Sana:
Sinf:
Fan: Matematika
Mavzu: x + 56 = 70 ko’rinishidagi tenglalarni yechish
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad:tenglama va uni yechish haqida tushuncha berish;
Tarbiyaviy maqsad:o’quvchilarni tabiatga mehr - muhabbat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mantiqiy
fikrlash , tezkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish.
Darsning blok sxemasi.
№ | Darsning borishi | Vaqti | |
1 | Tashkiliy qism | 3 daqiqa | |
2 | O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash | 5 daqiqa | |
3 | Yangi mavzu bayoni | 20daqiqa | |
4 | Dam olish daqiqasi | 2 daqiqa | |
5 | Yangi mavzuni mustahkamlash | 12 daqiqa | |
6 | O`quvchilarni baholash va darsni yakunlash uyga vazifa berish | 3 daqiqa |
Darsning texnologik xaritasi
Kompetensiyalar:
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini topa olish, ifodalay olish va qismlarga ajrata olish;
kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sistemalarini real obyektlar joylashuvini aniqlashda qo‘llay oladi.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: “Aqliy hujum”, “Baliq ovi”, “Bo’sh o’tirma, bosh qotir” o’yini.
Dars jihozi: Kompyuter, slayd, darslik va ko`rgazmalar, tarqatmalar,
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish. Sinf xonasining gigiyenik holatini nazorat qilish. Navbatchidan ma`lumot qabul qilish. Sinfda psixologik iqlim yaratish.
Darsimiz:
Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo`lamiz ogoh.
Maqsadimiz:
O`rgangaymiz hisob-kitob ilmini,
Matematika jumboqlarning tilsimi.
Sinfimiz shiori:
Kamol topib,halol o’sib zo’r bo’lamiz,
Bilim olib xalq yo’liga nur bo’lamiz.
Maqsad sari intilamiz,adashmaymiz,
Yurt deganning yuragiga qo’r bo’lamiz.
O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i mustaqil mamlakatimiz ramzlaridan biri hisoblanadi. Davlat bayrog'i o'zining milliyligi, mustaqilligi bilan mamlakatimiz tabiati, tarixi, qudrati va eng yaxshi an'analarini jahonga namoyon qiladi. Davlat bayrog'i mamlakatimiz xalqlarini o'z atrofiga to'playdi. Ularni jipslashtirib, ulkan millatga aylantiradi. Davlat bayrog'i mamlakatimiz xalqlarining shodiyona paytlarida ham, qiyinchiliklarni yengib o’tishida ham butun jamiyatning ruhiy kuchlarini birlashtirishga yordam beradi.
O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida 1991-yil 18- noyabr kuni tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i
6-masala.
Avtomobil zavodi birinchi kuni 47 ta, ikkinchi kuni 3 ta ortiq mashina ishlab chiqardi. Zavod ikki kunda nechta mashina ishlab chiqargan? 1- kun
47ta
2-kun- ? ta, 3 ta ortiq
Ye:1) 47+3=50 ta
2) 47 + 50 = 97ta
Javob: Ikki kunda 97 ta mashina ishlab chiqarilgan.
O’tgan mavzuni mustahkamlash:
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.