Нон учун хамир

  • pptx
  • 10.06.2023
Публикация на сайте для учителей

Публикация педагогических разработок

Бесплатное участие. Свидетельство автора сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Иконка файла материала haqiqiy pisa non.pptx

Bilish uchun tabiatni,
o’rganamiz fizikani!

Dars shiori:

O`TILGAN MAVZUNI SO`RASH

Quyosh sistemasi: 1.Merkuriy 2.Venera 3.Yer 4.Mars 5.Yupiter 6.Saturn 7.Uran 8.Neptun

“NON UCHUN XAMIR”
topshirig’ini kimyo, fizika va biologiya
darslarida qo`llash.

YODINGIZDAMI?

Bolalagimizda hammamiz “Bo`g’irsoq” ertagini sevib tinglaganmiz.

Bugun biz ham siz bilan
multfilmdagi buvijon
bajargan amalga doir topshiriqni
tabiiy fanlar- kimyo,biologiya
va fizika fanlarida qo`llash
jarayonini tahlil qilamiz.

BIOLOGIYA

Mashg’ulotda tahlil qilinadigan nazariy ma’lumotlar:

Non tayyorlash uchun xamir qilayotganda, osh tuzi, un, suv va xamirturush aralashtiriladi. Shundan so'ng xamir achitish jarayonini boshlash uchun bir necha soat davomida idishga joylashtiriladi. Achitish paytida kimyoviy jarayonlar xamirda paydo bo'ladi. Xamirturush (bir hujayrali qo'ziqorin) undagi kraxmal va shakarni karbonat angidridi va spirtga aylantiradi.

Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar biologiya fanidan 5- va 9-sinfda o’tiladigan “Zamburug’lar”mavzusidagi bir hujayrali (achitqi) zamburug‘lar, achish jarayoni haqidagi bilimlarni yodga olishlari kerak:

Xamirturushlar bir hujayrali zamburug'lardir.
Past haroratlarda (muzlatgichda) ular to'xtatilgan animatsiyaga tushadi - hayotning vaqtinchalik deyarli to'liq to'xtash holati.

Achitqi zamburug’lari qulay sharoitga joylashtirilsa,ulardagi hayotiy jarayonlar faollashadi.Buning uchun ularga quyidagilar kerak:

Aynan shu sabab ham multfilm qahramoni-
Buvijon bo`g’irsoq uchun xamirga suyuqlik
solib qoradi va uni hajmi ko`tarilishi uchun
issiqqina joyga qo`yadi.

Achitqilar hayot faoliyati
natijasida un tarkibidagi shakar va kraxmalni dastlab glukozaga, so‘ng karbonat angidrid va spirtga parchalaydi, xamir hosil bo‘lgan karbonat angidrid gazi hisobiga ko‘tariladi.

KIMYO

Achitqidan hosil bo`lgan karbonat angidrid xamirning ko'tarilishiga olib keladi.
Karbonat angidrid pufakchalari xamirni shishiradi,
unda bo'shliqlar hosil bo'ladi . Ular xamirni bo'shashtiruvchi teshiklar deyiladi.

Karbonat angidrid yengil, u, boshqa har qanday gaz kabi, qochishga intiladi, ammo un kraxmalining suv bilan ta’siri natijasida hosil bo'ladigan kleykovina bunga yo'l qo'ymaydi.

Yopishqoq va bardoshli kleykovina karbonat angidrid pufakchalarini o'rab oladi va ularni tashqariga chiqarmaydi.

Bunda qancha ko'p gaz hosil bo'lsa, xamir ko'proq hajmda ko'tariladi.

Yodingizda tuting! Xamir oshgan sari uning vazni yengillashib boradi.
Buning sababi achitqilarda ekanligini isbotlash uchun novvoyga 4-xil tajriba taqdim etamiz.
Aynan qaysi tajribalarni tanlash va taqqoslash lozimligini aniqlashda sizning yordamingiz zarur bo`ladi.

FIZIKA

Molekula (lotincha moles - massa) bitta atomdan yoki bir necha atomdan tashkil topishi mumkin. Masalan, suv molekulasi 3 ta atomdan tashkil topgan. Unda 1 ta kislorod va 2 ta vodorod atomi bor

Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarrachaga molekula deyiladi.

NON PISHIRISH TEXNOLOGIYASI
1.Nondagi nam 100°C ga yaqin haroratda faqat qobiq va mag‘iz oraligida joylashgan bug‘lanish zonasida bug‘lanadi;

2.Qobiq butunlay suvsizlangan qavat bo‘lib, nonning ichki qavatlaridan ajralgan nam bug‘ holatida qobiqdan o‘tib ketadi.

3. Pishirish jarayoni qanchalik uzoq davom etmasin bug’- lanish zonasi bilan o ‘ralgan m a g ‘izning harorati 100°C dan oshmaydi

4.Suv bug`larining kondensatsiyasi hisobiga issiqlik xamir zuvalasiga uzatilib, uning qizdirilishini tezlashtiradi.

Pisa savollari (biologiya,kimyo,fizika)


1.Achish natijasida xamir ko‘tariladi (hajmi ortadi). Xamir nima sababdan
ko‘tariladi? (BIOLOGIYA)

2.Rasmda ko‘rsatilgan to‘rtta tajribaning boshlanishida xamirning massasi bir xil bo‘lgan. Novvoy qaysi ikkita tajribaning natijalarini o‘zaro taqqoslab, xamirning massasi kamayishiga achitqilar sababchi ekanini aniqlashi zarur? (KIMYO)

3.Xamirdagi xamirturush kimyoviy reaksiya natijasida undagi kraxmal va shakarni karbonat angidrid va spirtga aylantiradi. Karbonat angidrid va spirt qayerdan paydo bo'ladi?(KIMYO)

4.Nonvoy oshgan xamirda non yasab tandirga yopganda bug` va gaz pushakchakari kengayadi.Nima sababdan gaz va bug` qizdirildanda kengayadi?(FIZIKA)

1-savol
Achish natijasida xamir ko‘tariladi (hajmi ortadi). Xamir nima sababdan ko‘tariladi?
A .Xamir ko‘tariladi, chunki gazsimon holatga o‘tadigan spirt hosil bo‘ladi.
B. Xamir ko‘tariladi, chunki bir hujayrali zamburug‘lar ko‘payadi.
C. Xamir ko‘tariladi, chunki karbonat angidrid gazi hosil bo‘ladi.
D. Xamir ko‘tariladi, chunki achish jarayonida suv bug‘ ga aylanadi.

1-savolni baholash mezoni:
Agar o‘quvchilar to‘g‘ri javob sifatida
“C. Karbonat angidrid gazi hosil bo‘lishi natijasida xamir ko‘tariladi” variantini belgilashsa, javob to‘liq qabul qilinadi.
Boshqa javoblar yoki javob yo‘q bo‘lsa, qabul qilinmaydi.

Mazkur savol o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasini baholashga qaratilgan.

Nazorat va sinov tajribalari

Og’zi yopiq idish holatida…..

Bu ikki xil tajriba sharoitlari tadqiq
etilayotgan omil (achitqi) ning bor yoki yo‘qligi bilangina bir-biridan farq qiladi.

Nazorat va sinov tajribalari

Og’zi ochiq idish holatida…..

Bu ikki xil tajriba sharoitlari tadqiq
etilayotgan omil (achitqi) ning bor yoki yo‘qligi bilangina bir-biridan farq qiladi.

Скачивание материала доступно только для авторизованных пользователей.