Ушбу ишланма слайд тарзда берилган, Делпфи дастури хақида.
Ушбу дарс ишланмаси слайд тарзда берилган.
Ушбу дарс ишланмаси слайд тарзда берилган.
Ушбу дарс ишланмаси слайд тарзда берилган.
Ушбу дарс ишланмаси слайд тарзда берилган.
Эътиборингиз учун рахмат!
Эътиборингиз учун рахмат!
Эътиборингиз учун рахмат!
Эътиборингиз учун рахмат!
Эътиборингиз учун рахмат!
Эътиборингиз учун рахмат!
Ilmni kitobdan ,
bilimni hayotdan
o’rgan!
MAVZU: ILOVALAR
YARATISHNING
ZAMONAVIY
USULLARI
Reja:
1. Zamonaviy ilovalar.
2. Dasturlashning rivojlanish
4. Delphi dasturlash muhiti.
3. Zamonaviy dasturlash
bosqichlari.
muhitlari.
1.Zamonaviy ilovalar. Ma’lumki, zamonaviy
kompyuterlar operatsion tizimga ega. Operatsion tizim
ilovalari ular yordamida amaliy vazifalarni bajarishga xizmat
qiladi. Ilovalarga misol sifatida ofis ilovalari: MicroSoft
Word (qisqacha –MS Word),–MS Excel,–MS Access, – MS
Power Pointlarni keltirish mumkin.
Bu ilovalarning o‘ziga xos jihati ularning interfaolligi
bo‘lib, ular yordamida yuzlab va minglab amallarni bajarish
mumkin. Bunday murakkab ilovalarning o‘zi qanday
yaratiladi?
Ilovalarni yaratishning dasturiy vositalari bugungi kunga
kelib juda katta imkoniyatlarga ega. Ular bilan tanishishni
dasturlash tarixiga nazar tashlashdan boshlaymiz.
2.Dasturlashning rivojlanish bosqichlari. Ilovalar
(amaliy dasturlar) yaratish vositalarining rivojlanishini
quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
Dastlab yaratilgan kompyuterlarda dastur bevosita
mikroprotsessorning buyruqlari (mashina kodi) ketma
ketligi ko‘rinishida yozilgan. Bu esa dasturlash uchun
juda katta kuch va vaqt talab qilgan, dasturdagi xatolarni
topish mushkul bo‘lgan. Bu ishni bir oz bo‘lsada
osonlashtirish uchun mikroprotsessor buyruqlari uchun
qisqa nomlar kiritilgan va maxsus dastur bunday nomlarni
mashina kodi (mikroprotsessor buyruqlari)ga o‘girib
bergan. Hosil bo‘lgan dastur kodi bevosita kompyuterda
bajarilgan. Bunday dasturlash Assembler tilida dasturlash
deb atalgan.
Kompyuterlar ommaviy ishlab chiqarila boshlangach
(uchinchi avlod kompyuterlari), ularda operatsion tizim
vujudga keldi. Bunday kompyuterlarda dasturlash uchun
yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratildi. Dasturlash endi
kompyuterning mashina kodiga bevosita bog‘liq bo‘lmay
qoldi. Dasturlash tili odamlar orasidagi muloqot tiliga
ko‘proq 80 o‘xshab bora boshladi. Masalan, bu tillarda agar
x>0 bo‘lsa, u holda y=ln(x) kabi jumlalardan foydalanish
mumkin bo‘lgan. Dastur matnini kompyuter tushunadigan
mashina kodiga o‘girishni maxsus ishlab chiqilgan va
translyator deb ataluvchi dastur bajargan. Natijada dasturlash
ancha osonlashib, kompyuter yordamida yechiladigan
masalalar ko‘lami kengaydi.
Navbatdagi bosqichda kompyuterda yechiladigan
masala bir necha kichikroq va osonroq masalalarga
ajratilgan. Zarurat bo‘lganda, ular ham o‘z navbatida
yanada kichikroq masalalarga bo‘lib chiqilgan. Bu esa
bitta masala bo‘yicha bir nechta, ba’zan o‘nlab
dasturchilar birgalikda shug‘ullanishlariga imkon berdi.
Yaratilayotgan dasturiy vositalarning, ya’ni
ilovalarning sifati yanada oshdi, dasturlar yanada
murakkablashdi, dasturlar ko‘proq imkoniyatlarga ega
bo‘ldi. Bunday dasturlash tuzilmaviy dasturlash deb
atalgan. Biz bilgan dasturlash tili Turbo Pascal shunday
tillar jumlasiga kiradi. Masalani kichikroq masalalarga
ajratish hamda dasturlash protseduralar va funksiyalar
yordamida amalga oshirilgan.
Dasturlashning navbatdagi bosqichi obyektlarga yondashgan
dasturlash deb ataladi. Bu birinchi navbatda shaxsiy kompyuterlarning
keng tarqalishi va ularda ishlashni yanada oson va qulay qilish
maqsadida yaratilgan grafik operatsion tizimlar (ularga hozirgi paytda
keng tarqalgan Windows ham kiradi) bilan bog‘liq.
Biz bilamizki, axborotni qayta ishlash usulini ma’lum bo‘lgan
ma’lumot deb atash mumkin. Har qanday axborotni obyekt deb
qarashimiz mumkin. Turbo Pascalda ma’lumotlar o‘zgaruvchi va
o‘zgarmaslarga bo‘linadi. Ularni qayta ishlash usullari (qayta ishlash
algoritmlari) alohida protseduralar va funksiyalar ko‘rinishida bo‘ladi.
Obyektlarga mo‘ljallangan dasturlashda avvallari birlashtirish
mumkin bo‘lmagan bu ikki unsurni birlashtirish imkoni paydo bo‘ldi.
Ular orasidagi farq yo‘qola boshladi. Natijada axborot bilan ishlash
yanada qulay va yanada osonroq bo‘lib qoldi. Bu esa bitta dastur
ustida o‘nlab, yuzlab va hatto minglab dasturchilar birgalikda
ishlashlariga imkon berdi. Yaratilgan amaliy dasturiy vositalarning
imkoniyatlari keskin oshib ketdi.
Agar oyna degan obyekt yaratilgan bo‘lsa, dastur oynasi bilan ishlash bu
obyektning xossalarini kerakli tarzda o‘rnatish va obyekt usullaridan kerakli
joyda foydalanish ko‘rinishida juda oson kechadi. Natijada dasturlash yanada
osonlashdi, yaratilayotgan dasturlarning sifati yanada oshdi.
Endi ilova yaratish uchun boshqalar tomonidan yaratilgan tayyor obyektlarni
dasturga kiritish va ularning xossalarini kerak bo‘lgandek qilib o‘rnatish yetarli
bo‘lib qoldi. Bunday dasturlash vizual dasturlash deb ataladi va dasturlash
ko‘proq Lego yordamida o‘yinchoq yasashga o‘xshab qoldi.
Hozirgi paytda umumlashgan dasturlash usuli ommaviylashib bormoqda.
Uning ma’nosini quyidagicha tushuntirish mumkin. Dasturda uchburchak,
to‘rtburchak, ko‘pburchak, aylana kabi obyektlar va ularning yuzasi degan
xossalari bo‘lsin. Ularning har biridan foydalanish o‘rniga geometrik shakl yuzasi
degan xossadan foydalanishimiz mumkin. Dasturning o‘zi qanday geometrik
shakl to‘g‘risida gap ketayotganini aniqlab, kerakli obyektning kerakli xossasidan
foydalanib javobni topadi. Natijada dasturlash yanada osonlashdi va arzonlashdi.
Endi yaratilayotgan dasturni bir paytning o‘zida xoxlagan operatsion
tizim uchun va uning interfeysini kerakli tilda yaratish mumkin. Ularni
o‘zgartirish ko‘p vaqt va kuch talab qilmaydi.
3.Zamonaviy dasturlash muhitlari. Hozirgi paytda dunyoda o‘nmilliondan
ortiq dasturchilar bo‘lib, ulardan ikki millioni professional, qolganlari esa havaskor
dasturchilardir. Albatta, ularning ish qurollari, ya’ni ular foydalanadigan dasturlash
muhitlari ham birbiridan farqlanadi.
Bugungi kunda keng tarqalgan dasturlash muhitlarida asosan uchta dasturlash tili:
Si, BASIC, Pascal dan keng foydalaniladi. Professional va tajribali havaskor
dasturchilar asosan C (Si) va uning keyingi variantlari C++ va C# dan
foydalanishsa, faqat o‘zlarining masalalarini yechish uchun dasturlashda
foydalanadiganlarning ko‘pchiligi Pascal dan foydalanishadi. BASIC (to‘g‘risi,
Visual BASIC) Microsoft kompaniyasi mahsulotlari ofis ilovalari va boshqa
kompaniyalarning bir qator mahsulotlari, grafik muharrirlarda ishlarni
avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladi.
Kuchli raqobat va foydalanuvchilarni jalb qilish maqsadida hozirgi paytda ommaviy
dasturlash muhitlari bir paytda bir nechta dasturlash tillaridan foydalanish imkonini
beradi. Shuningdek, so‘nggi paytda yaratilayotgan dasturlash tillarining ko‘pchiligi
yuqoridagi tillardan biridan foydalanayotganlar uchun mo‘ljallab yaratilgan.
Masalan, keng tarqalgan veb dasturlash tillari Java, Java Script, ASP, PHP, Python
lar C++ va C# ga, keng tarqalgan kompyuter matematikasi paketlari MatLab,
MathCAD, Maplelarning dasturlash tillari Pascalga, MacroMedia Flash nomli
animatsion grafika yaratish ilovasining dasturlash tili Action Script esa Visual
BASICga o‘xshab ketadi.
4. Delphi dasturlash muhiti. Delphi (o‘qilishi Delfi)
qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan avliyo yashagan ibodatxona
joylashgan grek shaharchasining nomi bo‘lib, u avliyo kabi bu
dasturlash muhiti ham ko‘pchilik orasida juda mashhur bo‘lib
ketgan. Uning qariyib chorak asr mobaynida 25 ta varianti
yaratilgan bo‘lib, ular quyidagi uchta guruhga ajratiladi:
Delphi 1 – Delphi 8 (19952003 yillar)
Delphi 2005 – Delphi 2010 (20052009 yillar)
Delphi XE 1 – Delphi XE 10 (20102017 yillar)
Ularning barchasida asosiy (ba’zan yagona) dasturlash tili
Object Pascal bo‘lsada, ko‘pchiligida C++, Assembler da, oxirgi
variantlarida Java da, ba’zi versiyalarida hatto PHPda ham dastur
yozish mumkin. Oxirgi versiyalari Windows ilovalari bilan birga
Android va IOS ilovalarini ham yaratish imkonini beradi.
Mustahkamlash uchun SAVOL VA
TOPSHIRIQLAR
1.Dasturlashning rivojlanish bosqichlarini sanab
bering.
2.Zamonaviy dasturlash muhitlari haqida nimalar
bilasiz?
3.Delphi dasturlash muhitining nechta varianti ishlab
chiqilgan va ular necha guruhga bo‘linadi?
Uyga vazifa
1. Delphi
dasturlash
muhitining nechta
varianti ishlab
chiqilgan va ular
necha guruhga
bo‘linadi?