ПРЕЗЕНТАЦИЯ ПО МЕТОДИКЕ НА ТЕМУ; "GEOGRAFIYADA TARBIYA TURLARI"

  • Презентации учебные
  • pptx
  • 17.04.2019
Публикация в СМИ для учителей

Публикация в СМИ для учителей

Бесплатное участие. Свидетельство СМИ сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Tarbiya – ma’naviy manbalar va xozirgi zamon talablari va extiyojlarini nazarda tutgan xolda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nixoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mexnat qilishga undash va bu xatti-xarakatini sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushoxada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushoxada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi.
Иконка файла материала GEOGRAFIYADA TARBIYA TURLARI.pptx

ФАН: ГЕОГРАФИЯ ЎҚИТИШ МЕТОДИКАСИ
п.ф.н., доц. Никадамбаева Хилола Батировна

МИРЗО УЛУҒБЕК НОМИДАГИ
ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ УНИВЕРСИТЕТИ

ГЕОГРАФИЯ ВА ТАБИИЙ РЕСУРСЛАР ФАКУЛЬТЕТИ
ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯ КАФЕДРАСИ

GEOGRAFIYADA TARBIYA TURLARI

BAJARDI : Qurbonova D.
Qurbonova Sh
Meliboyeva S
Mirsagatova Sh.
TEKSHIRDI :p.f.n DOTS. NIKADANBAYEVA H.

TARBIYA TURLARI

Tarbiya – ma’naviy manbalar va xozirgi zamon talablari va extiyojlarini nazarda tutgan xolda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir.
Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining moxiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi:
A) Talabaning qaysi xislatini shakllantirish yoki yo‘qotish maqsadida rejalashtiriladi.
B) SHu xislatlarni tarbiyalash yoki yo‘qotish uchun xizmat qiluvchi manbalarni izlab topiladi.
V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qaerda ishlashni rejalashtiriladi.

Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nixoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mexnat qilishga undash va bu xatti-xarakatini sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushoxada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushoxada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. SHu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mexnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarning yosh xususiyatlarini xisobga olish zarur.

Ma’naviy, insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muxit va bolalarga bo‘lgan munosabat muxim rol o‘ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini ko‘rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. So‘ng sekin-asta qilayotgan ishlarining moxiyatini anglaydilar. Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muxim axamiyatga ega.

Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq.
Metod – yunoncha atama bo‘lib – aynan nimagadir yo‘l, usul orqali maqsadga erishish yo‘lini bildiradi. Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:
1. So‘z orqali ifodalash usuli.
2. Ko‘rgazmalilik usuli.
3. Amaliy, namuna usuli.
4. Rag‘batlantirish va jazo usuli.
YUqoridagi metodlar (usullar) o‘z navbatida quyidagi guruxchalarga bo‘linadi:
Birinchi gurux - so‘z orqali uzatish, maslaxat berish, ma’lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, xikoya, ma’ruza, suxbat va boshqa usullarga;
Ikkinchi gurux - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash usullariga;
Uchinchi gurux - tarbiya ma’lumotlarini amaliy mexnat xarakatlari orqali berish. o‘rnak ko‘rsatish, boshqalarni amaliy mexnatini misol qilib ko‘rsatish;
To‘rtinchi gurux - o‘quvchi-talabalarning yaxshi bajargan ishlarini, o‘rtoqlari oldida yoki ota-onalar majlisida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy yordam, stipendiyalarini oshirish, maqtov yorliqlari topshirish.

Tarbiya – xar bir insonning ayotda yashashi jarayonida ortirgan saboqlari va intellektual saloiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni.
Tarbiyalanganlik – milliy urf-odatimiz mezoniga kirmagan, o‘zgalarning nafratini qo‘zg‘atadigan xatti-arakatlardan o‘zini tiya bilish.
Bolaning xarakterini, oiladagi tarbiyasini, uning or-nomusini, sharm-ayosi kabi nozik tuyg‘ularining tarbiyalanganlik darajasini bilmay turib, birdaniga jamoa orasida uyaltirish, yaxshi o‘ylab ko‘rmaslik, yoki jal ustida tinimsiz (tan jaroati etkazish) kaltaklash mumkin emas. Sizning tanlagan jazo usulingiz o‘quvchini yoki farzandingizni qilgan xatosini tushunishga, boshqa qilmasligiga tarbiyaviy saboq bo‘lishi kerak.

Tarbiyaning ma'lum maqsadga qaratilganiik qoidasi. Tarbiyadan ko'zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma'naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma'lum maqsadni ko'zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma'lum maqsadga qaratilganligi qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko'ra bilishga yordam beradi.

Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi. Oqituvchining bilim saviyasi ma'naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda Qur'oni Karim, Hadisi Shariflardan foydalanish juda muhim. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smirning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokraliyalash - bu tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o'rtasida o'zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o'zgartirish demakdir.

Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi. O'quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanislitirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda muhim. Xalqimizning ko'p asrlik qadriyatlarini, ulkan, boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg'usini qaror toptirish mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.