MULOQOT MADANIYATI VA PSIXOLOGIYASI. PEDAGOGIK MULOQOT
R E J A:
1. Ta’limda turli xildagi muloqotni tashkil etish va unda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi
2. SHarqona tarbiya va uning muloqaotga ta’siri.
3. Muloqotga kirishda o’zbek urf odatlari, udumlar, ular haqida rivoyat, afsona, hikmatlardan foydalanish va kasbda tatbiq etish usullari.
4. Pedagogik muloqot mohiyati, funksiyalari va tuzilishi.
5. O’quv - tarbiya jarayonida pedagogik muloqotni boshqarish uslublari
Insonning o’zini qurshab turgan olam bilan o’zaro birgalikdagi harakati odamlar o’rtasidagi ularning ijtimoiy hayoti va ishlab chiqarish faoliyati jarayonida tarkib topadigan ob’ektiv munosabatlar sistemasida yuz beradi. Kishilar ishlab chiqarish jarayonida tabiatgagina emas, balki bir - birlariga ham o’zaro ta’sir ko’rsatadilar.
Milliy qadriyatlarimiz va sharqona tarbiyamizning ta’siri muloqotda ham sezilib turadi. Bizda kishilar bilan munosabat, so’zlashuv va shuningdek ish, xizmat bilan bog’liq aloqaga muomala deyiladi. Eng go’zal muomala lutf - karamdir. Alisher Navoiy buni muomala - pardoz deb yozadi. Xullas xalqimizda odamlar bilan munosib tarzda muomala qila bilishlik madaniyat, olijanoblik alomati deb tushunilgan.
MUOMALA MADANIYATI, ENG AVVALO, XALQIMIZNING BOLAJONLIGI, OILANI MUQADAS BILISHIDA NAMOYON BO’LADI.
Ikki notanish o’zbek yigiti uchrashib qolsa, salom - alikdan keyingina suhbatni "Uylanganmisiz?" degan gapdan boshlaydi. Agar ular 30 yoshlarda bo’lsa savol boshqacharoq bo’ladi: "Og’ayni bolalardan nechta?" Ha, kasb - kor, uy - joy, boylik va shu kabi moddiy jihatlar surishtirilmaydi, bu odob doirasiga kirmaydi ham, lekin bola - chaqadan so’z ochish o’zbeklarga xos milliy odatlardandir. Ota - ona uchun farzandlari haqida maqtov eshitish, "Otangga rahmat" degan olqish ham eng katta saodatdir.
O’rta yoshdagi tanish yoki notanish erkaklar va ayollar muloqotida "hammasidan qutilganmisiz?" degan savol uchrashi tabiiy. O’g’illarini uylantirib, qizlarini uzatib bo’lganmisiz? Ota - ona farzandlarini oilali, uy - joyli qilish tashvishi bilan yashaydi, bu ular hayotining mazmuni bo’lib qoladi.
Barcha madaniy xalqlarda bo’lgani kabi o’zbeklarda ham muomal "Assalomu - alaykum" va "Vaalaykum assalom"dan boshlanadi, keyin hol-ahvol so’rashishga o’tiladi
MUOMALA VA MULOQOTDA XALQIMIZNING MILLIY AN’ANALARI VA URF-ODATLARI HAM TA’SIRINI KO’RSATADI.
"An’ana" arabcha so’z bo’lib, uzoq zamonlardan beri avloddan - avlodga, otalardan bolalarga o’tib davom etib kelayotgan urf - odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. Xalqimizning ilg’or an’analarini o’zlashtirish, unga rioya qilish va boyitib borish lozim.
Xalqimizda azaldan ko’pchilik ishtirokida o’tadigan turli bolalar o’yinlari, choyxona suhbatlari, to’y - ma’rakalar, mavsumiy bayramlar - lola sayli, "boychechak" aytish, qovun sayli, qizlar majlisi, kelin salomi, yuz ochtisi, sumalak, kurash, mehmon kutish kabi ko’plab marosimlarimiz o’zbek xalqiga xos bo’lgan "o’zbekona", "SHarqona" tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi.
XALQ OG’ZAKI IJODIMIZ HAM BOLALARDA TURLI AXLOQIY SIFATLARNI TARBIYALASHDA KATTA ROL O’YNAYDI.
SHarqona munosabatda ota - onaga hurmat bilan qaralishi, oilada otani o’rni alohida bo’lganligi, ota -onaning gapini ikki qilmaslik, ota - onaning izmidan chiqmaslik, shu bilan birga otaga gap qaytarish, unga tik boqish gunoh hisoblanishi kabi holatlarni ko’rishimz mumkin. YOki ustozga hurmat bilan qarash kabi xislatlar ham katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Muloqotda turli xalq og’zaki ijodiga xos bo’lgan afsona, rivoyat, ertaklar, maqollar va hikmatlardan foydalanish ham kishini muomala madaniyatni kuchaytiradi va ikkinchidan katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo’ladi.
JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISH - maktabdagi munosabatlarni insonparvarlashtirishdir. Pedagogik amaliyot davrida talabalar bilan birga maktab direktori fan bo’yicha eng ilg’or deb tanishtirgan o’qituvchining darsiga kiradilar. Haqiqatdan ham, o’qituvchi mavzuni juda yaxshi biladi, qator ko’shimcha adabiyotlardan foydalanadi, mavzuni yorita oladi. Lekin o’quvchilarga nima bo’lgan? O’qituvchi qiziqarli, mazmunli savollar berayapti. Lekin hamma o’quvchilar pedagog fikrini tshunib yetmayapti, ozgina yordam kerak. Lekin o’qituvchida o’quvchi javobini eshitishga chidam yetishmayapti. Hatto bir qo’l ko’tarib javob bermoqchi bo’lgan o’quvchiga jerkib berdi: "Nimaga qo’lingni buncha chaypaysan? Boshimni og’ritib yubording" «Bilmasang nimaga qo’l ko’tarasan?"
Darsdan so’ng ko’pgina talabalar darsni qoniqarsiz deb baholaydilar. Bu yerda faqat o’qituvchining bilimi emas, balki dars muhiti, o’qituvchi va o’quvchi muloqoti, munosabati muhimdir. Ayniqsa hozirgi kunimizda oldimizga erkin, mustaqil fikrlovchi har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalash vazifasi turganda, bu muloqot aslida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimovning "Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori" nutqida ham alohida ta’kidlanadi: "Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasining ko’rgan shaxslar kerak". So’ngra esa Prezidentimiz maktablarda mutlaqo fikr yuritishga o’rgatilmayotganligining qoralab deydi: "Maktabda biror o’quvchi o’qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u hech kim hafas qilmaydigan ahvolga tushub qoladi. Maktabdagi jarayonda o’qituvchi hukmron. U boladan faqat o’zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishini talab qiladi. Prinsip ham tayyor: "Mening aytganim - aytgan, deganim - degan"[2].
Bir maktab direktori shunday deydi: "O’quvchilar bilan bir o’zim kurashayapman, aslida hamma birga kurashishi kerak". U maktabdagi o’quv va tarbiya jarayonini yaxshilash uchun o’quvchilarga qarshi kurash yo’lini tanlagan. Ularni o’z irodasiga bo’ysundirmoqchi. Buning natijasida bir- biriga qarshi 2 lager yuzaga keladi: o’quvchilar va o’qituvchilar.
MULOQOT - PEDAGOGIK FAOLIYATDAGI ENG MUHIM KASBIY QUROLDIR.
Pedagogik muloqot - bu o’qituvchining o’quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari vaqtda eng qulay psixologik muhit yaratishga qaratilgan kasbiy munosabatdir. Noto’g’ri pedagogik muloqotdan o’quvchida qo’rquv, ishonchsizlik paydo bo’ladi, e’tibor, diqqat, ishchanlik pasayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil fikrlash pasayadi.
O’qituvining o’quvchilar bilan muloqoti bunday kayfiyatga yo’l qo’ymasligi, o’quvchini faollikka undashi, unda quvonch paydo qilishi kerak.
A.S.Makarenko fikricha o’qituvchi muloqoti hurmat va talabchanlikka asoslangan munosabat bo’lishi kerak.
V.Suxomlinskiy aytadiki: "Maktab hovlisida gapirilganda har bir so’z o’ylangan aqlli, maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak". O’qituvchi so’zi faqat quloqqa emas, balki yurakka ham qaratilgan bo’lishi kerak.
O’quvchi o’qituvchisiga do’stiga, o’rtog’i va ustoziga bo’lgani kabi munosabatda bo’lishi kerak. O’qituvchi o’quvchi munosabati do’stlikka asoslanishi lozim.
Umuman ilg’or pedagoglar fikricha tu’lim
faqat hamkorlik pedagogikasi pozitsiyasida bo’lishi kerak.
PEDAGOGIK MULOQOT – bu o’qituvchi professional aktivligining bir ko’rinishi bo’lib, bunda ta’lim va tarbiya vazifalarini o’qituvchi hamda o’quv – tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi. Bir vaziyatda o’qituvchi baho beruvchi rolida chiqadi (o’qituvchi – direktor, o’qituvchi – ota - ona), ikkinchi holda uning o’zi baho oluvchi (o’qituvchi – direktor, o’qituvchi – metodist va inspektor va xokazo) hisoblanadi. Ravshanki, bunday hollarda pedagogik ta’sir ko’rsatish vazifalari va vositalari ham o’qituvchining pedagogik muloqoti har xil bo’ladi.
Muloqot usuli sifatida shakllangan uslub amalda o’zining uchta shakli bilan namoyon bo’ladi: bilimlarni egallashda o’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikda hamkorlik qilishlari (demokratik uslub), o’qituvchining o’quvchilarga tazyiq o’tkazishi va ularning aktivligini ro’yobga chiqarmasliligi (avtoritar uslub), o’qituvchining o’quvchilarga nisbatan neytral munosabatda bo’lishi va uning hal etilayotgan masaladan chetga chiqishi (liberal uslub);
1. Muloqotdagi vaziyat bir xil o’zaro harakatni («yonidan» moslashish), boshqa ishtirokchiga tazyiq o’tkazishni («yuqoridan» moslashish), boshqa ishtirokchiga muvofiqlashishni («quyidan» moslashish) o’z ichiga oladi.
2. Muloqotda emotsional tus berish xarakteri neytral hol orqali ijobiydan salbiygacha o’zgaradi. Bularning hammasi muloqot muhitini, sinfda ma’lum iqlimni yaratadi.
3. yetuk pedagogik muloqot o’qituvchining - o’z-o’zini, muloqot jarayoni va natijalarini nazorat qilib borishni nazarda tutadi.
4. To’g’ri tashkil etilgan pedagogik muloqot davomida o’qituvchida tanlangan vositalarni vazifa va sharoitlarga muvofiqligining o’lchovi sifatida tushuniladigan pedagogik nazokat mujassamlanadi.
Pedagogik muloqotda qanday o’ziga xos qiyinchiliklar mavjud? Bu, eng avvalo, muloqot maxsus vazifalarining yo’qligidir, natijada o’qituvchi pedagogik muloqotni o’z mehnatining alohida tomoni sifatida qaramaydi, uni rejalashtirmaydi, muloqot usullarni takomillashtirib bormaydi, ayrim hollarda muloqotning barcha vazifalarini o’zaro tushunmasliklari, muloqot vositalarining qashshoqligi, bir xildagi va jozibador emasligi ham uchrab turadi. Masalan, o’quvchilarning tor doiradagi intizomga chaqiruvchi, emotsional jihatdan salbiy tus berilgan muloqot ularga ko’pincha aks ta’sir keltirib chiqaradi. Pedagogik muloqot usullari ustida ishlashning asoslangan dasturini tuzish uchun har bir o’qituvchi o’zining qiyinchiliklarini tahlil qilib chiqishi muhim rol o’ynaydi.
Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning umumiy yo’nalishini mavjud pedagogik vaziyatlarda malaka hosil qilish, har bir muloqot ishtirokchisining imkoniyatlarini ochib berishga ko’maklashuvchi, uning shaxsiy hislatlarini rivojlanib borishini ta’minlovchi vash u muloqot orqali qoniqtiradigan va hokazo vositalaridan foydalanishni tashkil qiladi. Bunga bir qator mashqlar imkon tug’dirishi mumkin:
1. Muloqotda boshqa kishining sub’ektiv qarashlarini aniqlash; bu odam bilan muloqotda oqilona hal qilinishi zarur bo’lgan vazifalarni aniqlash, masalan, uning hulqini tuzatish yoki unda shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish;
2. Mazkur vaziyat uchun o’zaro harakterlarning optimal (eng maqbul) vositalari majmuasi (uslub, tutilgan yo’l va hokazo)ni belgilash;
3. Muloqotda boshqa kishining javob harakati imkoniyatini oldindan ko’ra bilish. Boshqa odamda psixologik to’siq va qarshilik keltirib chiqaruvchi vositalarni qo’lga kiritish;
4. Rezervda vaziyatning o’zgartirishiga qarab foydalanish mumkin muloqotlarning bir nechta modeliga ega bo’lish;
5. O’zida boshqa odamlarni tinglash, uning fikrlariga qo’shilish, unga hamdardlik ko’nikmasini rivojlantirib borish. Muloqot natijalarini baholash va ularni foydalanilgan vositalar bilan taqqoslash.
PEDAGOGIK MULOQOT FUNKSIYALARI. Pedagogik muloqot sotsial - psixologik jarayon sifatida quyidagi funksiyalari bilan xarakterlanadi: shaxsni bilish; axborot almashinish; faoliyatni tashkil etish; rollar bilan almashish; boshqalar uchun qayg’urish; o’zini tasdiqlash.
Muloqotning axborot almashish funksiyasi materiallar va qadriyatlar bilan almashish jarayonini ta’minlab, hamkorlikdagi izlanish muhitini, o’quv tarbiya jarayoni uchun qulay sharoit yaratadi.
O’qituvchi ta’lim - tarbiya jarayoniga shaxsiy rolli shakl kiritadi: o’quvchilarni darsning turli elementlarini bajarishga jalb etadi, o’quvchilarga tashkilotchi va ijrochi rollarida qatnashishga imkoniyat beradi.
Muloqt shaxsni o’zini tasdiqlash funksiyasini ham bajaradi. Pedagogning vazifasi o’quvchiga o’zining "Menligi"ni anglashga o’zining shaxsiy ahamiyatini bilishga, o’ziga baho berishga o’rgatishi kerak.
Rollar almashinishi yordamida muloqot o’rnatish esa, ularda u yoki bu ijtimoiy shakllanib qolgan hatti-harakatni dasturlaydi (o’qituvchi-o’quvchi).
Darsga tayyorgarlik ko’rayotganda muloqotning barcha funksiyalaridan kompleks foydalanishga erishish zarur. Darsni rejalashtirayotganda faqat axborot berish haqida emas, balki o’quvchilarning o’z shaxsini namoyon qilishlarini va o’z shaxsiy qobiliyatini ham ko’rsata olishga sharoit yaratishni ham rejalashtirish zarur.
Bunda o’qituvchi, ayniqsa, yordamiga muhtoj bo’lgan o’quvchilarga alohida e’tibor berishi, har bir o’quvchini qiziqtirish usullarini, hamkorlik va ijodkorlikka asoslangan mehnatni tashkil etishni oldindan o’ylab qo’yishi lozim. Muloqot bo’yicha yirik mutaxassis olim Kan-Kalik fikricha, professional pedagogik muloqot tarkibi quyidagilarlardan iborat:
· sinf-guruh bilan bo’ladigan muloqotni pedagog tomonidan modellash (loyihalash);
· o’zaro ta’sir ettirishning dastlabki onlarida bevosita faol muloqot olib borish (kommunikativ hujum);
· pedagogik jarayon davomida muloqotni boshqarish;
· amalga oshirilgan tahlil qilish va uni kelgusi faoliyat uchun modellash.
«KOMMUNIKATIV HUJUM» VA «MIYA HUJUMI»NING FARQI NIMADA?
Muloqotni boshqarish bosqichida o’quvchilar tashabbusini ma’qullash, dialogik muloqot olib borish, haqiqiy sharoitga moslab o’z fikrlariga tuzatishlar kiritish zarur. Va nihoyat, muloqotni tahlil qilish- uning maqsadi, mazmuni va natijasini taqqoslashdir.
Tabiiyki, o’qituvchi muloqotni, o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashabbuskori va yetakchisi bo’lishi zarur. Buning uchun quyidagilar tavsiya etiladi.:
- «biz» sezgisini vujudga keltirish;
- o’quvchilarga ta’sir etishda shaxs aspektlarini kiritish;
- o’zini sinf (guruh) haqida ijobiy fikrga ega ekanligini his ettirish;
- faoliyatning aniq maqsadlarini ko’rsatish;
- o’quvchilarning ichki hissiyotlarini tushunish va ularga buni sezdirishi;
- ayrim o’quvchilargi nisbatan shakllanib borayotgan steriotip fikrlarni o’zgartirish.
Bularning hammasi yosh o’qituvchi faoliyatida samarali muloqot o’rnatishda to’siqlarga barham beradi.
M. O. Knebil moslashishni "kishilar muloqotining ichki va tashqi shakli" deb tasvirlaydi, bunda u bir-biriga qo’llaydigan ruhiy yurishlarni bir kishining ikkinchisiga ta’sir etish tanlanuvchanlik xususiyatiga ega ekanligini nazarda to’tadi. Bu haqda A. S. Makarenko "Men beri kel" ni 15-20 ohangda aytishga o’rganganimda, va yuz ifodam, gavda va tovushimni 20 dan ortiq, holatga solishga muvaffaq bo’lganimdagina o’zimni haqiqiy mahoratimni seza boshladim. SHundagina kimdir meni oldimga kelib zarur narsani seza olmasligidan qo’rqmaydigan bo’ldim", deb yozgan edi. Kommunikativ moslashish pedagogik muloqatda muhim rol o’ynaydi, chunki pedagogik vaziyatlar odatda juda tez rivojlanadi va butun pedagogik jarayon harakatlanuvchi kommunikativ sistema sifatida gavdalanadi. Uni samarali boshqarish pedagog tomonidan muloqot uchun ketma-ket moslashuvlarni topa olinishiga bog’liqdir.
O’QUV - TARBIYA JARAYONIDA PEDAGOGIK MULOQOTNI BOSHQARISH USLUBLARI.
Psixologiyada rahbarlarning o’z jamosi a’zolari bilan munosabat texnikasi tahlil etilib, turli tipdagi ijtimoiy - psixologik portretlari ishlab chiqilgan. Rahbarlarning muloqotni boshqarish uslublari: avtoritar, demokratik, liberal uslub tarzida berilgan. Mana shu uslublarni pedagogik muloqotda o’qituvchi rahbarligi uslubi tarzida ko’rish mumkin.
AVTORITAR USLUB. O’qituvchi guruhning faoliyat yo’nalishini shaxsan o’zi belgilaydi, kim - kim bilan o’tiradi, kim-kim bilan ishlaydi o’qituvchi o’zi hal qiladi. Bunday uslubda ish yurituvchi o’qituvchi o’quvchilar tashabbusiga yo’l bermaydi. Hamkorlikning asosiy shakli - buyruq, ko’rsatma, instruksiya, ogohlantirish. Hatto kamdan kam bildiriladigan minnatdorchilik ham kamsitish shaklida bo’ladi. "Sen bugun yaxshi javob berding. Sendan buni kutmovdim" kabi.
O’quvchi xatosini ko’rsa, uni tuzatish o’rniga ustidan kuladi. U yo’qida ish sekinlashadi yoki butunlay to’xtab qoladi.
DEMOKRATIK USLUB. O’qituvchi faoliyat maqsadini har bir o’quvchi ongiga yetkazishga, ish borishini hal etishga hammani faol ishtirok etishga undaydi. O’zining vazifasini faqat nazorat va muvofiqlashtirishda emas balki tarbiyalashda deb biladi, har bir o’quvchi rag’batlantiriladi, unda o’ziga ishonch paydo bo’ladi, o’z - o’zini boshqarish rivojlanadi. Demokratik uslubda boshqaruvchi o’qituvchi bolalarning individual qobiliyat va qiziqishlarini hisobga olib vazifalarni optimal tarzda taqsimlashga undaydi. Faollikni rag’batlantiradi, tashabbusni quvvatlaydi. Muloqotning asosiy shakli - iltimos, maslahat, axborot tarzida bo’ladi.
LIBERAL USLUB. O’qituvchi jamoa faoliyatiga aralashmaslikka harakat qiladi, faollik ko’rsatmaydi, maslahatlarga formal qaraydi, turli ta’sirlarga tez beriladi. Javobgarlikdan o’zini olib qochadi.
Eng yaxshi uslub - demokratik uslub. Miqdoriy ko’rsatkichlar avtoritar uslubdan kam bo’lishi mumkin, lekin ishlash ishtiyoqi rahbar yo’g’ida ham davom etadi. Ijodkorlik yuqori bo’ladi, javobgarlik hissi, o’z jamoasi uchun faxrlanish rivojlanadi. Eng yomon uslub - liberal uslub bo’lib, bunda ham ish kam bajariladi, ham sifat yomon bo’ladi.
Avtoritarizm o’qituvchi yetukmasligini, uning axloqiy va siyosiy tarbiyasizligini bildiradi va uning pedagogik madaniyati pastligi bilan xarakterlanadi.
O’QITUVCHINING O’QUVCHILAR BILAN MULOQOT MADANIYATI.
Pedagogik faoliyatining sub’ekti-tarbiyalanuvchilarga asosan- pedagog, ota-ona va o’quvchilar jamoasi ta’sir ko’rsatadilar. O’qituvchining shaxsi, bilimi va madaniyati o’quvchilarga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy qurol bo’lib hisoblanadi. Agar o’quvchi pedagog shaxsini o’ziga qabul qilmasa (unga hissiy yaqinlik his etmasa), uning ta’siriga berilmaydi, qaysarlik qiladi, uni hurmat qilmaydi. O’quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta’sir ko’rsata oladigan kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o’zining ahloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur. Pedagog tomonidan sodir etilgan arzimas bo’lsa-da ahloqsizlik, uning o’quvchilar o’rtasida misqollab yig’ilgan obro’siga jiddiy putur yetkazishi muqarrar.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.