Сценарий для праздника "День учителей"
Оценка 4.9

Сценарий для праздника "День учителей"

Оценка 4.9
docx
28.10.2022
Сценарий для праздника "День учителей"
сценарий.docx

1 oktabr  «Ustoz va murabbiylar kuni»

 

KIRISH SO’ZI

Jahonda bo’lmasa Muallim agar

Hayot ham  bo’lmasdi go’zal bu qadar

Bu sher Abdurahmon Jomiy qalamiga mansub.

Assalomu aleykum mehribon ustozlar va aziz mehmonlar. Biz bugun 6 d sinf o’quvchilari bilan   “KIMLARDIR O’QITGANKU NAVOIYNI HAM” deb nomlangan kichkina tadbir tayyorladik. Bu tadbirda jonkuyarlik qilib  aziz ustozlarini tabriklashga oshiqgan va ustozlarni sevadigan oquvchilarni ko’rib meni o’zim ham quvnab, ich ichimdan xursand bo’ldim. Chunki men ham shu kasbni tanlaganman.

Aziz o’qituvchilar sizlarni bayramingiz bilan tabriklayman. Sizlarni mehnatingiz doimo ulug’lanib, Qadri baland inson bo’lib qolishingizni tilayman.

Tadbirimizga xush kelibsiz!!

 

1-o’quvchi

 

Ko’z o’ngimda ochdi dunyo muallimim,

Yo’llarimda sochdi ziyo muallimim,

Go’dak edim ona kabi parvarishlab

Ulg’aytirdi meni dono muallimim.

 

2-o’quvchi

Мы сегодня к вам пришли,

Чтобы вас прославить!

Пусть про вашу доброту

Вся страна узнает!

 

1-boshlovchi

 

Sizga qanday men tarif beray

Sizlar chunki qalbi ziyolar

Mehr bilan men dedim shunday

Ustozlarga o’xshagim kelar

 

Assalomu aleykum Aziz va qadrli ustozlar! Siz aziz mo’tabar zotlarni bugungi ulug’n ayyom bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

Bir shoir aytar edilar “Islohotchitini ham, siyosatchini ham, tikuvchini ham, olimni ham….. ustoz o’qitadi, tarbiyalaydi. Hattoki meni ham ustoz o’qitgan”

 

 

 

 

 

2-  boshlovchi

 

Darhaqiqat shoir aytganidek, barchamizni ustoz o’qitgan.

Aziz, sabrli ustozlarimiz Biz o’quvchi yoshlar bilan tayyorlagan “KIMLARDIR O’QITGANKU NAVOIYNI HAM” deb nomlangan kichkina tadbirimiz sizlarga albatta manzur bo’ladi degan umiddamiz.

 

 

1-boshlovchi

Hozir biz tadbirimizga Maktabimizni chiroyli va ko’rkam qilib bizni o’qishimiz uchun sinflarimizni tartibga solgan, bolajonlarni va bizlarni juda yaxshi ko’rgan ustozimiz maktabimiz direktori  ________________________ ______ taklif qilamiz.

 

(Direktor  gapiradilar)

 

 

1-oquvchi

 

Qadri bilinadi menda endi goh,

Olis maktabimning o’sha behasham…

Navoiyku bizga ustozdir, biroq

Kimlardir o’qitgan-ku Navoiyni ham

Shunday buyuk zotga harf o’rgatgan kim

Oddiy muallimda, oddiy Muallim.

 

2-o’quvchi

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,

Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqgan

Olimmi,shoirmi va yo san’atkor

Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqgan

 

3-oquvchi

 

От души мы поздравляем

Наших всех учителей

И здоровья всем желаем

От проказников детей

 

4-укувчи

 

Не смейте забывать учителей

Они о нас тревожатся и помнят

И в тишине задумавшихся комнат

Ждут наших возвращений и вестей.

 

(raqs)

 

1 o’quvchi

 

Alifbedan o’rin olgan

Harf tanitib burro qilgan

Ustozing kim?

BOSHLANGICH SINF O’QITUVCHIM

 

2-o’quvchi

 

Ilm fanni ramzi bo’lgan

Son,aksioma,teoremani tanitgan

Ustozing kim?

MATEMATIKA ALGEBRA USTOZIM

 

3-o’quvchi

 

Dunyoni keng bo’lsa ham

Globusda barin ko’rsatgan

Ustozing kim?

Geografiya o’qituvchim

 

4-oquvchi

 

So’zlar yig’ib gaplar tuzgan

Ega kesim tahlil qilgan

Matnlar to’g’ri tuzdirgan

Ustozing kim?

Ona-tili o’qituvchim

 

5-oquvchi

Ona tilimni o’rgatgan

Buyuk shoirlarni tanitgan

Ustozing kim?

Adabiyot o’qituvchim

 

6-oqituvchi

 

Buyuk o’tmishni o’rgatgan

Kelajakni tanishtirgan

Ustozing kim?

TARIX O”QITUVCHIM

 

7 o’quvchi

 

Millatlarga tanishtirgan

Xar xil tillarni o’rgatgan

Ustozing kim?

Ingliz va rus tili o’qituvchim.

 

8-o’quvchi

 

Sog’ligimizni o’ylagan

Doim jismonan mashq qildirgan

Ustozing kim?

JISMONIY TARBIYA O”QITUVCHIM

 

 

 

 

1-BOSHLOVCHI

Rasm, mehnat, fizika, astronomiya, biologiya, kimyo va barcha barcha o’qituvchilarimiz barchangiz tahsinlarga loyiqsiz.

Qaysi fan yoki qanday ustoz bo’lishingizdan qat’iy nazar sizlarni hamisha hurmat va e’tiborda e’zozlaymiz.

 

2-BOSHLOVCHI

 

Agarki dunyo imoratlari Ichida eng ulug’I maktab bo’lsa, kasblarning Ichida sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir.

 

 

1-BOSHLOVCHI

Bugungi bayramimizda Buxoro davlat universitetidan tashrif buyurgan aziz ustozimiz ____________________________________________ tashrif buyurganlar. Hozir ustozimiz bizga o’zlarining eng yaxshi tilaklarini bildirishlari uchun sahnaga taklif qilamiz.

 

(Ustoz chiqib gapiradilar)

 

 

1-boshlovchi

Aziz, sabrli, Qadri baland ustozlarimiz. Biz bugun kichkina  hajviy sahna ko’rinish tayyorladik.

Sahna ko’rinishimiz  “Uchrashuv”  deb nomlanadi.

 

 

“UCHRASHUV” sahna ko’rinishi.

 

“AZIZ USTOZLAR” qo’shig’i

 

1-boshlovchi

 

Aziz ustozlar sizga bugungi tadbirimiz yoqdi deb o’ylaymiz. Yana bir bor BAYRAMINGIZ MUBORAK BO’LSIN!!

BIZGA BILIM BERISHGA HECH QACHON CHARCHAMANG

 

2 BOSHLOVCHI

 

Ustoz dili bahorim,

Buloqday beg’uborim

Ishongan suyanch tog’im

Omon bo’ling ustozim

 

Komil avlod bog’boni

Yuksaltuvchi vatanni

Millatning Sharaf-shoni

Omon bo’ling ustozim

 

E’TIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT


 

Ustoz va murabbiylar kuni»

Ustoz va murabbiylar kuni»

Darhaqiqat shoir aytganidek, barchamizni ustoz o’qitgan

Darhaqiqat shoir aytganidek, barchamizni ustoz o’qitgan

Alifbedan o’rin olgan Harf tanitib burro qilgan

Alifbedan o’rin olgan Harf tanitib burro qilgan

Millatlarga tanishtirgan Xar xil tillarni o’rgatgan

Millatlarga tanishtirgan Xar xil tillarni o’rgatgan

AZIZ USTOZLAR” qo’shig’i 1-boshlovchi

AZIZ USTOZLAR” qo’shig’i 1-boshlovchi
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
28.10.2022