10-11-sinflar uchun test yaratish
Оценка 4.9

10-11-sinflar uchun test yaratish

Оценка 4.9
pptx
26.03.2024
10-11-sinflar uchun test yaratish
16_test yaratish 10-11-sinf uchun.pptx

Mavzu: Maktab informatika kursining 10- 11 sinflari uchun mavzulashtirilgan qiyinlik darajasidagi testlar to’plamini yaratish

Mavzu: Maktab informatika kursining 10- 11 sinflari uchun mavzulashtirilgan qiyinlik darajasidagi testlar to’plamini yaratish

Mavzu: Maktab informatika kursining 10- 11 sinflari uchun mavzulashtirilgan qiyinlik darajasidagi testlar to’plamini yaratish

Mavzuning dolzarbligi: Yaratilgan mavzulashtirilgan testlar to’plami test nazoratining interaktiv, zamonaviy shakllaridan biri hisoblanadi

Mavzuning dolzarbligi: Yaratilgan mavzulashtirilgan testlar to’plami test nazoratining interaktiv, zamonaviy shakllaridan biri hisoblanadi

Mavzuning dolzarbligi: Yaratilgan mavzulashtirilgan testlar to’plami test nazoratining interaktiv, zamonaviy shakllaridan biri hisoblanadi. Masofaviy ta`limda testning interaktiv shaklining ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Ushbu yaratilgan testlar fanni chuqur o’zlashtirish uchun yaxshi esda saqlash qobiliyati, aniq fikrlash, aqliy fikrlashning samaradorligini oshirish uchun muhim omil sanaladi. Hozirgi kunda o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish, uning mazmun mohiyatini bilish juda muhimdir. Uning ta’limda qo’llanilishi esa o’quv jarayonini samaradorligini oshirish yo’llaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shu jihatdan olganda ishning muammosi dolzarb hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi: Maktab informatika kursining 10-, 11-sinf o’quvchilari bilimini mustahkamlashga o’z hissasini qo’sha oladigan testlar majmuini yaratish.
Bitiruv malakaviy ishimizning vazifalari: Malakaviy ish maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi: test tuzish qoidalarini, usullarini, o’quvchilar bilimini mustahkamlash uchun tuzilgan testlardan o’z vaqtida foydalanishni o’rganish. Test turlari bilan yaqindan tanishib chiqish.
Bitiruv malakaviy ishimizning o`rganilganlik darajasi: Bitiruv malakaviy ishimni bajarish jarayonida juda ko’p ma’lumotlarni o’rgandim.Ya’ni 10- va 11-sinf informatika darsliklarini yana bir bor mustahkamladim hamda universitetda mavjud tizim bilan bog’langan test moduli haqida oz bo`lsa ham bilimga ega bo`ldim. Test tuzish qoidalari, testlarning turlari, qaysi vaqtda qaysi turdagi testdan foydalanish to’grisida tushunchalarga ega bo’ldim.

Kirish

O’quvchilar bilimini test asosida tekshirish uslubi

O’quvchilar bilimini test asosida tekshirish uslubi

1.1 O’quvchilar bilimini test asosida tekshirish uslubi

Hozirda o’quvchilarning bilimini sinab ko’rishda asosan – test-sinov usulidan keng foydalanilmoqda. Testli sinovda o’quvchilar faqat o’zlarining bilimlarini tekshirib ko’rishmaydi, balki mazkur fandan olgan bilimlarini mustaqil ravishda takomillashtirishadi va chuqurlashtirishadi.
Test - inglizcha so’z bo’lib, tadqiq etish, tekshirish, sinab ko’rish degan ma’nolarni anglatib, diagnostika metodi hisoblanadi, unda standart savollar beriladi.

Testli sinov va imtihonlarning an’anaviy imtihonlardan afzalligi shundaki, o’quvchi o’zining chuqur bilimini, keng dunyoqarashini to’laroq namoyon qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Test sistemasi o’quvchilarni baholashning boshqa ko’rilgan uslublariga qaraganda qanday afzallikka ega. Undan foydalanish mohiyati nimada? Bu savolga quyidagicha javob berishimiz mumkin:
1. Barcha o’quvchilarga teng sharoit yaratiladi (vaqt hisobida ham, test savollarini tanlash hisobida ham).
2. Ma’lum vaqt ichida ham o’quvchilaring keng doirasini, ham mavzuning to’liq doirasini qamrab olish mumkin.
3. Berilgan savollarda tasodifiylik elementlari kamayadi, bu esa imtihon oluvchining noxolisligini yo’qqa chiqaradi.
4. Imtihon oluvchi va topshiruvchi o’rtasida subyektiv fikrni yo’qqa chiqaradi.
5. Tekshirishga vaqt va kuch sarflash kamayadi, shu bilan birga o’qituvchi va o’quvchi ustida nazoratni yengillashtiradi.
6. Test javoblariga mashina tomonidan tezda statik ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo’ladi, chunki savol va javoblar standart shaklga ega.

Pedagogik testlar bilimlarga baho berishning istiqbolli usuli hisoblanadi

Pedagogik testlar bilimlarga baho berishning istiqbolli usuli hisoblanadi

Pedagogik testlar bilimlarga baho berishning istiqbolli usuli hisoblanadi. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat: test topshiriqlari o’quv fanining asosiy mazmunini qamrab oladi (imtihon bileti o’zida nazorat qilinadigan o’quv materialining 4-5 foizini qamraydi xolos); hamma talabalar testning bir xil savollariga javob beradilar, bu ularning bilimlarini taqqoslashga imkon beradi; o’quvchilar bilimiga haqqoniy baho berish mezoni oshadi; test nazoratida oldindan yaratilgan, hamma uchun bir xil bo’lgan shkala yordamida talabalar bilimiga bir muncha aniq va tabaqalashgan baho qo’yishga imkon beradi (reyting); o’qituvchi talabalar bilimini nazorat qilishga kam vaqt sarflaydi; boshlang’ich darajasini va har qanday vaqt oralig’ida bilimlarni oshirish imkoniyatini o’lchashga sharoit yaratiladi;test nazorati kompyuterlashtirishga (avtomatlashtirishga) qulay. Bu pedagogik testlashning asosiy afzalliklaridan biridir. O’quv jarayonining takrorlanuvchanligi ham aynan shunda o’z ifodasini topadi.

Test topshiriqlarini empirik usulda sinash

Test topshiriqlarini empirik usulda sinash

1.2 Test topshiriqlarini empirik usulda sinash

O’zbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy o’quv yurtida (1995y.) tuzilgan dastlabki 369 ta test topshiriqlari professor Farberman B. L. rahbarligidagi bir guruh olimlar tomonidan ekspertiza qilindi. Bu test tuzuvchilarning eng xarakterli quyidagi xatolarini tahlil qilish, umumlashtirish va darajalarga bo’lib chiqishga imkon beradi.
1. Yopiq test topshiriqlariga taklif qilinayotgan javoblar miqdorining kamligi (4-5 ta javob bo’lishi tavsiya etiladi). Ularning soni kamroq bo’lganda to’g’ri javobni tasodifiy tanlash ehtimoli ancha oshadi.
2. Testda oddiy dalillar, voqyealarning sanalari, atamalar, ism-shariflar, ya’ni faqat eslab qolishni talab etadigan topshiriqlarning ko’pligi. Bunday topshiriqlarni tuzish osonroq, biroq bu holda test faqat xotira bilan bog’liq bilimlarnigina nazorat qiladi, xolos. Tanqidiy baho berish, turli xil dalillarni umumlashtirish yoki o’rganilgan tamoyillarni yangi sharoitlarda qo’llanishga doir test topshiriqlarini tuzish qiyinroq, lekin ana shunday topshiriqlargina talaba bilimini to’laqon baholaydi.

Test topshiriqlarining shu fan bo’yicha darslikka o’ta bog’liq bo’lib qolganligi

Test topshiriqlarining shu fan bo’yicha darslikka o’ta bog’liq bo’lib qolganligi

3. Test topshiriqlarining shu fan bo’yicha darslikka o’ta bog’liq bo’lib qolganligi. Test topshiriqlari o’quvchining o’zlashtirib olishi shart bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar va malakalarga muvofiq kelishi lozim.
4. Testda shu o’quv fani asosiy qoidalarini umumlashtiradigan majmuali xarakterdagi topshiriqlarning yo’qligi. Bu alohida vaziyatga oid masalalar: keltirilgan ma’lumotlar asosida texnik, boshqaruv va boshqa qarorlar qabul qilish, bemorga tashhis qo’yish uchun klinik ma’lumotlar va boshqalar bo’lishi mumkin.
5. Taklif qilinadigan javoblarning kattaligi (beso’naqayligi). Test topshiriqlarida javoblarning ko’p satrli bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, ularni anglab olish qiyin bo’ladi va talaba beshinchi javobni o’qib bo’lguncha, birinchi javob mazmunini unutib qo’yadi. Murakkab topshiriqni bir necha oddiylariga bo’lib test topshiriqlari tuzilishi zarur.
6. Test topshirig’i shartlarini (savollarini) ta’riflashdagi ko’p so’zlilik. Test topshiriqlaridagi oddiy va lo’nda qilib bayon qilingan fikr sinovdan o’tuvchining fikrlash va tafakkur jarayonini yengillashtiradi. Bu holda, u talab qilingan fikrni va o’zaro mantiqiy bog’lanishlarni tezroq topish imkoniyatiga ega bo’ladi.
7. Shunday test topshiriqlari ham uchraydiki, ularga to’g’ri javob topish uchun kuzatuvchining o’zi kifoya qiladi. Masalan: biror topshiriq, yakunlovchi testning boshqa qismida joylashgan topshiriqning javobi bo’lib qolgan. Aytaylik, bir topshiriqda Yerning tortishish kuchi qonunini ta’riflagan olimning familiyasini aytib berish talab qilinadi, ayni vaqtda boshqa topshiriq quyidagicha ifodalangan: «Nyutonning Yerni tortish kuchi formulasi…».

Ta’riflashdan ikki xil ma’no chiqishi yoki uning aniqmasligi, topshriqni noto’g’ri tushunishga olib kelishi mumkin

Ta’riflashdan ikki xil ma’no chiqishi yoki uning aniqmasligi, topshriqni noto’g’ri tushunishga olib kelishi mumkin

8. Ta’riflashdan ikki xil ma’no chiqishi yoki uning aniqmasligi, topshriqni noto’g’ri tushunishga olib kelishi mumkin. Bu, o’z fikrini savol yoki test topshirig’ini tasdiqlovchi javob tariqasida aniq ifodalab beradigan bitta gap tuzish malakasining yetarli emasligidan kelib chiqadi. Yozilgan matnni boshqa kishiga o’qitib ko’rish test ravonligini aniqlashning eng yaxshi yo’lidir. Topshiriq tuzuvchi talabalar fikri bilan bog’liq bo’lib, ko’pincha u o’z ta’riflarining boshqacha mazmunini anglay olmaydi.
Test faqat oson yoki faqat qiyin topshiriqlardan iborat bo’lish kerak emas, u deyarli hamma talabalar to’g’ri javob bera oladigan eng osonidan, to bitta-ikkita talaba to’g’ri javob bera olishi mumkin bo’lgan turli-tuman topshiriqlarni o’z ichiga olishi zarur. Eng yaxshi biladigan talabalarni aniqlash uchun testga shunchalik qiyin bitta savol kiritish mumkinki, unga mingta talabadan taxminan bittasi to’g’ri javob bera olsin. Bordi-yu, tahlil qilinayotgan savolga bironta ham talaba javob topa olmasa, bu savol testdan zahiraga o’tkazib qo’yiladi.
Ochiq topshiriqlar. Agar test topshirig’i matnida uning tayanch so’zlari yoki gap tushirib qoldirilgan bo’lsa, bunday topshiriq ochiq (tugallanmagan) test deb ataladi.
Yopiq topshiriqlar. Bunday topshiriq savoldan va bir necha javoblardan iborat bo’ladi, bu javoblardan biri to’g’ri, qolganlari to’g’riga o’xshash, biroq noto’g’ri bo’ladi. Taklif qilinadigan javoblar soni ikkitadan beshtagacha va bundan ko’proq bo’lishi mumkin. Sinovdan o’tuvchining tanlagan javobiga ko’ra, test topshirig’i tegishli ikkita kod: 1 yoki 0 bilan kodlanib, so’ngra shu holda EHMga kiritiladi.

Testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari

Testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari

2.1 Testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari

Pedagogik testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro’yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog’lanish mavjud: testlarni qo’llash ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi; ta’lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog’liq; oqilona boshqaruv esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi.
Testshunoslik batafsil bayon etilishi zarur bo’lgan alohida soha ekanligi va shu bilan birga, test topshiriqlari pedagogik texnologiya bo’yicha loyihanlangan tashhislanuvchi o’quv jarayonini amalga oshirishning muhim vositasi ekanligini ham e’tiborga olib, bu bo’limda testshunoslik tarixi (J. Fisher, F. Gamelton, Ch. Grim, Ch. Rassel), test usulining afzalliklari, test shakllari va ularni tuzishga oid didaktik talablar haqida ixcham ma’lumot beriladi. Bilamizki o’tkazilgan har qanday dars mashg’ulotining natijasini bilish ya’ni tinglovchilar shu mashg’ulotini qay darajada o’zlashtirganini bilish doimo ahamiyatli hisoblanadi. Bu jarayonni o’rganishda jahon tajribasidan kelib chiqadigan bo’lsak test o’tkazish eng samarali usul hisoblanadi.
Testni yaratilgan paytda o’zining bir qancha toifadagi odamlarning tanqidiga uchragan va bu fikrlar quyidagilarni o’zini ichiga olgan.

Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864-yilda

Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864-yilda

Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864-yilda Buyuk Britaniya olimi J.Fisher tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo’llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo’nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan yaratilgan. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi bilan matematik uslublar ham qo’llanila boshlandi. Bunday uslublar o’z navbatida test-larni ishlab chiqishga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o’quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo’nalish: aqliy (intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo’llash hamda talabalarning o’qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo’ljallangan pedagogik testlarni yaratish va qo’llash sohalari rivojlana boshladi.

Test sinovlarining asosiy maqsadi: ham o’tilgan darslarni o’zlashtirish darajasi to’g’risida, ham navbatda o’rganilishi lozim bo’lgan dars hajmi to’g’risida o’qituvchiga axborot berish, o’qituvchiga o’qitish uslubini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan.

Test topshiriqlarini tuzish metodikasi

Test topshiriqlarini tuzish metodikasi

2.2 Test topshiriqlarini tuzish metodikasi

Pedagogik testlash xizmati (PTX) Prinston universitetida joylashgan, unda 2300 nafar kishi, shu jumladan, 250 nafar falsafa, pedagogika, psixologiya, sosiologiya, statistik va psixologik uslublar, kasb tanlash bo’yicha fan doktorlari, shuningdek, turli fanlar bo’yicha fan doktorlari, 200 nafar magistr, har xil fanlar bo’yicha o’qituvchilar xizmat qiladi. Testlar EHMda ishlanadi va sinaladi. Mamlakatda pedagogik testlash xizmatiga bo’ysunadigan 5000 test punktlari mavjud. Test o’tkazish uchun Prinston markazi 53 ishonchli shaxslarga (odatda test o’tkaziladigan o’quv yurtlari pedagoglariga) test materiallari va test o’tkazish bo’yicha yo’llanmalar yuboradi.

Test topshiriqlariga qo’yiladigan didaktik talablar. Tuzilgan test topshiriqlarining hammasini ham birdek qo’llashga yaroqli deb bo’lmaydi. Test savollari mukammal bo’lishi uchun, ularni tuzishda bir qancha talablarga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardan iborat: test topshiriqlari mazmunining o’quv maqsadiga muvofiqligi, material ahamiyatliligi, ilmiy aniqlik, izchillik, to’kislik va uyg’unlik, o’zlashtirish darajasiga ko’ra tabaqalashganligi, samaradorlik (kumulyativlik), til ravonligi va aniqligi, bir ma’nolilik, vaqtning qat’iy belgilanishi, ixchamlik, murakkablik me’yori, to’g’ri javobda qo’shimcha belgilarining mavjud emasligi, variativlik, shaklan va mazmunan o’zaro bog’liqlik.

O’quv maqsadiga muvofiqligi. Test topshiriqlarining mazmuni aniqlashtirilgan (identifikasiyalangan) o’quv maqsadlariga muvofiq bo’lishi lozim

O’quv maqsadiga muvofiqligi. Test topshiriqlarining mazmuni aniqlashtirilgan (identifikasiyalangan) o’quv maqsadlariga muvofiq bo’lishi lozim

1. O’quv maqsadiga muvofiqligi. Test topshiriqlarining mazmuni aniqlashtirilgan (identifikasiyalangan) o’quv maqsadlariga muvofiq bo’lishi lozim. O’quv maqsadlari majmui iyerarxik tuzilishiga ega. Shuning uchun nisbatan yaqin maqsadni amalga oshirmay turib, umumiy (nisbatan olis) maqsadga erishib bo’lmaydi. Har bir test savoli ma’lum bir o’quv maqsadining ro’yobga chiqishini ta’minlashi zarur.
2. Materialning ahamiyatliligi. Test savollariga o’quv materialining eng muhim, asosiy qismlarini kiritish lozim. Testda topshiriqlar soni odatda cheklangan bo’ladi. Binobarin, to’g’ridan-to’g’ri qo’yilayotgan masalada barcha mavzular to’liq qamrab olinmagan bo’lishi mumkin. Talabaning umumiy holatdan xususiy xulosaga kelishi (deduktiv) va aksincha, ayrim dalillardan umumiy xulosalar (induktiv) chiqara olishi, uning nazariy qoidalarni alohida xolatlarda qo’llashni nechog’lik o’zlashtirib olganini, tafsilotlarni bilishi esa nazariy asoslarni tushuntira olish qobiliyatlarini ko’rsatadi.
3. Ilmiy aniqlik. Testga mushohada, bilim orqali asoslash mumkin bo’lgan haqqoniy ma’lumotlar kiritiladi. Fandagi munozarali qarashlarni test savollariga kiritish tavsiya etilmaydi. Test topshiriqlari tabiati asosan, avvaldan ma’lum, aniq javob berishni taqozo etadi.

Izchillik. Testdagi topshiriqlar ma’lum bir fanga taaluqli, umumiy bilim mohiyatiga ko’ra o’zaro bog’liq bo’lishi lozim

Izchillik. Testdagi topshiriqlar ma’lum bir fanga taaluqli, umumiy bilim mohiyatiga ko’ra o’zaro bog’liq bo’lishi lozim

4. Izchillik. Testdagi topshiriqlar ma’lum bir fanga taaluqli, umumiy bilim mohiyatiga ko’ra o’zaro bog’liq bo’lishi lozim. Izchillik ayni bir topshiriq javobini umumiy test natijalariga nisbatan munosabatida (korrelyativ) ko’rinadi.
5. To’kislik va uyg’unlik. Testdagi topshiriqlarning umumiy soni mavzu va qismlarga nisbatan muvofiq taqsimlanishi ahamiyatli. Bu talab test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim.
6. O’zlashtirish darajasiga ko’ra tabaqalanganligi. O’quv materialining ma’lum bir tarkibiy qismiga oid o’zlashtirish darajasi turlicha (bilish, eslab qolganini tasvirlash, samarador bilimlar va ijodiy fikrlash) bo’lgan test topshiriqlarini tuzish lozim. Bu talab ham test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim.
7. Samaradorlik (kumulyativlik). Samaradorlik test topshiriqlarining borgan sari murakkablashib borishini nazarda tutadi. Bu qat’iy talab emas. Chunki, zamonaviy kompyuter test tizimida talabaga navbatdagi test topshirig’i, avvalgisini qanday yechganiga qarab beriladi. Ya’ni avvalgi savolga noto’g’ri javobdan so’ng, unga nisbatan murakkab bo’lmagan test topshiriqlari berilishi mumkin.

Vaqtning qat’iy belgilanganligi

Vaqtning qat’iy belgilanganligi

8. Vaqtning qat’iy belgilanganligi. Bu shartning mohiyati shundan iboratki, o’ylash uchun 2 daqiqadan ortiq vaqt talab etiladigan test savollari bo’lmasligi lozim. Birqancha xorijiy test topshiriqlarini tahlil etilganda, matematika bo’yicha 65 sekund, til va adabiyot bo’yicha 32 sekund, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo’yicha 41 sekund, dalillar va iboralar uchun 20-25 sekund, chizmalar uchun 90 sekund, shakllarni aniqlash uchun 90-120 sekund vaqt ajratilishi ma’lum bo’ldi.
9. Ixchamlik. Test topshiriqlarining matni cho’zilib ketmasligi, qalashtirib tashlanmasligi lozim. Murakkab ko’lamli o’quv savolini o’zlashtirishni aniqlash zarur bo’lgan hollarda, uni bir qancha ihcham test topshiriqlariga bo’lib tuzilgani ma’qul.
10. Til ravonligi, aniqligi va bir ma’noliligi. Test topshiriqlarida ko’p ma’nolilik va noaniqlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. AQSHda test topshiriqlarini tuzuvchilar guruxiga muayyan bir o’quv fani bo’yicha tajribali pedagog va ruxshunosdan tashqari adabiy muharrir ham kiritilishi an’anaga aylangan.
11. Murakkablik me’yori (yaroqliligi). Test topshiriqlari pedagogik jihatdan samarali bo’lishi uchun, ular oddiy axborot berib qolmasligi, javobi ochiqdan-ochiq ayon bo’lmasligi lozim. Natijasi yarmiga teng bo’lgan test topshiriqlari nisbatan samarali hisoblanadi. Bunday natija o’quv materialini yaxshi o’zlashtirgan yoki chuqur tayyorgarlik ko’rmagan talabani aniqlashni osonlashtiradi. Shuning uchun ham, abituriyentlarni tanlash, bitiruv imtihonlari kabi muhim tadbirlar uchun test topshiriqlari o’quv dasturini to’liq o’rgangan talabalarning 50 foizi bajara olishi mumkin bo’lgan darajada tayyorlanadi.

To’g’ri javobda qo’shimcha belgilarning mavjud bo’lmasligi

To’g’ri javobda qo’shimcha belgilarning mavjud bo’lmasligi


12. To’g’ri javobda qo’shimcha belgilarning mavjud bo’lmasligi. Test tuzishda tajribasiz kishi tushunarli bo’lsin, degan maqsadda to’g’ri javobni boshqa javoblarga nisbatan kengroq va batafsilroq bayon qiladi. Talabalar bu farqni tez anglab oladilar va javobni ana shu belgiga qarab aniqlashadi.
13. Variativlik. O’quv materialidagi ma’lum bir mavzuni o’zlashtirishni nazorat qilish uchun mantiqiy fikr bayoni, sintaktik tuzilishi, morfologik belgilari yoki murakkablik darajasiga ko’ra turlicha bo’lgan, lekin bitta o’quv materialiga tegishli test savollari tuzish mumkin. Bu bir o’quv maqsadiga erishish yo’lida topshiriqlar turkumini yaratish imkonini beradi (invariant testlar).
14. Shaklan va mazmunan o’zaro bog’liqlik. Bu talab falsafadan, uning qoidalarini san’at asarlarini o’rganishga qiyoslashdan olingan. Gegel fikricha, haqiqiy san’at asari shaklan va mazmunan yaxlit asardir. Binobarin, test topshiriqlari ham shaklan va mazmunan uyg’un bo’lishi lozim.
Test rejasini ishlab chiqish. O’quv fan bo’yicha test topshiriqlari tuzishni uning rejasini ishlab chiqishdan boshlash tavsiya qilinadi. Avval fan bo’yicha test topshiriqlarining umumiy soni belgilanadi. Tegishli kafedra bu masala bo’yicha qaror qabul qiladi. Bunda mazkur o’quv fanini o’rganishga ajratilgan umumiy soatlar soni va test tuzishga oid talablar hisobga olinadi. Darsxona mashg’ulotlarining hajmi katta bo’lgan kurslar uchun o’quv rejasi bo’yicha mazkur o’quv fani soatlaridan ko’proq test topshiriqlari sonini tanlash maqsadga muvofiq. Bu mashg’ulotlarning har bir o’quv soatiga testda 1-2 ta savol qo’yishga imkon beradi.

Tester tizimi yaratish ketma- ketligi

Tester tizimi yaratish ketma- ketligi

Tester tizimi yaratish ketma- ketligi

Tester Tizimini yaratishda Asosiy dastur sifatida I spring Quiz maker dasturidan foydalanamiz.Quyidagi rasmda I spring quiz maker dasturining asosiy ishchi oynasi keltirilgan.

Test yaratish jarayoniga kirishamiz

Test yaratish jarayoniga kirishamiz

Test yaratish jarayoniga kirishamiz .Buning uchun I spring quiz maker Dasrurini “Glavnaya” Bo`limidan “Odin vibor” Bir martalik tanlovni tanlaymiz.

Test savollari va javoblarini kiritishni boshlaymiz

Test savollari va javoblarini kiritishni boshlaymiz

Test savollari va javoblarini kiritishni boshlaymiz. Buning uchun 1 – oynada
“Novo`y vopros s nеskolkimi variantami otvеtov” So`zi orniga savol yozish kerak
“Izabrajеniе” qismida Savol mazmuniga mos rasm qo`yish imkoniyatiga egamiz.
Undan tashqari “Zvuk” Bu yerda savol mazminiga mos ovozli malumotalarni
joylashtiraniz. “Vidеo” Video ma`lumotlarni joylashtirish imkoniyatiga egamiz.
“Otvеt” Javoblarni ko`rsatamiz.Javoblar soni istalgancha olish mumkun. Javoblar sonini ko`paytirish uchun “Dobavit” boshish kifoya.
Undan tashqari javoblar variant o`ziga rasmlar va formula yozish uchun maxsus
belgilar qo`yilgan. “Otvеt” bo`limida javoblar sonini 2 tadan ko`paytirishimiz bilan “Udalit”, “ Vvеrx” va “Vniz” tugmachalari aktivlashsi.
“Udalit” Kerak bo`laydigan javob variantini o`chiradi “ Vvеrx” Belgilangan to`g`ri javobni yuqoriga suradi “Vniz” Belgilangan to`g`ri javobni pastga suradi.  
KIritilgan savollar to`plamini Asosiy oynakni chap qismida joylashgan “Voproso`” Qismida aks ettiriladi.
Bu bo`limni past qismida Barcha savollar va
Umumiy bal joylashgan.Savollarni o`cherish
uchun savolni belgilab “Udalit vo`branoе”
tugmachasi bosiladi.

Yuqorida ko`rsatilgan qismda Tanlash imkoniyati ,har bir savol uchun ballar ,Savollar ketma-ketligi keltirilgan

Yuqorida ko`rsatilgan qismda Tanlash imkoniyati ,har bir savol uchun ballar ,Savollar ketma-ketligi keltirilgan

Yuqorida ko`rsatilgan qismda Tanlash imkoniyati ,har bir savol uchun ballar ,Savollar ketma-ketligi keltirilgan.

10-11-sinflar uchun test yaratish

10-11-sinflar uchun test yaratish

Yuqoridagi oynada test variantlarini kiritib test javob variantlari joylangan shakli ko’rsatildi

Yuqoridagi oynada test variantlarini kiritib test javob variantlari joylangan shakli ko’rsatildi

Yuqoridagi oynada test variantlarini kiritib test javob variantlari joylangan shakli ko’rsatildi.
Test kiritish yakunlangach tuzilgan testni ko`rish uchun asosiy menyular qatoridagi Glavnaya bo`limidan Prеdprosmotr tanlash kerak undan keyingi qadam quyidagicha natija beradi.

E’tiboringiz uchun rahmat

E’tiboringiz uchun rahmat

E’tiboringiz uchun rahmat

Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
26.03.2024