Amir Temurning jahon tarixida tutgan o’rni
1
21.05.2020
7-SINF O’ZBEKISTON TARIXI
Namangan shahridagi Prezident maktabi
Tarix fani ustozi
Abrorjon Sadriddinov
21.05.2020
3
Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo‘ylari, Balxash ko‘li va Elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi.
Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar
21.05.2020
5
U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo‘ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag‘dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir.
21.05.2020
6
Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi qadimiy karvon yo‘llarini tikladi.
Nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo‘shdi.
21.05.2020
7
21.05.2020
8
Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Ispaniya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatdi.
Fransiya qiroli Karl VI
Angliya qiroli Genrix IV
Ispaniya qiroli Genrix III
21.05.2020
9
Mo‘g‘ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida tanazzulga uchragan iqtisodni hamda mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini butunlay qaytadan tikladi.
21.05.2020
10
Amir Temur jahon va milliy tarixchilarning e’tirofida
Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi
bilan bir qatorda “Sohibi jahon” hamda “Sohibi adl” – “Adolat sohibi” nomlari bilan ulug‘lanadi.
Xalqaro YUNESKO tashkilotining tashabbusi bilan 1996-yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi keng miqyosda nishonlandi.
21.05.2020
11
21.05.2020
13
Amir Temurning asosiy tarixiy xizmati shundan iboratki, aynan uning hukmronligi davrida Yevropa va Osiyo qit’alari ilk bor o‘zlarining bir geosiyosiy maydonda yashayotganliklarini his etdilar.
I.A.Karimov, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti
21.05.2020
14
1402-yilda jahonga, ayniqsa, Bolqon yarimoroli hamda Yevropadagi xalqlar va mamlakatlarga tahdid solgan Turkiya sulton Boyazid I Yildirim tor-mor keltirilganidan so‘ng, fransuzlar Amir Temurning oltindan haykalchasini quydirib, ostiga “Yevropa xaloskoriga” deb yozdirib qo‘yilgan ekan.
21.05.2020
15
Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi va uning faoliyatiga qiziqishi XVI asrdan boshlangan edi.
21.05.2020
16
1553-yili Italiyaning Florensiya shahrida italiyalik olim Perondinoning
“Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” asari bosilib chiqdi.
Bu Yevropa olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy
tadqiqoti edi.
21.05.2020
18
1582-yili Seveliyada
mashhur Ispaniya elchisi Klavixoning “Esdaliklari” kitobi
nashrdan chiqdi.
21.05.2020
19
Ingliz dramaturgi Xristofor Morlo tomonidan “Buyuk Temur”
nomli sahna asari ham yaratildi.
21.05.2020
20
Hozirgi paytga kelib Amir Temur va Temuriylar haqida 33 davlatda da 500 dan ziyod chet ellik tadqiqotchilarning asarlari chop etilgan.
21.05.2020
21
Sho‘rolar tuzumi davrida Amir Temur shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan yondashilib, bir yoqlama baho berib kelindi.
21.05.2020
22
1968-yilda faylasuf olim I.M.Mo‘minovning “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” risolasini nashr etildi.
I.M.Mo‘minovning Amir Temur shaxsini o‘rganish tashabbusi bilan chiqishi yuksak vatanparvarlik fazilatining yorqin ifodasi bo‘ldi.
Mustaqillik yillarida Amir Temur xotirasining tiklanishi
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov sa’y-harakati bilan Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni o‘z joyiga qo‘yila boshlandi.
21.05.2020
23
1995-yilda Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi tashkil qilindi. 1996-yilda Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi, “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi.
21.05.2020
25
2017-yil 30-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida so‘zlagan nutqi davomida yoshlarga harbiy ta’lim-tarbiya beradigan kursantlar maktablariga “Temurbeklar maktabi” deb nom berish taklifini ilgari surdi.
21.05.2020
26
21.05.2020
28
Uyga vazifa:
Yangi mavzuni o’qib o’rganish;
Yangi mavzu yuzasidan berilgan yozma topshiriqni bajarish;
Материалы на данной страницы взяты из открытых источников либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.