K. Mavlonova,
S. Qo‘ldosheva, N. Hakimova, M. Siddiqov
Ona tili
5-sinf I qism
Yangi nashr Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun darslik
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nashrga tavsiya etgan

MAKTABGACHA
VA MAKTAB TA’LIMI
VAZIRLIGI
Toshkent – 2024
|
UO‘К 811.512.133:373.3.016(075.3) BBK 81.2O‘zb ya72 O-58 |
Ona tili 5-sinf (1-qism) [Matn] : darslik / K.M. Mavlonova, N.S. Hakimova, M.R. Siddiqov, S.H. Qo‘ldosheva; muharrir O.T. Madvaliyev. – Toshkent: Novda Edutainment, 2024. – 144 b. |
Mas’ul muharrir:
G‘. Hamroyev – pedagogika fanlari doktori.
Taqrizchilar:
G. Yo‘lchiyeva – Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
N. Salimova – Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 110-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
I. Qudratova – Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
G. Eshmirzayeva – Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
Shartli belgilar:

og‘zaki savollarga topshiriqni yodda videolavhani audiomatnni bajaring javob xattaxtada tuting ko‘ring tinglang bering bajaring

matnni uyga o‘ylab loyiha yozma guruh o‘qing vazifa ko‘ring ishi uchun bajaring bo‘lib
taqdimot ishlang
ISBN 978-9943-07-945-8 © “Novda Edutainment”, 2024

1

1
4.
Berilgan so‘zlarning qarama-qarshi
ma’nosini toping.
Diqqat! Bu so‘zlar yarim doirada ko‘rsatilgan harfdan boshlanadi.
5. Jadvalda yurtimizdagi joy nomlari keltirilgan. Bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirib, ularni ko‘chiring. Har bir so‘zning to‘g‘ri yozilishi va talaffuzini mashq
|
Andijon |
B… |
Do‘ngqishloq |
Egizqum |
F… |
|
G… |
Hazorasp |
Izboskan |
J… |
Kosonsoy |
|
Langartepa |
Muzrabot |
N… |
Olmaliq |
Parkent |
|
Q… |
Rishton |
Samarqand |
T… |
U… |
|
Vobkent |
X… |
Yangiyo‘l |
Zarafshon |
O‘rtasaroy |
|
G‘ijduvon |
Shahrisabz |
Ch… |
Mingbuloq |
Ellikqal’a |
5
2

Inson uchun havo, quyosh, suv, non, ota-ona qanchalik aziz va muqaddas bo‘lsa, Vatan ham shunchalik mo‘tabardir. Vatan ona tuproqdan boshlanadi. Vatanga muhabbat shu tuproqqa – ona qishloq dalalariga, ko‘klam chog‘ida lolazorga aylanadigan qiradirlarga, olislarda yuksalgan moviy tog‘larga, hatto yantog‘-u saksovuldan boshqa giyoh unmaydigan dasht-u sahrolarga muhabbatdan boshlanadi.
Qadimda dushmanlar Turk davlatining xoqoni O‘g‘uzxondan unga qarashli tashlandiq, hech narsa bitmaydigan bir parcha yerni talab qilishadi. Shunda
6
2
bobomiz: “Vatan yolg‘iz bizning mulkimiz emas. Bu muborak tuproqda qabristonda yotgan otalarimiz va qiyomatga qadar tug‘ilajak avlodlarimizning haqqi bor. Vatandan ozgina bo‘lsa ham, bir qarich bo‘lsa ham yer bermakka hech bir kimsaning haqqi yo‘qdir”, – deb javob beradilar. Biz Vatanni sevmoqni dono bobolarimizdan o‘rganmog‘imiz kerak.
Yodingizda bo‘lsin, Vatan muhabbati ota-onaga, aka-ukaga, opa-singilga, do‘stbirodarga mehr bilan qo‘shilib ketadi. Nafaqat inson, hatto qushlar ham o‘z yurtini sog‘inadi. Dov-daraxtlar o‘z yurtini qo‘msaydi.
Aytishlaricha, Amerikada ming yilcha umr ko‘radigan daraxt bo‘lar ekan. Fransuzlar uni havas bilan o‘z yurtlariga olib kelib ekishibdi. Nihollar o‘sib, ko‘kka bo‘y cho‘zibdi... Yillar o‘tib, bog‘ o‘rmonga aylanibdi. Ammo oradan o‘ttiz-qirq yil o‘tgach, kutilmagan voqea yuz beribdi: suv ichib yashnab turgan daraxtlar o‘z-o‘zidan qurib qolibdi. Olimlar falokat sabablarini izlay boshlashibdi.
Uni aniqlashgach, hayratdan yoqa ushlashibdi. Bu daraxtlar qurigan pallada Amerika qit’asida qattiq qurg‘oqchilik bo‘lgan ekan. U yerdagi shu navli daraxtlar qurib qolgan ekan. Shunda olimlar bir-biridan ancha olisda bo‘lgan daraxtlarni birlashtiruvchi qandaydir kuch, qandaydir sir bor ekan, degan xulosaga kelishibdi.
Ko‘rdingizmi, aql anglashga ojiz bu sirli aloqa Vatan tuyg‘usi bilangina izohlanishi mumkin. Vatan ona kabi yagonadir. Yagonaligi bilan muqaddas va mukarram, yagonaligi bilan bebaho va beqiyosdir!
Xurshid Davron
6.
Quyidagi so‘zlarning izohini aniqlab, daftaringizga yozing.
|
1 |
mo‘tabar |
|
A |
dala, cho‘l, sahro |
|
2 |
yantoq |
B |
e’tibor topgan, muqaddas |
|
|
3 |
dasht |
D |
hurmatli, aziz, izzat-ikrom qilinuvchi |
|
|
4 |
xoqon |
E |
musibat, ko‘ngilsiz voqea |
|
|
5 |
falokat |
F |
hukmdor, podshoh |
|
|
6 |
mukarram |
G |
cho‘lda o‘sadigan, tikanli, ko‘p yillik begona o‘t |
7
2

3
8. Matn asosida berilgan topshiriqlarni
bajaring va javoblarni daftaringizga yozing.
1. Muallif matnda Vatanga oid qaysi tushunchalar haqida so‘z yuritgan?

2. Muallifning Amerikada o‘suvchi daraxtlar haqidagi hikoyani matnga kiritishdan ko‘zlagan asosiy maqsadini toping.

• Har bir insonning Vatanga muhabbati ... boshlanadi.
• Qushlar va dov-daraxtlarning ham ..., chunki ular ham tug‘ilib o‘sgan yerini sog‘inadi.
• Vatan – ... .

9
3
11. Vatan tuyg‘usini his qilish mumkin bo‘lgan uchta hayotiy vaziyatni yozing. Nima uchun aynan shu vaziyatlarni tanladingiz? Izohlang.
Namuna Yurtdoshlarimiz xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritganida. Chunki ...
12.
“Sinkveyn”
topshirig‘i. Berilgan so‘zlardan 2 tasini tanlang. Yo‘riqnoma va namuna asosida
topshiriqni bajaring.
Yo‘riqnoma:
1-qatorga bitta so‘z (ot) yoziladi. 2-qatorga kalit so‘zga mos ikkita sifat yoziladi.
3-qatorda mavzuga oid xattiharakat uchta so‘z orqali ifodalanadi.
4-qatorga to‘rtta so‘zdan iborat gap yoziladi.
5-qatorga kalit so‘zning ma’nodoshi yoziladi.

10
4

1. Vatan nima?
2. Vatan ona tuproqdan boshlanadi. 3. Dunyo ko‘raman desang, o‘qi!

4
14. Gaplar oxirida qo‘llangan tinish
belgilariga e’tibor bering. Gap turlarini aniqlab, yozing.
|
Yodingizda bo‘lsin, Vatan muhabbati ota-onaga, aka-ukaga, opasingilga, do‘st-birodarga bo‘lgan mehr bilan qo‘shilib ketadi. |
nuqta |
... |
|
Vatan yagonaligi bilan muqaddas va mukarram, yagonaligi bilan bebaho va beqiyosdir! |
undov |
... |
|
Qani edi dunyoda hech qachon urush bo‘lmasa. |
nuqta |
... |
|
Ona yurtingni ko‘z qorachig‘idek asra! |
undov |
... |

|
So‘roq gap |
Darak gap |
|
Vatan ostonadan boshlanadimi? |
Vatan ostonadan boshlanadi. |
|
Mahallada bilimdon yoshlar ko‘pmi? |
... |
|
Har bir inson Vatanini ham ota-onasidek qadrlashi kerakmi? |
... |
|
Vatanini yomon deyishsa, kim ham chidab turardi?! |
... |
12
5
17. Quyidagi so‘zlarni o‘zaro bog‘lab,
maqollar hosil qiling. Ularni yozing. Ifoda maqsadiga ko‘ra gapning qanday turi
ekanini aniqlang.
Namuna: el, himmat, oliy, xizmat: Elga xizmat – oliy himmat.

Men samarqand yaqinidagi qishloqlardan biri – chordarada tug‘ilganman hali bu qishloq paydo bo‘lmasdan oldin bu yerda onam – fuzallobegimning bobolari hikmatxo‘ja maxdum qo‘rg‘on tiklagan qo‘rg‘onning atrofini mevazor-u uzumzorlar o‘rab turgan qo‘rg‘onning to‘rt tomonida darvozalari bo‘lgan, shu sababdan bu joyni odamlar “chordara” (“to‘rt eshikli”, “to‘rt darvozali”) deb atay boshlagan vaqt o‘tib qo‘rg‘on atrofida paydo bo‘lgan qishloq ham chordara nomini olgan


5
ChangqovuzSakson bilan sirlashgan, ko‘zoynaksiz kitob o‘qiydigan buvim bor edi. Har gal pochtachi amaki pensiya pulini olib kelganida jonajon changqovuzini labga qo‘yib, kuy chalib berardi. Biz kuydan zavqlangancha atrofiga to‘planardik. Pochtachi amakining kelishi biz uchun ikki hissa bayram edi.
Yuqori hovlining burchagidagi uyga onda-sonda kirib qolsam, taxmondagi javonda turgan qalin kitoblar, taxlam-taxlam gazeta-jurnallardan boshim aylanib, bir zum to‘xtardim. Shu kitoblar qatorida buvimning hech kimga ishonmaydigan, bobosidan qolgan kichkinagina, baxmal matoga o‘ralgan changqovuzi turardi. Uni chalishga juda ishtiyoqmand edim. Kunlardan bir kuni bolalik qilib o‘sha changqovuzni olib, dalaga chiqib ketdim.
“O‘g‘irlab olganim”ni buvim ko‘rgan ekan. Kechki payt echkilarni daladan haydab kelib, qo‘raga qamayotganimda “qo‘lga tushdim”.
– Bolam, tunov kuni kitoblar orasiga qo‘ygan changqovuzimni ko‘rmadingmi?
Tilim aylanmay qoldi. Chunki uni dalada bolalar bilan mushtlashib, oldirib qo‘ygan edim. Rangim oqarib ketdi. Zo‘rg‘a: “Yo‘q, joyida turgandir...” – dedim yerga qaragancha...
Chidab turolmadim, nima bo‘lsa bo‘lar, dadamga aytib bersa, nari borsa, bir tarsaki yerman yoki pensiyadan menga beriladigan maktab pulidan mahrum bo‘larman, degan o‘yda kechki ovqatdan so‘ng hammasini aytib berdim. Avvaliga ishonqiramay qaradi, so‘ng peshonasi tirishib kuldi: “Chalib ko‘rdingmi o‘zi? Agar qiziqsang, chalishni o‘zim o‘rgataman...”
Ertasi kuni mendan changqovuzni tortib olgan bolaning dadasi uni buvimga olib kelib, uzr so‘rab ketdi. Shundan keyin buvijonim menga changqovuz chalishni o‘rgata boshladi. Juda yosh edim. Har qancha harakat qilsam ham o‘rgana olmasdim. Lekin uning sehrli navosi yuraklarni titratib yuborar, buvim esa kuy yangray boshlaganda ko‘zlariga yosh olardi.
Buvimning bolaligi ayni Ikkinchi jahon urushi davriga to‘g‘ri kelgan, unda ikki akasi va otasini yo‘qotgan. Ehtimol, bizga chalib beradigan kuylarida ana shu tarix, ayovsiz urush dahshatlari aks etgandir. Biz yosh bo‘lganimiz bois buni ko‘p ham tushunmas edik.
Buvimning vafotidan keyin to‘plagan kitoblari va sevimli changqovuzi menga qoldi. Har gal qishloqqa borib, mo‘jazgina kutubxonamga kirsam, buvim bilan o‘tkazgan damlarga xayolan sayr qilaman. Kitoblarga qarab, xotiralarga cho‘maman. Ichim to‘lib ketsa, changqovuz chalaman, kuy ta’sirida beixtiyor pinhona yig‘lab, yengil tortaman.
Islom Asilbekov
14
5
18. Quyidagi so‘zlar va ularning izohini
o‘zaro moslab yozing.
|
1 |
taxmon |
|
A |
atrofi o‘ralgan, asosan qo‘ylarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus joy |
|
2 |
baxmal |
B |
ipak tuklar bilan qoplangan mato, duxoba |
|
|
3 |
qo‘ra |
D |
shon-sharafga ega, dong taratgan, shuhratli |
|
|
4 |
tarsaki |
E |
ayamay, rahm-shafqatsiz |
|
|
5 |
shonli |
F |
yashirincha, maxfiy |
|
|
6 |
ayovsiz |
G |
sandiq qo‘yib, ustiga o‘rin-ko‘rpa yig‘iladigan tokchasimon joy |
|
|
7 |
pinhona |
H |
ochiq kaft bilan yuzga berilgan zarb, shapaloq |
1. Hikoya qahramoni hayotining qaysi davriga oid voqealarni eslamoqda?
2. Changqovuzni o‘g‘irlagan qahramon nima uchun aybini tan olishga qaror qildi?
3.
“Ertasi kuni mendan changqovuzni tortib olgan bolaning dadasi uni buvimga olib kelib, uzr so‘rab ketdi”. Bolaning otasi to‘g‘ri ish tutdimi? Nima uchun?
4. Qahramonning aytishicha, buvisi changqovuz chalganida nimalarni xotirlardi?
5. Hikoya qahramoni hayotida changqovuzning qanday o‘rni bor? Changqovuz bilan bog‘liq xotiralar unga nimalarni eslatadi?
19. Berilgan so‘zlarning qaysi biri gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan ma’nodoshlik hosil qila olishini aniqlang.
1. Har gal pochtachi amaki pensiya pulini olib kelganida jonajon changqovuzini chalib berardi.
![]()
2. Kechki payt echkilarni daladan haydab kelib, qo‘raga qamayotganimda “qo‘lga tushdim”.
![]()
15
6
3. Kechki ovqatdan so‘ng hammasini aytib berdim.
![]()
4. Lekin uning sehrli navosi yuraklarni titratib yuborar, buvim esa kuy yangray boshlaganda ko‘zlariga yosh olardi.
![]()
5. Har gal qishloqqa borib, mo‘jazgina kutubxonamga kirsam, buvim bilan o‘tkazgan damlarga xayolan sayr qilaman.


16
6

Quyidagi fikrlarning
qaysilari to‘g‘ri ekanini aniqlang. Javobingizni izohlang.
1. Qahramonning buvisi changqovuzni juda avaylar, uni hech kimga ishonmas edi.
A. To‘g‘ri B. Noto‘g‘ri
2. Buvisi doimo pensiyasidan bolaga maktabi uchun pul berar edi. A. To‘g‘ri B. Noto‘g‘ri
3. Nevarasi changqovuzni so‘roqsiz olganidan buvining jahli chiqdi.
A. To‘g‘ri B. Noto‘g‘ri
4. Buvining bolaligi urush davriga to‘g‘ri kelgan. A. To‘g‘ri B. Noto‘g‘ri
5. Buvisi boshqa nabiralariga nisbatan hikoya qahramonini ko‘proq yaxshi ko‘rar edi. Shu sababli vafotidan so‘ng kitoblari va sevimli changqovuziga uning egalik qilishini xohlagan.
A. To‘g‘ri B. Noto‘g‘ri
17
6
21.
Nima
uchun changqovuz chalishni boshlaganda buvining ko‘ziga yosh kelardi? Matndan
buning sababi izohlangan qismni topib, daftaringizga yozing.
22. Matndan qahramonning buvisiga xos quyidagi sifatlar ifodalangan jumlalarni topib, daftaringizga yozing.
|
kitobxon |
... |
|
san’atsevar |
... |
|
mehribon |
... |
|
dardli |
... |
Quyidagi jumlalarni qayta o‘qing. Tinchlik haqidagi
tasavvurlaringizni rasm orqali ifodalashga harakat qiling. Chizgan rasmingizga
nom qo‘ying. Bunda oila a’zolaringizdan maslahat olishingiz mumkin.

7
23.
“Changqovuz”
matnining birinchi gapini o‘qing va topshiriqlarni bajaring.
Sakson bilan sirlashgan, ko‘zoynaksiz kitob o‘qiydigan buvim bor edi.
1. Ajratib ko‘rsatilgan bo‘lakdan qanday ma’noni anglash mumkin?
2. Ushbu ma’noni yana qanday so‘zlar yordamida ifodalash mumkinligini o‘ylab ko‘ring, bir nechta namuna yozing.
Sakson bilan sirlashgan – sakson yoshga kirgan, ...
3. Nima uchun muallif aynan yuqoridagi jumladan foydalanganini tushuntiring.

19
7
26. Ajratib ko‘rsatilgan birliklar qanday
ma’noni ifodalashini berilgan izohlar yordamida aniqlang. Ushbu birliklarni
izohlari bilan moslab ko‘chiring. Ustozingiz yordamida ularning qaysilari
ko‘chma ma’noni ifodalashini tahlil qiling.
1. Yuqori hovlining burchagidagi uyga onda-sonda kirib qolsam, taxmondagi javonda turgan qalin kitoblar, taxlam-taxlam gazeta-jurnallardan boshim aylanib, bir zum to‘xtardim.
2. “O‘g‘irlab olganim”ni buvim ko‘rgan ekan. Kechki payt echkilarni daladan haydab kelib, qo‘raga qamayotganimda “qo‘lga tushdim”.
3. Tilim aylanmay qoldi. Chunki uni dalada bolalar bilan mushtlashib, oldirib qo‘ygan edim. Rangim oqarib ketdi. Zo‘rg‘a: “Yo‘q, joyida turgandir...” – dedim yerga qaragancha...


7
She’rni ifodali o‘qing. Matndan
ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni toping. Ularni o‘z ma’nosida qo‘llab,
gaplar tuzing.
Otamning bog‘i
Sayr qilsang bu bog‘da, Chiroyi ko‘zing olar. Hayratlanib shu chog‘da Og‘zing ochilib qolar.
Kular xandonpistalar – Bog‘ning quvnoq qizlari.
Iboli giloschalar Turar cho‘g‘day qizarib.
Bu xo‘b odobli tok-da,
Egilib tutar uzum.
Qara lampochka nokka, Yorishib ketar yuzing.
Qandday deysan totisang,
Ana shu – qandak o‘rik.
Yodingga tushar choynak, Anov behini ko‘rib.
Pishib yorilgan anor – Yoyilib kulgan pari. Ko‘rinar qator-qator
Yoqut misol tishlari.
Bu yoqqa boq, bu yoqqa, Ko‘rsatay bog‘ go‘zalin. So‘zim kirmas quloqqa, Olma terar ko‘zlaring.
Qay biriga qarashni Bilmay shoshib qolding-a?
Shaftolini aytolmay, “Shap-shap-shap” deb tolding-a?
Shunday, mevasin totib To‘yarsan o‘zing, do‘stim.
Lekin bu bog‘ga boqib,
To‘ymasdi ko‘zing, do‘stim.
8

Bolakay tabiatni yaxshi ko‘rarkan. Ayniqsa, bir-biridan go‘zal, rang-barang xushbo‘y gullarni ko‘rganda beixtiyor yayrab, quvonib, bahridili ochilib ketarkan. Gullarni ona zaminning bor nafosatini o‘zida jamlagan nozik bo‘lagi deb bilib, ularni ko‘paytirishni o‘ylab yurarkan.
Oradan bir necha kun o‘tib, tuvakdan nafis gullar unib chiqibdi. Ularning go‘zalligi barchaning havasini keltiribdi. Buni ko‘rgan ota-onasi mamnun bo‘lib, “Balli, o‘g‘lim!” – deya bolakayni maqtashibdi.
Maqtovlardan ruhlangan kichik bog‘bon katta ishlarga bel bog‘labdi. Qo‘liga belkurakchasini olib, hovlining bir burchagiga tuvakdagi gullardan o‘tqazibdi. Natijada mo‘jazgina chamanzor paydo bo‘libdi.
Mehnatsevar bolakay bor kuchini ishga solib, hovlisini gulzorga aylantirishga kirishibdi. Unga ba’zan otasi, gohida onasi yordam beribdi. Jajji singlisi Rayhona ham qo‘liga chelakchasini olib, gullarga suv quyibdi. Vaqt o‘tib, bolakay orzu qilganidek, hovlisi gullarga burkanibdi.
Qo‘ni-qo‘shnilar gulzorga aylangan hovliga havas bilan qarasharkan. Mahalladosh qizaloqlar bolakaydan “Bilimlar kuni”ga gullar berishini iltimos qilishibdi. Bolakay o‘zi parvarishlagan gulzordan ajoyib guldastalar yasab beribdi.
Mehnatlari ortidan rahmatlar eshitgan kichik bog‘bon erta bahor uyining yonginasidan o‘tgan ariq bo‘yini chopa boshlabdi. Shu payt yo‘l chetida yig‘ilib turgan bekorchi bolakaylardan biri uni so‘roqqa tutibdi:
8
– Ha, nima qilmoqchisan?
– Ko‘chamizni gulzorga aylantiraman, – dadil javob beribdi gulsevar bolakay.
– Bo‘ladigan ishni qilsang-chi?! – debdi o‘yinqaroq bolalardan biri.
– Ko‘cha juda katta bo‘lsa, bu ishni eplolmaysan, – suhbatga qo‘shilibdi koptok tepayotgan bola.
Bolalarning savol-javobini eshitib turgan qo‘shni otaxon suhbatga aralashibdi:
– Men bu bolakayni yaxshi bilaman, u hovlisini gulzorga aylantirgan. Ko‘chamizni ham gullarga burkashiga ishonaman.
Kichik bog‘bon ter to‘kib mehnat qilibdi. Dadasi uning belkurakchasini qayrab, o‘tkirlab berarkan. Onasi esa bolakay va uning singlisi Rayhonaga yangi chelakchalar olib kelibdi.
Ikki-uch oyda ko‘chadagi ariq yoqasi xushbo‘y gullarga to‘libdi. Rang-barang gullarga to‘la chamanzor ko‘chadan o‘tayotgan har bir odamga zavq bag‘ishlarkan.
Katta-kichik mahalladoshlar bu chamanzor oldida suratga tushishga odatlanishibdi. Gulzorni ko‘rganlarning barchasi bolakayga tasannolar aytibdi.
1. Ayting-chi, tabiat shaydosi deganda qanday inson ko‘z oldingizga keladi?
2. Bolakay nima maqsadda bo‘sh tuvakka gul ekishga qaror qildi?
3. Nima uchun bolakay ko‘chaga ham gul ekishni istab qoldi?
4.
Bekorchi bolalar hikoya qahramonining bu ishiga qanday munosabatda bo‘ldi?
28.
Hikoyadan
bolaga xos quyidagi sifatlarni ifodalovchi jumlalarni topib, yozing.
|
mehnatsevar |
... |
|
tabiat shaydosi |
... |
|
ezgulik ulashuvchi |
... |
29.
Bolaning
qiziqishiga ota-onasi qanday munosabatda bo‘ldi? Matndan shu bilan bog‘liq
ikkita jumlani topib, yozing.
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.