Kimyoviy bоg’lаnish va ulаrning turlаri.

  • pptx
  • 14.11.2021
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала 5-ma'ruza YANGI_kimyoviy_bog'lanishKristal_panjara,_Gibridlanish'_2019 - копия.pptx

5-MA’RUZA MAVZU:MOLEKULANING TUZILISH VA KIMYOVIY BOG‘LANISH.

TUZUVCHI: JUMAYEV MANNON



OLMALIQ-2021

Reja

1. Kimyoviy bоg`lаnish hаqidа tushunchа.
2. Kimyoviy bog’lanish turlari.
3. Kovalent bog’lanish.
4. Ion bog’lanish.

5.Metall bog’lanish. 6. Vodorod bog’lanish. 7. Donor – akseptor bog’lanish. 8. Gibridlanish. 9. Kristall panjara turlari

Kimyoviy elementlar o’rtasida vujudga kelgan bog’lanish kimyoviy bog’lanish deyiladi.

Kimyoviy bog’lanish

Kovalent bog’lanish

Umumiy elektron juft hisobiga vujudga kelgan bog’lanish kovalent bog’lanish deyiladi.

Qutbsiz

Qutbli

elektromanfiylik qiymatlari teng yoki biroz farq qiladigan elementlar orasida
(0 dan 0,4 gacha)

elektromanfiylik qiymatlari farq qiladigan elementlar orasida
(0,4 dan 1,8 gacha)

Metalmas + metalmas

F2, Cl2, Br2, J2, H2, O2, N2, O3, P4, S8, PH3, CS2, CH3SH, NCl3

H2O, HCl, HBr, HJ, NH3, H2S, H2SO4, SF6, SO2, SO3, N2H4, PCl5, PCl3

Mustahkam

Kovalent bog’lanish xususiyatlari

Bog’ning to’yinuvchanligi – atomlarning cheklangan miqdordagi bog’lar hosil qilish xususiyati. Element atomlarining valent pog’onasidagi hamma elektronlari bog’ hosil qilishda qatnashgandan so’ng element o’zining to’yinuvchanlik xususiyatini namoyon etgan bo’ladi.

Bog’larning yo’naluvchanligi – bog’larni fazoning ma’lum yo’nalishida joylashganligi.

BOG’NING KARRALIGI

BOG’ ORASIDAGI BURCHAK

SUV MOLEKULASI

Bog’ uzunligi ikki yadro oralig’idagi masofa bo’lib, nanometer yoki angestrumlarda o’lchanadi: 1 nm = 1 · 10–9 metr, 1Ao = 1 · 10–10 metr. Bog’ uzunligi:

H-F H---Cl H-----Br H-------J
moddalarida bog’ uzunligi ortib boradi. Chunki galogenlarning atom radiuslari ortib boradi


M: C–––C, C = C, C≡C larda bog’ uzunligi kamayadi.

Bog’ energiyasi – atomlar orasidagi bog’ni uzish uchun kerak bo’ladigan energiya. kJ/mol. Bog’ energiyasi bog’ uzunligiga teskari proporsional, bog’ qancha uzun bo’lsa uning bog’lanish energiyasi shuncha kichik bo’ladi.

Ion bog’lanish

Qarama-qarshi zaryadli ionlar orasidagi o’zaro elektrostatik tortishuv kuchlari hisobiga vujudga kelgan bog’lanish.
Elektromanfiylik qiymati keskin farq qiladi. (1,8 dan katta.)

ION BOG’LANISH

Mettal + Metalmas

Na + 11 )2)8)

1

Cl + 17 )2)8)

7

8

+

ELEKTRO STATIK TORTISHISH

Na+

Cl-

ionlar

Metall bog’lanish

Nisbatan erkin elektronlarning metall ionlari bilan o’zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo’ladigan bog’lanish.

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

METALL BOG’LANISH

ION ATOM

ERKIN ELEKTRON

Vodorod bog’lanish

Elektromanfiyligi katta bo’lgan (F, O, N, Cl, S, Br) elementlarning qisman musbat zaryadlangan vodorod atomi bilan hosil qilgan bog’lanish.

VODOROD BOG’LANISH (MOLEKULALARARO)

Vodorod bog’lanish

Donor - akseptor bog’lanish

Bir elementning xususiy elektron jufti hamda ikkinchi elementning bo’sh orbitali hisobiga vujudga kelgan bog’lanish.

CO, N2O5, PH4Cl, H3O+, DNK, RNK, N2O, N2H5Cl,
Kompleks birikmalar, kristallogidratlar,
NH4+ ioni va uning tuzlari, HNO3 va uning tuzlari

Bog’ qutbli molekula qutbsiz bo’lgan moddalar: CCl4, SO3, BeCl2, BF3, CH4, C6H6, C6H12, BCl3

Gibridlanish

Gibridlanish

Kimyoviy bog’ hosil bo’lishida shakli va energiyasi bilan farq qiluvchi (s, p va d) atom orbitallarining bir–birini qoplab energiyasi va shakli bir xil bo’lgan yangi gibrid (chatishgan) orbitallar hosil qilishi gibridlanish deyiladi.

Gibridlanish tushunchasi fanga 1931 – yilda L. Poling tomonidan kiritilgan.

σ bog’lar soni
+
taqsimlanmagan
elektron juftlar

Gibridlanish

Gibrid-lanish

Fazoviy tuzilishi


Burchagi


Misollar

sp

Chiziqli

1800

BeGal2, BaGal2, CO2, asetilen (C2H2), alkin, allen (CH2=C=CH2), Ckarbin, CS2, N2, MgH2, CO, KrF2 …

sp2

Teng tomonli uchburchak

1200

BGal3, AlGal3, SO2, SO3, Cgrafit (geksanal), alken, benzol, stirol, H3PO3, H2SO3, HNO3, HNO2, KrOF2, XeOF2, COF2, O2, O3, H2CO3, aldegid va keton, HCOOH, CO32–, SO32–, BO32– …

sp3

Tetraedr yoki trigonal piramida

1090, 28’

CH4, SiO2, Na2SO4, galogenlarning hosil qilgan kislotalari va ularning tuzlari, NH3, NH4+, H3PO4, alkan, sikloalkan, P4, HMnO4, H2MnO4, KrO2F2, Colmos, H2O, H3O+, F2O, P4O10, POCl3, CCl4 …

 

sp3d

Uchburchakli bipiramida

120o va 90o

PGal5, SbGal5, SF4, ClF3, XeF2,

sp3d2

Oktaedr

–––

SF6, SCl6, Ba2[XeO6], K4[FeCN6], K3[FeCN6], [Cr(NH3)6]Cl3, [Cu(H2O)6]Cl2 …

Kompleks birikmalarning gibridlanishi

Kristall panjara turlari

Moddani kristall holatida uni tashkil etuvchi zarrachalarni hayolan to’g’ri chiziqlar orqali tutashtirganimizda hosil bo’lgan sistema kristal panjara deyiladi.

To’g’ri chiziqlar tutashgan joy kristall panjara tugunlari deyiladi.

Tugunlarda joylashgan kimyoviy zarrachalar (molekula, ion, atom va boshqalar) ning xiliga qarab kristall panjaralar quyidagi turlarga bo’linadi:

Metall kristall panjara

Molekulyar kristall panjara

Ionli kristall panjara

Atom kristall panjara

Molekulyar kristall panjara

Ionli kristall panjara
 

Metalmas + Metalmas

Metall + Metalmas

Kovalent bog’lanishli

Ion bog’lanishli

Suyuqlanish va qaynash haroratlari past

Suyuqlanish va qaynash haroratlari yuqori

Elektr tokini o’tkazmaydi - dielektrik

Qattiq holatda elektr tokini o’tkazmaydi, eritmasi va suyuqlanmalari o’tkazadi

Suvda yomon eriydi

Suvda yaxshi eriydi

Qattiqligi eng past. Mo’rt bo’ladi

Qattiqligi yuqori

Sublimatlanadi

Qutbsiz erituvchilarda erimaydi

Kristall panjara

Kristall panjara

Atom kristall panjara
 

Metall kristall panjara
 

Metalmas + Metalmas

Metall + Metal

Puxta kovalent bog’lanishli

Metall bog’lanishli

Suyuqlanish va qaynash haroratlari eng yuqori

Suyuqlanish va qaynash haroratlari yuqori

Elektr tokini o’tkazmaydi (dielektrik yoki yarim o’tkazgich)

Elektr tokini juda yaxshi o’tkazadi

Suvda va qutbsiz erituvchilarda erimaydi

Eng qattiq

Qattiqligi mustahkam

 

Plastik va bolg’alanuvchan

Kristall panjara

 
Molekulyar kristall panjara
 

Barcha gazlar, nodir gazlar, NH3, H2, O2, N2, CO2 – quruq muz, O3, oq fosfor, S8, Gal2, HGal, H2Omuz, C6H6, ko’pchilik organik moddalar, spirtlar, mochevina, kraxmal

Ionli kristall panjara

Oksidlar, asoslar, tuzlar, gidridlar CaO, LiH, KOH, NaCl

 Atom kristall panjara

Be, B, Si, Colmos, Cgrafit, Ckarbin,
qizil va qora fosfor,
Karborund – SiC, qum, kvars – SiO2, B4C3, Ge, TiO, TiO2,

 
Metall kristall panjara

Sof metallar va metallarning qotishmalari.
Al, Cu, Au, Ag, Fe, Zn, Mg, Pb, Sn, Cr, V, W, Mo, Li, Ni, Co, Ti, Be va boshqalar.
Qisman grafit va qora fosfor.

E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT