Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI GEOLOGIYA VA
GEOGRAFIYA FAKULTETI
GEOGRAFIYA YO`NALISHI 3
BOSQICH TALABASI DAVLATOVA
DILSHODANING GEOGRAFIYA
O`QITISH METODIKASI FANIDAN
TAQDIMOTI
QABUL QILDI: p.f.n.dots. B.X. Nikadanbayeva
MAKTABGACHA TA'LIM
Maktabgacha ta`lim tushunchasi
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs
bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bulgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 67
yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada
amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayorlash, bolani sog’lom,
rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan
ishtiyoqini tarbiyalashdir
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti
va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim
muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari,
shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga
biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot
xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti
va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va
qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni
olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha
ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil
etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim
muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid
talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “
Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning
hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish
tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta`lim tizimi
Maktabgacha ta’lim muassasalari –
O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim
muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi
maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim
dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha
ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha
bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni,
nazorat qilishni, parvarishlashni va
sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.
O’zbekistonda maktabgacha ta`lim
muassasalarining zamonaviy tizimi
Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga
bo’linadi:
• Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar bog’chasi (mustaqil
muassasa yoki filial sifatida).
• Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasimaktab).
• Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar)
tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.
• Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi
turdagi bolalar bog’chasi.
• Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi
zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi.
• Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga
rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).
Maktabgacha ta`lim muassasalarining
asosiy maqsadlari
Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar,
quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:
• Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;
• Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;
• Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan
tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;
• Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;
• Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash.
Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy
va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok tadilar.
Umumiy o`rta ta'lim
Umumiy o’rta ta`lim tushunchasi
Umumiy o’rta ta`limning maqsadi ishtirokchilarni madaniy va maishiy, xalq
xo’jaligining turli sohalarida faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan fan
asoslarining tizimli bilimlari, mahorat va malaka bilan qurollantirishdan
hamda maxsus ta`lim olish (kasbhunar, texnik, o’rta, oliy) imkoniyatini
yaratishdan iboratdir.
Umumiy o’rta ta`lim tizimi
O’zbekistonda majburiy, bepul, muddati 9 yildan iborat bo’lgan umumiy o’rta
ta`lim mavjud bo’lib, u boshlang’ich (14 maktab sinflari) va o’rta (59
maktab sinflari) ta`limga bo’lingan.
Imkoniyatlari
Boshlang’ich ta`lim umumiy o’rta ta`lim olish uchun zarur bo’lgan bilim va malakaning, savodxonlik
asoslarining shakllantirilishiga yo’naltirilgan. Birinchi sinfga bolalar 67 yoshdan qabul qilinadi.
Boshlang’ich ta`lim O’zbekistonda majburiy, bepul va barchaga taalluqli hisoblanadi. Bu maktab
yoshiga etgan barcha bolalar umumiy yoki maxsus (nogiron bolalar va rivojlanishdan orqada qolgan
bolalar) boshlang’ich maktabga borishlarini bildiradi. Bolalarni boshlang’ich ta`limga jalb qilish mos
keluvchi yoshidagi bolalarning 100% tashkil qiladi. Bola boshlang’ich maktabni tugatar kan, u o’qish,
yozish va hisoblash mahoratiga ga bo’lishi kerak. O’quvchiga nazariy fikrlash elementlari, o’rgatilgan
harakatlarni boshqarish mahorati singdirib boriladi. Nutq madaniyati, shaxsiy gigiena asoslari,
sog’lom hayot tarzi va jamiyatda o’zini tutish bilimlari ham berib boriladi. O’quv fanlarining sifat va
tirkibi boshlang’ich maktabda, maktab turi va o’qitish sharoitlariga ko’ra o’zgarib turadi.
Maktabning barcha birinchi sinf o’quvchilari bepul o’quv kitoblari va o’quv asboblari bilan
ta`minlanadi. 1996 yildan beri kam ta`minlangan oilalardan bo’lgan 19 sinf o’quvchilari har yili
davlat byudjeti hisobidan o’quv ashyolari hamda qishki kiyim komplektlari bilan ta`minlanadi.
O’zbekistonda boshlang’ich va o’rta ta`lim tashkil qilinishi va tarkibiga ko’ra bir biri bilan bevosita
bog’liq. Har bir umumta`lim maktabi ikkala pog’onada umumiy o’rta ta`limni amalga oshiradi. Bu
boshlang’ich maktabda bitiruvchilarning to’liq hisobini olib borishni va umumiy o’rta ta`lim tizimida
uzluksizlikni ta`minlaydi.
Umumiy o’rta ta`lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tashkiliy
mahorat va amaliy tajriba poydevorini qo’yib, boshlang’ich professional yo’nalishni va ta`limning
keyingi pog’onasini tanlashda ko’maklashadi.
Umumiy o’rta ta`lim boshlang’ich ta`limning mantiqiy davomi bo’lsa ham, tarkibiy sifatiga va
o’qitish uslubiga ko’ra farq qiladi. Umumiy o’rta ta`lim ishtirokchining ijtimoiy mavqeini belgilab
olishga bo’lgan ishtieq, qiziqish va qobiliyatlarini, uning shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlaydi.
O’quvchi o’rta maktabda fan asaslari bo’yicha tizimli bilimlarni oladi. Ta`lim jarayonida keng
duneqarash shakllanishi va ijodiy fikrlash qobiliyati paydo bo’ladi. Xalqning boy ma`naviy va
madaniy me’rosi bilan tanishtirib borish orqali bolada atrofdagi olamga bo’lgan g’amxo’rlik hissi
uyg’otib boriladi. O’rta maktab o’quvchilar uchun maktab fanlarini mustaqil o’rganishga keng
imkoniyatlar ratib beradi. O’rta ta`limning tarkibiy qismiga majburiy va qo’shimcha
komponentlar kiradi.
Majburiy komponent davlat ta`lim standartlari bilan aniqlanadi va ishtirokchining minimal kerakli
tayyorgarlik darajasini belgilaydi. Uning muvaffaqi ti o’rta ta`lim muassasalari tomonidan
kafolatlanadi. Bu komponent davlat va jamiyat buyurtmasi, shaxsning qiziqish va talabi asosida
belgilanadi.
Qo’shimcha komponent ishtirokchining talab va qobiliyatidan, maktabning moddiytexnik va
kadrlar bilan ta`minlanganlik darajasidan, territoriyaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga
bo’lgan talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qo’shimcha o’quv vazifalar hajmi Xalq
Ta`lim Vazirligi tomonidan belgilangan normativlar asosida taqsimlanadi. Maktabning o’quv
tarbiyaviy ishlari, Xalq Ta`lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Bazisli uquv rejasi va
umumiy o’rta ta`limning o’quv dasturlari orqali amalga oshiriladi.
O’quv fanlari, umumiy ta`lim dasturlari ro’yxati, o’quv vaqtining davomiyligi Bazisli uquv
reja va umumiy o’rta ta`limning davlat ta`lim standartlari bilan belgilanadi.
Umumiy o’rta ta`lim qatnab o’qish va bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi orqali amalga
oshiriladi. Bitiruvchilarga davlat attestatlari, alohida muvoffaqiyatlarga erishganlarga esa
imtiyozli attestatlar beriladi.
Mustaqil ravishda umumiy ta`lim dasturini o’zlashtirgan ishtirokchilarga, Xalq ta`lim
vazirligi tomonidan tasdiqlangan Eksterna haqidagi nizomga asosan, eksterna tartibda
attestatsiyadan o’tish huquqi beriladi.
g iz
o ri n
x m a t
` ti b
n r a
E
u
h
c
u