O’tilgan mavzu yuzasidan savollar
Zamonaviy fizika nuqtayi nazaridan yorug‘lik nima?
Yorug‘likning korpuskulyar xossasini tavsiflaydigan omillar qanday?
Foton nima? Fotonning xususiyatlari nimalardan iborat?
Fotoeffekt ro‘y berish shart-sharoitlari qanday?
Fotoeffektning qizil chegarasini tushuntiring.
Yorug‘lik uchun zarra to‘lqin dualizmi nimadan iborat?
Tomson modeli
Atomning birinchi modeli elektronni kashf etgan mashhur ingliz fizigi J.J.Tomson tomonidan taklif qilingan edi. Tomsonning fikriga ko`ra, atomning musbat zaryadi atomning butun hajmini egallaydi va bu hajmda bir xil zichlikda taqsimlangan. Eng oddiy atom bo`lmish vodorod atomi radiusi 10-8 sm bo`lgan musbat zaryadli shardan iborat bo`lib, bu sharning ichida bir necha elektron bo`ladi, bunda atomni keksga o`xshatish va elektron mayiz singari joylashgan deyish mumkin deb hisoblangan.
Biroq Tomsonning atom modeli atomda musbat zaryadning taqsimlanishini tadqiq qilishga doir tajribalarga mutlaqo zid bo`lib chiqdi. Birinchi marta buyuk ingliz fizigi Ernest Rezerford o`tkazgan bu tajribalar atomning tuzilishini tushinishda katta rol o`ynadi.
J.J.Tomson
Rezerford tajribalari
Elektronlarning massasi atomlar-ning massasidan bir necha ming marta kichik. atom butunicha neytraldir. Binobarin atomning butun massasi uning musbat zaryadli qismiga to`g`ri keladi. Atom ichida musbat zaryadi borligini aniqlash uchun Rezerford 1906 yilda atomni α-zarralar bilan bombardimon qiladi. Ma`lumki α-zarra massasi elektron massasidan 8000 marta katta bo`lib, musbat zaryadi elektron zaryadidan 2 marta katta.
Rezerford tajribasini sxemasi quyidagicha Radioaktiv moddani qo`rg`oshin silindr ichiga joylashtirdi. Tirqishdan chiqayotgan α-zarralar yo`liga qalinligi 1mk bo`lgan oltin qog`oz (F) qo`ydi (rasm).
Atom yadrosini o`lchamlarini aniqlash
Rezerford α-zarra orqaga irg`itib yuborilishi uchun atomning musbat zaryadi va uning massasi fazoning juda kichik sohasiga yig`ilgan bo`lishi lozimligini tushungan. Ana shunga ko`ra, Rezerford atom yadrosi haqidagi g`oyani-atomning deyarli butun massasi va butun musbat zaryadi yig`ilgan kichik o`lchamli jism haqidagi g`oyani ilgari suradi.
Turli burchaklar ostida sochilgan α-zarralarni sanab, Rezerford yadroning o`lchamlarini baholadi. YAdroning diametri 10-12-10-13 sm tartibida ekan (turli yadrolarning diametri turlicha). Atomning o`lchami esa 10-8 sm, ya`ni yadro o`lchamidan 10-100 ming marta katta. Keyinchalik yadroning zaryadini aniqlashga muvaffaq bo`ldi. Elektronning zaryadi birlik deb qabul qilinsa yadroning zaryadi mazkur ximiyaviy elementning Mendeleev jadvalidagi tartib nomeriga aniq teng.
Atomning planetar modeli
Vodorod atomida yadro atrofida faqat bittagina elektron aylanadi. Vodorod atomining yadrosi modeli jihatidan elektron zaryadiga teng musbat zaryadga ega bo`ladi, uning massasi elektronning massasidan tahminan 1836,1 marta katta. Bu yadro proton deb ataladi va elementar zarra deb qarala boshlandi. Atomning o`lchami–bu uning elektroni orbitasining radiusidir (rasm).
Atomning oddiy va yaqqol planetar modelining bevosita eksperemental asosi bor. Bu model α-zarraning sochilishiga doir tajribalarni tushuntirish uchun nihoyatda zarurdek tuyuldi. Biroq bu model atomning mavjudlik faktini, uning turg`unligini tushuntirib berishga mutlaqo qodir emas. Chunki elektronlarning orbitalari bo`ylab harakat tezlanishi bo`ladi, shu bilan birga bu tezlanish anchagina katta. Tezlanish bilan harakatlanayotgan zaryad. Maksvell elektrodinamikasi qonulariga muvofiq nurlanib, zaryadning yadro atrofida sekundiga aylanishlar soniga teng bo`lgan chastotali elektromagnit to`lqinlar chiqarishi kerak. nurlanish vaqtida energiya yo`qoladi.
Mavzuni yuzasidan savollar
1. Atom tuzilishi to`g`risida Tomson modeli hamda Rezerford tomonidan taklif etilgan planetar modelni tushuntiring.
2. Atom o`lchami, yadro o`lchami haqida ma`lumot bering.
3. Borning kvant postulotlarini aytib bering va bu postulatlar nima uchun berildi?
4. Atom nurlanayotganda sochilayotgan yorug`lik chastotasini topish formulasini yozing.
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.