МЕТОДИ СОЗДАНИЯ ПРОБЛЕМНЫХ СИТУАЦИИ В ОБУЧЕНИИ ХИМИИИ.
Бухоро вилояти Вобкент тумани
25-мактабнинг кимё фани ўқитувчиси
Ҳакимова Дилаферуз Анваровна
Bilish vazifalarining qo‘yilishida muammoli savollar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular muammoli vaziyatlar yaratishning har qanday boshqa usullariga tegishli ravishda qoyiladi. Bilishga doir savol o‘quchilar uchun muayyan darajada qiyin bo‘lishi, ulardagi mavjud bilimlarning cheklanganligini ko‘rsatishi va ayni vaqtda, ular bajara oladigan bo‘lishi, ya’ni idrokning hayotiy tajribaga va nazariy bilimlarning zapasiga bog‘liqligini hisobga olishi zarur.
Appertseptsiya o‘quvchilarda yangi temaga nisbatan aktiv munosabatni uyg‘otish imkonini beradi, chunki ilgari hosil bo‘lgan vaqtincha aloqalar (singnallar yoki infomatsiyalar) bosh miya qobig‘ida yangi aloqalarning (signallar yoki informatsiyalarning) paydo bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, “quvvat” tushunchasini o‘rganishdan oldn “Er kovlovchi bilan ekskovatorning ish qobiliyatlarini qiyoslash uchun ular bajargan ayni bir ishning miqdorini bilishning o‘zi yetarlimi?” degan savol qo‘yiladi. O‘quvchilar savolga javob berishlari uchun mavjud ma’lumotlarning yetarli emasligini payqaydilar va bir ishning o‘zini bajarish uchun ketgan vaqtni ham bilish zarurligini taxmin qilishlari (anglab yetishlari) kerak. Hatto bunday uncha katta bo‘lmagan mustaqil qadam o‘quvchilarni yangi, “quvvat” degan fizik tushunchaning kiritilishini ancha tushunib yetilgan holda zaruriyat deb bilishga olib keladi. Bilishga doir vazifa darsda muammoli namoyish tajribalari formasida qo‘yilishi mumkin. Masalan, “Arximed kuchi” temasini o‘qituvchilar muammoli tajribadan boshlaydilar: dinamometrga metall kubni ilib qo‘yadilar, dinamometrni ko‘rsatuvini qayd qiladilar, so‘ngra kubni suvga tushiradilar va yana asbobning ko‘rsatuvini hisoblaydilar. Shundan keyin o‘quvchilar oldiga poblemali savol qo‘yiladi: “Nima uchun dinamometr prujinasi endi ozroq cho‘zilyapti? Bu xodisaning sababini kub qirrasidagi (yoqlaridagi, tomonlaridagi) bosimni hisoblab tushuntirib berishga urinib ko‘ring”. O‘quvchilar botirilgan jismga suyuqlik ichidagi bosim ta’siri to‘g‘risidagi bilimlardan foydalanishlari va jismning pastki qirrasiga (tomoniga, yog‘iga) bo‘lgan bosi kuchi uning yuqori qirrasiga (tomoniga) bo‘lgan bosimning kuchidan katta ekanligini, shuning uchun ham jism suyuqlik ichidan turtilib chiqishi haqidagi xulosaga kelish kerak. Shunday qilib, suyuqlikning turtib chiqaruvchi kuchi to‘g‘risida shunchaki aytilib qolmay, balki u ma’lum darajada o‘quvchilar tomonidan aniqlanadi ham.
Muammoli-izlanish, og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarning o‘zaro bog‘liqligi. O‘qitishning muammoli-izlanish metodlari amalda o‘qitishning og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlari yordamida qo‘llaniladi. Shu sababli o‘quv materialini muammoli bayon qilish metodlari, muammoli va evristik suhbatlar, muammoli-izlanish tipidagi ko‘rgazmali metodlarni qo‘llash, muammoli-izlanish amaliy ishlarini yoki hatto tadqiqotchilik ko‘rinishidagi ishlarni olib borish haqida gap yuritiladi.
O‘quv materiallarini muammoli hikoya va muammoli tuzilgan lektsiya metodida bayon qilish o‘qituvchining bayon jarayonida fikr yuritishini, faktlarni isbotlashini, tahlil qilishini va tinglovchilarning tafakkurini yanada aktivroq va ijodiyroq qilib, o‘ziga ergashtirishini nazarda tutadi. O‘qituvchi materialni shunchaki “bayon qilmaydi”, balki u muammo ustida ovozini chiqarib mulohaza yuritadi, masalani yechishga qanday qilib yondoshishni, uni yechish yo‘llarini qidiradi. Muloxaza yuritish jarayonida ba’zi fikrlarni ular asossizligini ko‘rib inkor etadi (chiqarib tashlaydi), boshqalarini esa rivojlantirib, shu zaylda oxir-oqibat to‘g‘ri va aniq yechimga keladi.
Evristik va muammoli-izlanish suhbati muammoli o‘qitish metodlaridan biri hisoblanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga bir qator izchil va bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan savollarni qo‘yadi, o‘quvchilar bularga javob berar ekanlar, ayrim taxminlarni aytishlari va so‘ngra ularning to‘g‘riligini mustaqil isbotlashga harakat qilishlari kerak, bu bilan ular yangi bilimlarni o‘zlashtirishda mustaqil olg‘a qadam tashlashga harakat qiladilar.
O‘qitishning muammoli-izlanish metodlarida ko‘rgazmali qurollar endilikda eslab qolishni faollashtirish maqsadida emas, balki darslarda muammoli vaziyatlarni yaratadigan vazifalarni qo‘yish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari, keyingi vaqtlarda ko‘rgazmali qurollar tobora ko‘p tayyorlanmoqdaki, ularda bir qator rasmlar va sxemalar ko‘rinishida o‘quvchilarning qanadydir umumlashtirishni aytib berish, ustun bo‘lgan sababalarni ajratib ko‘rsatish uchun mustaqil fikr yuritishlarini talab qiluvchi muayyan vaziyatlar tasvirlanadi.
Tadqiqotchilik laboratoriya ishlari muammoli amaliy ishlarning qimmatli turi hisoblanadi. Bunday laboratoriya ishlari nazariyani o‘rganishga qadar o‘tkaziladi va o‘quvchilarni ayrim o‘quv “kashfiyotlari”ni qilish zarurligiga ro‘para qiladi.
Lekin muammoli o‘qitishning o‘z-o‘zidan bo‘ladigan ob’ektiv ijobiy ta’siriga umid bog‘lab bo‘lmaydi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchilarga nisbatan alohida yondoshish kerak bo‘ladi. Bilish vazifalarini qo‘yishda o‘qituvchilar ular qyinligining variantligini ta’minlaydi, bunin uchun bo‘sh o‘zlashtiruvchilarni ancha yengil savollarga javob berishga tortadi, ularning javoblarini rag‘batlantiradi va bu bilan ancha murakkabroq muammolar ustida fikr yuritishga qatnashish uchun qiziqtiruvchi omil yaratadi.Bo‘sh o‘quvchlarga muammoli tajribalar o‘tkazishni tayyorlash va o‘tkazishni topshirish ayniqsa foydalidir, bu o‘quvchi tafakkurini faollashtiradi. O‘qitishga muammoli yondoshish, odatda, ayni bir darsning o‘zida axborot-reproduktiv metod bilan birga qo‘shib boriladi, chunki tema mazmunida doimo o‘quvchilarga ma’lum qilinishi mumkin bo‘lgan yoki, aksincha, ular uchun murakkab, bajarishga qurbilari yetmaydigan, tushuniritilishi lozim bo‘lgan savollar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham izlanish va reproduktiv xarakterdagi o‘qitishning xilma-xil metodi va usullarini optimal tarzda birga qo‘shib borish zarur bo‘ladi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.