Musiqa dars ishlamalari
Оценка 4.9

Musiqa dars ishlamalari

Оценка 4.9
docx
09.06.2020
Musiqa dars ishlamalari
MTTda musiqiy ta`limni rivojlantirish.docx

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

musiqiy ta’limni

rivojlantirish.

Musiqa insonga quvnoq kayfiyatni bag’ishlaydi inson qalbining yo’ldoshidir, go’zallikni his etishga o’rgatadi. Musiqa nafosat tarbiyasining bir bo’lagi. Inson bolaligidan musiqa tinglash, qo’shiq xirgoyi qilish, turli musiqali ovoz ostida raqs xarakatini bajarishga intilib boradi. Mana shu intilish natijasida insonda qobiliyat, iqtidor va iste’dod rivojlanib boradi.

      “Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qo’yilgan  davlat talablari” da musiqiy ta’limni bolalarda rivojlantirish ijtimoiy – hissiy rivojlanish yo’nalishida va jismoniy rivojlanish yo’nalishlarida  ko’rsatib o’tilgan.

        Maktabgacha ta’lim muassasasi bola tarbiyasida muhim bosqich sanaladi. Musiqa tarbiyachisi bolalarni estetik va ahloqiy jixatdan tarbiyalashda alohida o’rin tutadi. Muassasadagi  musiqiy tarbiya estetik tarbiyaning muhim sohasidir.

      Musiqa bolalar uchun quvonch va kechinmalar dunyosi bo’lib, musiqiy va amaliy faoliyat turlarida namoyon bo’ladi, ya’ni musiqa tinglash, qo’shiq aytish, musiqa jo’rligida xarakat qilish va  bolalar musiqa asboblarini chalish jarayonida  ularda hissiy  tuyg’ulari rivojlanib boradi.

Musiqa bolalarni rivojlantirish uchun boy manbadir. Bolalarda hissiyotning rivojlanishiga ko’maklashishi musiqaning eng yaqqol namoyon bo’ladigan rolidir: alla bolalarni tinchlantiradi va xotirjam qiladi, alla eshitib uxlagan bolalar o’z qo’g’irchoqlariga  ham alla aytadilar. Tinchlantiruvchi musiqa albatta qo’shiq bo’lishi shart emas. Barcha zamonlarda va xalqlarda onalar o’z go’daklariga takrorlanuvchi ikki notali ohangni past ovozda kuylaganlar. Har bir madaniyatda mehr-muhabbat va bayramlar haqidagi oddiy qo’shiqlar mavjudki, bolalar ularni yodlay oladilar va bu ularga o’z his- tuyg’ularini ifodalashga yordam beradi. Marsh bolaga  faxr tuyg’usini va g’ayrat, tetiklikni bag’ishlaydi.

Musiqa mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar:

Ø guruhda ijodiy muhit yaratish;

Ø bilimlarni ongli o’zlashtirishga erishish;

Ø ta’lim va tarbiya mushtarakligiga erishish

Ø musiqa san’atidagi go’zallikni, hunuklikdan ajrata olish, doimo nafislikka intilish;

Ø san’atdagi nafislik va go’zallikni anglashga yo’naltirish;

Ø musiqa asarlarini diqqat bilan tinglashga, kuylanayotgan qo’shiqlarni ifodali ijrosiga erishish;

       Musiqani  butun kun davomidagi ko’plab faoliyat turlari qatoriga kiritish mumkin. Biroq musiqa foniga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondoshmoq zarur. Musiqa chalinayotgan aksariyat hollarda  u bolalarning diqqat markazida bo’lmog’i lozim. Jonli musiqa, ayniqsa, bu kattalarning mashhur musiqasi bo’lsa, kattalar uchun yoqimli bo’lishi mumkin, lekin u bolalarni chalg’itishi mumkin.

       Musiqa har kungi rejimli daqiqalarga  rioya etishni yoqimliroq qiladigan tarzda foydali omil bo’lishi mumkin. Buning uchun tegishli qo’shiqlarning, masalan, tabrik qo’shiqlarini to’qish yoki tanlab olish mumkin. Butun guruh yig’ilgan mahalda ashula aytish ajoyib mashg’ulot. Qo’shiqlar dam olish vaqtida bolalarni tinchlantirishning ajoyib vositasi hisoblanadi.

       Ma’lumki, nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan ishlashda, ularning nutqlarini tiklashda  musiqa mashg’ulotlari katta o’rin tutadi. Bunday guruh bolalari bilan musiqa rahbari logoped o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlasa o’z maqsadiga yetadi. Chunki bu soha bo’yicha musiqa mashg’ulotlarini tashkillash bo’yicha xozirgi kunda metodik qo’llanmalar kam.

Nutqida nuqsoni bor bolalarning nutqini tiklashda musiqa rahbarlari ko’proq logoritmikaga e’tibor qilishlari ko’zda tutiladi. Bunda:

u to’g’ri nafas olishni yo’lga qo’yish;

u ovozni rivojlantirish ustida ishlash;

u temp va ritm ustida ishlash;

u eshitish va xotirani rivojlantirish;

u umumiy va maxsus motorikani rivojlantirish;

u so’zlarni xarakatlar bilan to’g’ri ishlay olish;

u intonatsiya va shu registrlar ustida ishlash;

u o’yinlar.

        Har bir musiqa rahbari xar bir musiqa mashg’ulotini qiziqarli va bolalar xotirasida uzoq saqlanishi uchun ko’rgazmalardan unumli foydalanishni bilishi zarur. Mashg’ulotni tashkillashda musiqa rahbari quyidagilarni yoddan chiqarmasligi kerak:

 

u mashg’ulot bayoni, yangi qo’shiq, raqs xarakatlari, foydalaniladigan cholg’u asboblari uchun tayyorlangan ko’rgazmalar;

u qismlarni bir-biriga uzviy bog’lay olish;

u bolalarni qiziqtirish uchun ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga oligan xolda sodda va past ohangda muloqatda bo’lish;

u texnika vositalaridan foydalana olish;

u testlar va boshqotirmalar yordamida  bolalar bilim va ko’nikmalarini mustahkamlab borish;

u musiqaviy xarakatli o’yinlarni atributlar va  o’yinchoqlar yordamida tashkillash.

 

Mashg’ulotni rejalashtirishda quyidagilarga e’tibor berishi kerak:

u - Musiqa tinglashda rasmlardan, bastakor va kompazitor portretlaridan, xilma-xil rangdagi shakllardan foydalanish;

u - Ovoz sozlash mashqlarida musiqali zinacha ko’rgazmali qurollardan, tarqatma test banklaridan va rasmlardan foydalanish;

u - Qo’shiq aytishda rasmlarga qarab qo’shiq nomini topish;

u - Laparlar va raqslarda katta rasmli kubiklardan, magnit tasmalardan foydalanish;

u - Musiqali xarakatli va obrazli o’yinlarni o’rgatilganda shu o’yinga mos atributlarni tayyorlab fikrlashga o’rgatish, sahnalashtirilgan jarayonda bolalarni  mustaqil xarakat qilishlariga imkon yaratadi va katta o’rin egallaydi.

    Yuqorida ko’rsatilgan  tavsiyalar mashg’ulot jarayonida o’z  samarasini beradi. Bolalarning musiqa tafakkurini rivojlantiradi. Idroki va hissiyotini tarbiyalaydi.

      Maktabgacha yoshdagi bolalar yorqin va quvnoq ranglarni xush ko’radilar, ularda  bu orqali quvnoqlik  hissiyotlari rivojlanib boradi. Shu sababli bayram ertaliklarida musiqa rahbari, tarbiyachilar yorqin rangdagi kiyimlarda bo’lishlari talab qilinadi. Qora rang bolaning kayfiyatini buzadi, ya’ni unga salbiy ta’sir qiladi.

     Jajji kichkintoylar o’z o’yinlari orqali hayotni aks ettiradilar, ular taqlidchandirlar. Ular orasida kelajakdagi musiqa rahbarlari borligini unutmasligimiz kerak. Musiqa rahbari o’z mehnati orqali yetishtirgan bog’dan meva olsa, bu meva bizning kelajakdagi shogirdlarimizdir.

 

 


 

Maktabgacha ta’lim tashkilot larida musiqiy ta’limni rivojlantirish

Maktabgacha ta’lim tashkilot larida musiqiy ta’limni rivojlantirish

Musiqani butun kun davomidagi ko’plab faoliyat turlari qatoriga kiritish mumkin

Musiqani butun kun davomidagi ko’plab faoliyat turlari qatoriga kiritish mumkin

Har bir musiqa rahbari xar bir musiqa mashg’ulotini qiziqarli va bolalar xotirasida uzoq saqlanishi uchun ko’rgazmalardan unumli foydalanishni bilishi zarur

Har bir musiqa rahbari xar bir musiqa mashg’ulotini qiziqarli va bolalar xotirasida uzoq saqlanishi uchun ko’rgazmalardan unumli foydalanishni bilishi zarur

Yuqorida ko’rsatilgan tavsiyalar mashg’ulot jarayonida o’z samarasini beradi

Yuqorida ko’rsatilgan tavsiyalar mashg’ulot jarayonida o’z samarasini beradi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
09.06.2020