Texnologil xarita
Mavzu | “O’zbekiston -Vatanim mening” bo’limi yuzasidan takrorlash (Ertak-dars) |
| Darsning maqsadi: O’quvchilarga mustaqil O’zbekiston,Vatan haqida tushunchalar berish, ravon va qiroat bilan o’qish bilim va ko’nikmalarini kengaytirish ; |
O’quv jarayonining mazmuni | O’quvchilarda vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo’lim yuzasidan fikrlarini shakllantirish; |
O’quv jarayoning amalga oshirish texnologiyasi | Uslub:Umumlashtiruvchi dars; |
| O’quvchilarning Vatan haqidagi ma’lumotlari kengayadi va o’qishga muhabbat ruhida tarbiyalanadi. |
Kelgusi rejalar (tahlil o’zgarishlkar) | O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining tahlil va takliflari asosida keyingi darslarga o’zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi. |
Ishning nomi | Bajariladigan ish mazmuni | uslub | vaqt |
1-bosqich | O’quvchilar davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorligini tekshirish | Tez javob,didaktik o’yin | 2 |
2-bosqich | Darsdavomida rioya qilish lozim bo’lgan qoidalarni belgilash. Dars shiorini ishlab chiqish | Munozara | 3 |
3-bosqich | 1-darsni quvnoq va yengil musiqa bilan boshlash.(darsning har bir qismida musiqa yangratish) O’quvchilarga telegramma keltirish. | Namoyish | 5 |
4-bosqich | O’zbekiston -Vatanim mening” bo’limi yuzasidan takrorlash | Didaktik o’yin | 4 |
5-bosqich | Darsda gi faolligiga qarab o’qquvchilar bilimlarini baholash va izohlash darsini yakunlashj | reyting | 2 |
6-bosqich | Darsda yana takrorlash topshirig’ini berish | tushuntirish |
Dars rejasi
Ma’naviyat daqiqalari
ISTIQLOL
OZODLIK
ISTIQBOL
ERK
Mustaqillik Istiqlol bu - mamlakatimizda 21 yildan buyon hukm suraytgan erkinlikni va ozodlikni tushunamiz.
Ozodlik bu – bunyodkorlikka ochilgan oydin yo’l.
Erk deganda biz erkinlikni, kelajak uchun erkin parvoz eta olishni tushunamiz.
Istiqbol bu – biz orzu qilayotgan yorqin kelajak.
Dars shiori:
a)Vatan yagonadir- Vatan bittadir;
b)Sog’lom bola-sog’lom yurt mevasi bugunimiz saodati, kelajak kafolati.
MUSTAQILLIK
bu - birovga qaram bo’lmaslik, o’z xohish va istagi bilan kelajakka intilishdir.
In which rules do we always achieve?
To be quietly during the lesson.
Be active to the lesson
To reach the all information
To spend the time in right way.
To express fully your own ideas
The rule of
“right hand”.
The golden rules of the lesson:
Darsda faol bo’lish
Intizomli bo’lish
Fikrni to’la bayon qilish
“O’ng qo’l” qoidasi
Yangiliklar sari intilish.
Vaqtdan ununli foydalanish
Darsning borishiTashkiliy qism
O’qituvchi:
Salom aziz bolalarim
Gulu-rayhon lolalarim
Qani tinglang so’zlarim
Jajji o’g’il qizlarim
Ona yurt egasisiz
Istiqlol ertasisiz
Bo’ling aq-lu rasolar
Ham bilimdon donolar
O’quvchilar
Bizlar yaxshi bolamiz
Ochilgan gul-lollamiz
Ota-ona izmidan
Ustozlarning so’zidan
Bizlar also chiqmaymiz
Darsga shay gulg’unchamiz
Qisqa va quvnoq musiqa yangraydi.
O’quvchi:Telegramma,telegramma sizlarga ertaklar yurtidan telegramma, shoshilinch telegramma olib keldim.
O’qituvchi:Rostdan ham telegramma ertaklar yurtidan ekan.
Qani Shahnoza o’qichi nima deb yozilgan ekan.
O’quvchi:Salom bilimdon bolajonlar. Sizdan yordam so’raymiz. Yurtimizga yovuz ajdarho hujum qilmoqchi.Uni yengish ushun
bir qancha murakkab savollarga javob berish lozim. Sizlardan yordam kutib qolamiz.
O’quvchi:Telegrammani bizga ertaklar yurtining shohi Ibn Xattob yuboribdi.
O’qituvchi:Ha,Ertaklar yurtidagi do’stlaringiz boshiga rostdan ham mushkul ish tushibdi. Ularga yordam beramizmi?
Bilasizmi bolajonlar buning uchun yo’lda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin.Ularga yordamga tayyormisiz? Unda ketdik.
O’quvchi: Ana tog’dan ham o’tib oldik
(Qisqa musiqa 2ta daryo tasvirlangan plakat osiladi. Daryoda rebus chizilgan bo”ladi. )
O’quvchi:Yurtimizda 2ta daryo oqib o’tadi. Ularning nomlari Amudaryo va Sirdaryo ushbu daryolardan o’tib olish uchun rebusni hal etishimiz kerak. Rebusni yechib , ’’Oy ona emish bolasi yulduz ‘’ she’rining sarlavhasi yashringan .
Bir necha o’quvchilar she’rni aytadi topqir o’quvchilar rag’batlantiradi.
O’qituvchi : Safarimizni davom ettiramiz. Hozir yurtimizda qaysi fasl hukum surmoqda ? Keling yo’lda sovuqda qolmaslik uchun “Qish”she’rini eslaymiz .
Bir necha o’quvchilarga she’rni aytiramiz.Qani bu she’r asosida bu boshqotirmani kim yechadi?
O’qituvchi : Mana bolajonlarim boshqotirmani hal etib isinib oldik Shu vaqt ajdoho niqobidagi bola sinifga kiradi .
Ajdaho: Kim men bilan jang qilmoqchi ( Bizlar)
Siz qayer qaysi yurt farzandlari siz .Mustaqil yurt O’zbekiston farzandlarimiz . Unda sizlarni yengishib menga qiyin bo’ladi
Men sizlarga savollar beraman . Agar savollarga to’ri javob bersangiz . Ertaklaryurti ahlining doimiy do’sti va ko’makchisi
bo’lib qolaman. Agar to’g’ri javob bera olmasangiz yovuzliklarimni davom etiraman . Jangga tayyormisiz ?Unda boshladik .
q |
| sh | ||||
p |
| y | m |
| ||
ch |
| n |
| l | r | |
sh |
| k |
| r | ||
q |
| r |
Test
1.Vataningiz O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini kim yozgan ?
A)A. Oripob B)E . VOhidov
Ajdaho :Juda bilimli bola ekansizlar .Men qiyinroq savol beraman.
2.Vatan she’rining muallifi kim?
A)P. Mo’min B)M. A’zam.
Ajdaho:Menimcha siz Vataningiz tarixini
bilmasangiz kerak?
3.Vataningizda yashab o’tgan allomalardan kimlarni bilasiz?
A)A.Temur. Ulug’bek. A. Navoiy
B)Ibn Sino. Beruniy.
4.Kim yurtimiz go’zalligini she’rlarida ifoda etgan?
A)A.Temur B)A.Navoiy
5.Ajdaho:Sizlarni yenga olmaydiganga o’xshayman. Osmonda yulduzlar ko’rinib
Uyqim kelib qoldi. Ha yulduzlarni ,yulduzlarni o’rganuvchi olim-munajjim yurtdoshlaringizdan qay biri?
A)Ulug’bek
B)Bobur
Ajdaho:Siz hammangiz bilimdon dono, Vataningizni sevuvchi, do’stlaridan yordamini ayamaydigan o’quvchilar ekansizlar. Qani aytingchi. Vataningiz tinchligini kim qo’riqlaydi?
Yurt qalqonlari –O’zbekiston askarlari. (Bir nechta o’quvchidan she’rni so’rash.)
Ajdaho: Sizlar ham askar bo’lasizlarmi?
Albatta.
Sizlar askarlik burchingizni a’lo darajada bajarsangiz kimlar sizlardan rozi bo’ladilar?
Ota-rozi Vatan rozi aytadi.
Ajdaho:Xursand bo’lib: “Raxmat “bolajonlar
Sizlar bilimdon ekansizlar. Sizlar bilan jang qilaman deb charchadim ko’krak suyagim og’riyapti. Nima qilsam ekan?
O’quvchilar:Suvda suzish to’garagiga qatnashish kerak.
“Suv-shifo” matnini so’zlash.
Ajdaho:Qishda suv sovuq-ku,qanday qilib suzish mumkin. Yaxshilik va yomonlik kimlarning qo’lidan kelishini bilasizmi?
Shamol va Quyosh ertagini ulash.
Ajdaho:Sizlar juda ham bilimdon bolalar ekansizlar. Men sizlardan yengildim .
Mening yurtim Vatanim Ertaklar yurti,
siznikichi?
Yagonadir Vataning sening matnini o’quchilardan bir nechtasiga o’qitish.
Vatan she’rini ayttirish.
Ajdaho: Men endi ertaklar yurtidagi do’stlaringizni qo’riqlashga xizmat qilaman chunki sizlar meni yengdingiz.
Xayr bilimdon bolajonlar.
O’quvchilar: Xayr Vataningizga sog’-salomat yetib oling.
(Musiqa yangraydi. )
O’qituvchi: Safarimiz mazmunli o’tdimi? Safarimizni mazmunli o’tishiga nima sabab bo’ldi?
O’quvchilar:Bizning bilimlarni yaxshi o’zlashtirganimiz.
O’qituvchi: Bolajonlar siz qaysi asardagi mavzularni bunyod etdingiz
O’quvchi : Vatan mavzusidagi asarlarni o’rgandik .
Vatan she’rini birgalikda ayttirish.
Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’barlantirish.
Darsning xulosasi :o’quvchilarni rag’batlantirib baholanadi.
Darsning yakuniy qismida
“ Omon bo’ling she’ri”.
Omon, omon, omon bo’ling,
Doim tinchlik tamon bo’ling.
Urushga yo’l qo’yilmasin
Yomg’irday o’q uzilmasin.
Uyga vazifa : O’tilganlarni mustahkamlash.
Biz bir yilga
rejalashtirganimizda, don ekamiz,o’n yilga
rejalashtirganimizda daraxt ekamiz, agar butun umrga rejalashtirsak farzandlarimizni o’qitamiz va tarbiyalaymiz.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.