1967-yilning 7-sentabrida Xurshida Hasanova tug’ildi.1974-yili umum ta’lim maktabiga o’qishga bordi.
1975-yili T. Sodiqov nomidagi Toshkent shahar Bolalar musiqa maktabining fortepiano sinfida hamda kompozitorlik mutaxassisligidan Avaz Mansurov sinfida tahsil oladi.
Konservatoriyani imtiyozli tugatib yo’llanma bilan Nizomiy nomidagi TDPU ning musiqa fakultetida musiqa nazariyasidan 1998-yilga qadar dars berdi. 2000-yildan konservatoriyaning musiqa nazariyasi kafedrasida o’qituvchi lavozimida ishladi.Shu bilan bir qatorda kompozitor Toshkent shahar qo’shimcha ta’lim majmuasi qoshidagi Sevinch vokal studiyasida musiqa rahbari lavozimida ishlamoqda.
1991-2000-yillarda fortepiano uchun “Variatsiyalar”,”Pyesa-lar”,”Sonatina”,fortepiano va simfonik orkestr uchun bir qismli “Konsert’’,simfonik poema ,torli orkestr uchun 4qismli syuita ,jo’rsiz xor uchun E.Vohidov zo’ziga “Iltijo” ikki qismli turkum hor, skripka,fleyta,goboy,klarnet,kabi cholg’ular yog’ochli damli cholg’ular kvartetiga “Kvartet”larni yozgan. Uning ilk asari “Pilla qurtim” qo’shig’I bo’lgan.
ESTRADA VA BOLALAR UCHUN YOZGAN QO’SHIQLARIEstrada xonandasi K.Razzoqova repertuaridan quyidagilar: 1.Chinni gullar, 2.Sog’inaman, 3.Yetolmayman, 4.Kuz gullari, 5.Rostini ayting 6.Alangadan nido“Sevinch” bolalar vocal guruhining repertuari-dan esa quyidagi qo’shiqlar o’rin olgan:
Kompozitor X.Hasanova 2000-yilda Navro’zga bag’ishlangan qo’shiq ko’rik tanlovida “Turnalar”qo’shig’I uchun 2-darajali mukofotga sazovor bo’ldi.2000-2001- yillarda Navro’z va Mustaqillik bayram dasturlarida uning:
“Turnalar”,”Sog’lom avlod”,va “lola” qo’shiqlari yangradi.
2000-yilda yana “Chegaramiz harbiylari”degan asari uchun eng yahshi bastakor nomini olishga muyassar bo’ldi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.