Qaysi yillarda musiqa va teatr san'atlarining zamonaviy

  • Презентации учебные
  • pptx
  • 07.05.2021
Публикация на сайте для учителей

Публикация педагогических разработок

Бесплатное участие. Свидетельство автора сразу.
Мгновенные 10 документов в портфолио.

Qaysi yillarda musiqa va teatr san'atlarining zamonaviy
Иконка файла материала 2-MAVZU.pptx

2-MAVZU. USTOZONA MUSIQA

Reja:  

 
Ustozona musiqa.
Оg’zaki an’anadagi professional musiqa yo’llari
Аn’anaviy musiqa ijodining tarixiy ko’rinishlari.
 
Tayanch so‘z va iboralar: folk­lor, ma'naviyat, аn'anaviy musiqa, moddiy madaniy meros, kompozitor, simfonik musiqa, «O‘n ikki maqom», syuita, poema, orkestr, uvertyura, opera.

1.Ustozona musiqa.. 1918-yildan boshlab madaniyat va san'at ishlarini davlat o‘z ixtiyoriga oldi. Milliy madaniyat va san'atni yuksaltirish sohasida hokimiyat turli qarorlar qabul qildi va ularni amalda joriy etishga astoydil kirishdi.
1919-yilda Turkiston respublikasi Xalq maorif tashkiloti qaramog‘ida teatr bo‘limi ochildi va uning zammasiga quyidagi vazifalar yuklandi:
1. Respublikadagi jamiki teatr ishlariga umumiy rahbarlik qilish;
2. Havaskor va professional ijodiy jamoalarning ish faoliyatini yuksaltirish va repertuarlarini boyitish;
4. Respublika bo‘ylab muntazam ravishda markaz va viloyatdagi tomoshabinlarga doimiy ravishda gastrollar uyushtirish.

1920 – 1930 yillarda musiqa va teatr san'atlarining zamonaviy ruhda rivojlanishiga ma'lum imkoniyatlar yaratib berishga turli moliyaviy va ma'naviy choralar, yordamlar hokimiyat tomonidan berib turildi. O‘zbekistonning poytaxti va barcha viloyatlardagi zavod – fabrika, yirik korxonalar, o‘rta – ta'lim maktablarida, o‘rta va oliy hunar dargohlarida ashula va raqs ansambllar hamda teatr to‘garaklari birin – ketin paydo bo‘la boshladi. Ularning soni juda ham ko‘p edi. Bu havaskorlik to‘garaklarning ayrimlari kelgusida professional teatr, konsert tashkilotlarini bunyodga kelishida tamal toshini qo‘ydilar va iste'dodli san'at arboblari yetishib chiqishga ham zamin yaratdilar. Respublikada badiiy havaskorlar jamoalarining bunyodga kelishlarida va rivojlanish jarayonida kasaba uyushmalar tashkilotlarni roli ham samarali bo‘ldi. Ularning zimmasiga maorif xodimlari bilan birgalikda, klub, madaniyat va istirohat bog‘larida, qizil choyxonalarda, maktab, hunar texnikum va institutlarda, qishloq joylarda havaskor xalq ashula va raqs ansambllar teatr jamoalarini tashkil qilish, ularning san'atlarini namoyish qilish, ommaviy tantana – kechalar, ko‘rik – tanlovlar, karnaval – tomoshalar, maxsus tadbir kechalar o‘tkazish an'anaga aylandi.

2. Оg’zaki an’anadagi professional musiqa yo’llari. O‘zbek xalqining asrlar davomida an'ana bo‘lib kelgan milliy musiqiy san'atining jozibali, kishini maftun etadigan olam – olam zavq-u shavq bag‘ishlaydigan, estetik ruhni boyitadigan xalq hofizlarini xizmat o‘rinlari beqiyosdir. Mazkur jarayonda XIX asrning oxiri XX asr boshlarida yashagan va ijod qilgan milliy musiqiy san'atimiz namoyandalari yangi tuzumda ham xalqqa faol xizmat qildilar. Masalan, Toshkentda mashhur hofiz Shorahim Shoumarov bir guruh sozandalar ansambli asosida 1918-yili “Sanoyi nafisa” nomli birinchi kasaba uyushma tuzib, shahardagi jamiyki san'atkorlarning huquqlarini himoya qilish va musiqiy san'atni xalq orasida targ‘ibot qilishda tashabbuskorlik qildi. Uning rahbarligida tuzilgan ansamblda, ustozi Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, Ilhomjon dutorchi, Karimbek Xo‘ja g‘ijjakchi, Shoborot – tanburchi, Ilyosxo‘ja – changchi va ularning shogirdlari: Yunus va Risxi Rajabiylar, g‘ijjakchi bastakor Imomjon Ikromov, kamonchi bastakor Po‘lat Raximov, dutorchi Abdusoat Vahobov, hofizlar Shoqosim, Shoolim, Shoakbar Shojalilovlar kabi san'at ustalari xalqqa faol xizmat qildilar. Ustoz Shorahim Shoumarovning chorsu bozori yonida joylashgan ansambli va Yunus Rajabiyning “Chaqar” mahalla choyxonasida tuzgan ansambli yosh havaskor san'atkorlar uchun haqiqiy musiqa maktabi bo‘ldi.

3. Аn’anaviy musiqa ijodining tarixiy ko’rinishlari. 1918-yili “Turkiston Xalq konservatoriyasi” nomli musiqiy o‘quv dargohi tashkil topdi. Uning tashkilotchilari fizika, matematika o‘qituvchilari, havaskor violonchelchi A.M.Popov va skripkachi E.A.Chernyavskiylar mazkur o‘quv dargohini ochish niyatlarini matbuotda e'lon qildilar. E'londa ko‘rsatilgan muddatda Toshkentda istiqomat qilayotgan san'atkorlardan 32 kishi musiqadan yoshlarga dars berishga o‘z xohishlarini bildirlar. Xalq konservatoriyasi ish faoliyatini reja asosida boshqarish maqsadida 9 kishidan iborat Kengash tuzildi. Kengash raisi lavozimiga shifokor, kompozitor, dirijyor I.Gizler-Arskiy, bir yildan so‘ng xonanda V.A.Karelin, kengash kotibi lavozimiga E.A.Chernyavskiy va a'zolariga kompozitor, dirijyor N.N.Mironov, kompozitor V.A.Uspenskiy, xormeyster V.F.Sakovich, violonchel cholg‘usi ijrochisi general V.M.Kox, A.M.Popov va konservatoriyaning xo‘jalik ishlarini olib borishga D.A.Lukonin saylandilar. Mazkur Xalq konservatoriyasining asosiy vazifasi xalqqa musiqadan boshlang‘ich ma'lumot berish, birorta cholg‘u-sozda ijro etishni o‘rgatish va xonandalik mutaxassisligidan saboq berishdan iborat edi.