Bashariyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri bo‘lgan olov inson hayotida muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga, zarur xavfsizlik choralariga rioya etishni ham talab qiladi. Olovdan foydalanishga oid qoidalarga bepisandlik bilan qarash yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Jilovlash qiyin bunday “tilsiz yov” ko‘p hollarda katta moddiy va ma’naviy zarar yetkazishi, hatto odamlar hayotiga zomin bo‘lishi ham mumkin. Bunday ayanchli holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, avvalo, yong‘in chiqishining oldini olish, yong‘in paydo bo‘lgan vaziyatda uning salbiy oqibatlarini kamaytirish darkor.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, nazorat qilib bo‘lmaydigan yong‘inlarning oldini olishga doir keng ko‘lamli profilaktika ishlarini bajarish, yong‘in o‘chirish xizmatini texnik va texnologik jihozlash, bu borada yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, yong‘inlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir samarali, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq va texnik asoslangan vositalarni joriy etish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu keng ko‘lamli ishlarni mustahkam me’yoriy-huquqiy asoslarni yaratmasdan turib, hayotga bosqichma-bosqich va tizimli ravishda tatbiq etib bo‘lmaydi.
. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-noyabrda imzolangan “Har yili yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori istiqlol yillarida bu borada qabul qilingan muhim hujjatlardan biridir.
Ta’kidlash joizki, "Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonunning ayrim moddalarida yong‘in-texnik komissiyalari, ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari, yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi, shuningdek, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni tartibga soladigan tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarning in’ikosi o‘z ifodasini topgan. Bularning barchasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-mart kuni qabul qilingan qarorida aks etgan
Yong‘in-texnik komissiyalarining asosiy vazifalari avvalgidek saqlab qolingan. Ob’ektda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha standartlar va normalar buzilishini aniqlash, yong‘in profilaktikasi ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda yong‘indan saqlash xizmatlariga ko‘maklashish, yong‘in xavfsizligi va ob’ektning yong‘inga qarshi himoyasini yaxshilash masalalari bo‘yicha ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini tashkil etish, xodimlar o‘rtasida ommaviy tushuntirish ishlarini olib borish shular jumlasidandir. YoTK vazifalari va majburiyatlariga oid yangi normalar joriy etildi va eskilariga aniqlik kiritildi. YoTK ishlarini tashkil etish tartibi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi. Ilgari ular o‘z ishini ish vaqtida va barcha ish smenalarida tashkil etgan bo‘lsa, endi majburiy talab joriy qilindi, ya’ni ular o‘z ishini yil choragi yoki yarim yil uchun ishlab chiqiladigan, tashkilot komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida amalga oshiradi.
Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va tegishli jamoat birlashmalari vakillari yordamida ixtiyoriy asosda umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tashkil etilishi mumkin. Ular yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash uchun o‘qituvchilar yoki yong‘in xavfsizligi xodimlaridan iborat jamoat tashkilotchisini tasdiqlaydi.
Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash bir qancha yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi navbatda, bu yigit-qizlarga yong‘in xavfsizligi qoidalari va yong‘in sodir bo‘lganda harakat qilish qoidalarini o‘rgatish, birlamchi o‘t o‘chirish vositalari va yong‘in-texnika uskunalari bilan tanishtirishdan iboratdir. Bunda yong‘in xavfsizligi qismlari, yong‘in-texnik ta’lim muassasalariga borish, sohaning xizmat ko‘rsatgan xodimlari hamda faxriylari bilan turli uchrashuvlar tashkil qilish, mavzuga oid to‘plamlarni tuzish ko‘zda tutiladi. Shu bilan birga, yoshlarni ijodiy rivojlantirish uchun yong‘in-texnik modellashtirish to‘garaklarini ham tashkil etish mumkin.
Buning samarasida yoshlarda yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha ommaviy tushuntirish ishlarida yordam beradigan bilim hamda ko‘nikmalar shakllanadi.
Yosh yong‘in o‘chiruvchilarni tayyorlash borasida ham o‘zgarishlar bo‘ldi. Avval ular kattalarga davlat mulki, fuqarolar hayoti, salomatligi va mol-mulkini yong‘inlardan saqlashda amaliy ko‘maklashishi, ya’ni yong‘inlarni o‘chirishda bevosita ishtirok etishi ko‘zda tutilgan edi. Yangi hujjatda esa bu holat istisno etilib, asosiy e’tibor yigit-qizlarni sport bo‘yicha tayyorlashga qaratilgan.
Mamlakatimizda sportning yong‘in-amaliy turi rivojlanmoqda, respublika darajasidagi maxsus musobaqalar o‘tkazilmoqda va ular yildan- yilga ommaviy tus olmoqda. Har yili ularda g‘olib chiqqanlar xalqaro bellashuvlarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallamoqda. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda yosh yong‘in o‘chiruvchilar harakatini rivojlantirish bolalarning foydali dam olishini tashkil qilish, sportning yong‘in-amaliy turi bo‘yicha sportchilar zaxirasini tayyorlashda va yoshlarni kasbga yo‘naltirishda ko‘maklashmoqda.
Bu boradagi ishlar ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Yong‘in-texnik komissiyalari faoliyatini to‘la qayta ko‘rib chiqish, ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati va yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etish ishlarini takomillashtirish, shuningdek, mamlakatimizdagi barcha idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish davom ettirilmoqda. Ayni paytda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonunida belgilangan talablarni bajarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Yong`inni o`chirish uslublari va o`t o`chirgich moddalarning xususiyatlariga
Yong`inni o`chirish uslublari va o`t o`chirgich moddalarning xususiyatlariga mos ravishda yong`inni o`chirish vositalari tanlab olinadi. Ular asosiy, maxsus va yordamchi vositalarga bo`linadi. Asosiy vositalar - yong`inga o`t o`chirgich moddalarni (suv, ko`pik, kukun, karbonat angidrid gazi va boshq.) sepish uchun belgilangan. Bularga avtomobil, avtosisterna, motopompa, o`t o`chirgichlar ra boshqalar kiradi.
Maxsus vositalar - yong`inni o`chirishda maxsus ishlarni bajarish uchun ishlatiladi. Ularga avtonarvonlar va tirsakli ko`targichlar, yoritish va aloqa avtomobillari, shuningdek operativ avtomobillar kiradi.
Yordamchi vositalar - yong`inni o`chirishdagi ishlarni bajarish uchun yetarli sharoit yaratadi. Bularga avtosuv quygichlar, yuk avtomobillari, avtobuslar, traktor va boshqa mashinalar kiradi.
Birlamchi o`t o`chirish vositalari yong`in boshlanganda alangani keng tarqalib ketmasligini to`xtatish va o`chirish uchun qo`llaniladi.
İshlab chiqarish korxonalariga va qishloq xo`jaligi mashinalari uchun zarur bo`lgan birlamchi o`t o`chirish vositalariga talab o`zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi Vazirligining 1998 yil 12 iyundagi № 44 3-5-21 sonli qaroriga asosan aniqlanadi.
O`t o`chirgichlar - yong`in boshlanish vaqtida o`chirish uchun qo`llaniladi. o`t o`chiruvchi moddalarning tarkibiga qarab o`t o`chirgichlar ko`pikli, gazsimon, suyuq, kukunsimon guruhlarga bo`linadi.
Ko`pikli o`t o`chirgichlar - kimyoviy ko`pikli va mexanikaviy-havo turlarga bo`linadi. Kimyoviy ko`pikli o`t o`chirgich OXP-10 yona boshlagan qattiq materiallarni, maydoni 1 m2 dan oshiq bo`lmagan turli yonuvchi suyuqliklarni o`chirish uchun qo`llaniladi. OXP-10 o`t o`chirgich payvandlangan po`lat idishdan 128 iborat. Uning usti cho`yan qopqoq berkitkich tuzilma bilan kavsharlangan.
OVP-5 va OVP-10 havo-ko`pikli qo`l o`t o`chirgichlar turli moddalar va materiallar yona boshlaganda o`chirish uchun belgilangan. Uni ishqoriy metallar, moddalar, havosiz yonuvchi jismlar va tok ostida bo`lgan elektr qurilmalarni o`chirishda qo`llanilmaydi. Ularning o`t o`chirish samaradorligi bir xil hajmdagi kimyoviy ko`pikli o`t o`chirgichlarga nisbatan 2,5 marta ortiq. Neytral zaryadni amaliy qo`llanilishi yong`inni o`chirishdagi o`t o`chirgichning atrofidagi jismlar uchun zararsizdir. Chunki yong`in o`chirilgandan so`ng havo-mexanikaviy ko`pik butunlay izsiz yo`qoladi. OVP-5 va OVP-10 bir-biridan faqat korpusning hajmi bilan farq qiladi.
Karbonat angidrid gazli o`t o`chirgichlarda (OU-2, OU-5, OU-8 ko`l va OU-25, OU-80 aravachaga o`rnatilgan ko`chma) karbonat angidrid (SO2) o`t o`chirgich zaryadi hisoblanadi. Ularning tuzilishi bir-biriga o`xshash. Belgidagi son qiymati idishning hajmini litrda ifodalanishini ko`rsatadi. o`t o`chirgichlar siqilgan gaz bilan to`ldirilgan bo`lib, tok o`tkazmaydi. Shuning uchun ular tok ostida bo`lgan elektr qurilmalarni va katta bo`lmagan yong`inni o`chirish uchun mo`ljallangan.
Ular avtomobillar, ishqoriy tuproq, metallar, tok ostida bo`lgan elektr qurilmalar, birdaniga 129 tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqlik va gazlarni o`chirishda qo`llaniladi. Kukunning kamchiligi- sovitish xususiyati past. Shuning uchun kukun bilan o`chirilganda qizigan jismlar yana alangalanib yoiishi mumkin.
Yong`in o`chirish vositalari chorvachilik binolari joylashgan maydonda maxsus taxtalarga (shitlarga) terib qo`yiladi. To`siqlar imoratlar orasidagi masofadan 100 m o`tga xavfli materiallar saqlanadigan joydan 50 m oraliqda qo`yiladi. Yong`in o`chirish vositalari qizil rangga bo`yaladi, undagi yozuvlar esa oq rang bilan yoziladi. Har bir obektda albatga birlamchi o`t o`chirish vositalari bo`lishi kerak. Ishlab chiqarish binolarida va omborlarda yong`in inventarlari bilan ta`minlash tashkilotlarining raqbarlariga yoki boshqa javobgar shaxslarga topshiriladi.
Yong`in inventari va qurilmalarining o`t o`chirishga bog`liq bo`lmagan ishlarga qo`llash qat`iy man etiladi. Yong`in o`chirish vositalari ob`ektning maydoni va texnologik jarayonlarga qarab hisoblanadi.
Sprinkler qurilmalari suv quvurlari tarmoqidan iborat bo`lib, imoratni shipiga purkagich-kallaklar (forsunka-lar) quvurlarga burab mahkamlanadi. Bu tarmoqqa suv quvurlar yoki idishdan nasoslar yordamida suv beriladi.
Qishloq xo`jaligi bino va inshootlarining yong`inni o`chirish uchun suv, suv bug`i, ko`pik, inert gazlar, poroshoklari (kukunlar), siqilgan havo va qattiq moddalar keng qo`llaniladi. o`t o`chirish moddalari elektr o`tkazish (suv va boshq.) va elektr o`tkazmaslik (gazlar, kukunlar) xossalariga ega bo`ladi.
Shuningdek, zaharli (3,5-brom-etil, freon), kam zaharli (azot, ko`mir kislota) va zaharsiz (suv, ko`pik, kukunlar) turlarga bo`linadi. Shuning uchun ishlab chiqarish ob`ektlari va maydonlarini yong`in o`chirish moddalari bilan
ta`minlashda va yong`inni o`chirishda biror uslubni qabul qilganda ularni hisobga olish kerak.
Suv - eng ko`p tarqalgan, oson topiladigan, qulay ishlatiladigan o`t o`chiruvchi modda hisoblanadi. U yuqori issiqlik sig`imiga ega bo`lgani uchun olovni o`chirish jarayonida yonayotgan moddalardan juda ko`p issiqlikni oladi.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.