rasmlar chizib kelish
O’zingiz sevgan kasb haqida insho yozib kelish
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.