Олмошларнинг тузилишига кўра турлари

  • Презентации учебные
  • pptx
  • 07.01.2020
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Олмошларнинг тузилишига кўра турлари
Иконка файла материала 7-sinf.pptx

Sana: 26-oktyabr  Sinf: 7-“A” sinf Fan: Ona tili  

Mavzu

Olmoshlarning tuzilishiga ko`ra turlari

Maqsad va vazifalar

Darsning ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga olmoshning tuzilishiga ko`ra turlari haqida ma’lumot berish;
Darsning tarbiyaviy maqsadi:o’quvchilarni ota-bobolarga hurmat, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash .
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o`quvchilarni hamkorlikda ishlashga o’rgatish, ularning mustaqil fikrlash ko’nikmasini rivojlantirish,og`zaki va yozma nutqini o’stirish;

O`quv jarayonining mazmuni

Olmoshning tuzilishiga ko`ra turlari haqida bilimlarini shakllantirish;

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars turi: yangi bilimlarni o`zlashtirish, musobaqa
Dars usuli: jamoa va kichik guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Xazinalar sandig`i”.
Vosita: elektron darslik, kompyuter, test ,tarqatma savollar,

Kutiladigan natijalar

O`quvchilarni olmoshning tuzilishiga ko`ra turlari haqidagi bilimlari kengayadi, og`zaki va yozma nutqi o`sadi va kelgusida bilimlari oshadi.

Kelgusi rejalar(tahlil o`zgarishlar)

O`qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining tahlil va takliflari asosida keyingi darslarga o’zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.

Darsning texnologik xaritasi

T\r

Dars bosqichlari

Vaqti

1.

Tashkiliy lahza

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzularni takrorlash

8 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5.

O`quvchilar bilimini baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa berish





Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti

DARSNING SHIORI :
Har bir millatning dunyodagi borlig’ini ko’rsadurg’an oyinayi hayoti til va adabiyotidur.
Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdir.
( A. Avloniy )



I. Tashkiliy qism:


O`qituvchi: Aziz o`quvchilarim sinfda kim navbatchi?
Savolga berib javob o`rnidan tursin tezda.
O`quvchi: Navbatchi menman ustoz
Har so`zingiz dilga mos
So`rang javob beraman,
Hurmatim bildiraman
O`qituvchi: Avval aytgin sanani,
So’ng boshla bor-u yo’qni.
O`quvchi: Bugun sana 26-oktabr , darsimiz ona tili,
Bugun darsda hamma bor,
Barcha o`quvchi tayyor.
Navbatchi o`quvchi axboroti tinglanadi.7–“A”sinf o`quvchilari ishtirokida
ona tili fanidan “Olmoshlarning tuzilishiga ko`ra turlari”
mavzusida sinf o`quvchilarini bilimini sinovchi musobaqali ochiq
dars e‘tiboringizga havola etiladi.





Yo`lingdan adashi zormiding o`zbek,
Sen hayot to`palon ko`chalarida.
Kofirlar qo`lida xormiding o`zbek,
Zimiston umrning kechalarida.
Senga deb ,sen uchun qirq yurtni olgan
Menga ayt ,qayerda, qani Temuring.
Qo`lini uzatsa yulduzni tutgan
Ulug`beging seni sha’ning, g`ururing.
Nechun Nodiraning ko`zlarida nam,
Furqating,Cho`lponing,Fitrating qani?
Seni deb ular ham,chekdiku alam
Shunda ham bardoshing bormi hali ham.

O`zliging topib sen,so`zing tilingda
Boshqa hech yurmagay endi yo`lingda
Aylanayin seni, o`zbek tilingdan,
Endi boshqa tilga zor emas o`zbek
Qani aytingchi aziz o`quvchilar biz oktyabr oyida qanday bayramlarni , qanday
mihim sanalrni nishonlaymiz qanday bayramni nishonlaymiz?
O`quvchilar:1-oktyabr- Ustoz va murabbiylar kuni,
21-oktabrda -O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunni nishonlaymiz.
Bizning ona tilimizda qanday buyuk shaxslar ijod qilishgan?
O`quvchilar: Alisher Navoiy , Bobur, Abdulla Avloniy, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy
kabilar ijod qilishgan. Ular o`z ona tillarida o`lmas asarlar yaratishgan.

Sinf o`quvchilari guruhga bo`linadi. Guruh a’zolari o`zlariga nom tanlashadi.Har bir guruh o`ziga sardor tanlaydi.
1-guruh: “Sodda olmoshlar”
2-guruh: “Qo`shma olmoshlar”.
3-guruh: “Juft olmoshlar”
4-guruh: “Takroriy olmoshlar”
O`qituvchi: Qani o`quvchilar biz o`tgan darsimizda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?
O`quvchi: Biz o`tgan ona tili darsimizda olmoshlar o`rnida qo`llanadigan so`zlar mavzusi bilan tanishgan edik.
O`qituvchi: 1-topshiriq: “Klaster usuli ” o rqali darsni mustahkamlab olamiz. Har bir guruhga tarqatmalar beriladi. Guruh tez va chaqqon men olmoshi o`rnida qo`llanadigan so`zlarni topadi, qaysi guruh tez bajarsa, yuqori ball oladi.



















2-topshiriq: O`tilgan mavzular yuzasidan
test sinovi o`tkaziladi.




1.Olmoshlar ma`nosiga ko`ra necha guruhga bo`linadi?
A.6, B.7, S.5, D.8.
2.Biz kelajagi buyuk Vatanning farzandlarimiz. Ushbu
gapda olmoshning qaysi turi ishtirok etgan?
A.Kishilik olmoshi, B.Ko`rsatish olmoshi,
S.O`zlik olmoshi, D.Gumon olmoshi.
3.Belgilash olmoshlari berilgan qatorni toping.
A.men,sen, u, B.O`zim, o`zing,
S.Butun,bari, hamma, D.u,bu,o`sha.



































Yangi mavzu bayoni: Olmoshlarning tuzilishiga ko`ra turlari
Olmoshlar tuzilishiga ko`ra sodda, qoshma. jutf, takror olmoshlarga bo`linadi.
1.Sodda olmoshlar: faqat bir asosdan iborat bo`lgan olmoshlar. Kim, nima , hamma, barcha singari tub olmoshlar; qaysidir, allakim, allaqanday kabi yasama olmoshlar sodda olmoshlardir.
2. Qo`shma olmoshlar: ikki asosdan tashkil topib, tarkibida hech, har, bir qismlari mavjud bo`lgan olmoshlar qo`shma olmoshlardir.
3.Juft olmoshlar: bir-biriga mazmunaa yaqin olmoshlar ul-bul, unda-bunda .
4.Takroriy olmoshlar: bir olmoshning aynan yoki ayrim tovush o`zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo`lgan olmoshlar .
M: Shu-shu, uncha-buncha, o`z-o`zimga, nima-nima, hamma-hammasi, o`sh-o`sha .



Zarafshon shahar
8-umumiy o’rta ta’lim
maktabi ona tili va adabiyot
fani o’qituvchisi Hayitova Shaodat Raxmatovnaning
7-“A” sinflar uchun ona tili fanidan “Olmoshlarning tuzilishiga
ko`ra turlari”mavzusida tayyorlagan
dars ishlanmasi