LABORATORIYA ISHI №9. YORITILGANLIKNING YORUG‘LIK KUCHIGA BOG‘LIQLIGI
Ishning maqsadi. Yoritilganlikning, yorug‘lik manbayi, yorug‘lik kuchiga bog‘liqligini eksperimental ravishda tekshirish.
Kerakli asbob va jihozlar. Yoritilganlik qonunlarini o‘rganadigan qurilma, yorug‘lik manbayi, lyuksmetr, o‘lchov tasmasi yoki chizg‘ich.
Ishning bajarilishi. Ishni bajarish qurilmasining chizmasi rasmda keltirilgan.
Bunda 1- va 3-yorug‘lik kuchi ma’lum bo‘lgan cho‘g‘lanma tolali lampochkalar. 2-lyuksmetrning fotoelementi.
1. 1-lampochkani kuchlanishi o‘zgartiriladigan tok manbayiga ulanadi. 2-lampochkani esa nominal kuchlanishli (lampochkaga yozilgan) tok manbayiga ulanadi. 1-lampochkadan lyuksmetrgacha bo‘lgan r1 masofa o‘lchab olinadi. 1-lampochkaga 40 V kuchlanish beriladi. Lyuksmetrda
uning hosil qilgan yoritilganligi (E1) aniqlanadi. 1-lampochka o‘chirilib, 2-lampochka yoqiladi. Luksmetr 2-lampochkaga qaratiladi r2 masofa o‘zgartirilib, lyuksmetr ko‘rsatishi E1 ga teng bo‘lgan joyda qoldiriladi.
2. formulasidan kuchlanishdagi yorug‘lik kuchi hisoblab topiladi. 1-lampochkaga berilgan kuchlanishni 80 V, 120 V, 160 V, 200 V ga o‘zgartirib, unga mos kelgan E2, E3, E4 va E5 lar aniqlanib, jadvalga yoziladi.
r1 = const.
Tajriba t/r |
1-lampochka kuchlanishi, V |
r2, m |
E, lx |
I, kd |
1. |
40 |
|
|
|
2. |
80 |
|
|
|
3. |
120 |
|
|
|
4. |
160 |
|
|
|
5. |
200 |
|
|
|
3. Tajriba natijalariga ko‘ra, yoritilganlikning yorug‘lik manbayi yorug‘lik
kuchiga bog‘liqlik Ee = f(Ie) grafigi uziladi.
4. 1-lampochkaga nominal kuchlanish berilib, 2-lampochka o‘chiriladi.
r1 ni o‘zgartirib, unga mos kelgan yoritilganlik, lyuksmetrdan yozib olinadi. E = f(r) grafigi tuziladi. Jadval va grafikdan E ~ 1 munosat o‘rinli bo‘lishi tekshiriladi.
1. Qanday yorug‘lik manbalari nuqtaviy yorug‘lik manbalari deyiladi?
2. Siz o‘tkazgan tajribada yorug‘lik manbayini nuqtaviy deb hisoblasa bo‘ladimi?
3. Lyuksmetr qanday asbob?
4. Tajribada ikkinchi lampochka qanday vazifani bajaradi?
© ООО «Знанио»
С вами с 2009 года.