4-mashq (116-bet)
Bir-biridan 30 mm masofada joylashgan ikkita kogerent manbadan to‘lqin uzunligi 5 · 10–7 m bo‘lgan yorug‘lik chiqmoqda. Ekran ularning har biridan bir xil 4 m masofada joylashgan. Birinchi manba ro‘parasida joylashgan nuqtada ikkita manbadan kelgan nurlar uchrashganda nima kuzatiladi? (Javobi: max.)
Yorug‘lik kuchi 200 cd bo‘lgan elektr lampochkadan chiqqan yorug‘lik ishchi yuzaga 45° burchak ostida tushib, 141 lx yoritilganlikni hosil qiladi. Yorug‘lik manbayi stoldan qanday balandlikda joylashgan? (Javobi: 0,7 m.)
Quyoshning gorizontdan balandligi 30° dan 45° ga ortdi. Yer sirtininig yoritilganligi necha marta o‘zgardi? (Javobi: 1,4.)
Elektr yoritgich radiusi 10 cm, yorug‘lik kuchi 100 cd bo‘lgan shardan iborat. Manbaning to‘la yorug‘lik oqimini toping. (Javobi: 1,6 klm.)
Yuzasi 25 m2 bo‘lgan kvadrat shaklidagi xonaning o‘rtasiga lampa osilgan. Lampa poldan qanday balandlikda osilsa, xona burchaklaridagi yoritilganlik maksimum bo‘ladi?
Uncha chuqur bo‘lmagan hovuzdagi sokin suv betiga poleroid orqali qarab, uni burib borilsa, poleroidning biror vaziyatida hovuz osti yaxshi ko‘rinadi. Hodisani tushuntiring.
Inson ko‘zining sezgirligi sariq-yashil nur uchun eng yuqori hisoblanadi. Unda nima sababdan xavfsizlik signali qizil rangda beriladi?
Nyuton halqalarini kuzatishda oq nur linzaning bosh optik o‘qiga parallel holda tushmoqda. Linzaning egrilik radiusi 5 m. Kuzatish o‘tayotgan nurda olib boriladi. To‘rtinchi (to‘lqin uzunligi 400 nm) va uchinchi (to‘lqin uzunligi 630 nm) halqaning radiuslarini toping. (Javobi: 2,8 mm; 3,1 mm)
Nima sababdan o‘lchami 0,3 μm bo‘lgan zarrani optik mikroskop yordamida ko‘rib bo‘lmaydi?
1. Bir-biridan 30 mm masofada joylashgan ikkita kogerent manbadan to‘lqin uzunligi 5 · 10 −7 10 10 −7 −7 10 −7 m bo‘lgan yorug‘lik chiqmoqda. Ekran ularning har biridan bir xil 4 m masofada joylashgan. Birinchi manba ro‘parasida joylashgan nuqtada ikkita manbadan kelgan nurlar uchrashganda nima kuzatiladi? (Javobi: max.)
Berilgan | Formula | Yechish |
Topish kerak: Birinchi manba ro‘parasida joylashgan nuqtada ikkita manbadan kelgan nurlar uchrashganda nima kuzatiladi? |
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.